{"id":131064,"date":"2024-06-10T13:37:09","date_gmt":"2024-06-10T10:37:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=131064"},"modified":"2024-06-10T13:37:12","modified_gmt":"2024-06-10T10:37:12","slug":"turkiston-rossiya-imperiyasi-tarkibida-xix-asr-ortalari-1917-yil","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkiston-rossiya-imperiyasi-tarkibida-xix-asr-ortalari-1917-yil\/","title":{"rendered":"Turkiston Rossiya imperiyasi tarkibida (XIX asr o\u2019rtalari \u2013 1917-yil)"},"content":{"rendered":"\n<p>1847-1864-yillar \u2013 Rossiya imperiyasi O\u2019rta Osiyo hududini bosib olishining birinchi bosqichi.<\/p>\n\n\n\n<p>1847-yil \u2013 Raim (Orol) qal\u2019asi qurilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1850-yil \u2013 Toshkentda Abulqosim shayx madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1850-1854-yillar \u2013 Chor Rossiyasi qo\u2019shinlarining Semipalatinsk (Yettikapa-G\u2019arbiy Sibir) tarafidan hujum boshlashi va Ili ortining bosib olinishi. Olmaota qishlog\u2019ida Verniy istehkomiga asos solinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1850-1903-yillar \u2013 O\u2019zbek shoiri Muqimiy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1851-yil 21-mart \u2013 1914-yil 11-sentabr \u2013 Jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gaspiranskiy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1852-yil 9-oktabr \u2013 Qo\u2019qon va Toshkentda qipchoqar qirg\u2019ini va mingboshi Musulmonqulning qatl etilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1852-1855-yillar \u2013 Xivada Muhammad Aminxon madrasasi va Kaltaminor qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1853-yil \u2013 Rossiya imperaiyasining Qo\u2019qon xonligi tasarrufidagi yerlarga bostirib kirishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1853-yil \u2013 Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy tomonidan Oqmasjid qal\u2019asining bosib olinishi va \u201cPerovskiy forti\u201d qurilishi boshlanishi (bugungi kun Qizilo\u2019rda).<\/p>\n\n\n\n<p>1854-yil \u2013 Rossiya qo\u2019shinlari tomonidan Sibir istehkomlari liniyasi tashkil etilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1855-yil \u2013 Xivada Abdullaxon madrasasining qurilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1855-yil \u2013 Xiva xonligi turkmanlar bilan uzoq kurashib, Marvni egallashga erishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1855-yil \u2013 Qo\u2019qon xonligida Chinobod kanali qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1856-yil \u2013 Buxoro amiri Nasrulloxonning Shahrisabz va Kitobni bo\u2019ysundirishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1856-1864-yillar \u2013 Xiva xoni Said Muhammadxonning hukmronlik davri.<\/p>\n\n\n\n<p>1858-yil \u2013 Rus podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari o\u2019rnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N.P.Ignatev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasining kelishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1858-1862-yillar \u2013 Qo\u2019qon xoni Mallaxon hukmronligi.<\/p>\n\n\n\n<p>1858-1909-yillar \u2013 O\u2019zbek shoiri Furqat yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1859-yil \u2013 Aleksandr II Qo\u2019qon xonligini bosib olish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1860-yil \u2013 To\u2019qmoq shahri aholisi chor qo\u2019shinlariga qattiq qarshilik ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1860-1885-yillar \u2013 Buxoro amiri Muzaffarxonning hukmronlik davri.<\/p>\n\n\n\n<p>1861-yil \u2013 Qo\u2019qonda Hazrati Kalon Sohib madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1862-1863-yillar \u2013 Xudoyorxonning 2-marta xonlik taxtiga o\u2019tirgan davr.<\/p>\n\n\n\n<p>1863-yil \u2013 Chor qo\u2019shinlari So\u2019zoq ota qal\u2019asini bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1863-1870-yillar \u2013 Qo\u2019qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1863-1936-yillar \u2013 Xorazmdagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri Polvonniyoz hoji Yusupov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1864-yil 4-aprel \u2013 Rossiya imperiyasi qo\u2019shinlarining Turkiston shahrini egallashi.<\/p>\n\n\n\n<p>1864-yil 4-iyun \u2013 Rossiya imperiyasi tomonidan Avliyootaning bosib olinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1864-yil oktabr \u2013 Toshkent ahlining shaharni bosib olishga urinib ko\u2019rgan general Chernyayev qo\u2019shinlariga qarshi kurashi.<\/p>\n\n\n\n<p>1864-yil \u2013 Chor qo\u2019shinlari tomonidan Pishpak, To\u2019qmoq va Chimkentning bosib olinishi. Yangi Qo\u2019qon harbiy liniyasining tashkil etilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1864-yil noyabr \u2013 Iqon jangi (Rossiya imperiyasi bosqinchilariga qarshi qo\u2019qonlik sarbozlar va ko\u2019ngillilardan iborat Vatan himoyachilari jangi) sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1864-1910-yillar \u2013 Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) ning hukmronlik davri.<\/p>\n\n\n\n<p>1865-yil bahori \u2013 General M.Chernyayev qo\u2019shini Niyozbek qal\u2019asini bosib olgan; Bo\u2019zsuv to\u2019g\u2019oni buzib tashlangan, Toshkent suvsiz qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1865-yil 8-may \u2013 Rossiya qo\u2019shinlari bilan Toshkent mudofaachilari o\u2019rtasida Darxon jangi sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1865-yil 14-17-iyun \u2013 Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1865-yil 12-fevral \u2013 Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston oblastining tuzilishi; \u201cTurkiston oblastini boshqarish haqida muvaqqat nizom\u201d qabul qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1865-1868-yillar \u2013 Rossiya imperiyasi tomonidan O\u2019rta Osiyo hududini bosib olinishining ikkinchi bosqichi.