{"id":1258,"date":"2021-09-19T12:23:44","date_gmt":"2021-09-19T09:23:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1258"},"modified":"2021-09-19T12:23:45","modified_gmt":"2021-09-19T09:23:45","slug":"yer-sharini-nima-tutib-turadi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-sharini-nima-tutib-turadi\/","title":{"rendered":"Yer sharini nima tutib turadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Odamlar qadim zamonlarda yer shari haqida nimalarni to&#8217;qib-bichishmagan. Masalan, uni katta obi non, qalin quymoq yoki toqqa o&#8217;xshatishgan. Bugungi kunda jajji bolakaydan so&#8217;rasangiz ham, u hech ikkilanmasdan bizning sayyoramiz shar shaklida ekanini aytib beradi. Yer sharini nima tutib turadi, degan savol tug&#8217;ilishi tabiiy. Qadim zamon odamlari yerni qalin bir quymoq tarzida tasavvur qilishganida, u tirgaksiz turishi mumkin emas, deb o&#8217;ylashgan. Shuning uchun ham quymoq fillarning yelkasida, fillar esa ulkan toshbaqaning ustida turadi, degan xulosaga kelishgan. Shu tariqa yerdagi emas, kosmik okeanda suzib yuradigan qiziq bir piramida \u2014 ehrom hosil bo&#8217;lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, bugungi kunda bunday cho&#8217;pchakka hech kim ishonmaydi. Lekin yerni nima tutib turadi? Mabodo, uni hech narsa tutib turmasligini va ostida hech handay tirgak yo&#8217;q ekanini bilib qolsangiz, siz buni qanday tasavvur qilar edingiz?<\/p>\n\n\n\n<p>Savol, albatta, qiyin. Keling, yaxshisi, savolga javob izlab topishni oddiy narsadan boshlay qolaylik. Bir faraz qilib ko&#8217;ring: suv to&#8217;la chelakni boshingiz ustida ag&#8217;darsangiz nima bo&#8217;ladi? To&#8217;g&#8217;ri, suv boshingizga to&#8217;kilib ketadi. Endi, bor-ey, tavakkal, deb shunday bir qirq nomerini bajarib ko&#8217;ring. Bolalar chelakchasiga ip bog&#8217;lang-da, oldin uni bo&#8217;sh holda, so&#8217;ngra suv to&#8217;ldirib boshingiz uzra aylantiring. Yaxshisi, buni tashqarida mashq qilganingiz ma&#8217;qul. Mashqlarni takrorlayversangiz, aylanayotgan chelakdan biror tomchi suv ham yerga tushmay qoladi. Agar chelakni aylantirishni to&#8217;satdan to&#8217;xtatsangiz, suv ustingizga to&#8217;kilib, kiyim-boshingiz shalabbo bo&#8217;ladi. Demak, chelak harakatda bo&#8217;lgan vaqtda suv to&#8217;kilmadi, biroq u harakatdan to&#8217;xtashi bilan to&#8217;ntarilgan chelakda suv turmay, to&#8217;kilib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer aylanayotganda ham xuddi shunday hol yuz beradi. Haqiqatan ham yer sharini hech narsa muallaq tutib turmaydi, uning qulab ketmasligi sababi Quyosh atrofida beto&#8217;xtov har biri bir yilga teng bo&#8217;lgan aylana ketidan aylana yasab harakat qilaverishidadir. Albatta, yer Quyoshga hech bir arqon bilan bog&#8217;lab qo&#8217;yilmagan. Aslida arqonning keragi ham yo&#8217;q. Usiz ham Quyosh yer va boshqa sayyoralarni o&#8217;ziga tortib turadi. Yer bir vaqtning o&#8217;zida ham Quyoshga tomon qulaydi, ham undan uzoqlashib ketayotgan bo&#8217;ladi. Natijada milliardlab yillardan beri uchib ham ketmay, qulab ham tushmay, Quyosh atrofida aylanadi&#8230;<\/p>\n\n\n\n<p>Agar Quyosh yerni tortib turmaganida kosmik fazoning biror tomoniga uchib ketgan bo&#8217;lar edi. Mabado, yer nima sababdandir aylanishdan to&#8217;xtab qolganida Quyoshga qulab tushishi mumkin edi. Yaxshiki, u uchib ham ketmaydi, qulab ham tushmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer bir daqiqa ham to&#8217;xtamay, o&#8217;z orbitasi bo&#8217;ylab uchib ketayotgan ekan, biz ham u bilan birgalikda uchib ketyapmiz. Yer shari Quyosh atrofida aylanishi bilan birgalikda o&#8217;z o&#8217;qi atrofida ham pildiroq o&#8217;yinchoq singari bir kecha-kunduzda bir marta aylanadi. Shuning uchun ham biz o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanadigan karuselda yashayotganga o&#8217;xshaymiz. Yer Quyoshga goh u, goh bu tomoni bilan qarab aylanaveradi. Shu sababdan kun bilan tun to&#8217;xtovsiz almashinib turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odamlar qadim zamonlarda yer shari haqida nimalarni to&#8217;qib-bichishmagan. Masalan, uni katta obi non, qalin quymoq yoki toqqa o&#8217;xshatishgan. Bugungi kunda jajji bolakaydan so&#8217;rasangiz ham, u hech ikkilanmasdan bizning sayyoramiz shar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-sharini-nima-tutib-turadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1258","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1258","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1258"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1258\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1259,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1258\/revisions\/1259"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1258"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}