{"id":1283,"date":"2021-09-19T20:28:45","date_gmt":"2021-09-19T17:28:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1283"},"modified":"2021-09-19T20:29:02","modified_gmt":"2021-09-19T17:29:02","slug":"atmosferadagi-parnik-effekti-yoki-issiqlikning-tuplanishi-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/atmosferadagi-parnik-effekti-yoki-issiqlikning-tuplanishi-nima\/","title":{"rendered":"Atmosferadagi &#171;parnik&#187; effekti yoki issiqlikning tuplanishi nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yerda hayot mavjud bo&#8217;lishi uchun eng zarur quvvat manbai Quyosh radiatsiyasi \u2014 Quyoshning yer atmosferasiga kirib keluvchi elektromagnit nurlari hisoblanadi. Quyosh energiyasi fasllar almashuvi bilan bog&#8217;liq barcha atmosfera jarayonlari, shuningdek, ob-havo sharoitlari o&#8217;zgarishi sababchisidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyosh energiyasining yarmiga yaqini biz Quyosh nurlari deb tushunadigan spektrning ko&#8217;zga ko&#8217;rinuvchi qismidir. Bu radiatsiya atmosferadan erkin o&#8217;tib keladi, uni quruqlik va okeanlar yuzasi yutadi va isiydi. Ammo Quyosh radiatsiyasi ming-minglab yillar davomida har kuni yer yuzasiga tushib turadi. Nega unda yer qizib ketmaydi va kichik bir Quyoshga aylanib qolmaydi?<\/p>\n\n\n\n<p>Hamma gap shundaki, yer ham, suv yuzasi ham o&#8217;zidan boshqa bir shaklda energiya tarqatadi: ko&#8217;zga ko&#8217;rinmas infraqizil nur yoki-issiqlik chiqaradi. O&#8217;rtacha olganda, yerga Quyosh nuri sifatida qancha energiya kelsa, kosmik fazoga infraqizil nur sifatida shuncha quvvat chiqib ketadi. Shunday qilib, sayyoramizda issiqlik muvozanati hosil bo&#8217;ladi. Hamma gap aynan qanday temperaturada muvozanat saqlanib turishidadir. Agar atmosfera bo&#8217;lmaganida yer yuzasidagi o&#8217;rtacha temperatura -23 darajani tashkil etgan bo&#8217;lardi. Atmosferaning yer yuzasidagi infraqizil nurlarni yutadigan himoya vositasiga ega ekani amaldagi o&#8217;rtacha temperaturaning +15 darajada bo&#8217;lishini ta&#8217;minlaydi. Temperaturaning ko&#8217;tarilishi atmosferada &#171;parnik effekti&#187; yoki issiqlik to&#8217;planishi bilan bog&#8217;liq. Atmosferada karbonat angidrid gazi va suv bug&#8217;lari ko&#8217;payishi bilan u ham kuchayib boradi. Bu gazlar infraqizil radiatsiyani yaxshi yutadi. Bunday jarayon kichik bir ko&#8217;rinishda oddiy poliz teplitsasida ham ro&#8217;y beradi. Unda gazlarni yutuvchi narsa vazifasini Quyosh nurini to&#8217;siqsiz o&#8217;tkazadigan shaffof plyonka bajaradi, ammo u pastdan yuqoriga yo&#8217;nalgan tuproq haroratini yaxshi o&#8217;tkazmaydi. Keyingi yillarda atmosferada karbonat angidrid gazi kontsentrasiyasi tobora ko&#8217;p yig&#8217;ilib qolmoqda. Buning sababi qazib olinayotgan yoqilg&#8217;ilar hamda yog&#8217;ochning yildan-yilga ko&#8217;plab yoqilayotgani bilan bog&#8217;liq. Buning oqibatida yer yuzasidagi havoning o&#8217;rtacha harorati har yuz yilda 0,5 daraja ko&#8217;tarilib bormoqda. Agar kelgusida ham yoqilg&#8217;i yonishi va havoda parnik gazlari kontsentrasiyasining oshish sur&#8217;ati saqlanib qolsa, ayrim hisob-kitoblarga ko&#8217;ra, yangi asrda iqlim yanada isib ketishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yerda hayot mavjud bo&#8217;lishi uchun eng zarur quvvat manbai Quyosh radiatsiyasi \u2014 Quyoshning yer atmosferasiga kirib keluvchi elektromagnit nurlari hisoblanadi. Quyosh energiyasi fasllar almashuvi bilan bog&#8217;liq barcha atmosfera jarayonlari, shuningdek, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/atmosferadagi-parnik-effekti-yoki-issiqlikning-tuplanishi-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1283","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1283","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1283"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1283\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1285,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1283\/revisions\/1285"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1283"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}