<\/p>\n\n\n\n<p>1865-1875-yillar \u2013 Xudoyorxonning 3-marta xonlik taxtiga o\u2019tirishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1866-yil 24-may \u2013 Rossiya imperiyasi tomonidan Xo\u2019jandning bosib olinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1866-yil \u2013 Toshkentda o\u2019ziga xo muassasa \u2013 mahkama joriy etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1866-yil \u2013 Rossiya qo\u2019shinlarining Buxoro amirligi chegaralariga bostirib kirishi. O\u2019ratepa, Jizzax va Yangiqo\u2019rg\u2019onni bosib olinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1867-yil 11-iyul \u2013 Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tashkil etilishi. Turkiston general-gubernatorlari: K.P.fon Kaufman (1867-1881), G.A.Kolpakovskiy (1881-1882), M.G.Chernyayev (1882-1884), N.O.Rozenbax (1884-1888), A.B.Vreskiy (1889-1898), S.M.Duxovskiy (1898-1901), N.A.Ivanov (1901-1904), P.N.Tevyashov (1904-1905), D.I.Subbotich (1905-1906), I.I.Grodekov (1906-1908), P.I.Mishchenko (1908-1909), A.V.Samsonov (1909-1913), Flug (1913-1915), Martson (1915-1916), A.N.Kuropatkin (1916-1917).<\/p>\n\n\n\n<p>1867-yil \u2013 \u201cToshkent-observatoriya\u201d meteoroligik stansiyasi tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1867-yil \u2013 O\u2019rta Osiyoda dastlabki arxivni butlash ishlari boshlandi. Bugun u \u2013 O\u2019zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxividir.<\/p>\n\n\n\n<p>1867-yil \u2013 Turkiston bosh xaritasining tuzilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 4-fevral va 4-aprel \u2013 Toshkentda kuchli zilzila sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 13-fevral \u2013 Qo\u2019qon xoni Xudoyorxon Rossiya imperiyasi bilan sharmandali shartnoma tuzgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 2-may \u2013 Samarqandni rus qo\u2019shinlari tomonidan bosib olinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 31-may \u2013 Kaufman qo\u2019shinlari Kattaqo\u2019rg\u2019onni bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 1-8-iyun \u2013 Mahalliy hukmdorlar va rus podsho hukumatiga qarshi Samarqandda xalq qo\u2019zg\u2019oloni sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 10-iyul \u2013 Zafarshon okrugi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 2-3-iyun-Buxoro amiri qo\u2019shinlarining Zirabuloq jangidagi talafoti.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil 23-iyun \u2013 Samarqandda imzolangan Buxoro-Rossiya shartnomasi va amirlikning Rossiyaga tobe bo\u2019lishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868-yil-1937-yil 12-may \u2013 O\u2019zbek dostonchiligi asoschilaridan biri, baxshi Ergash Jumanbulbul o\u2019g\u2019li yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1869-yil oktabr-1870-yil sentabr \u2013 Bobon qo\u2019zg\u2019oloni (Zarafshon vohasida Rossiya imperiyasi mustamlakachilik istibdodi va mahalliy amaldorlar zulmiga qarshi ko\u2019tarilgan dehqonlar qo\u2019zg\u2019oloni).<\/p>\n\n\n\n<p>1869-1870-yillar \u2013 Qo\u2019qon xonligida Ulug\u2019nor (Ulug\u2019nahr) kanali qazilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil 14 avgust \u2013 Kitob (Jo\u2019rabek) va Shahrisabz (Bobobek) bekliklaridagi qo\u2019zg\u2019olonning rus qo\u2019shinlari tomonidan bostirilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Xudoyorxon o\u2019rdasi qurilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Xivadagi Amir To\u2019ra madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Qo\u2019qonda Hokim oyim madrasasi qurildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Toshkentda tabiatshunoslik, antropoliya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo\u2019limi tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Toshkent shahrida rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan Turkistondagi ilk davlat matbuot \u201cTurkestanskiye vedomosti\u201d (\u201cTurkiston viloyatining gazeti\u201d) gazetasi chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Toshkent ommaviy kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi) tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-yil \u2013 Pomir-Olay tog\u2019 tizmasini N.A.Seversov tomonidan tadqiq etilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-1875-yillar \u2013 Zarafshonning yuqori oqimidagi bekliklarni istilo etish maqsadida podsho Rossiyasi tomonidan uyushtirilgan harbiy yurishlar \u2013 Iskandarko\u2019l harbiy ekspeditsiyalari.<\/p>\n\n\n\n<p>1871-yil \u2013 Toshkentda o\u2019zbek tilidagi 1-bosma kitob nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1871-yil \u2013 Samarqandda ruslar yashaydigan yangi shaharga asos solingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1871-yil \u2013 Xivada Muhammad Rahimxon madrasai qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1871-yil \u2013 Mingtepa Yetimxon boshchiligidagi g\u2019alayon ko\u2019tarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1871-1872-yillar \u2013 Sharqshunos olim A.I.Kun tomonidan \u201cTurkiston albomi\u201d (fotosuratlar va rangli rasmlardan tuzilgan albom) tayyorlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1872-yil \u2013 Toshkentda ilk marotaba vabo epidemiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>1872-yil \u2013 Qo\u2019qonda Sulton Murodbek (Xudoyorxonning o\u2019g\u2019li) madrasasi