YETIMXONA
YETIMXONA — ota-onasiz va qarovsiz bolalar uchun ochilgan muassasa. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Turkistondagi xonlik va bekliklarda ham Yetimxonalar bo’lgan. Xususan Qo’qon xonligi arxiv materiallaridan topilgan “sag’ira”, “Qullar” deb nomlangan daftarlar shundan dalolat beradi. Bu daftarlarda Marg’ilon bekligida sag’ira maktablari uchun sarflangan mablag’lar haqida ma’lumotlar keltiriladi. 1918 yil Yetimxonalar yopilib, ota-onasiz va qarovsiz bolalar davlat tomonidan ta’minlanadigan va tarbiyalanadigan bolalar uylari tashkil etildi.