{"id":116610,"date":"2024-03-02T13:29:30","date_gmt":"2024-03-02T10:29:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116610"},"modified":"2024-03-02T13:29:33","modified_gmt":"2024-03-02T10:29:33","slug":"samarqandda-haykal-ornatilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqandda-haykal-ornatilishi\/","title":{"rendered":"Samarqandda haykal o\u2019rnatilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Amir Temur davlati Samarqandda yuzaga kelib va rivojlanib saltanat darajasiga ko\u2019tarilgan edi. Bu shahar uning bevosita ishtirokida jahondagi eng yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Hashamatli binolar, ajoyib bog\u2019, ko\u2019cha va bozorlar qurilib, obodonchilik eng yuqori cho\u2019qqiga ko\u2019tarildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Samarqand xonliklar, chor hukumati va sovet davrida o\u2019zining shon-shuhratini yo\u2019qotib, obodonchilik va tarixiy yodgorliklar achinarli holatga tushib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yurtboshimizning harakati tufayli tarixiy yodgorliklar ta\u2019mirlandi. Hashamatli binolar qurildi, shahar va atrof hududlarida katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi. O\u2019zbekiston Fanlar akademiyasining filiali ochilib va oliy o\u2019quv yurtlarining salmog\u2019i oshib, shahar yirik ilmiy markazga aylandi. Amir Temur maqbarasining, Bibixonim masjidi va boshqa ko\u2019pgina yodgorliklarning ta\u2019mirlanishi va Sohibqiron haykali o\u2019rnatilishi nur ustiga nur yog\u2019ilganidek bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1996 yil 18 oktabrda Yurtboshimiz Islom Karimov haykalning ochilishida so\u2019zga chiqib, Sohibqironning Samarqandni yer yuzining sayqaliga aylantirishda katta xizmatlarni taqdirlab, shunday dedi:<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz vatandoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram mehmonlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Qadrli samarqandlik birodarlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Avvalo, bugungi fayzli va tarixiy bir kunda azim Samarqandga, barcha viloyat ahliga beqiyos hurmatimizni, farzandlik mehrimizni izgor etishga ijozat bergaysiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Ajdodlarni xotirlash ularning ruhini shod etgan xalqimizning azaliy udumidir. Bu muqaddas an\u2019ana avlodlarni ezgulikka, o\u2019tganlar oldidagi vorislik burchini ado etishga chorlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun siz bilan ana shunday qutlug\u2019 daqiqalarda uchrashib turibmiz. Fursatdan foydalanib, imon-e\u2019tiqodli faxriylamizga, Samarqand ahliga, ulug\u2019 bobokalonimiz Amir Temur arvohini shod etish uchun yig\u2019ilgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz do\u2019stlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Qachonki biz Amir Temur hazratlarini yod etar ekanmiz, Sohibqiron saltanatining poytaxtini ham ehtirom bilan tilga olamiz. Chunki Amir Temur va Samarqand tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand-xalqimiz, millatimiz dovrug\u2019ini butun dunyoga taratgan, ming-ming yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand-o\u2019tmishli sharaf, bugungi saodatli, kelajagi abadiy shahardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning ana shu olamshumul shuhratiga, tengsiz salobatining yuksalishiga, shonli tarixiga beqiyos hissa qo\u2019shgan zot bobomiz Amir Temurdir.<\/p>\n\n\n\n<p>XIII asrning birinchi yarmida Samarqnad bosqinchilar zulmi tufayli xarobalikka yuz tutgan qal\u2019alar, masjidlar, madrasalar qarovsiz qolgan edi. O\u2019sha zamonda yurtimizga kelgan bir arab sayyohining shohidlik berishicha, Samarqand shunday huvillar yotardiki, avvalgi aholisining chorak qismi qolgan, me\u2019moriy obidalar vayronaga aylangan, ariqlar ko\u2019milib ketgan, shahar suvsiz, bog\u2019lar qurib bitgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron bobomiz ana shunday murakkab bir davrda taxt tepasiga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>U Samarqnadning gullab-yashnashi uchun butun umrini sarf etdi. Bobokalonimiz Samarqandni jahondagi eng katta va qudratli davlatning poytaxti sifatida buyuk nufuz kasb etishini, mislsiz go\u2019zal va obod bo\u2019lishini, har tomonlama taraqqiy topishini orzu qilgan edi. Bu ezgu niyat Samarqand qiyofasida o\u2019z ifodasini topdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrati Temur butun dunyodan va o\u2019z yurtimizdan mohir me\u2019morlarni, qo\u2019li gul hunarmandlarni o\u2019z poytaxtini barpo etishga jalb qildi, ularni ana shu olijanob maqsad yo\u2019lida birlashtirdi. Ularning salohiyat va aql-zakovatini safarbar etib, ijodlariga ilhom bag\u2019ishlab, olamda tengi va o\u2019xshashi bo\u2019lmagan me\u2019moriy mo\u2019jizalarni bunyod qildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning moviy gumbazlari, osmono\u2019par minoralari, ulardagi betakror ranglar, olam-olam mazmunga ega naqshu nigorlar bizni yerga qarab emas, boshimizni baland ko\u2019tarib, qadr-qimmatimizni bilib yashashga undaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun biz Amir Temur bobomiz buyuk bunyodkorlik rejalarini noyob obidalarda bekamu ko\u2019st mujassam