BELYANSKIY IVAN FILIPPOVICH
BELYANSKIY IVAN FILIPPOVICH (1907 — 1978) — televideniye ixtirochilaridan biri. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi (1965), O’rta Osiyo aloqa okrugnning Toshkentdagi tajribasi iov stansiyasida ishlagan (1927 — 30). B. P. Grabovskiy bilan hamkorlikda harakatdagi tasvirni elektron nur yordamida uzatadigan va qabul qiladigan «radiotelefot» apparatini yaratgan va laboratoriya sharoitida sinab ko’rgan (1928). 1928 yil 4 avgustda Toshkentda jamoatchllikka oddiy «televizor» ishlab turgan holda ko’rsatildi. B. P. Grabovskiy va Belyanskiyga shu apparatlari uchun patent berilgan (1928). Ad.: Efimov E.. Toshkent — televideniye vatani, T., 1966.