{"id":116649,"date":"2024-03-16T15:56:59","date_gmt":"2024-03-16T12:56:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116649"},"modified":"2024-03-16T15:57:03","modified_gmt":"2024-03-16T12:57:03","slug":"buxoro-vohasi-arxeologiyasi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-vohasi-arxeologiyasi\/","title":{"rendered":"Buxoro vohasi arxeologiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Buxoro vohasi moddiy va madaniy yodgorliklarga boy. Buxoroning tarixiy yodgorliklarini arxeologik jihatdan o\u2019rganish XX asr boshidan boshlandi. Dastlabki arxeologik tekshirishlar 1913-1915 yillarda rus tadqiqotchisi L.A.Zimin tomonidan o\u2019tkazildi. U Buxoro vohasida olib borgan qidiruv va qisman qazish ishlarida o\u2019rta asrlarga oid bir qancha arxeologik yodgorliklar yodgorliklar haqidagi dastlabki ma\u2019lumotlarni to\u2019plagan bo\u2019lsa-da, bu yodgorliklarni tekshirishda ilmiy xulosa chiqara olmagan. Buxoroda keng ko\u2019lamda arxeologik tekshirishlar o\u2019tkazish dastlab sovet davrida amalga oshdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davrida Buxkomstaris (Buxoroning qadimgi yodgorliklarini saqlash komiteti) tashkil etilib, bu tashkilot Buxoroning qadimgi me\u2019morchilik obidalarini saqlash va ularni o\u2019rganish bilan shug\u2019ullandi. XX asrning 30-yillaridan boshlab Buxoroda bir qancha yirik arxeologik ekpeditsiyalar ish olib bordi. 1934 va 1939 yillarda Buxkomstaris, Davlat Ermitaji va IIMQ (Moddiy madaniyat tarixi instituti)ning A.Yu.Yakubovskiy rahbarligidagi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi Buxoro vohasining shimoli-sharqiy qismida, V.A.Shishkin boshliq arxeologik ekpeditsiya vohaning g\u2019arbiy qismida qidiruv va qazish ishlari olib bordilar. Buxoroda o\u2019tkazilgan arxeologik tekshirishlar asosan o\u2019rta asr yodgorliklarini o\u2019rganishga qaratilgan edi. Masalan, 1934-1935 yillarda A.Yu.Yakubovskiy Buxoro vohasi atrofini o\u2019ragan qadimgi mudofaa inshooti-Kanpirak devori qoldiqlarini tekshirdi. 1939 yilda esa u qadimgi Poykend shahri xarobalarida qazish ishlari o\u2019tkazdi. 1938-1939 yillarda V.A.Shishkin Buxoroning qadimgi podsholari buxorguxotlarning yozgi qarorgohi-Varaxshani ochishga kirishdi. Ikkinchi jahon urushi davrida arxeologik ishlar vaqtincha to\u2019xtatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1949-1954 yillarda O\u2019zbekiston SSR FA Tarix va arxeologiya institutining V.A.Shishkin boshliq Varaxsha ekspeditsiyasi Varaxshadan VI-VII asrlarga oid arxeologik va tasviriy san\u2019at yodgorliklarini ochdi. 1950 yildan Tarix va arxeologiya institutining akademigi Ya.G.G\u2019ulomov rahbarligidagi Mohandaryo arxeologik ekspeditsiyasi Buxoro viloyatida keng ko\u2019lamda qidiruv va qazish ishlarini boshlab yubordi. Bu ekspeditsiya 10-15 yil davomida Buxorodan paleolit, neolit, bronza va antik davrlarga oid juda ko\u2019p yodgorliklarni topib tekshirdi: 1958-1967 yillarda Navoiy shahrining shimolidagi Qoratog\u2019 etaklaridan mustye (miloddan avvalgi 13-5 ming yillik) davrlarida xos tosh qurollar, ustaxonalar va neolit (miloddan avvalgi 4-3 ming yillik) zamonida tosh qurollar vositasida qazilgan ibtidoiy konlarning qoldiqlari topib o\u2019rganildi. 1950-1953 va 1960-1966 yillarda Qorako\u2019lning shimoli-g\u2019arbida Zarafshonning qadimgi quruq o\u2019zanlari Mohandaryo va Gujayli bo\u2019ylarida neolit davri makonlari 50 dan ortiq va Poykend atrofida 11 ta hamda Zamonbobo ko\u2019li atrofida bronza davriga oid 43 ta go\u2019r va qadimgi manzilgoh topib o\u2019rganildi. Bulardan tashqari, Mohandaryo ekspeditsiyasi Zarafshonning qadimgi quruq o\u2019zanlaridagi sug\u2019orish kanallarini, uzunligi qariyb 400 km bo\u2019lgan Kanpirak devori qoldiqlarini o\u2019rganib, vohada 800&nbsp;000 gektardan ortiq sug\u2019orilgan va suv bosgan yer bo\u2019lganligini aniqladi. 