qurib bitkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1872-yil-1955-yil 17-mart \u2013 O\u2019zbek dostonchilaridan biri, baxshi Fozil Yo\u2019ldosh o\u2019g\u2019li yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil 29-may \u2013 Rossiya tomonidan Xiva xonligining tobe qilinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil 12-avgust \u2013 Rossiya bilan Xiva xonligi o\u2019rtasidagi Gandirniyon shartnomasining imzolanishi va Amudaryoning o\u2019ng sohili xonliklardan ajratilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo okrugi (1883-yildan Amudaryo bo\u2019limi)ning tuzilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil 28-sentabr \u2013 Buxoro amirligi Rossiyaning protektori deb e\u2019lon qilingan shartnoma imzolangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil \u2013 Toshkentda dastlabki telegraf aloqasi Toshkent-Orenburg o\u2019rtasida o\u2019rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil \u2013 Toshkentda Turkiston ipakchilik maktabi ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil \u2013 O\u2019zbekistonda birinchi ilmiy tadqiqot muassasasi \u2013 Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi (hozirgi Astronomiya instituti) tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1873-1876-yillar \u2013 \u201cPo\u2019latxon\u201d qo\u2019zg\u2019oloni (Qo\u2019qon xonligida xon va uning amaldorlari zulmiga va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko\u2019tarilgan xalq qo\u2019zg\u2019oloni).<\/p>\n\n\n\n<p>1873-yil fevral-1873-yil avgust \u2013 Rossiya imperaiyasi tomonidan O\u2019rta Osiyoni bosib olinishining uchinchi bosqichi.<\/p>\n\n\n\n<p>1874-yil \u2013 Afrosiyob (qadimgi Samarqand) hududida dastlabki qazish ishlari olib borilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1874-yil \u2013 O\u2019zbekiston hududida poligrafiya sanoatining ilk korxonalaridan 1-toshbosma Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning tashabbusi bilan o\u2019z faoliyatini boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1874-yil \u2013 Toshkentda 1-dorixona va dastlabki paxta tozalash zavodi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1874-yil 23-dekabr \u2013 Toshkentda Rossiya imperiyasi Davlat bankining birinchi bo\u2019limi ochildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1874-1877-yillar \u2013 Andijon Jome masjidining qurilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1875-yil 22-avgust \u2013 K.P.Kaufman qo\u2019shini bilan qo\u2019qonliklar o\u2019rtasidagi Mahram jangi.<\/p>\n\n\n\n<p>1875-yil \u2013 O\u2019rta Osiyoda dastlabki rus qishloqlari paydo bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1875-yil 16-sentabr \u2013 Qo\u2019qon shahri chor qo\u2019shinlari tomonidan egallandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1875-yil \u2013 Xudoyorxonning Toshkentga qochishi va \u201cPo\u2019latxon\u201d (Mulla Ishoq)ning taxtni egallashi.<\/p>\n\n\n\n<p>1875-1876-yillar \u2013 Mustamlakachilik zulmiga qarshi Oloy vohasida Qurbonjon dodxoh (\u201cOloy malikasi\u201d) qo\u2019zg\u2019oloni bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1875-1890-yillar \u2013 Rossiya hukumatining Turkistondagi ko\u2019chirish siyosati; rus mujiklarining o\u2019lkaga oqib kelishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1876-yil \u2013 M.D.Skobelevning Andijonga hujumi.<\/p>\n\n\n\n<p>1876-yil \u2013 Toshkent muzeyi (1992-yil 21-apreldan O\u2019zbekiston tarixi davlat muzeyi) tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1876-yil fevral-1876-yil 19-fevral \u2013 \u201cPo\u2019latxon\u201d qo\u2019zg\u2019olonining bostirilishi va Qo\u2019qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg\u2019ona viloyatining tashkil etilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1877-yil \u2013 Yangi Marg\u2019ilon (1907-1924-yillarda Skobelev-Iskobil, 1924-yildan Farg\u2019ona) shahrining bino qilinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1877-yil \u2013 Toshkent shahrida 1-tamaki fabrikasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1878-yil \u2013 A.F.Middendorf Farg\u2019ona vodiysini tadqiq etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1878-yil-1938-yil 1-oktabr \u2013 birinchi o\u2019zbek fotosuratchisi va kinochisi Xudoybergan Devonov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1878-yil 12-iyul-1934-yil 24-avgust \u2013 Toshkentda ma\u2019rifatparvar, journalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1878-yil-1931-yil 23-aprel \u2013 Jadidchilik harakatining yo\u2019lboshchici, ma\u2019rifatparvar adib, shoir Munavvarqori Aburashidov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1879-yil \u2013 Toshkentda Turkiston o\u2019qituvchilar seminariyasi ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1879-yil \u2013 Farg\u2019ona chorizmga qarshi g\u2019alayon.<\/p>\n\n\n\n<p>1879-yil \u2013 Savdogar Nazarov tomonidan Toshkentda O\u2019rta Osiyoda dastlabki paxta tozalash zavodi ishga tushirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1880-yil \u2013 Xivada Otamurod Matriza qushbegi masjidi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1880-yil \u2013 Toshkentning Hadra dahasida O\u2019zbekistonda 1-ayollar va bolalar shifoxonasi ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1880-yil \u2013 Andijonda Olimxo\u2019ja Muhammadjonov paxta tozalash zavodi qurgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1880-1885-yillar \u2013 Chor Rossiyasi tomonidan O\u2019rta Osiyoni bosib olinishining to\u2019rtinchi bosqichi.