{"id":1334,"date":"2021-09-20T10:43:41","date_gmt":"2021-09-20T07:43:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1334"},"modified":"2021-09-20T10:43:49","modified_gmt":"2021-09-20T07:43:49","slug":"girdob-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/girdob-nima\/","title":{"rendered":"Girdob nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Girdob va tornado bir-biriga juda o&#8217;xshash. Girdobni &#171;dengizdagi tornado&#187; deb ham atash mumkin. Avval tornadoning o&#8217;zi nima ekanini bilib olaylik.<\/p>\n\n\n\n<p>Tornado \u2014 haqiqiy aylana ko&#8217;rinishidagi shtormdir. U momaqaldiroq gumburlayotgan hududda qora suyri (voronkasimon) bulut ko&#8217;rinishida paydo bo&#8217;ladi. Suyri bulut paydo bo&#8217;lishiga sabab havoning sovushi hisobiga namning yig&#8217;ilishib qolishidir. Bulut havosi sovigan butun hududda hosil bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tornado soat mili bo&#8217;ylab yoki unga teskari aylanishi mumkin. Tornadoning yerga tegib turgan qismi kengligi o&#8217;rtacha 175-365 metr bo&#8217;ladi va u bir necha kilometrdan tortib 80 km. gacha bo&#8217;lgan masofani bosib o&#8217;ta oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Girdob (tornado) ichida aylanayotgan havoning tezligi soatiga 500 km.ga yetishi mumkin. Tornado yerga tegadigan joylarda kuchli talofat yuz beradi. Masalan, u uylarni yer bilan yakson qilishi yoki bir necha yuz metrga ko&#8217;tarib olib borib tashlashi mumkin. Tornado (&#171;girdob&#187; yoki &#171;tsiklon&#187; nomlari ham bor) yilning istalgan faslida sodir bo&#8217;lishi mumkin, ammo bahor va yoz oylarida boshqa vaqtdagiga nisbatan besh marta ko&#8217;p ro&#8217;y beradi. Ular, odatda, kunduzi qo&#8217;zg&#8217;aladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba&#8217;zi hollarda girdob quruqlikda qo&#8217;zg&#8217;algach, suvlikka ko&#8217;chgan oddiy tornado bo&#8217;lishi ham mumkin. Ammo ko&#8217;p tarqalgan girdoblar tropiklardagi dengizlar va ko&#8217;llar ustida yoki yilning iliq paytlari o&#8217;rta kengliklarda paydo bo&#8217;ladi. Ular to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri suv ustida qo&#8217;zg&#8217;aladi, suyri bulutlar esa yomg&#8217;ir bulutlari va to&#8217;da bulutlardan hosil bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Suyri (voronka)ning quyi qismi, suv yuzasiga yaqinlasha borib, dastlab suvning ustki qismini aylantiradi, natijada suv zarralari buluti hosil bo&#8217;ladi. Suyri bulut dastlab suv buluti ichiga tushadi, so&#8217;ngra suv girdobini balandga torta boshlaydi. Girdobning asosiy qismini tashkil qiladigan suv yomg&#8217;ir suvlaridan tarkib topgani uchun ham doimo toza bo&#8217;ladi. Girdob, odatda, bir necha daqiqa davom etadi va chegaralangan yergagina ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Girdoblarning aksariyati havo temperaturasi baland bo&#8217;lgan va momaqaldiroq gumburlayotgan sovuq suvlar ustida qo&#8217;zg&#8217;aladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Girdob va tornado bir-biriga juda o&#8217;xshash. Girdobni &#171;dengizdagi tornado&#187; deb ham atash mumkin. Avval tornadoning o&#8217;zi nima ekanini bilib olaylik. Tornado \u2014 haqiqiy aylana ko&#8217;rinishidagi shtormdir. U momaqaldiroq gumburlayotgan hududda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/girdob-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1334","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1334","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1334"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1334\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1335,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1334\/revisions\/1335"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1334"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}