etib, Samarqandni yer yuzining mo\u2019jizasiga aylantirgan Badriddin ibn Shamsiddin, usta Ali Nasafiy, Olim Nasifiy, Mavlono Ubaydulloh, Pirmuhammad Bog\u2019ishamoliy, Mavlono Junays singari yuzlab-minglab me\u2019moru muhandis ajdodlarimizni, hunarmand ustalarimizni ham eslab, ularning san\u2019atiga tasannolar aytamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron bobomiz dahosining sharofati bilan shahri azim Samarqand yer yuzining sayqaliga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu oliy unvon shunchaki chiroyli gap emas. Temuriylar saltanatining markazi, temuriylar qudratining timsoli bo\u2019lmish bu tabarruk maskan olamning yetti iqlimida ma\u2019lumu mashhur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dunyoning turli mamlakatlaridagi ne-ne odamlar Samarqandni bir bor ko\u2019rishni, uning muqaddas tuprog\u2019ini tavof etib, aziz-avliyolarning xoki poylarini ziyorat qilishni o\u2019zlari uchun ulug\u2019 sharaf deb bilganlar. Jahonning barcha hududlaridan ilmtalab, ma\u2019rifattalab insonlar Samarqand sari intilganlar. Chunki dunyoning eng katta va boy kutubxonalari, o\u2019sha zamonning eng ulug\u2019 dorilfununlar &#8212; madrasalar, eng mashhur allomalar aynan shu yerda, mana shu zaminda faoliyat ko\u2019rsatar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqimiz, shu jumladan, Samarqand ahlining bugungi hayotimiz va ertangi istiqbolimiz yo\u2019lida qilayotgan mehnati, fan va madaniyat namoyondalarining izlanishlari Sohibqiron davridagi o\u2019sha olamshumul ishlarning uzluksiz davomidir. Bularning barchasi Samarqnadning shuhratiga shuhrat qo\u2019shyapti, desak, aslo mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand nafaqat muqaddas obidalari va betakror tarixiy mo\u2019jizalari, balki zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan, eng qimmatli boyligi-bag\u2019ri keng, qalbi go\u2019zal mehnatkashlari bilan butun dunyoda mashhur.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz birodarlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun Amir Temur to\u2019yini nihonlashimizning, unga haykallar tiklashimizning, temuriylar davri me\u2019moriy yodgorliklarini ta\u2019mirlab obod etishimizning, u zoti sharafga bo\u2019lgan ehtirom va muhabbatimizning sababi bitta\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur shaxsini idrok etish &#8212; tarixni idrok etish demakdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurni anglash &#8212; o\u2019zligimizni anglash demakdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurni ulug\u2019lash &#8212; tarix qa\u2019riga chuqur ildiz otgan tomirlamizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram yurtdoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand-azaliy buyuk va daholik qudrati mujassam bo\u2019lgan. Alloh nazari tushgan maskan. Uning jahon ilmu fani, madaniyati va san\u2019ati rivojiga qo\u2019shgan katta hissasi, siz &#8212; muhtaram shahar ahlining ko\u2019p asrlik manaviy merosimizni asrab-avaylab kelayotganingiz va mustaqil O\u2019zbekiston shon-shavkatini oshirishdagi g\u2019oyat katta xizmatingiz uchun Samarqand ahli \u201cAmir Temur\u201d ordeni bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun men uchun behad sharafli vazifani ado etish-qadrdon va aziz shahrimiz bayrog\u2019iga ana shu ordenni qadab qo\u2019yish nasib etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu quvonchli voqea Amir Temur bobomizning muborak tavallud kunlarini nishonlash paytida, u zotning muhtasham haykali fayz bag\u2019ishlab turgan shu go\u2019zal maydonda sodir bo\u2019lmoqda. Bu, albatta, teran ma\u2019no va mazmunga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadrli Samarqand ahli!<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu oliy mukofot bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman!<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron bobomizning siymosi Samarqand osmonida yulduz kabi nur sochaversin!<\/p>\n\n\n\n<p>Millatimizning faxru iftixori bo\u2019lmish azim Samarqand ham, hazrati Amir Temurning tabarruk nomlari ham, ona O\u2019zbekistonimiz ham dunyo turguncha tursin! <\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk Amir Temur va aziz ajdodlarimizning ruhi poklari bizni qo\u2019llab-quvvatlasin, yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va baxtu saodat ato etsin!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temur davlati Samarqandda yuzaga kelib va rivojlanib saltanat darajasiga ko\u2019tarilgan edi. Bu shahar uning bevosita ishtirokida jahondagi eng yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Hashamatli binolar, ajoyib bog\u2019, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqandda-haykal-ornatilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116610","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116610","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116610"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116610\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116612,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116610\/revisions\/116612"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116610"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}