ZAKOPANE
ZAKOPANE — Polshadagi shahar, Tatra tog’lari etagida, 850 metr balandlikdagi tog’ oralig’idagi soylikda joylashgan. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). Zakopane — tog’ iqlim kurorti. Iyulning o’rtacha temperaturasi 15°, yanvarniki -5°, o’rtacha yillik yog’in 1000 millimetr. Qishda quyoshli kunlar ko’p bo’ladi, qor uzoq saqlanadi. Sanatoriylar, dam olish uylari, mehmonxonalar, pansionatlar bor. Alpinizm, turizm va qishki sport musobaqalarining milliy markazi. Zakopane yog’ochdan badiiy buyumlar yasash va sport chang’ilari ishlab chiqarish bilan mashhur. Tatra muzeyi bor.