{"id":1296,"date":"2021-09-19T20:40:47","date_gmt":"2021-09-19T17:40:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1296"},"modified":"2021-09-19T20:40:48","modified_gmt":"2021-09-19T17:40:48","slug":"rasadxona-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rasadxona-nima\/","title":{"rendered":"Rasadxona nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bundan necha ming yillar muqaddam munajjimlar Quyoshni, oyni va yulduzlarni o&#8217;rganish uchun Misr ehromlaridan, minora va ibodatxonalardan foydalangan bo&#8217;lsa ajab emas. Albatta, u vaqtlar odamlar teleskop nimaligini bilishmagan. Vaqt o&#8217;tishi bilan astronomik asboblar yaratildi, asboblarning o&#8217;lchami va miqdori ortib borgani sayin ularni joylashtirish uchun rasadxonalar qurila boshladi. Ba&#8217;zi rasadxonalar qurilganiga ming yildan oshiqroq vaqt bo&#8217;ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avvalo, rasadxona quriladigan joyni to&#8217;g&#8217;ri tanlash lozim edi. U yerda ob-havo sharoitlari qulay, temperatura mo\u2019tadil; quyoshli va bulutsiz kunlar ko&#8217;p, tuman, yomg&#8217;ir va qor imkon qadar kam bo&#8217;lishi talab etilar edi. Bu joy osmonni kuchli yoritadigan va kuzatish ishlariga xalal beradigan shahar chiroqlari va neon reklamalaridan uzoqroq bo&#8217;lishi darkor.<\/p>\n\n\n\n<p>Teleskoplar bilan bir qatorda uy-joyi ham bor binolar mavjud. Bunday binolarda asboblar po&#8217;lat va beton konstruktsiyasiga o&#8217;rnatiladi. Teleskop o&#8217;rnatiladigan bino ikki qismdan iborat bo&#8217;ladi. Uning quyi qismi harakatsiz, yuqori qismi \u2014 tomi esa aylanishi mumkin bo&#8217;lgan gumbaz shaklida bo&#8217;ladi. Gumbazning teleskop osmonga qarashi mumkin bo&#8217;lgan &#171;tirqishi&#187; bo&#8217;ladi. Gumbaz aylangani sababli bu tirqish osmonning istalgan yo&#8217;nalishi tomon ochilishi mumkin. Gumbaz ham, teleskop ham elektromotor yordamida harakat qiladi. Zamonaviy laboratoriyada munajjim teleskopni aylantirishi uchun bir necha tugmachani bosishi kifoya.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, munajjim doimo yulduzlarni kuzatib turishi uchun okulyar (optik asbobning ko&#8217;zga tutib qaraladigan tomondagi shishasi) yonida bo&#8217;lishi, boz ustiga, o&#8217;sha yerga fotoapparat o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lishi lozim. Shuning uchun ayrim rasadxonalarda Pol balandga ko&#8217;tariladi yoki pastga tushiriladi, ba&#8217;zi hollarda esa u yerga sozlanadigan platforma o&#8217;rnatiladi. Munajjimlar osmonni faqat ko&#8217;z bilangina kuzatmaydi. Ularda teleskopga tirkaladigan fotoapparat, spektroskop, spektrograf va spektrogeliograf singari ko&#8217;plab murakkab asboblar va moslamalar ham bor. Bu asboblar ularni muhim ma&#8217;lumotlar bilan ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bundan necha ming yillar muqaddam munajjimlar Quyoshni, oyni va yulduzlarni o&#8217;rganish uchun Misr ehromlaridan, minora va ibodatxonalardan foydalangan bo&#8217;lsa ajab emas. Albatta, u vaqtlar odamlar teleskop nimaligini bilishmagan. Vaqt o&#8217;tishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rasadxona-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1296","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1296","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1296"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1296\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1297,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1296\/revisions\/1297"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1296"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}