1953-1960 yillar Romitan tumanida Qizilqir I, Qizilqir II yodgorliklarida (miloddan avvalgi II- milodiy II asrlar) qazishlar o\u2019tkazildi. 1952-1953 va 1956-1965 yillarda O.V.Obelchenko tomonidan Qiziltepa, Quyuqmozor va Hazora atrofida miloddan avvalgi VI-IV asrlardan milodiy III-V asrlargacha bo\u2019lgan davrga oid juda ko\u2019p mozor qo\u2019rg\u2019onlar tekshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilmiy arxeologik tekshirishlar natijasida Buxoro vohasidagi insoniyat tarixining hamma bosqichlari &#8212; paleolit (qadimgi tosh asri)dan boshlab so\u2019nggi o\u2019rta asrlargacha bo\u2019lgan davrlarga oid ko\u2019pdan-ko\u2019p arxeologik yodgorliklar topib o\u2019rganildi. Bu yodgorliklarni o\u2019rganish Buxoro vohasini o\u2019zlashtirish tarixini, uning eng qadimgi aholi yaratgan ibtidoiy madaniyatni, qadimgi va o\u2019rta asrlarda qad ko\u2019targan ajoyib arxitektura obidalarini, tasviriy san\u2019atini to\u2019g\u2019ri yoritishga imkon berdi. Buxoro vohasida arxeogolik qazishlar olib borish natijasida yirik ilmiy asarlar yaratildi. A.V.Shishkinning \u201cVaraxsha\u201d kitobi, Ya.G\u2019.G\u2019ulomov, O\u2019.Islomov, A.Asqarovlarning \u201cIbtidoiy madaniyat va Zarafshon etaklarida sug\u2019orma dehqonchilikning vujudga kelishi\u201d nomli asarlari rus tilida nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1965 yilda Buxoro shahri tarixini o\u2019rganish maqsadida Tarix va arxeologiya instituti maxsus ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiya Buxoro shahridagi eng qadimgi arxeologik yodgorlik-Arki Oliyda qazish ishlari olib bordi. Buxoro shahrining yoshini aniqlash uchun Qo\u2019rg\u2019oni Romitan, Vardonze va Poykendda ham arxeologik ilmiy tekshirish ishlari o\u2019tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroni arxeologik jihatdan faol o\u2019rganish ishlari XX asrning 70-80-yillarida boshlandi. Arxeologlar XX asr oxiri-XXI asr boshlarida Buxoro shahri va tarixiy Buxoro viloyati arxeologiyasini o\u2019rganishni davom ettirishdi. O\u2019zbekiston FA Arxeologiya institutining maxsus arxeologik otyadi (Ya.G\u2019ulomov, A.Asqarov, A.R.Muhammadjonov, I.Ahrorov, J.Mirzaahmedov, M.Xo\u2019janazarov, Sh.Odilov va boshqalar) va O\u2019zbekiston Madaniyat vazirligining Me\u2019moriy yodgorliklarni ta\u2019mirlash va asrash instituti otryadi (Ye.G.Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxoro viloyati hududida miloddan avvalgi IV-III ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shug\u2019ullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqlandi. Miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmida Zarafshon daryosi o\u2019zaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qadimgi tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohandaryo, Gujayli va Buxoro) havzalariga chorvador-dehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashg\u2019ul bo\u2019lganlar. Arxeologlar (Ya.G\u2019ulomov, A.Asqarov va boshqalar) Qorako\u2019l tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib o\u2019rgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi I ming yillikda Buxoro vohasida asta-sekin sun\u2019iy sug\u2019orish tarmoqlari va mustahkamlanga qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining qadimgi tarmog\u2019i-Shohruh bo\u2019ylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hozirgi Buxoro o\u2019rnida bo\u2019lgan qishloqning barpo bo\u2019lishi aynan shu davrga to\u2019g\u2019ri keladi. XX asrning 70-yillarida Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan o\u2019rganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar yetib borishga hamda madaniy qatlamning qalinligi, ya\u2019ni madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo\u2019lindi. Shahar markazidagi Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chog\u2019ida material qatlam ustida to\u2019q jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari