{"id":1303,"date":"2021-09-19T21:02:45","date_gmt":"2021-09-19T18:02:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1303"},"modified":"2021-09-19T21:03:02","modified_gmt":"2021-09-19T18:03:02","slug":"radioteleskop-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/radioteleskop-nima\/","title":{"rendered":"Radioteleskop nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Dunyodagi ilk teleskopni gollandiyalik optika mutaxassisi Hans Lippertey yasagan edi. Ammo unga qadar turli olimlar, XIII asrdan boshlab, kattalashtirib beruvchi linzalar yordamida tajribalar qilib ko&#8217;rishgan. O&#8217;ta qashshoq kun kechirgan Lipperteyning kashfiyoti hech kimga ma&#8217;lum bo&#8217;lmay qolib ketdi. Oradan bir yil o&#8217;tib o&#8217;z teleskopini yasagan italyan olimi Galileo Galiley uning ixtirochisi degan nom oldi. U juda qo&#8217;pol va jo&#8217;n asbob edi: Galiley teleskoplari orasidagi eng kuchlisi narsalarni 33 marta kattalashtirish quvvatiga ega bo&#8217;lib, osmonning faqat kichik (oyning to&#8217;rtdan bir qismicha) bo&#8217;lagini kuzatish imkonini berar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramasdan, Galiley buyuk kashfiyot yaratdi: u birinchi bo&#8217;lib Saturn \u2014 Zuhalning halqalarini, Yupiter \u2014 Mushtariyning to&#8217;rtta yo&#8217;ldoshini topdi va oydagi tog&#8217;lar va kraterlarni ko&#8217;rdi. Bugungi kunda Galiley o&#8217;z kashfiyotida qo&#8217;llagan asbobdan teatr durbinlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi, chunki teatrda durbinlardan na narsalarni ko&#8217;p marta kattalashtirish, na keng ko&#8217;rish maydoni talab etilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo teleskoplar Galiley zamonidan beri keskin o&#8217;zgarib ketdi. Elektronika asri kelishi bilan bunday asbobning mutlaqo yangi turi \u2014 radioteleskop ixtiro qilindi. Ilk radioteleskop ikkinchi jahon urushi tugaganidan ko&#8217;p o&#8217;tmay yaratildi va shundan beri u tinimsiz mukammallashtirib borilmoqda. Bu asbob nimasi bilandir, bizning ko&#8217;zlarimiz yulduzlar taratayotgan yorug&#8217;lik to&#8217;lqinlarini ko&#8217;rganiday, yulduzlardan chiqayotgan radioto&#8217;lqinlarni &#171;ko&#8217;radigan&#187; ulkan ko&#8217;zni eslatadi. Teleskopning katta likopchaga o&#8217;xshaydigan, diametri bir necha metrlik oynasi radioto&#8217;lqinlarni tutadi. Uning oddiy teleskoplarga nisbatan beqiyos afzalligi shundaki, juda zaif yorug&#8217;lik chiqaradigan yoki, umuman, chiqarmaydigan yulduzlar va galaktikalarni ham izlab topish quvvatiga ega. Vaholanki, o&#8217;ta zamonaviy optik asboblar ham bunga qodir emas. U bepoyon fazoni qoplab yotgan gaz to&#8217;plamlari yoki kosmik changlarni ham yorib o&#8217;ta oladi. Shuningdek, undan har handay ob-havo sharoitida foydalanish mumkin, chunki radioto&#8217;lqinlar yer atmosferasidagi bulutlarni osonlik bilan yorib o&#8217;ta oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kosmosdan kelayotgan radioto&#8217;lqinlar teleko&#8217;rsatuv va radioeshittirishda qo&#8217;llaniladigan to&#8217;lqinlarga nisbatan juda qisqadir. Shuning uchun ham radiomunajjimlar bunday to&#8217;lqinlarni tutish uchun maxsus radiomoslamalar va antennalar o&#8217;rnatishadi. Antenna \u2014 ulkan metall tarelka. Uni osmonning har qanday burchagiga burish qulay bo&#8217;lishi uchun tepalikka o&#8217;rnatiladi. Antenna tutadigan radioto&#8217;lqinlar juda zaif bo&#8217;lgani uchun signallarni kuchaytirish zarurati tug&#8217;iladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Munajjimlar, odatda, radioto&#8217;lqinlarni qog&#8217;ozga yozib borishadi. Maxsus yozuv moslamasi signallarni to&#8217;lqinli chiziq shaklida qog&#8217;ozga qayd etib boradi. Olimlar shu tariqa o&#8217;z kuzatishlarini doimiy suratda yozib borishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oddiy teleskopdan farqli o&#8217;laroq, radioteleskop har qanday ob-havo sharoitida ham ishlay oladi va uni qit&#8217;aning istalgan nuqtasiga o&#8217;rnatish mumkin. Buning uchun tepalik bo&#8217;lishi shart emas. Amerikalik bir olim diametri 300 metrlik eng katta radioteleskoplardan birini Puerto-Rikodagi so&#8217;ngan vulqon krateriga o&#8217;rnatdi. Yana aylanasi bo&#8217;ylab harakatsiz elementlar joylashtirilgan, diametri 600 metrlik o&#8217;ziga xos radioteleskop 1976 yili Shimoliy Kavkazda o&#8217;rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyodagi ilk teleskopni gollandiyalik optika mutaxassisi Hans Lippertey yasagan edi. Ammo unga qadar turli olimlar, XIII asrdan boshlab, kattalashtirib beruvchi linzalar yordamida tajribalar qilib ko&#8217;rishgan. O&#8217;ta qashshoq kun kechirgan Lipperteyning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/radioteleskop-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1303","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1303","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1303"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1303\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1304,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1303\/revisions\/1304"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1303"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}