YUKATAN

YUKATAN — Markaziy Amerikadat yarim Orol, Meksika qo’ltig’i bilan Karib dengizi oralig’ida. Asosiy qismi Meksikaga (Yukatan shtaty), Janubiy Sharqiy qismi Gvatemala va Belizga qarashli. Maydoni 180 ming kilometr kvadrat chamasida. Hududining katta qismi pasttekislik, Janubi sharqida Mayya tog’lari (eng baland joyi 1122 metr) bor. Karst keng tarqalgan. Iqlimi issiq, tropik passatli iqlim. Yillik yog’in 500-2000 millimetr. Kserofit butalar, siyrak o’rmonlar, Markaziy qismi va Janubda doim yashil tropik o’rmonlar bor. Agavaxeneken, tsitrus o’simliklar plantasiyalari barpo qilingan, paxta, makkajo’xori ekiladi. Qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Kampeche, Progreso portlari (Meksika) bor.

YUKATAN — Meksikadagi shtat, Yukatan yarim orolining shimol qismida. Maydoni 39,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,6 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Merida shahri relefi ohaktoshlardan tuzilgan tekislik, balandligi 250 metrgacha bo’lgan qirlar uchraydi. Suv bilan ta’minlashda karst qudukqlarning ahamiyati katta. Iqlimi tropik iqlim, yillik yog’in 900 millimetr, Janubda 1200 millimetrgacha. Shimolda barg to’kuvchi tropik, Janubda doim yashil mo’tadil nam o’rmonlar bor. Iqtisodiyotining asosini plantatsiya xo’jaliklari tashkil etadi. Xeneken tolasi eksport qilish uchun agava o’stiriladi. Shuningdek, makkajo’xori, sholi, dukkaklilar, shakarqamish, tamaki ekiladi, banan plantasiyalari bor. To’qimachilik (xeneken tolasini qayta ishlash), oziq-ovqat va metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Turizm rivojlangan. Yukatan hududida Mayya xalqining ko’plab madaniy yodgorliklari saqlangan.