{"id":1349,"date":"2021-09-20T12:16:36","date_gmt":"2021-09-20T09:16:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1349"},"modified":"2021-09-20T12:16:36","modified_gmt":"2021-09-20T09:16:36","slug":"shudring-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shudring-nima\/","title":{"rendered":"Shudring nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz shudring tabiatning tushuntirish oson bo&#8217;lgan hodisasi, deb o&#8217;ylayotgan bo&#8217;lsangiz kerak. Ajablanarlisi shundaki, odamlar shudring nima ekanini uzoq vaqt anglay olishmagan. Bu haqda juda ko&#8217;p kitoblar yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Aristotel \u2014 Arastu zamonidan to XVIII asrgacha odamlar shudring ham yomg&#8217;ir singari yog&#8217;adi, deb o&#8217;ylashgan. Ammo shudring yog&#8217;maydi. O&#8217;simlik yaproqlaridagi biz shudring deb o&#8217;ylaydigan narsa, umuman, shudring emas. Demak, hatto, biz ham bu masalada yanglishar ekanmiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Shudring nima ekanini anglash uchun biz o&#8217;zimizni o&#8217;rab turgan havo haqida ham ayrim narsalarni bilib olishimizga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Havoda hamisha ma&#8217;lum miqdorda namlik bor. Issiq havo namligi sovuq havonikiga nisbatan yuqoridir. Havo sovuq yuzaga tekkanida, uning bir qismi kondensatsiyalanadi va undagi namlik o&#8217;sha yuzada qoladi. Bu shudringdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunday salqin yuza temperaturasi shudring hosil bo&#8217;ladigan ma&#8217;lum ko&#8217;rsatkichdan past bo&#8217;lishi kerak. Bu ko&#8217;rsatkich &#171;shudring nuqtasi&#187; deb ataladi. Masalan, biror stakan yoki metall idishga suv quyilgani bilan uning sirtida shudring hosil bo&#8217;lavermaydi. Agar o&#8217;sha suvga muz solingan taqdirda ham idishning yuzasi ma&#8217;lum bir temperaturaga qadar sovimaguncha, shudring hosil bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shudring tabiatda ham hosil bo&#8217;lishi mumkinmi? Buning uchun sovuq yuzaga tegadigan iliq nam havo zarur. Shudring issiqlikni uzoq saqlaydigan yerda yoki so&#8217;qmoqlarda hosil bo&#8217;lmaydi. Shu bilan birgalikda, u sovigan o&#8217;t-o&#8217;lan yoki o&#8217;simliklarda hosil bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Unda nega biz o&#8217;simliklarda shudring paydo bo&#8217;lmaydi, deb aytdik? Chunki biz tong chog&#8217;i o&#8217;simliklarda kuzatadigan namlikning ma&#8217;lum bir qismigina shudringdir. Namlikning asosiy qismini (ba&#8217;zida butunlay) o&#8217;simlikning o&#8217;zi chiqaradi. Bu namlik yaproqlarning g&#8217;ovak joylaridan chiqadi. Bu o&#8217;simliklarning o&#8217;z yaproqlarini yer suvi bilan ta&#8217;minlash borasidagi irrigatsiya jarayonining davomidir. Bu jarayon kunduzi o&#8217;simliklarning yuqori qismi \u2014 yaproqlarini Quyosh jaziramasidan himoya qilish maqsadida boshlanadi va kechasi ham davom etadi. Yer sharining ayrim mintaqalarida shu darajada ko&#8217;p shudring tushadiki, u mollarni sug&#8217;orish uchun maxsus rezervuarlarga yig&#8217;iladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz shudring tabiatning tushuntirish oson bo&#8217;lgan hodisasi, deb o&#8217;ylayotgan bo&#8217;lsangiz kerak. Ajablanarlisi shundaki, odamlar shudring nima ekanini uzoq vaqt anglay olishmagan. Bu haqda juda ko&#8217;p kitoblar yozilgan. Aristotel \u2014 Arastu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shudring-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1349","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1349","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1349"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1349\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1350,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1349\/revisions\/1350"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1349"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}