Yer asimmetriyasi

Yer asimmetriyasi – shimoliy va janubiy yarim sharlarning asimmetrik tuzilishi. Yer assimetriyasi yer po`stining geologik tektonik tuzilishida (shimoliy yarim sharda materik yer po`sti, janubiy yarim sharda okean yer po`sti ko`pchilikni tashkil etadi), quruqlik va okeanlar maydonining nisbatida (shimoliy yarim sharda quruqlik 39%, janubiy yarim sharda quruqlik 19%), iqlimning kontinentallik darajasida, tabiiy geografik protsesslarda, ayrim o`simlik va hayvon turlarida, shamollar va okean oqimlarining xar xilligida va h.k.larda aks etadi.