{"id":1357,"date":"2021-09-20T12:20:02","date_gmt":"2021-09-20T09:20:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1357"},"modified":"2021-09-20T12:20:03","modified_gmt":"2021-09-20T09:20:03","slug":"momaqaldiroq-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/momaqaldiroq-nima\/","title":{"rendered":"Momaqaldiroq nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bahorgi jalalar, odatda, momaqaldiroq bilan birga keladi. Momaqaldiroq so&#8217;zining o&#8217;zi meteorologik hodisalarning butun bir kompleksini anglatadi. Ulardan hammamiz biladiganlarimiz chaqmoq va guldirakdir. Chaqmoq qo&#8217;shni bulutlar o&#8217;rtasida yoki bulut bilan yer o&#8217;rtasida chaqadigan ulkan elektr uchqunidir. ElektrsizlanIsh (razryad) vaqtida tor kanaldagi havoni qizdiradigan katta miqdordagi energiya ajralib chiqadi. Tor kanal elektr razryadining tarqalish yo&#8217;lidir. Havo tez qizishi natijasida shiddat bilan kengayadi va zarba to&#8217;lqini paydo bo&#8217;ladi. Bu to&#8217;lqin gumburlagan tovush hosil qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashinning elektrsizlanishi, mabodo, kuzatuvchi uning yaqinida turgan bo&#8217;lsa, momaqaldiroqning quloqni qomatga keltiruvchi yakkayu yagona zarbasini eshitadi. Uzoqlashib borayotgan chaqmoqning esa uzoq gumburlashi eshitilib turadi. Tovushning asosiy zarbadan so&#8217;nggi takrorlanishi uning yer yuzasidagi o&#8217;ydim-chuqurliklar, binolar, o&#8217;rmon chegaralari, bulutlar va hk.dan qaytadigan aks-sadolaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashin urishi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uning talofat yetkazish qudrati issiqlik energiyasi ajralib chiqishi bilan bog&#8217;liq. Uning ta&#8217;sirida daraxtlar sinishi, uylar, minoralar yer bilan yakson bo&#8217;lishi mumkin. Yashin urishining oldini olish maqsadida ko&#8217;l qavatli uylar va inshoatlarga tokni yerga o&#8217;tkazib yuboruvchi metall tayoqcha \u2014 yashin qaytargich o&#8217;rnatiladi. Yashin qaytargich deyish ham unchalik to&#8217;g&#8217;ri emas, negaki, u yashinni qaytarmaydi, aksincha, yerga o&#8217;tkazib yuboradi va shu bilan imoratlarni uning zarbasidan himoya qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oddiy to&#8217;g&#8217;ri chiziqli (yoki ilonizi) yashindan tashqari, ba&#8217;zida sharsimon yashin \u2014 olov shari ham paydo bo&#8217;lib turadi. Bu shar yer yuzasidan uncha baland bo&#8217;lmagan havoda suzib yuradi va qattiq predmet bilan to&#8217;qnashganda, portlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Momaqaldiroq osmonni to&#8217;p-to&#8217;p yomg&#8217;ir bulutlari qoplab olganda kuzatiladi. Ular boshqa bulutlardan o&#8217;ziga xos shakli (ular tik holda juda cho&#8217;zilib ketgan bo&#8217;ladi, ustki qismi esa temirchining sandonini eslatadi) hamda qoramtir tusdaligi bilan ajralab turadi. Havo bunday bulutlar ichidan shiddat bilan yuqoriga ko&#8217;tarilayotib, yomg&#8217;ir tomchilarini ham o&#8217;ziga tortadi va elektr zaryadlari hosil bo&#8217;lishi uchun zarur sharoit tug&#8217;dirib beradi va nihoyat yashin turadi. Har daqiqada yer sharining turli burchaklarida ikki mingga yaqin yashin turayotgan bo&#8217;ladi. Quruqlik ustida yozda (bahorda), suvliklar ustida esa qishda ko&#8217;proq yashin turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bahorgi jalalar, odatda, momaqaldiroq bilan birga keladi. Momaqaldiroq so&#8217;zining o&#8217;zi meteorologik hodisalarning butun bir kompleksini anglatadi. Ulardan hammamiz biladiganlarimiz chaqmoq va guldirakdir. Chaqmoq qo&#8217;shni bulutlar o&#8217;rtasida yoki bulut bilan yer &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/momaqaldiroq-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1357","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1357","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1357"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1357\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1358,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1357\/revisions\/1358"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1357"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}