{"id":1275,"date":"2021-09-19T20:23:33","date_gmt":"2021-09-19T17:23:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1275"},"modified":"2021-09-19T20:23:38","modified_gmt":"2021-09-19T17:23:38","slug":"yer-nimadan-tarkib-topgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-nimadan-tarkib-topgan\/","title":{"rendered":"Yer nimadan tarkib topgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yer, asosan, qattiq tog&#8217; jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buni batafsilroq ko&#8217;rib chiqaylik. Zamonaviy kosmogonik tasavvurlarga ko&#8217;ra, yer bundan, taxminan, 5 milliard yil muqaddam birlamchi Quyosh sistemasidagi tarqoq gaz \u2014 chang moddasidan paydo bo&#8217;lgan. Yerning gravitasion maydoni ta&#8217;sirida uning geosferasi \u2014 yadro (markazda), mantiya, yer qobig&#8217;i, gidrosfera, atmosfera \u2014 tashkil bo&#8217;ldi. Yer qobig&#8217;i, mantiya va yadroning ichki qismi qattiqdir (yadroning tashqi qismi suyuqdir). Yer yuzasi, ya&#8217;ni qobiqning qalinligi 18-50 kilometrdir, u tog&#8217; jinslaridan tarkib topgan. U &#171;litosfera&#187; ham deb ataladi. Qobiqning ustki qismi qit&#8217;alardir. Undagi chuqurliklar dengiz va okeanlar, quruqlik ichkarisidagi dengiz va ko&#8217;llar suvi bilan to&#8217;lib qolgan. Yer yuzasidagi barcha suvlar &#171;gidrosfera&#187; deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson shu vaqtgacha yer qobig&#8217;ining faqat eng ustki qismini o&#8217;rganishga muvaffaq bo&#8217;ldi, shuning uchun ham uning ichki qismi qanday ekanini aytolmaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Quduq va shaxtalar qazilganda, pastga yengan sayin temperatura ham ortib borishi ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. Temperatura, taxminan, har 40 metrda bir daraja yuqorilab boradi. Chuqurlik yer yuzasidan 3,5 km.ga yetganda, temperatura suvni qaynatadigan darajaga ko&#8217;tariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zilzilalarni tadqiq qilish olimlarga yerning tuzilishini o&#8217;rganishda qo&#8217;l keldi. Ularning fikricha, katta chuqurlikda temperatura yer qobig&#8217;idagiga o&#8217;xshash tez ko&#8217;tarilib bormaydi. Shuning uchun ham ular yerning yadrosidagi issiqlik Tselsiy shkalasi bo&#8217;yicha 5000-6000 darajadan oshmaydi, deb hisoblashadi. Bu juda baland temperatura ekanligi shubhasiz, chunki Tselsiy shkalasi bo&#8217;yicha 1200 daraja issiqlikda tog&#8217; jinslari erib ketadi. Yer qobig&#8217;i ikki qatlamdan iborat. Qit&#8217;alarga asos bo&#8217;lib xizmat qiladigan ustki qatlam granitdan tarkib topgan. Granit qatlami ostida &#171;bazalt&#187; deb ataluvchi o&#8217;ta qattiq jinsdan iborat keng qatlam bor. Olimlarning fikricha, yer markazida diametri, taxminan, 6370 km bo&#8217;lgan ulkan yadro joylashgan. Markaziy yadro bilan qobiq o&#8217;rtasida qalinligi 3,5 ming km.ga yaqin bo&#8217;lgan &#171;mantiya&#187; deb ataluvchi qatlam joylashgan. Mantiya tarkibida qoyalarga o&#8217;xshash &#171;olivinlar&#187; (sarg&#8217;ish yashil yoki sariq rangli mineral) deb ataluvchi jinslar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yer, asosan, qattiq tog&#8217; jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi. Buni batafsilroq ko&#8217;rib chiqaylik. Zamonaviy kosmogonik tasavvurlarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yer-nimadan-tarkib-topgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1275","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1275","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1275"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1275\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1276,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1275\/revisions\/1276"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1275"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}