{"id":1268,"date":"2021-09-19T20:18:30","date_gmt":"2021-09-19T17:18:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1268"},"modified":"2021-09-19T20:18:31","modified_gmt":"2021-09-19T17:18:31","slug":"nega-biz-yerning-aylanishini-sezmaymiz","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nega-biz-yerning-aylanishini-sezmaymiz\/","title":{"rendered":"Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, yer tek turadi, Quyosh, oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o&#8217;ylashgan. Nega shunday deb o&#8217;ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim yer aylanishini sezmagan. Nega yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to&#8217;kilib, sochilib ketmaydi?<\/p>\n\n\n\n<p>Endilikda biz yer ikki yo&#8217;nalishda aylanayotganini yaxshi bilamiz. U Quyosh atrofida aylanishi bilan birga o&#8217;z o&#8217;qi atrofida ham aylanadi. Nega biz buni sezmaymiz, degan savolga kelsak, biz ham yer yuzasi bilan birga aylanamiz. Bizni va okeanlardagi suvlarni gravitasiya, yerning tortish kuchi tutib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yerning aylanishi biz kuzatadigan va sezadigan ko&#8217;pgina narsalarda ko&#8217;rinadi. Yer aylangani uchun ham tun bilan kun almashadi. Agar u aylanmaganida, uning Quyoshga qaragan tomonida abadiy kunduz, orqa tomonida esa abadiy tun hukm surgan bo&#8217;lar edi. Yerning har bir nuqtasi 24 soat ichida dastlab Quyosh nuri tushadigan tomonda, so&#8217;ngra qorong&#8217;i tomonda bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yerning biz &#171;sezmaydigan&#187;, ammo hayotimizni o&#8217;zgartiradigan yana bir muhim harakati Quyosh atrofida aylanishidir. Aynan shu harakat yil fasllari almashuviga sabab bo&#8217;ladi, tevarak-atrof har faslda o&#8217;zgaradi. Quyosh atrofidagi sayohat 365,25 kun, ya&#8217;ni bir yil davom etadi. Yil esa tarix, har birimizning hayotimiz va hok. o&#8217;lchovidir. Fasllar almashuvi yer o&#8217;qining qiyaligi bilan bog&#8217;liq. Yer o&#8217;qining ekliptika (Quyoshning ko&#8217;z bilan ko&#8217;rish mumkin bo&#8217;lgan yillik harakati sodir bo&#8217;ladigan katta sfera aylanasi)ga nisbatan qiyaligi 66 gradusdir. Har bir qutb yarim yil davomida Quyoshga, yana yarim yilda esa undan teskari tomonga qiyalagan bo&#8217;ladi. Shuning uchun yerning Shimoliy qismiga yarim yil davomida Quyosh nuri ko&#8217;proq, keyingi yarim yilda esa ozroq tushadi. Quyosh nuri ko&#8217;proq tushgan vaqt yoz, kamroq tushgan vaqt yilning eng sovuq fasllari bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, yer tek turadi, Quyosh, oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o&#8217;ylashgan. Nega shunday deb o&#8217;ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nega-biz-yerning-aylanishini-sezmaymiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1268","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1268","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1268"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1268\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1269,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1268\/revisions\/1269"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1268"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}