ko\u2019p ekanligi ma\u2019lum bo\u2019ldi. Torf qatlami madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri &#8212; ilk o\u2019rta asr manbalarida qayd etilgan Rudi zar (Oltin irmoq)ning o\u2019tganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirg\u2019og\u2019i bo\u2019ylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar o\u2019zagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar o\u2019zagi 3 qism &#8212; Oltin irmoqning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019ida joylashgan Ark, ya\u2019ni qal\u2019a hamda uning o\u2019ng va so\u2019l qirg\u2019oqlaridagi qishloqlardan iborat bo\u2019lgan. Bu yerdan topilgan ko\u2019plab ashyoviy dalillar, xususan, sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (miloddan avvalgi I ming yillikning boshlaridan to XX asr boshlariga qadar)ga oid bo\u2019lib, ulardan ikkitasi miloddan avvalgi VII asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida yana ko\u2019plab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qadimgi tarixini o\u2019rganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13-15,5 m, shuningdek 16,5-18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldig\u2019i topildi. Ular Buxoroning qadimgi mudofaa devori xarobalari bo\u2019lib, biri (milodiy IV-V asrlar)ning balandligi 2,5-3 m, ikkinchisi (miloddan avvalgi VII-VI asrlar)niki 2-2,5 m.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi bo\u2019ylab, chunonchi, yirik arxeologik yodgorliklar-Poykend, Qo\u2019rg\u2019oni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Bo\u2019ston, Qo\u2019zimontepa, Oqsochtepa va Buxoro shahar xarobalari keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Konimex tumanida miloddan avvalgi VI-V asrlarga doir yodgorliklar (Chordara shahar xarobasi, Qumrabod-I, Qumrabod-II, Arabon-I, Arabon-II nomli mustahkamlangan qishloqlar, miloddan avvalgi VI asrga oid Shodibek va Qalqonota qo\u2019rg\u2019onlari) topib o\u2019rganildi (1975-1977). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik va me\u2019morlikka doir ko\u2019plab ashyoviy dalillar topildi. O\u2019sha davrga taalluqli qishloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xojaxotin, Laylakxo\u2019r, Boshtepa, Oqtepa va boshqa joylardan ham topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan ma\u2019lumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jez davri (miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmi)dayoq vujudga kalbi, ular sinchli yarim yerto\u2019lalardan iborat bo\u2019lgan (qurib qolgan Mohandaryo tarmog\u2019i mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmoqlari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgohlar paydo bo\u2019lgan. Miloddan avvalgi VII asrda esa Buxoro Arki (Arki Oliy) qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan o\u2019rab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi I ming yillik boshlaridan O\u2019rta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh o\u2019zaro birlashib va to\u2019xtovsiz taraqqiy etib, kattagina shaharga &#8212; Buxoro vohasining savdo-hunarmandchilik va ma\u2019muriy markaziga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologik qazishlar natijasida Buxoro shahri yozma manbalarda Rudizar yoki Zarirud nomi bilan tilga olingan Zarafshon quyi irmog\u2019ining ikki sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan alohida-alohida qishloqlar asosida barpo etilganligi aniqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro shahrining yoshini aniqlash ilmiy doiralar va jamoatchilikni qiziqtirib kelgan muhim ilmiy muammolardan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning qadimgi davri tarixini o\u2019rganishda V.A.Shishkin, Ya.G\u2019.G\u2019ulomov, A.A.Asqarov, A.R.Muhammadjonov, L.I.Rempel, M.G.Masson, M.Turabekov, B.O\u2019roqov, O.V.Obilchenko, G.Dadaboyev, I.Ahrorov, J.Mirzaahmedov, M.Xo\u2019janazarov, Sh.Odilov