ZOOFILIYA

ZOOFILIYA (Zoo… va Yunoncha philio — yoqtiraman) — o’simliklarning hayvonlar ishtirokida chetdan changlanish usuli. Evolyutsiya jarayonida zoofil o’simliklar va ularni changlantiruvchi hayvonlar o’rtasida o’zaro moslanish yuzaga kelgan. Bunday moslanmalar tufayli o’simlik gullarining muayyan tuzilishi, rangi, hidi va nektar ajratishi, hayvonlar tanasining muayyan shakli, guldan nektar va chang yig’ish uchun zarur bo’lgan maxsus moslanmalar paydo bo’lgan. Zoofiliyada hasharotlar (entomofiliya), qushlar (ornitofiliya), mollyuskalar (malakofiliya), ayrim sut emizuvchilar, masalan, ko’rshapalaklar (xironterofiliya), kemiruvchilar yoki boshqa hayvonlar ishtirok etishi mumkin.