<\/p>\n\n\n\n<p>1880-1899-yillar \u2013 O\u2019rta Osiyo temir yo\u2019li (Samarqand-Andijon temir yo\u2019li 1880-1898-yilda, Samarqand-Toshkent temir yo\u2019l tarmog\u2019i 1899) qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1881-yil \u2013 Toshkentda gimnaziya tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1881-yil \u2013 Dastlabki tijorat banki \u2013 O\u2019rta Osiyo tijorat banki ishlay boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1881-yil \u2013 Chor qo\u2019shinlari Skobelev qo\u2019mondonligida Ko\u2019ktepa (Go\u2019ktepa) qal\u2019asini bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1881-1891-yillar \u2013 Sho\u2019roxon va Chimboy uchastkalarida Bobo Ko\u2019klan boshchiligidagi xalq qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1882-yil \u2013 Kavkaz noibligi tarkibida tuzilgan Kaspiyorti viloyati keyinchalik Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1882-yil \u2013 Yettisuv viloyati tuzilib, 1890-yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1882-1884-yillar \u2013 Turkiston o\u2019lkasidagi boshqaruvni taftish qilgan Rossiya imperatorining maxfiy maslahatchisi F.Girls faoliyati.<\/p>\n\n\n\n<p>1883-yil \u2013 Toshkent shahrida 1-katta tegirmon (zavod) (1898-yilda Samarqand shahrida ham) qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1883-yil \u2013 Toshkentda o\u2019zbek matbaachisi Esonboy Husanboyev tomonidan litografiya tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1884-yil yanvar \u2013 Toshkent musiqa jamiyati o\u2019z faoliyatini boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1884-yil 19-dekabr \u2013 Toshkentda dastlabki rus-tuzem maktabining ochilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1884-yil \u2013 Xivada Otajonboy madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1884-yil \u2013 Turkiston o\u2019lkasida \u201cAmerika\u201d paxta navini katta maydonlarda ekish boshlangan; Toshkent va Qo\u2019qonda dastlabki yog\u2019 zavodlari qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1885-yil 25-iyul \u2013 Buxoro amirligi hududidan temir yo\u2019l o\u2019tkazishga kelishilgan shartnoma tuzilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1885-yil \u2013 Andijon, O\u2019sh va Marg\u2019ilon uyezdlarida aholining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo\u2019lib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1885-yil \u2013 Kaspiyorti (Zakaspiy) temir yo\u2019l qurilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1885-yil \u2013 Turkman urug\u2019lari Rossiya imperiyasi tomonidan bo\u2019ysundirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1885-yil \u2013 Buxoroda Rossiya imperatorlik siyosiy agentligining ta\u2019sis etilishi; Farg\u2019onada Darvishxon to\u2019ra qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil 1-yanvar \u2013 Turkiston o\u2019lkasida ichki bojlar bekor qilinib, rus va mahalliy mollardan yagona boj olish haqida qonun kuchga kirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil 29-noyabr \u2013 Toshkentda kuchli zilzila sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil-1938-yil 4-oktabr \u2013 Jadidchilik harakatining namoyandalaridan, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arbobi Fitrat yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil \u2013 Toshkent ommaviy kutubxonasi Turkiston ommaviy kutubxonasi deb nomlangan (1919-yil Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan).<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil \u2013 Toshkent O\u2019rta Osiyo sanoat va qishloq xo\u2019jaligiga doir 1-Turkiston ko\u2019rgazmasi ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil \u2013 Turkiston o\u2019lkasi sudlov tizimiga o\u2019zgartirishlar kiritildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil \u2013 Rossiya imperatori Aleksandr II \u201cTurkiston o\u2019lkasini idora qilish to\u2019g\u2019risidagi Nizom\u201dga imzo chekdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1886-yil \u2013 Shu yildan ko\u2019chkinchilik siyosati o\u2019tkazildi. Rossiya korxonalari tomonidan yerlarni sotib olinishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1887-yil 1-yanvar \u2013 Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi sobiq Zarafshon okrugi o\u2019rnida Samarqand viloyati tuzilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1887-yil \u2013 Toshkentda telefon aloqasi o\u2019rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1887-yil \u2013 Rossiya bilan Shimoliy-G\u2019arbiy Afg\u2019oniston o\u2019rtasida chegara chizig\u2019ining o\u2019rnatilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1887-1888-yillar \u2013 Vose qo\u2019zg\u2019oloni (Buxoro amirligi hududida bo\u2019lib o\u2019tgan xalq qo\u2019zg\u2019oloni).<\/p>\n\n\n\n<p>1888-yil 27-yanvar \u2013 O\u2019rta Osiyo temir yo\u2019li bilan dastlabki poyezd Buxoroga yetib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1888-yil 15-may \u2013 Kaspiyorti temir yo\u2019li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1888-yil \u2013 Amudaryo harbiy flotiliyasi tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1889-yil 22-fevral-1929-yil 18-mart \u2013 Shoir, dramaturg, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1889-yil dekabr \u2013 Yangi Urganch shahrida paxta-yog\u2019 zavodi (hozirgi \u201cUrganchyog\u2019\u201d aksiyadorlik jamiyati, 1994-yildan) ishga tushirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1889-yil \u2013 Kalifda qo\u2019zg\u2019olon bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1889-yil \u2013 rus olimi H.M.Yadrinsev tomonidan Mo\u2019g\u2019iliston Kultegin bitigini topishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1890-yil \u2013 Toshkentda Turkiston fani, sanoati va qishloq xo\u2019jaligining 25 yillik yubileyiga bag\u2019ishlangan ko\u2019rgazma tashkil etilgan. O\u2019lkashunos Akrom polvon Asqarov o\u2019z eksponatlarini namoyish qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1892-yil 24-iyun \u2013 Toshkent qo\u2019zg\u2019oloni \u2013 \u201cVabo isyoni\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1892-yil \u2013 Qo\u2019qon uyezdida Sobirxon qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1892-yil \u2013 Turkistonda \u201cDavlat tartiboini va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo\u2019riqlash to\u2019g\u2019risida\u201dgi Nizom qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1893-yil 13-fevral \u2013 Andijon yaqinidagi Qo\u2019qon qishloq volostida xalq g\u2019alayoni.<\/p>\n\n\n\n<p>1893-yil \u2013 Dastlabki jaded maktablarining Samarqandda ochilishi; O\u2019lkashunos, ilm-fan fidoiysi, numizmat Mirza Abdulla Buxoriy vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1893-1913-yillar \u2013 Xivada Qubla Tozabog\u2019 saroyi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1894-yil 27-may \u2013 Rossiya va Buxoro o\u2019rtasida iqtisodiy shartnoma imzolangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1894-yil 4-oktabr-1938-yil 10-aprel \u2013 yangi o\u2019zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o\u2019zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1895-yil \u2013 Toshkentning Yangi shahar qismida rus teatri rasmiy ravishda ochilgan; Toshkent shahrida Turkiston arxeologiya havaskorlari to\u2019garagi tashkil etilgan; Xo\u2019jandlik ma\u2019rifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz o\u2019g\u2019li (1842-1924) musavvir va olimlar bilan birgalikda mukammal ishlangan Yer shari globusini yasagan. Unda 1000 dan ortiq geografik nomlar joylashtirilgan; Mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kg) Toshkentga kelganda toshkentlik Ahmad polvon (1865-1914) bilan sirkda bellashib mag\u2019lub bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil yanvar \u2013 Dastlabki ilmiy-adabiy oylik jurnal \u201cSredne-aziatskiy vestnik\u201d nashr etila boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil 1-may-1957-yil 22-fevral \u2013 O\u2019zbek musiqa teatri asoschisi, Turkiston Respublikasining 1-xalq hofizi, O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san\u2019at arbobi Muhiddin Qori Yoqubov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil 8-may-1991-yil 14-yanvar \u2013 Xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil 1-iyul-1938-yil15-mart \u2013 Davlat va siyosat arbobi Fayzulla Xo\u2019jayev yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil 10-noyabr-1963-yil 27-sentabr \u2013 O\u2019zbekiston xalq artisti Obid Jalilov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil 20-dekabr (1897.1.1)-1972-yil 16-fevral \u2013 Xalq artisti Rahim Pirmuhammedov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-yil \u2013 Samarqand statistika qo\u2019mitasi muzeyi (hozirgi O\u2019zbekiston madaniyati va san\u2019ati tarixi davlat muzeyi, 1969-yildan) ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1896-1966-yillar \u2013 O\u2019zbekiston xalq rassomi, naqqosh Abdulla Boltayev yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil \u2013 rus olimi D.A.Klemens va uning xotini Ye.Klemenslar tomonidan Mo\u2019g\u2019ulistondan To\u2019nyuquq bitigi (712-716-yillarda yozilgan)ni topilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil 5(17)-yanvar-1976-yil 23-aprel \u2013 O\u2019zbekiston xalq artisti, betakror Yunus Rajabiy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil 2-sentabr 1970-yil 18-mart \u2013 Matematik olim, O\u2019zbekiston FA ning 1-prezidenti (1943-47) T.N.Qori-Niyoziy yashagan davr.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil 11-oktabr-1955-yil 15-oktabr-O\u2019zbekiston xalq artisti, dramaturg Mannon Uyg\u2019ur yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil \u2013 Toshkentda 1-ovozsiz film namoyish qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil \u2013 Kattaqo\u2019rg\u2019onda yog\u2019 zavodi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-1898-yillar \u2013 Toshkentda ilk bor vodoprovod qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1898-yil 17-18-may \u2013 Andijonda Dukchi Eshon (Muhammadali xala Sobir o\u2019g\u2019li) qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1898-yil \u2013 \u201cRusskiy Turkestan\u201d ijtimoiy, iqtisodiy va adabiy gazetasi rus tilida nashr etila boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1897-yil-1938-yil 4-oktabr \u2013 Mashhur shoir va yozuvchi, jamoat arbobi Cho\u2019lpon yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1899-yil 28-mart \u2013 Qoraqalpoqlar yashaydigan Chimboy uchastkasida g\u2019alayon.