YEVROPA

YEVROPA (Yunoncha Europe, osuriy tilida “ereb” — G’arb) — qit’a, Yevrosiyo materigining g’arbiy qismi. Maydoni 10507 ming kilometr kvadrat; 730 ming kiloometr kvadratni orollar tashkil etadi. Qit’a Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural tog’larining Sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botig’i orqali va don daryosining quyilish joyidan o’tkazilgan. Shim.dan Shimoliy muz okeani va uning dengizlari (Kara, Barents, oq, Norvegiya) bilan, G’arb va Janubdan Atlantika okeani va uning dengizlari (Boltiq, Shimoliy, O’rta, Marmar, kora va Azov) bilan chegaralangan. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda — Nordkin burni (7R08′ sh. k.), Janubda — Marroki burni (36°00′ sh. k.), g’arbda — Roka burni (9°34′ G’. u.), sharqda — Qutbiy Ural tog’ining Sharqiy etagi (67°20′ shq. u.). Yevropa hududining 25% ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari: Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Krim yarim orollari. Yevropaga karashli Orol va arxipelaglardan eng yiriklari: Novaya Zemlya, Frans-Iosif Eri, Shpisbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sisiliya, Krit. Yevropa qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi 38 ming kilometr. Qirg’oqlari kuchli yemirilgan, dengiz va qo’ltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan. Tabiati. Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi tog’lardan iborat. Yevropa o’rtacha (300 metr chamasi) va maksimal (4807 metr, Alp tog’laridagi Monblan cho’qqisi) balandligi jihatdan boshqa qit’alardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Ba’zi rayonlari (Kaspiy bo’yi pasttekisligi — 28 metr, shimol va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan past. Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jihatidan xilma-xil. Yevropaning Sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi to’lqinsimon, tepalik ko’p, o’rtacha balandligi 170 metr. Ba’zi joylari 200 metr va undan ham balandroq bo’lib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning g’arbiy eng chekka nuqtasi. O’rta rus, Volga bo’yi, Dnepr bo’yi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin O’rta Yevropa tekisligiga o’tib boradi. G’arbiy Yevropaning katta qismi tog’lardan iborat. Janubda yosh burmali tog’lar ko’tarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, StaraPlanina tog’lari, Dinara yassitog’ligi. Yevropaning o’rta qismi qadimgi tog’lar — Sevenna, yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va boshqalardan iborat. Qadimgi tog’larga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya tog’lari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystosen muz bosishlarining roli katta. Ko’p joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya o.lari, Alp va Karpat tog’lari bo’lgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 kilometrga yetgan. Geologik tuzilishi. Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan to’rt qismga bo’linadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi strukturalari; gersin burmalanishi strukturalari (Angliya janubi, Frantsiya, Ispaniyaning bir qismi, Polsha va Chexiya massivi) va Janubiy Yevropadagi Alp burmalanishi strukturalari. Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo bo’lgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni (Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya janubi, Kareliya, Kola yarim oroli), Ukraina qalqoni (Dneprning o’ng sohili, Azov buyi, Voronej tepaliklari) va Timan kryajida yer yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan bo’lib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziklari bilan qoplangan. Kaspiy buyi (8-10 kilometr), Dnepr-Donesk (4-5 kilometr), Moskva (2-3 kilometr), Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin tog’jinslari qatlami qoplab yotadi. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari (Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya tog’lari) kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub cho’kindi va vulkan jinslaridan tarkib topgan. Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil bo’lib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan chukindi, vulkan va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning g’arbi, Portugaliya, Bretan yarim oroli, Markaziy Frantsiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, slanesli Reyn, Gars tog’lari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi. Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub chukindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va bet tog’lari kiradi. Neogen boshida ko’tarilgan tog’tizmalari etagida Akvitaniya, Shveytsariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiklari, Vena, Vengriya botiklari kabi toglararo botiklar paydo bo’lgan hamda ular neogen-to’rtlamchi davrlar yotqiziklari b-n to’lgan. Neogen yotkiziqlari mavjud qora va O’rta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil bo’lgan. Neogenda chuqur siniklar paydo bo’lishi bilan Karpat tog’larida, Reyn daryosi buyida va boshqa joylarda vulkanlar otilgan. Keyingi davrda vulkan otilishi Italiyada (Vezuviy, Etna va boshqalar) davom etmoqda. Tog’ tizmalarining ko’tarilishi va pastliklarning cho’kishi yer po’stining eng yangi harakatlaridan daolat beradi. Foydali qazilmalari. Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotqiziqlari orasidan (Volga-Ural, Kaspiy bo’yi, Dnepr-Donesk, Polsha, GFR, Niderlandiya, Buyuk Britaniya hamda Shimoliy dengiz tubi va boshqa joylardan); Alp tog’lari etagi va tog oralig’idagi bukilmalarda (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Italiya va boshqalar) neft neogen yotqiziqlari orasidan topilgan. Toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirning katta konlari (don, Lvovvolin, Moskva yoni, Pechora havzalari, Polsha, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya) bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qurg’oshin, kumush konlari asosan gersinid mintaqasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy buyi va Ural oldida hamda Perm yotqiziklari orasida uchraydi. Apatitnefelin rudalarining yirik konlari Kola yarim orolida, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan. Iqlimi. Yevropaning aksariyat qismi o’rtacha kengliklarda joylashgan. Yevropada Arktika, subarktika, mo’tadil va subtropik mintakalar iqlim tiplari bor. Yevropaning Arktika mintaqasidagi orollarida iqlim sovuq, qish uzoq, yoz qisqa (iyulning urtacha temperaturasi 5° dan past). Subarktika mintakasida (Islandiya, Fennoskandiya, Shim. va Sharqiy Yevropa tekisligida) yoz uzoqroq va iliqroq, iyulda o’rtacha temperatura 10-12°. Qish g’arbiy rayonlarda yumshoq, sharkda sovuq; yog’in 400-1000 millimetr, bug’lanish yog’inga nisbatan kam. Mo’tadil mintaqaning (Yevropaning O’rta dengiz buyi va Qrimning Janubdan boshqa qismi) shimolda iqlim sovuq, Janubda iliq, g’arbida dengiz iqlimi, sharqida esa mo’tadil kontinental, qish sovuq, yoz shimolda salqin, markazida iliq, Janubda