Zuavlar

Zuavlar (fransuzcha zouaves, arabcha zua-ua so’zidan, Jazoirdagi qabilalardan biri)-1) fransuz mustamlaka qo’shinlarida XIX-XX asrlarda yengil qurollangan piyoda qo’shin turi; Shimoliy Afrikada fransuzlar va mahalliy aholi vakillaridan tuzilgan. XIX-XX asrlardagi ko’pgina janglarda: Qrim urushida (1853-1856), Fransiya-Prussiya urshida (1870-1871), 1- va 2-jahon urushlarida qatnashganlar; 2) Usmoniylar davlati armiyasida yollanma o’qchi qo’shinlar askari yoki zobiti; 3) AQShda fuqarolar urushi davrida ayrim ko’ngillilar o’zlarini shunday atagan; 4) papa Zuavlari-1860 yili fransuz generali lui de Lamorisyer tomonidan Papa viloyatini mudofaa qilish uchun tashkil etilgan harbiy tuzilma.