YAROSLAVL VILOYATI
YAROSLAVL VILOYATI — Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1936 yil 11 martda tashkil etilgan. Maydoni 36,4 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1367 ming kishidan ziyod (2003), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, Belorus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,9%. Yaroslavl viloyatida 17 ma’muriy tuman, 11 shahar, 14 shaharcha bor. Markazi — Yaroslavl shahri yirik shaharlari: Ribinsk, Tutaev. Yaroslavl viloyati Rossiya tekisligining markaziy qismida joylashgan. Yer yuzasi bir oz ko’tarilgan tekislikdan iborat. Gil, kvars qumlari, tuf, torf, sapropel konlari va mineral buloqlar bor. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -10,5° dan -12,5° gacha, iyulniki 17,5. Yiliga 500 — 600 millimetr yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 165-170 kun. Asosiy daryosi — Volga. Hududining 4,5% botqoqlik. Tuprog’i chimlipodzol, allyuvialbotqoq tuproqlar. Qora qarag’ay, qayin, tog’terak o’sadi. O’rmonlar viloyat hududining 50% ni egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan Los, quyon, tulki, bo’ri va boshqalar yashaydi. Pereslavl milliy bog’i, Darvin qo’riqxonasi bor. Asosiy sanoat tarmoqlari: kimyo, mashinasozlik va to’qimachilik. Kimyo sanoatida asbestli rezina va lokbo’yoq, sintetik kauchuk va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik shina zavodi, nitrolan va har xil bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi, neftni qayta ishlash, ribinsk priborsozlik zdlari bor. Mashinasozlikda og’ir yuk ko’taruvchi avtosamosvallar, aviamotorlar, elektromotorlar, dizel motorlari, yog’ochni qayta ishlovchi stanoklar va boshqalar ishlab chiqariladi. Kabel, soat zdlari, poligrafiya, texnik zig’ir tola gazlamalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kombinatlar ishlab turibdi. Mahalliy xom ashyo asosida charmpoyabzal ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, mahalliy qurilish materiallari asosida keramika, silikat va qizil g’isht, yig’ma temirbeton, asbest shifer ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati un tortish, go’sht, moysir, kraxmalqiyom, sigaretamaxorka, mevasabzavot quritish va boshqalar tarmoqlardan iborat. Volga daryosida Ribinsk, Uglich GES lari qurilgan. Yirik sanoat markazlari — Yaroslavl, Ribinsk, Tutaev, Uglich. Qishloq xo’jalik zig’irchilik, kartoshka etish- tirish, sabzavotchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Yaroslavl viloyati Rossiya Federatsiyasida uzun tolali zig’ir yetishtiruvchi asosiy rayon hisoblanadi. Chorvachilikda qoramol, qo’y va echki, cho’chqa boqiladi. Temir yo’l transporti rivojlangan (uzunligi 650 kilometr). Qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uzunligi 6263 kilometr. 2 aeroport bor. Volga daryosi va ribinsk suv omborida kema qatnaydi. Universitet, texnika universiteti, qishloq xo’jalik va tibbiy akademiyalar, 4 teatr, telemarkaz, tsirk faoliyat ko’rsatadi. 30 sanatoriykurort muassasasi ishlab turibdi. Qadimgi shaharlari: Pereslavl zalesskiy, Rostov, Uglich, Yaroslavl turizm markazlari sifatida rivojlangan va “Rossiya Oltin halqasi” turistik marshrutiga kiradi. 5400 dan ziyod tarixiy va me’moriy yodgorlik bor. Ribinsk va PereslavlZalesskiy tarixiy va badiiy qo’riqxonalari, Yaroslavl, “Rostov Kremli” tarixiy- me’moriy muzeyqo’riqxonalari, N.A. Nekrasov “Karabixa” adabiymemorial muzeyqo’riqxonasi mavjud.