{"id":1343,"date":"2021-09-20T10:47:38","date_gmt":"2021-09-20T07:47:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1343"},"modified":"2021-09-20T10:47:39","modified_gmt":"2021-09-20T07:47:39","slug":"namlik-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namlik-nima\/","title":{"rendered":"Namlik nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Stolga muzday suv to&#8217;la grafin qo&#8217;yilsa, nima bo&#8217;lishini bilasizmi? To&#8217;g&#8217;ri, uning tashqi tomoni terlab qoladi. Ter qayerdan paydo bo&#8217;ldi, dersiz. Albatta, havodan paydo bo&#8217;ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Negaki, havoda hamisha suv bug&#8217;lari holidagi namlik bor. Grafin nega terlaganiga kelsak, bug&#8217;lar o&#8217;ning sovuq yuzasiga tegib, kondensatsiyalandi va ko&#8217;zga ko&#8217;rinib qoldi. Havoda esa suv bug&#8217;lari ko&#8217;rinmas holdadir. &#171;Namlik&#187; atamasi suv bug&#8217;larining havoda mavjudligini bildiradi. Bug&#8217;lar hamma joyda, hatto, bepoyon sahrolar ustida ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, namlik hamisha mavjud, ammo uning miqdori turlichadir. Namlikni ifodalaydigan usullar ko&#8217;p. Ular orasida &#171;mutlaq namlik&#187; va &#171;nisbiy namlik&#187; degan ikkita atama ham bor. Ular nimani anglatadi?<\/p>\n\n\n\n<p>&#171;Mutlaq namlik&#187; havoning ma&#8217;lum hajm birligidagi suv bug&#8217;lari miqdoridir, ya&#8217;ni u bir kub metr havodagi zarralarning ma&#8217;lum miqdorini bildiradi. Ammo bu biz uchun amalda hech narsani anglatmaydi. Agar ma&#8217;lum bir sharoitda o&#8217;zingizni qanday his qilayotganingizni bilmoqchi bo&#8217;lsangiz, &#171;bir kub metrga to&#8217;rt birlik&#187; tushunchasi sizga havo quruq yoki nam ekanini anglatmaydi. Tanangizdan qancha ko&#8217;p namlik havoga chiqib ketsa, siz o&#8217;zingizni shuncha yaxshi sezasiz. Havoning shiddat bilan bug&#8217;lanishi temperaturaga bog&#8217;liq. Mutlaq namlikning esa havoning bunday tavsifiga hech qanday aloqasi yo&#8217;q. Nisbiy namlik foizlar bilan o&#8217;lchanadi. Yuz foiz namlik ma&#8217;lum bir joy havosining suv bug&#8217;i bilan to&#8217;lgan holatini bildiradi. Temperatura qancha yuqori bo&#8217;lsa, havoda suv bug&#8217;lari shuncha ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Shunday qilib, issiq kundagi 90 foiz nisbiy namlik, havodagi namlik miqdori nihoyatda balandligini bildiradi. Bunday ob-havoda siz o&#8217;zingizni yomon seza boshlaysiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Stolga muzday suv to&#8217;la grafin qo&#8217;yilsa, nima bo&#8217;lishini bilasizmi? To&#8217;g&#8217;ri, uning tashqi tomoni terlab qoladi. Ter qayerdan paydo bo&#8217;ldi, dersiz. Albatta, havodan paydo bo&#8217;ldi. Negaki, havoda hamisha suv bug&#8217;lari holidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namlik-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1343","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1343","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1343"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1343\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1344,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1343\/revisions\/1344"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1343"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}