va boshqa olimlarning xizmatini alohida e\u2019tirof etish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asrning 60-70 yillarida Buxoroning ko\u2019hna shahar qismining yetti joyda keng ko\u2019lamli arxeologik qazishlar amalga oshirilgi. Qazilgan maydonlarning deyarli hammasida Buxoroning qadimgi daryosi ichida botqoqlik ustida hosil bo\u2019lgan ilk ro\u2019yi zaminigacha kovlab ochishga muyassar bo\u2019lindi. Buxoro shahri hali qad ko\u2019tarmasdan avval hosil bo\u2019lgan bu go\u2019sha qatlamlari rangi va tarkibi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ular uzoq o\u2019tmishda aholi tomonidan hali o\u2019zlashtirilmagan, bo\u2019lajak shaharning o\u2019rni atroflarining tabiiy manzarasini namoyish qilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning bu qadimiy tuprog\u2019i ustida asrlar davomida nihoyatda qalin madaniy qatlam vujudga kelgan. Uning qalinligi 20 m dan oshiqroq bo\u2019lib, ostki qatlamlaridan qazib olingan arxeologik topilmalarning eng ko\u2019hnasi milodgacha bo\u2019lgan I ming yillikning o\u2019rtalariga taalluqli deb hisoblanadi. Moddiy madaniyat qoldiqlari orasida 15,5 m va 18,5 m chuqurlikda saqlangan qadimgi shahar devorlari qoldiqlarining topilishi Buxoro tarixini o\u2019rganishda, aynisa, uning yoshini belgilashda qimmatli ashyoviy dalil sifatida xizmat qildi. Chunki bu qalin madaniy qatlam ostida qayd etilgan ushbu nodir arxeologik topilmalar Buxoro qadimdan mudofaa devorlari bilan o\u2019ralgan shahar, hunarmandchilik maskani ekanini isbotlovchi asosiy dalillardan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1969 yilda arxeologik Ya.G\u2019ulomov rahbarligida maxsus guruh Buxoro shahri ichida arxeologik ishlarni boshladi. Qazishma ishlari Ark ichida boshlandi. Arkning shimoliy mudofaa devorlarini qazish jarayonida unign o\u2019rta asrlardan tortib XX asr boshlarigacha bo\u2019lgan davrga taalluqli sakkiz qatlamdan iborat ekanligi aniqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Devor g\u2019ishtlari hajmlari VI-VIII asrlar boshiga taalluqli ekanligini ko\u2019rsatdi. Shahriston himoya devorining Shimoliy va Janubiy old qismini arxeologik qazish ishlari shuni ko\u2019rsatadiki, mazkur hudud qadimgi buxorolik ziroatchilar tomonidan miloddan avvalgi VI-V asrlarda o\u2019zlashtirilgan. Hozir mavjud shahar va Ark esa taxminan VI asrning ikkinchi yarmida, ya\u2019ni Sheri Kishvar hukmronligi davrida qo\u2019rg\u2019on devorlari bilan o\u2019rab olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Arkning shimoliy devorida boshlangan qazishma ishlari Ark poydevori shahar hududining madaniy qatlamida yotganligini ko\u2019rsatgan. Asosiy poydevorga (yoki materikka) yetish uchun 16-20 m chuqurlikka tushish zarur bo\u2019lgan. Bu esa ilmiy asoslanmagan va texnik jihatdan amalga oshirilish imkoniyatiga ega bo\u2019lmaganligi uchun to\u2019xtatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1971 yilda arxeolog I.Ahrorov tomonidan Buxoro zindoni yonida arxeologik qazishma ishlari boshlanib, yer osti suvlari chiqqunga qadar 12-13 m chuqurlikdan sopol buyumlar topilib, milodning IV asriga oid madaniy qatlamgacha borib etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeolog I.Ahrorov boshchiligidagi guruh qazishmalar olib borayotgan vaqtida neolit davri (6-4 ming yil avval) dan qadimroq bosqichga doir bir qancha chaqmoq toshdan yasalgan ibtidoiy odamlarning qurollari topilgan. Ayniqsa, bu qimmatbaho topildiqlar Buxoro shahrining ichidan o\u2019tayotgan qadimiy Shohrud kanalining atrofidan terilgan. Bu noyob toshqurollar Buxoro shahri hali paydo bo\u2019lmasdan oldin paleolit davrida (ya\u2019ni 50-10 ming yillar avval) uning hududi inson yashaganligining isbotidir.