BELORUSSIYA UNIVERSITETI

BELORUSSIYA UNIVERSITETI, Belorussiya davlat universiteti — 1921 yil Minsk shahrida tashkil etilgan. Universitet tarkibida biologiya, geografiya, tarix, jurnalistika, mexanika-matematika, amaliy matematika va informatika, radiofizika va elektronika, fizika, falsafa-iqtisod, kimyo, yuridik, xalqaro munosabatlar, xorijiy fuqarolar uchun tayyorlov, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari malakasini oshirish, amaliy matematika va EHM bo’yicha malaka oshirish fakultetlari, shuningdek biznes va texnologiyalar axboroti maxsus fakulteti bor; 14,4 ming talaba o’qiydi, 121 kafedrada 1410 o’qituvchi, jumladan 190 professor va fan doktori, 800 dan ortiq dotsent va fan nomzodi ishlaydi. Sirtqi bo’limi mavjud. 1927 yildan aspirantura, 1988 yildan doktorantura ishlaydi. Universitetda 3 ilmiy tadqiqot instituti, nashriyot, hisoblash-axborot va ilmiy-injenerlik markazlari, asosiy kutubxona, 3 muzey, «Hemislisa» ilmiy tajriba xo’jaligi, «Naroch» biologiya stansiyasi, «Zapadnaya Berezina» ilmiy ishlab chiqarish geografik baza bor.