issiq. Subtropik mintakada iqlim Urta dengiz tipli, qish iliq, seryomg’ir (yanvarning o’rtacha temperaturasi 4— 12°), yoz issiq va quruq. Qishda eng past oylik tralar Yevropaning shimoli-sharqida Pechora daryosi xavzasida buladi (bu yerda eng past temperatura -52° qayd qilingan). Umuman qish Sharqiy Yevropada sovuq. Sharqiy Yevropaning Janubda qor bir oy, shimolda 7-9 oy erimaydi. Iyulda o’rtacha temperatura Yevropada O’rta dengiz atrofida (28-30°) va Kaspiy dengizi buyida (24-26°) eng yuqori, Arktika orolilarida eng past (2— 4°) bo’ladi. Eng yuqori temperatura (48°) Pirenei yarim orolining Janubda kuzatilgan. Yevropada yillik yog’in miqdori g’arbdan sharqqa tomon kamayib boradi. Atlantika okeaniga yaqin rayonlarda yiliga 1000— 2000 millimetr yog’in yog’adi. Sharqiy Yevropada yillik yog’in miqdori 300-500 millimetr, Kaspiy dengizi bo’yida 200 millimetr va undan kam, Arktika orollarida 300-400 millimetr. Yevropaning katta qismida yillik yog’in miqdori bug’lanishga nisbatan ko’proq. Ichki suvlari. Oqib turadigan suvning hajmi (2850 kilometr kub) jihatidan Yevropa Yer yuzida Janubiy Amerikadan keyin 2-o’rinda. Yevropada suv oqimi g’arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib boradi. Yevropaning katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlari havzasiga, oz qismi Shimoliy Muz okeani va ichki qavza — Kaspiy dengiziga mansub. Yirik daryolari. Sharqiy Yevropa tekisliklarida joylashgan. Volga daryosi uzunligi (3530 kilometr), havzasining maydoni (1360 ming kilometr kvadrat) va o’rtacha yillik suv sarfi (8000 metr/ sekund) bo’yicha 1-o’rinda. Boshqa daryolari: Ural, Dnepr, Don, Pechora, Dnestr, Shim. Dvina. G’arbiy Yevropadagi eng katta daryolar: Dunay (uzunligi 2850 kilometr, havzasining maydoni 817 ming kilometr kvadrat), Reyn, Elba, Visla, Luara, Taxo, Odra. Daryolar Sharqiy Yevropa tekisliklarida qordan, qisman yomg’irdan, O’rta Yevropa tekisliklarida, asosan, yomg’irdan, Alp tog’larida qor, yomg’ir, qisman muzliklarning erishidan, O’rta dengiz bo’yidagi karst relefli rayonlarda grunt suvlaridan to’yinadi. Yevropa daryolariga oqimni tartibga solib turuvchi ko’plab suv omborlari va boshqa suv inshootlari qurilgan, ularning ko’pchiligi o’zaro va ko’llar bilan kanallar orqali bog’langan, natijada ularning transport ahamiyati ortgan. Ko’llar. Yevropada notekis taqsimlangan. Ular asosan, to’rtlamchi davrda muzlik bosgan yerlarda joylashgan. Tekisliklardagi ko’llar: Ladoga, Onega, Venern, Balaton, Vettern, Melaren, Imandra; tog’ etagida joylashgan ko’llar: Jeneva, Lago-Majore, Komo, Garda va boshqalar. Baland tog’tepalarida “Alp” ko’llari, Apennin ya. o. va Islandiyada vulkan ko’llari bor. Ko’llarning suvi chuchuk. Janubi-Sharqdagi arid rayonlarda ko’l suvi sho’r va juda minerallashgan (Elton, Bosqunchoq). Yevropaning Osiyo bilan chegarasida dunyodagi eng katta ko’l — Kaspiy dengizi joylashgan. Yevropaning shim. va shimoli-sharqida botqoqlik ko’p. Muzliklari. Yevropadagi muzliklarning umumiy maydoni 118 ming kilometr kvadratdan ziyod. Eng yirik muzliklari Shpisbergen (58 ming kilometr kvadrat), Novaya Zemlya, Frans-Iosif yeri, Islandiyada va Skandinaviya tog’larida. Muzliklarning qalinligi 400 — 600 metr, ayrim joylarda 1000 metrgacha. Alp tog’lari, Uralning shimoliy, Pirenei, Serra-Nevada tog’larida ham muzliklar bor. Tuproqlari o’z xususiyatiga ko’ra 4 mintaqa (Arktika, boreal, subboreal va subtropik) zonalariga bo’lingan. Boreal va subboreal mintaqa tuproqlari katta maydonni egallagan. Tuproqlarining