ZAYTSEV GAVRIIL SEMYONOVICH
ZAYTSEV GAVRIIL SEMYONOVICH (1887.13.3 — Moskva — 1929.17.1) — rus biolog olimi, selektsioner, paxtachilik ilmi asoschilaridan biri. Moskva dehqonchilik maktabini (1909), Petrovsk qishloq xo’jalik akademiyasini tugatgan (1914), Mirzacho’l qishloq xo’jalik tajriba dalasi selektsiya bo’limi mudiri (1914-18), Turkiston selektsiya stansiyasi asoschisi va direktori (1922-29). Zaytsev g’o’za sistematikasi, morfologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, selektsiyasi sohalarida tadqiqotlar olib bordi, shuningdek, makkajo’xori, beda, eryong’oq, kunjut singari ekinlar selektsiyasi muammolari bilan shug’ullandi. Zaytsev O’zbekistonda birinchi bo’lib g’o’za qadimdan ekiladigan mamlakatlardan yig’ilgan jahon g’o’za kollektsiyasini to’pladi; g’o’zaning rivojlanish fazalari qonuniyatlarini aniqladi; g’o’zaning o’sishida fotodavriylikning ahamiyatini ochib berdi, natijada g’o’zaning ko’p yillik tropik shakllarni bir yillik o’simliklarga aylantirish imkoniyatlari ochildi. O’zbekiston g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutiga Zaytsev nomi berilgan (1971). As: Sveteniye, shyudoobrazovanie i raskritie korobochek u xlopchatnika, L., 1924; Vliyanie temperaturi na razvitie xlopchatnika, M., 1927; K klassifikasii Roda Cossypium L., M.—L., 1928.