BELORUS TILI

BELORUS TILI — Belorus xalqining tili. Slavyan tillarining Sharqiy guruhiga kiradi. Qariyb 8 million kishi so’zlashadi. 13-asrdagi ayrim yorliqdarda Belorus tiliga oid belgilar ko’rinadi. 16-asrdan boshlab Belorus tilida Buyuk Litva knyazligining yorliklari yozilgan, tarjimalar paydo bulgan. «D» tovushini «dz», «t» tovushini «i» b-n ifodalash (dzed — buva, dzen — kun, tsen — soya), qattiq «r» mavjudligi (poryadok — paradok, gavaru — govoryu), «l», «v», «u»ning «o'»ga o’tishi Belorus tili fonetikasining o’ziga xos xususiyatlaridir. Belorus tili grammatik jihatdan rus tiliga yaqin. Lekin «g», «k», «x» tovushlari «z», «q», «s» bilan almashish ijihatidan Belorus tilida so’z o’zgarishi o’ziga xos xususiyatga ega: Ruse — qo’l, strase — qo’rquv. Umumslavyan so’zlari Belorus tili leksikasining asosini tashkil qiladi. Unda Belorus tilining o’ziga xos so’zlari, boshqa slavyan tillaridan chikib ketgan arxaik so’zlar ham bor. Belorus tilida polyak, nemis, lotin, turkiy, Litva tillaridan o’zlashgan so’zlar ham uchraydi. Yozuvi Kirill alifbosi asosida bo’lsada, «Dj», «dz», «i», «o'» va boshqa tovush ifodalari bilan undan farqlanadi.