zonallik strukturasi va tiplariga ko’ra G’arbiy Yevropaning okean iqlimli rayonlari Sharqiy Yevropaning kontinental iqlimli rayonlaridan farq qiladi. Arktika mintaqasida Arktika va tundra tuproqlari shakllangan. Boreal mintaqada podzollashgan, sur tusli o’rmon, chimli torfsimon tuproqlar tarqalgan. Bu zonada introzonal tuproqlardan allyuvial, chimli-karbonatli,torfli botqoq tuproqlari va boshqalar bor. Tog’li rayonlarda tog’tundra, chimli-podzollashgan, sur tusli o’rmon tuproqlari uchraydi. Subboreal mintaqaning mo’tadil kontinental rayonlarida qora va kashtan, qo’ng’ir chala cho’l tuproqlari, okean iqlimli rayonlarda qo’ng’ir o’rmon, chimli-karbonatli, tog’larda podzollashgan, tog’-o’tloq tuproqlari tarqalgan. Subtropik mintaqada qo’ng’ir, qizil, sariq, bo’z-qo’ng’ir, O’rta dengiz atrofidagi tog’larda tog’qo’ng’ir va jigarrang tuproqlar bor. Qora, qo’ng’ir va sur tusli o’rmon hamda jigarrang tuproqli yerlardan dehqonchilikda ko’proq foydalaniladi. O’simliklari. Floristik tarkibiga ko’ra Yevropa o’simliklari Golarktika oblastita kiradi. Yevropa florasida Osiyo, Afrika va shim. Amerika o’simliklariga xos oila, turkum va turlar ko’p, endemiklar esa kam. Yevropada quyidagi o’simlik tiplari mavjud: tundra, boreal yoki tayga, dasht, cho’l, subtropik o’simliklari. O’rmon o’simliklari eng katta maydonni egallagan, tundra va cho’l o’simliklari u qadar ko’p emas. Yevropa hududida tabiiy landshaftlar deyarli qolmagan, ular o’rnini o’zgartirilgan madaniy landshaftlar egallagan. Tundra va tog’larning landshafti va faunasi kam o’zgargan. O’rta va Janubiy Yevropada keng bargli o’rmonlar ko’plab qirqib yuborilgan. Tundrada yo’sin va lishaynik, o’t, butalar, Janubda daraxtlar o’sadi. Tayga o’simliklari keng maydonda tarqalgan, Janub chegarasi 57— 58° sh. k.dan o’tadi. Tayga zonasida igna bargli o’rmonlar, o’tloqlar, botqoqliklar bor. Keng bargli va igna bargli aralash o’rmonlar taygadan Jan.da joylashgan va Skandinaviya Janubdan Uralgacha cho’zilgan. Keng bargli urmonlarning Janub chegarasi G’arbiy Yevropada 40° sh. k.dan, Sharqiy Yevropada 53-54° sh. k.dan o’tgan. Tog’ oralig’idagi tekisliklar (Chexiya tekisligi, O’rta Dunay tekisligi)da o’tloqli dashtlar bor. Tog’yon bag’rilari (pastdan yuqoriga) keng bargli, igna bargli, subalp butazorlari, Alp o’tloqlari bilan qoplangan. O’tloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Keng bargli o’rmonlardan Janubda o’rmonli dasht va dasht zonasi bo’lib, bu yerlar asosiy dehqonchilik rayoni. Tabiiy o’simliklar faqat qo’riqxonalardagina yaxshi saqlanib qolgan. Chala cho’l va cho’l zonalaridan ko’y boqiladigan yaylov sifatida foydalaniladi. Yevropaning subtropik rayonlaridagi tekislik va tog’ etaklarida doim yashil kserofil o’rmon va butazorlar bor. O’rta dengiz atrofidagi o’rmonlar kesilib, o’rni ekinzor, tokzor va tsitrus o’simliklar plantasiyalariga aylantirilgan. Hayvonot dunyosi Golarktika zoogeografik oblastiga mansub. Hayvon turlari geografik zonalar bo’yicha, asosan o’simlik tiplarining joylashishiga muvofiq tarqalgan. Tundrada iqlim sovuqligidan hayvon turi kam. Mayda kemiruvchilar, shimol bug’usi, qutb tulkisi, bo’ri, tyulen, har xil qushlar yashaydi. Shpisbergenda mushkli qo’chqorbuqa iklimlashtirilgan. Tayga hayvon turiga boy. Sut emizuvchilardan qo’ng’ir ayiq, bo’ri, tulki, sobol, tiyin va boshqalar, turli qush, hasharot ko’p. Aralash va keng bargli o’rmonlarda yovvoyi mushuk, asl bug’u, to’ng’iz, Los va boshqalar; qo’riqxonalarda zubr yashaydi. Kushlardan kakku, bulbul, boyo’g’li