Zohidjon Obidov (1923-1996)
Zohidjon Obidov 1923 yili Toshkentda tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Toshkent davlat universitetini bitirgan.
Namangan pedagogika institutida o‘qituvchi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari bo‘lib ishlagan. Toshkentga qaytgandan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, G‘afur G‘ulom nomidagi va «Yosh gvardiya» nashriyotlarida hamda «Mushtum» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.
Uning «Yaxshi niyat» (1957), «Yangi oyning o‘rog‘i» (1961), «Oshiq ko‘ngil bilan» (1963), «Xitoydan sovg‘a» (1963), «Tong yulduzlari» (1964), «Sening izlaring» (1965), «Ko‘ngil navosi» (1968), «Xandalarim» (1969), «Umid to‘lqinlari» (1972), «Yurakdagi mavjlar» (1973), «Kuygan kuyov» (1973), «Tanlangan asarlar» (1974), «Talpinur dil» (1977), «Qo‘lingni ber» (1979), «Ko‘ngil taronasi» (1983), «Kuyla, dilkash dutorim» (1984), «Dilrabosan» (1984), «Baxshida» (1985), «Senga talpinaman» (1990), «Qanotli qo‘shiqlar» (1991) kabi kitoblari nash etilgan.
Zohidjon Obidov M. Lermontov, T. Shevchenko, M. Bajan, R. Hamzatov kabi mashhur shoirlarning asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Urush faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. U 1996 yilning 5 avgustida vafot etgan.