<\/p>\n\n\n\n<p>1899-yil \u2013 Andijonda temir yo\u2019l harakati ochilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1899-yil \u2013 Samarqand-Toshkent temir yo\u2019lining ishga tushirilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1899-1911-yillar \u2013 Farg\u2019ona viloyati, xalq muzeyi (hozirgi Farg\u2019ona viloyat o\u2019lashunoslik muzeyi, 1938-yildan) tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1899-1983-yillar \u2013 O\u2019ymakor-naqqosh Qodirjon Haydarov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX-asr oxiri \u2013 Marg\u2019ilonda Said Ahmadxo\u2019ja madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1900-yil 27-yanvar \u2013 Rossiya va Buxoro o\u2019rtasida Amudaryo qirg\u2019og\u2019idagi yerlar harbiy istehkomlar va chegara to\u2019siqlari qurilishi uchun ajratilib, mustamlakachilar qo\u2019liga berish to\u2019g\u2019risidagi shartnoma imzolangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1900-yil 1-mart-1966-yil 3-oktabr \u2013 Xalq artisti Abror Hidoyatov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1900-yil \u2013 Toshkentda Bosh temir yo\u2019l ustaxonalari (Teplovoz remonti zavodi) tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1900-yil \u2013 Toshkentda Sharq tillari ofitserlar maktabi tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1900-1906-yillar \u2013 Rus tadqiqotchisi L.S.Bergning Orol ekspeditsiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>1901-yil \u2013 Toshkentda dastlabki temir yo\u2019l vokzali qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1901-yil \u2013 O\u2019rta Osiyodagi dastlabki seysmik stansiya (\u201cToshkent\u201d)ga asos solingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1901-yil \u2013 Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo\u2019limi tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1901-yil \u2013 Toshkentda ko\u2019nkaning dastlabki yo\u2019li ishga tushirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1902-yil 16-dekabr \u2013 Andijonda kuchli zilzila sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1902-yil \u2013 Xiva xonligida dehqonlar qo\u2019zg\u2019oloni va uni Chor qo\u2019shinlari bostirishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1903-yil 29-yanvar-1965-yil 19-oktabr \u2013 Xalq hofizi Jo\u2019raxon Sultonov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1903-yil 10-may 1966-yil 10-iyul \u2013 Shoir G\u2019afur G\u2019ulom yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1903-yil \u2013 Toshkentda teatr tomoshalari uchun mo\u2019ljallangan bino \u2013 \u201cKolizey\u201d qurilishi boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1903-yil \u2013 Chor hukumati \u201cqishloq ahli va mehnatkashlarni Sirdaryo, Farg\u2019ona va Samarqand viloyatlariga ko\u2019ngilli tartibda ko\u2019chirib keltirish haqida Nizom\u201dni e\u2019lon qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-yil 14-yanvar \u2013 Xalq rassomi O\u2019rol Tansiqboyev yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-yil 2-may-1978-yil 17-noyabr \u2013 Xalq artisti Komil Yormatov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-yil \u2013 O\u2019zbekistonda dastlabki Chimyon neft koni (Farg\u2019ona vodiysi) ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-yil \u2013 Oltiariqda neft zavodi ishga tushirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-yil-19530yil 29-oktabr \u2013 Xalq artisti Nabi G\u2019aniyev yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-yil \u2013 Toshkentda simfonik va kamer musiqali havaskorlari to\u2019garagi tashkil topdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1904-1907-yillar \u2013 Namoz Pirimqulov boshchiligidagi dehqonlar isyoni.<\/p>\n\n\n\n<p>1905-yil 10-yanvar \u2013 Xalq yozuvchisi Oybek yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1905-yil 14-may \u2013 Shoir Uyg\u2019un yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1905-yil \u2013 Xivadagi Matsanoboy, Polvonqori va Qozikalon madrasalari qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1906-yil 16 (29)-mart-1991-yil 30-iyun \u2013 Xalq artisti Tamaraxonim (T.A.Petrosyan) yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1906 yil \u2013 Xivadagi Abdurasulboy madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1906 yil 14(27)-iyun \u2013 Toshkent shahrida jadidlarning \u201cTarqaqiy\u201d gazetasi nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1906 yil \u2013 Orenburg temir yo\u2019li Toshkentgacha uzaytirilib, Kavkazorti temir yo\u2019li bilan tutashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1906 yil \u2013 Xivadagi Yusuf yasovulboshi madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1906 yil \u2013 Xivada Abdurasulboy madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1907-yil 6-may \u2013 Qo\u2019qonda 1-kredit shirkati o\u2019z faoliyatini boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1907-yil 17-sentabr-1968-yil 25-may \u2013 Xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1907-yil 1-dekabr \u2013 \u201cShuhrat\u201d nomli milliy, adabiy, ilmiy va siyosiy gazeta chiqa boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1907-yil \u2013 A.Steyn (1862-1943) tarafidan Dunxuan (XXRning Gansu viloyati) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) sug\u2019d hujjatlari topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1908-yil 7-sentabr \u2013 Faylasuf olim va jamoat arbobi, akademik Ibrohim Mo\u2019minov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1908-yil \u2013 Turkiston o\u2019lkasi tabiatshunoslari va vrachlari jamiyati tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1908-yil \u2013 Toshkentda toshbosma usuli bilan mahalliy tilda kitob nashr etilgan \u201cG\u2019ulomiya\u201d bosmaxonasi ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1908-1909-yillar \u2013 V.L.Vyatkin Ulug\u2019bek rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi-kvadratini kavlab topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1908-1910-yillar \u2013 Xivada Islomxo\u2019ja madrasasi va minorasi qurilgan; Senator graf K.K.Palenning Turkiston o\u2019lkasini taftish qilishi (taftish natijalari Sankt-Peterburgda 1909-1910-yillarda 13 kitob holatida chop etilgan).