<\/p>\n\n\n\n<p>1974 yilning bahorida nufuzli arxeologlar A.Asqarov, A.Muhammadjonov va akademik Ya.G\u2019ulomovlar tomonidan Abdulazizxon madrasasi yon tomonidan 40&#215;40 m li kotlovan qazilib, uning chuqurligi 19 m ga yetdi. Topilgan ashyolar Afrosiyob, Marv, qadimiy Xorazmning bir qator shaharlaridan topilgan materiallarga o\u2019xshashligi aniqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1974 yilda Buxorodan topilgan arxeologik ashyolar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shahar Samarqand tengdoshi ekanligi isbotladi. Bu xulosa YuNESKO tomonidan Buxoroning 2500 yilligini nishonlash to\u2019g\u2019risidagi qarorning qabul qilinishi uchun asos bo\u2019ldi. Shahar yubiley oldidan 50 dan ortiq tarixiy-me\u2019moriy obidalar ta\u2019mirlandi, yangi istirohat bog\u2019lari, xiyobonlar barpo qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1997 yil 18-19 oktabrda mamlakatimizda birinchi bo\u2019lib Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyi xalqaro miqyosda katta tantana qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro O\u2019rta Osiyoning qadimiy shaharlari, masalan, Samarqand, Marv, Axsikat va Toshkent kabi shaharlaridan farqli o\u2019laroq, XX asr o\u2019rtalarigacha o\u2019zining dastlabki hududini o\u2019zgartirmagan. O\u2019rta Osiyoning boshqa qadimiy shaharlaridan ayrimlari ilk o\u2019rta asrlarda, boshqalari esa keyingi davrlarda kimsasiz xarobalarga aylanganligi tufayli arxeologik izlanishlar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratgan bo\u2019lsa, Buxoro asrlar osha o\u2019zining muqim joyida qolib, O\u2019rta Sharq va O\u2019rta Osiyoning yirik savdo-hunarmandchilik, ma\u2019naviy va ma\u2019muriy markazi sifatida gullab-yashnadi, rivojlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xususan, arxeologlar Jamoliddin Mirzaahmedov va Muhiddin Xo\u2019janazarovning XXI asr boshlarida Buxoro vohasida olib borgan arxeologik tadqiqotlari bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning fikricha, Buxoro vohasida neolit davriga oid mintaqadagi eng qadimgi o\u2019troq dehqonchilik madaniyati manzilgohlari bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi 7 ming yillik oxiri &#8212; Buxoro viloyati shimolidagi Oyoqog\u2019itma ko\u2019li Oyoqog\u2019itma qishlog\u2019i yaqinida (Shofirkon va G\u2019ijduvon tumanlari hududida)gi neolit davriga oid eng qadimgi o\u2019troq dehqonchilik madaniyati manzilgohi bo\u2019lgan. U Kaltaminor madaniyatiga mansub Oyoqog\u2019itma manzilgohi sifatida mashhur. Bu yerdan tur va boshqa hayvonlarning suyaklari, dehqonchilik qurollari topilgan. Aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shug\u2019ullangan. <\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi 7 ming yillik oxiri &#8212; Buxoro vohasi shimoli-g\u2019arbidagi Qoratog\u2019 (Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida)ning janubiy yon bag\u2019ridagi Sarmishsoy darasi qoyatoshlariga o\u2019yib ishlangan rasmlar (Sarmishsoy rasmlari) yaratildi. Bu yerda 4000 ga yaqin turli rasmlar bronza, temir va tosh bilan urib va cho\u2019kichlab, sxematik, kontur, soya va naqshlar uslubida ishlangan. Suratlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buxoro vohasi moddiy va madaniy yodgorliklarga boy. Buxoroning tarixiy yodgorliklarini arxeologik jihatdan o\u2019rganish XX asr boshidan boshlandi. Dastlabki arxeologik tekshirishlar 1913-1915 yillarda rus tadqiqotchisi L.A.Zimin tomonidan o\u2019tkazildi. U Buxoro vohasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-vohasi-arxeologiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116649","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116649","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116649"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116649\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116652,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116649\/revisions\/116652"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116649"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}