Zichlik

Zichlik – materialning fizik xossasi u materialni tashkil etgan modda miqdori, ya’ni materialning hajm birligidagi massasini ifodalaydi. Materialning hajm kattaligi undagi g’ovaklar va unda bo’lishi mumkin bo’lgan bo’shliqlarni hisobga olgan holda, ya’ni tabiiy holatdagi material hajmi yoki g’ovak va bo’shliqlarni hisobga olmasdan qabul qilinadi va u holda hisoblash vaqtida faqat moddaning hajmi hisobga olinadi. Masalan: o’zaklash zichligi, aholi zichligi, imoratlar zichligi, tsement qorishmasining me’yordagi zichligi va hokazolar.