<\/p>\n\n\n\n<p>1908-1914-yillar \u2013 Buxoro jadidlari tashkil etgan \u201cTarbiyai At-fol\u201d (\u201cBolalar tarbiyasi\u201d) ma\u2019rifiy jamiyatining faoliyat davri.<\/p>\n\n\n\n<p>1909-yil 12-dekabr-1944-yil 3-iyul \u2013 Shoir, publitsist, adabiyotshunos Hamid Olimjon yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1909-yil \u2013 Qarshi shahrida Abdulazizxo\u2019ja madrasasi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1909-yil \u2013 Toshkentda besh dizelli (quvvati 459 kvt) dastlabki elektr stansiya qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1909-1910-yillar \u2013 Kattaqo\u2019rg\u2019on hududida Qalandarxona masjidi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-yil 30-may-1978-yil 25-yanvar \u2013 Shoir Mirtemir yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-yil 24-sentabr-1977-yil 14-fevral \u2013 Xalq artisti Olim Xo\u2019jayev yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-yil \u2013 Yosh xivaliklarning Xiva xonligida islohotlar o\u2019tkazishga urinib ko\u2019rishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-yil 30-noyabr-1981-yil 5-may \u2013 Xalq artisti Razzoq Hamroyev yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-yil \u2013 Xiva shahrida 1-kinoteatr \u2013 \u201cXiva\u201d ishga tushirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-1920-yillar \u2013 Mang\u2019itlar sulolasidan bo\u2019lgan Buxoro amiri Olimxonning hukmronlik davri.<\/p>\n\n\n\n<p>1910-1920-yillar \u2013 Buxoro amirligida Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati.<\/p>\n\n\n\n<p>1911-yil 7-noyabr-1994-yil 23-noyabr \u2013 Xalq artisti Nabi Rahimov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1911-yil \u2013 Ahmad polvonning Germaniya chempioni Gyugner ustidan g\u2019alabasi.<\/p>\n\n\n\n<p>1911-yil \u2013 Mustamlaka ma\u2019muriyati tomonidan Turkistonda 50 ta yangi usul maktablarining yopib qo\u2019yilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1911-yil-1913-yillar \u2013 Dastlabki havaskorlar teatrlarining tashkil etilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 11-mart-1913-yil 12-yanvar \u2013 Kogon shahrida jadidlar gazetasi \u2013 \u201cBuxoroyi sharif\u201d nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 22-aprel \u2013 Xalq artisti, kinorejissyor Malik Qayumov tavallud topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 11-iyun-1975-yil 15-dekabr \u2013 Xalq artisti, o\u2019zbek operasi asoschisi, kompozitor Muxtor Ashrafiy yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 14-iyul-1913-yil 2-yanvar \u2013 Buxoro jadidlari tomonidan Yangi Buxoroda \u201cTuron\u201d gazetasi nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 18-avgust-1995-yil 13-may \u2013 Xalq rassomi Chingiz Ahmarov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 31-avgust \u2013 Geolog olim, davlat va jamoat arbobi Abdullayev Habib Muhamedovich yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil 13-noyabr \u2013 Shoir Usmon Nosir yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil \u2013 Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan eng qadimgi qoyatosh rasmlari \u2013 Zarautsoy rasmlari topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil \u2013 Toshkent elektr bilan yoritish boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-yil \u2013 Toshkent yaqinidagi Troiskiy lagerida turgan sapyorlar qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1912-1914-yillar \u2013 Namangandagi Ishoq shayx masjidi qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1913-yil 15-aprel \u2013 Samarqand shahrida jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy \u201cSamarqand\u201d gazetasi chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>1913-yil 7-dekabr-2003-yil 3-yanvar \u2013 Xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1913-yil \u2013 O\u2019zbek ziyolilarining Toshkent shahrida \u201cTuron\u201d teatr truppasi tashkil topgan (1918-yil unga \u201cdavlat teatri\u201d maqomi berilgan; 1929-yil Hamza nomi, 1933-yil \u201cakademik drama teatri\u201d maqomi berilgan, 2001-yil 21-sentabrda teatr nomi o\u2019zgartirilib O\u2019zbek milliy akademik drama teatri deb atala boshladi).<\/p>\n\n\n\n<p>1913-yil \u2013 Afrosiyobda arxeologik qazilmalar natijasida mahobatli rangtasvirning noyob namunalari-Afrosiyob devoriy rasmlari (arxeolog V.Vyatkin tomonidan) ochilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1913-yil \u2013 Toshkent shahrida tor izli (1936-yilda keng izli) elektr toki bilan yuradigan tramvay qatnay boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-yil 15-yanvar \u2013 Samarqandda (27-fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida) M.Behbudiyning \u201cPadarkush\u201d dramasini sahnalashtirish bilan yangi o\u2019zbek teatri o\u2019z faoliyatini boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-yil 3-aprel-1915-yil 26-may \u2013 Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy \u201cSadoi Farg\u2019ona\u201d (\u201cFarg\u2019ona ovozi\u201d) gazetasi Qo\u2019qonda nashr qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-yil 4-aprel 1915-yil 10-aprel \u2013 Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy \u201cSadoi Turkiston\u201d (\u201cTurkiston ovozi\u201d) gazetasi. Toshkentda nashr qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-yil \u2013 Farg\u2019ona viloyatidagi Rishton neft-gaz koni topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-yil 1-avgust \u2013 Birinchi jahon urushining boshlanishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1914-1921-yillar \u2013 Xiva xonligida Yosh xivaliklar partiyasining faoliyati.