va boshqalar bor. O’rmon hayvonlari, ayniqsa yirik sut emizuvchilar juda kamayib ketgan. Sharqiy Yevropaning dasht va chala cho’l rayonlari uchun kemiruvchilardan yumronqoziq, quyon, ko’shoyoq, suv kalamushi va boshqalar xos. Kaspiy dengizi bo’yida sayg’oq, qarsoq tulki, qumsichqon; qushlardan burgut, bedana va boshqalar ko’proq uchraydi. O’rta dengiz atrofida tog’hayvonlari yashaydi. U yerda sudraluvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar ko’p. Sut emizuvchilardan bezoar va Alp echkilari, yovvoyi qo’y, jayra, Gibraltarda magot maymuni; qushlardan chumchuq, zag’izg’on, qaldirg’och; sudraluvchilardan kaltakesak, gekkon, ilonlar, toshbaqa; suvda yashovchilardan — baqa, qurbaqa, salamandra, Triton bor. Geografik tadqiqotlar tarixi. Yevropa qit’asining ayrim qismlarini kashf etishni kritliklar boshlab berishgan. Ular miloddan avvalgi 16-asrdan oldinroq Kiklada arxipelagini egalladilar. Peloponnes yarim orolida yashovchi axeylar miloddan avvalgi 15-13- asrlarda Pind va Olimp tog’larini, Xalqidiya yarim oroli, Shimoliy Sporada, Lemnos va ioni orollarini kashf qildilar. Miloddan avvalgi 9-asrda finikiyalik dengizchilar Apennin yarim oroli, Malta, Sitsiliya, Sardiniya, Balear orollari, Pirenei yarim orol sohillariga suzib boradilar. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalariga kelganda yunonlar Janubiy Yevropa sohillarini kashf etib bo’ldilar. Miloddan avvalgi 320 yilgacha yunonistonlik Pifey Yevropaning g’arbiy sohillarini — Biskay qo’ltig’idan shim. dengizgacha o’rgandi. Miloddan avvalgi 4-asrgacha yunonlar Bolqon va Apennin tog’lari orqali o’tib, Sharqiy Alp tog’larigacha borganlar. Miloddan avvalgi 58-51 yillarda Yuliy Tsezar legionlari Frantsiyaning ko’p daryolari va Buyuk Britaniyaning Temza daryosigacha bo’lgan joylarni o’rgandilar. Miloddan avvalgi 35 — milodiy 9 yilda Oktavian avgust sarkardalari Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Reyn, Dunay vodiylari, Friz orollari bilan tanishdilar. 43-84 yillarda rimliklar Uels yarim oroli, Men va Anglsi orollari, Pennin tog’larigacha bordilar. 8-asrda irlandlar Farer orollari va Islandiyaga birinchi bo’lib bordilar. 9-asrda bu orollarni normannlar egalladilar. Ular Skandinaviya va Kola yarim orollarini shimoldan aylanib, OK, dengizgacha yetib bordilar. Boltiq dengizining Botnik, Riga, Fin qo’ltiklarida suzib, barcha yirik orollarni, Neman va G’arbiy Dvina daryolari etaklarini kashf etdilar. 8-9-asrlarda arablar butun Janubiy Yevropa, 711-718 yillarda o’zlari bosib olgan Pirenei yarim oroli bilan Janubiy-Sharq va sharqda Emba va yoyiq (Ural) daryolari hamda Volga bo’yining unga Kama daryosi quyilishigacha bo’lgan joylarini o’rgandilar. Sharqiy Yevropaning qolgan hamma r-nlari va butun Shimoliy Yevropani Boltiq dengizi qo’ltiqlari va oq dengizdan Uralgacha ruslar tadqiq qildi. 15-16-asrlarda rus dengizchi sayyohlari Shimoliy Yevropaning butun qirg’oqlari bo’ylab suzib, Kanin yarim oroli, Kolguev, Vaygach, Novaya Zemlya va Shpisbergen orollarini o’rgandilar. 16-asr 2-yarmida rus yer o’lchovchilari Sharqiy Yevropadagi daryo, yirik ko’llar, Orol hamda yarim orollarni tadqiqqilib, xaritaga tushirdilar. 18-asrda rus sayyohlari Ural tog’lari, yalpi sirt, Kaspiy bo’yi pasttekisligi, Kumamanich botig’i, Valday qirlari va boshqa joylarni o’rgandilar. Janubiy Yevropa dengizlari sohili va Atlantika okeani sohilini 13-15-asrlarda, asosan Italiya dengizchilari batafsil tadqiq qilib xaritaga tushirdilar. 