{"id":1260,"date":"2021-09-19T12:24:41","date_gmt":"2021-09-19T09:24:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1260"},"modified":"2021-09-19T12:24:41","modified_gmt":"2021-09-19T09:24:41","slug":"yer-oqi-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-oqi-nima\/","title":{"rendered":"Yer o&#8217;qi nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yerning andozasi bo&#8217;lmish globusni hammangiz ko&#8217;rgansiz. Globusda yer shari qiya holda tasvirlanadi. Yerning o&#8217;qi haqiqatan ham qiya va bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Faqat yerning o&#8217;qi globus yoki velosiped g&#8217;ildiragiga o&#8217;xshar ekan, deb o&#8217;ylamang. Yerning o&#8217;qi to&#8217;g&#8217;ri chiziqdir, uni xayolan Shimoliy va Janubiy qutblar o&#8217;rtasidan o&#8217;tkazish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Yerning o&#8217;qi qiyaligi tufayli ham biz yashab turgan joyda fasllar almashadi, yoz o&#8217;rniga kuz, kuz o&#8217;rniga qish, qish o&#8217;rniga bahor va bahor o&#8217;rniga yoz keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagicha tajriba o&#8217;tkazing: bitta globus va stol chirog&#8217;i oling. Unda yerni globus, stol chirog&#8217;ini esa Quyosh deb faraz qiling. Agar siz globus ushlagan qo&#8217;lingizni chiroq atrofida aylantirsangiz, Quyosh Janubiy va Shimoliy yarim sharlarni bir xil yoritmayotganini ko&#8217;rasiz. Shimoliy yarim sharga ko&#8217;proq yorug&#8217;lik tushganda, u yerda yoz, Janubiy yarim sharda qish bo&#8217;ladi. Janubiy yarim sharda yoz bo&#8217;lganda, Shimoliy yarim sharda qish bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Globus va chiroq tun va kun almashinuvini tasavvur qilishingizda ham yordam beradi. Endi globusdan o&#8217;zingiz yashadigan joyni toping-da, u yerga to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ichni qadab qo&#8217;ying. Globusni chiroq atrofida aylantirganingizda, siz yashayotgan joyda goh tun, goh kunduzi bo&#8217;lganini ko&#8217;rasiz. 360 gradus burilishi bu yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida to&#8217;liq bir marta aylanib chiqishi uchun 23 soat 56 minut 4,091 sekund vaqt ketadi. Ming yillar davomida yerning aylanish tezligi hech qachon o&#8217;zgarmagan, doimiydir, degan qarash mavjud edi. Ammo, bir oz bo&#8217;lsa-da, og&#8217;ish, baribir, kuzatilgan. Dengiz suvining ko&#8217;tarilishi bilan bog&#8217;liq ishqalanish va yer qobig&#8217;ida ro&#8217;y berayotgan o&#8217;zgarishlar natijasida kun har yuz yilda sekundning mingdan bir ulushiga uzayib bormoqda. Olimlar bu o&#8217;ta oz o&#8217;zgarishlarni ham kuzatib, o&#8217;lchab turishibdi. Yer, shuningdek, Quyosh atrofida ham aylanadi. U o&#8217;z orbitasining ayrim nuqtalarida boshqa sayyoralarga nisbatan Quyoshga yaqinroq boradi. Uning Quyoshga eng yaqin borgan holati &#171;perigey&#187;, undan eng uzoqlashgan holati esa &#171;apogey&#187; deb ataladi. Yer ham boshqa sayyoralar kabi ma&#8217;lum orbita bo&#8217;ylab Quyoshdan uzoq-yaqinligiga bog&#8217;liq tezlik bilan harakat qiladi. Sayyoralar Quyoshga yaqin kelganida tezroq harakat qilishadi. Shunday qilib, ular perigeyda tezroq, apogeyda sekinroq aylanishadi. Yer bilan Quyosh orasidagi masofa har vaqt har xil bo&#8217;lgani uchun ham orbita tezligi doimo o&#8217;zgarib turadi. Perigeyda yer o&#8217;z orbitasi bo&#8217;ylab sekundiga 30,2 kilometr, apogeyda esa 29,7 kilometr tezlik bilan harakat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yerning andozasi bo&#8217;lmish globusni hammangiz ko&#8217;rgansiz. Globusda yer shari qiya holda tasvirlanadi. Yerning o&#8217;qi haqiqatan ham qiya va bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Faqat yerning o&#8217;qi globus yoki velosiped &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-oqi-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1260","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1260","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1260"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1261,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1260\/revisions\/1261"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}