<\/p>\n\n\n\n<p>1915-yil 1-mart-1996-yil 1-avgust \u2013 Shoira Zulfiya yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1915-yil 10-sentabr 1995-yil 17-dekabr \u2013 Matematik olim, O\u2019zbekiston FA ning akademigi Toshmuhammad Sarimsoqov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1915-yil \u2013 Qo\u2019qonda dastlabki teatrning tashkil etilishi (Hamza tomonidan).<\/p>\n\n\n\n<p>1915-yil dekabr \u2013 Toshkentda qimmatchilikka qarshi \u201cayollar isyoni\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 5-may-2002-yil 16-iyun \u2013 Xalq artisti, kompozitor Mutal Burhonov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 25-iyun \u2013 Podsho Nikolay II ning \u201cImperiyadagi rus bo\u2019lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo\u2019llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo\u2019lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida\u201d Farmoni e\u2019lon qilingan. Bu Farmon mardikorlik nomi bilan tarixga kirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil iyul \u2013 O\u2019rta Osiyoda milliy-ozodlik qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 4-iyul \u2013 Xo\u2019jandda qo\u2019zg\u2019olonning boshlanishi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarning o\u2019qqa tutilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 3-21-iyul \u2013 Mardikorlikka olishga qarshi Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 11-iyul \u2013 Toshkentda mardikorlikka qarshi xalq qo\u2019zg\u2019oloni.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 17-iyul \u2013 Turkistonda harbiy okrugida harbiy holat joriy qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 29-iyul \u2013 Amudaryo bo\u2019limining Saribiy bo\u2019lisi aholi qo\u2019zg\u2019oloni. Chimboyda g\u2019alayon.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil 18-sentabr-1917-yil fevral \u2013 Turkiston o\u2019lkasida mardikorlikka olish jarayoni.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil \u2013 Xiva xoni va Rossiya mustamlakachiligiga qarshi Xiva qo\u2019zg\u2019oloni ko\u2019tarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1916-yil \u2013 Skobelev (hozirgi Farg\u2019ona) shahrida Muhiddin Qori Yoqubov cholg\u2019u asboblari ansambli tashkil etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 14-mart \u2013 Toshkentda \u201cSho\u2019roi Islomiya\u201d tashkiloti tuzilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 31-mart \u2013 Turkistonda harbiy hokimiyat fuqarolik hokimiyatidan ajratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 5-aprel \u2013 \u201cYosh xivaliklar\u201dning islohot to\u2019g\u2019risidagi manifestiga xonning imzo chekishi va Xiva xonligida konstitutsion monarxiyaning o\u2019rnatilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 7-aprel \u2013 Buxoro amiri Said Olimxonning islohotlar joriy etish bo\u2019yicha manifesti (farmoni) e\u2019lon qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 8-aprel \u2013 Amir Said Olimxon Farmonini qo\u2019llab-quvvatlash uchun o\u2019tkazilgan Buxorodagi 1917-yil aprel namoyishi. Keyinchalik amir o\u2019z Farmonini bekor qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 15-aprel \u2013 \u201cNasha gazeta\u201d (hozirgi \u201cPravda Vostoka\u201d gazetasi)ning 1-soni chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 20-aprel \u2013 Xivada yosh xivaliklar tomonidan tuzilgan Majlis (Deputat palatasi)ning birinchi sessiyasi. Nozirlar kengashi tuzilishi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 16-23-aprel \u2013 Butunturkiston musulmonlarining 1-qurultori bo\u2019lib, unda Turkiston o\u2019lka musulmonlari kenashi (Kraymussovet) tashkil qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 25-aprel \u2013 Toshkentda tashkil topgan ziyolilar \u201cIttifoq\u201d jamiyatining \u201cUlug\u2019 Turkiston\u201d gazetasi nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil iyun \u2013 \u201cSho\u2019roi Ulamo\u201d tashkiloti tuzilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 20-iyul-1975-yil 5-noyabr \u2013 O\u2019zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Komiljon Otaniyozov yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 10-11-sentabr \u2013 Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil 17-20-sentabr \u2013 Toshkentda Turkiston va Qozog\u2019iston musulmonlarining qurultoyi bo\u2019lib, unda Turkiston mintaqasi uchun umumiy \u201cIttifoqi Muslimin\u201d siyosiy partiyasi tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917-yil oktabr \u2013 Qo\u2019qon shahrida \u201cEl bayrog\u2019i\u201d (hozirgi \u201cFarg\u2019ona haqiqati\u201d, 1993-yildan) gazetasi nashr etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1847-1864-yillar \u2013 Rossiya imperiyasi O\u2019rta Osiyo hududini bosib olishining birinchi bosqichi. 1847-yil \u2013 Raim (Orol) qal\u2019asi qurilishi. 1850-yil \u2013 Toshkentda Abulqosim shayx madrasasi qurilgan. 1850-1854-yillar \u2013 Chor Rossiyasi qo\u2019shinlarining Semipalatinsk &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkiston-rossiya-imperiyasi-tarkibida-xix-asr-ortalari-1917-yil\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-131064","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/131064","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131064"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/131064\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131066,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/131064\/revisions\/131066"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131064"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}