YEVPATORIYA

YEVPATORIYA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1784 yildan), Qora dengizdagi port. Simferopoldan 64 kilometr shimoli-g’arbda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 110 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). Dengiz bo’yi iqlimiy va balneobalchiq (asosan bolalar) kurorti. Oziq-ovqat (sut, baliq va boshqalar) sanoat korxonalari, mexanika zavodi bor. Hozirgi Yevpatoriya o’rnida miloddan avvalgi 6-2-asrlarda yunonlarning Karkinitid koloniyasi bo’lgan, so’ngra uni skiflar egallab olgan. 16— 17-asrlarda turklarning Gezlov qal’asi. Rossiya Qrimni bosib olgach, Gezlov 1784 yildan Yevpatoriya deb ataldi. Jome masjidi (1552, Xoja Sinon) saqlangan.