18-asr oxirlarida frantsuz, italyan, polyak va boshqa olimlar Apennin, Alp, Karpat, Pireney, Dinara tog’lari, Markaziy Frantsiya massivini o’rganishni davom ettirdilar. 19-asrda geolog va geograflar Alp va Fennoskandiya tog’larining tuzilishini, Buyuk Britaniya orolning relyef xususiyatlarini aniqladilar. Aholisi 2000 yilga kelib 725,5 million kishiga yetdi. Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub bo’lib, bir necha kichik irqlarga bo’linadi. Skandinaviya mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya hududlarida Atlantika-Boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning Markaziy viloyatlari va uning Sharqiy qismida o’rta Yevropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gresiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli (Tirol), qora dengizning shimoliy, g’arbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi Bolqon-Kavkaz irqiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Frantsiya, Gresiya janubi, O’rta dengiz orollarida hind-o’rta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-Boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va boshqa hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor. Etnik tarkibi. Yevropa xalqlari tillarining ko’pchiligi hind-Yevropa tillari oilasiga mansub. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropada slavyanlar guruhiga mansub xalqlar joylashgan. Ruslar, ukrainlar, beloruslar — Sharqiy slavyanlar; polyaklar, chexlar, slovaklar — g’arbiy slavyanlar; bolgarlar, makedonlar, serblar va chernogorlar Janubiy slavyanlarni tashkil etadi. Shimol va Markaziy Yevropada german tillarida so’zlashuvchi xalqlar — nemislar, avstriyaliklar, shveytsariyaliklar, Lyuksemburglar, gollandlar, flamandlar, inglizlar, shotlandlar, danlar, shvedlar, norveglar, islandlar va boshqalar yashaydi, Janubiy-G’arbiy Yevropa aholisi roman tillarida so’zlashuvchi xalqlar — italyanlar, frantsuzlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldavanlar va boshqalardan iborat. Janubiy-Sharqiy Yevropadagi hind-oriylar guruhiga mansub lo’lilarning ko’pchiligi va barcha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi deyarli hamma yahudiylar (rasmiy tili — idish, ivrit tili) mahalliy tilda so’zlashadi. Grek tili va albanlar tili hind-Yevropa tillarining alohida guruhiga kiradi. Yevropa aholisining salmoqli qismini Ural-Oltoy xalqlari tillarida so’zlashuvchilar tashkil etadi. Finlar, estonlar, karellar, mordvalar, marilar, udmurtlar, vengerlar va boshqa ugor-fin tillarida, chuvashlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauzlar va boshqa turkiy tillarda gaplashadi. Yevropada xristian dini, asosan ikki oqim (pravoslavie va katolisizm)ga bo’linadi; shuningdek, 16-17-asrlardagi reformatsiya davrida katolik cherkovidan ajralib chiqqan protestantizm va boshqa diniy oqimlar bor. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropa xalqlarida pravoslaviye, Janubiy-G’arbiy Yevropa aholisi o’rtasida katolisizm keng yoyilgan. Yevropadagi turkiy xalqlar, albanlar, lo’lilarning ko’pchiligi, shuningdek, bosniylar va bolgarlarning bir qismi Islom diniga, yahudiylar iudaizmga e’tiqod qiladi. Siyosiy bo’linishi. Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasi 1990-yillardagi siyosiy o’zgarishlardan so’ng yangilandi. Bir qancha davlatlar, jumladan sho’rolar Ittifoqining barham topishi, Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning Chexiya va Slovakiyaga bo’linishi natijasida bir kancha yangi davlatlar vujudga keldi, GDR va GFR birlashdi.