YULDUZ ASSOTSIATSIYALARI
YULDUZ ASSOTSIATSIYALARI — ma’lum tur yoki spektral sinfga yulduzlarning taxminan bir davrda paydo bo’lgan guruhlari. Ov assotsiatsiyalar va T assotsiatsiyalar ma’lum. Ov assotsiatsiyaga O, Vo, V1 va V2 spektakl sinflarga mansub qaynoq gigant hamda o’ta gigant yulduzlar kiradi. Ov assotsiatsiya o’lchamlari 40— 200 parsek, o — V2 spektral sinflariga oid yulduzlar soni bir necha o’ntaga yetadi. Ular, asosan, Galaktika tekisligida joylashgan. Tarqoq yulduz go’dalarida O—V2 sinflaridagi yulduzlar beqaror shaklli sistemalar tarzida (masalan, yulduz zanjirlari yoki Orion trapetsiyasi turidagi karrali yulduzlar) uchraydi. T ho’kiz (Savr) turidagi o’zgaruvchan yulduzlar ham fizik bog’liq guruhlar hosil qiladi. T. assotsiatsiya o’lchami bir necha 10 parsek, ulardagi yulduzlar soni ko’pincha bir necha 10 tagacha bo’ladi. Faqat Orion yulduz turkumidagi T assotsiatsiyagina 220 yulduzdan iborat. T assotsiatsiya yulduzlari zichligi kichik, beqaror va yosh sistemalardir. Yulduzlar assotsiatsiyalarini birinchi marta 1947 yilda arman astronomi V. A. Ambariumyan ochgan. Bu kashfiyot yulduzlar evolyusiyasi va yulduzlar sistemasini tadqiq qilishda muhim bosqich hisoblanadi.