{"id":1359,"date":"2021-09-20T12:20:53","date_gmt":"2021-09-20T09:20:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1359"},"modified":"2021-09-20T12:20:54","modified_gmt":"2021-09-20T09:20:54","slug":"nima-uchun-yashin-momaqaldiroq-bilan-yonma-yon-yuradi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nima-uchun-yashin-momaqaldiroq-bilan-yonma-yon-yuradi\/","title":{"rendered":"Nima uchun yashin momaqaldiroq bilan yonma-yon yuradi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yashin va momaqaldiroq ibtidoiy odamlarni qo&#8217;rqitgan va sehrlagan ilk tabiat hodisalaridan biri bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa ajab emas. Ular ilon izi yashinni, momaqaldiroq gumburlashini Xudoning o&#8217;zlariga sochayotgan g\u2019azabi, qahri, deb o&#8217;ylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashin va momaqaldiroq aslida nima ekanini anglab etish uchun elektrni esga olish kerak bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi narsalar musbat yoki manfiy zaryadlanishini yaxshi bilamiz. Musbat va manfiy zaryadlar o&#8217;zaro tortishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zaryadning kattaligi oshib borgani sayin tortish kuchi ham ortadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ularni ayri holda tutib turgan kuch juda kattalashib ketadigan lahza keladi. Bu kuch ikki zaryadni tutib turgan havo, oyna yoki boshqa bir izolyatsion qarshilikni yengib yoki yorib o&#8217;tadi va razryad sodir bo&#8217;ladi. Bu vaqtda ikki jismning elektr zaryadlari o&#8217;zaro tenglashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashin ham xuddi shu tarzda sodir bo&#8217;ladi. Behisob suv tomchilaridan iborat bulut boshqa bir bulut yoki yernikiga qarama-qarshi zaryadga ega bo&#8217;lishi mumkin. Ular o&#8217;rtasidagi elektr kuchlanishi havo izolyatsiyasini yengib o&#8217;tishi bilan elektr razryadi yuz beradi. Elektr razryadi eng kam qarshilik yo&#8217;li bo&#8217;ylab harakat qiladi. Shuning uchun ham u ilon izi, egri-bugri ko&#8217;rinishda bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Havoning elektrni o&#8217;tkazuvchanligi temperatura, zichlik va namlik singari omillarga bog&#8217;liq. Quruq havo elektrni, umuman, o&#8217;tkazmaydi, nam havo esa, aksincha, yaxshi o&#8217;tkazadi. Shu sababdan ham aksariyat hollarda yomg&#8217;ir boshlanishi bilan yashin to&#8217;xtaydi. Nam havo elektrni yaxshi o&#8217;tkazgani uchun ham u bo&#8217;ylab elektr zaryadlari beshovqin va sezilarsiz harakat qila boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi momaqaldiroq nima, degan savolga javob berishga harakat qilib ko&#8217;raylik. Elektr razryadi chog&#8217;ida havo zudlik bilan kengayadi, so&#8217;ngra torayadi. Kengayish va torayish natijasida havo oqimining harakati tezlashadi. Bunday oqimlarning shiddat bilan to&#8217;qnashuvi qulog&#8217;imizga gumburlab eshitiladi. Momaqaldiroqning takror-takror gumburlashi tovush to&#8217;lqinlarining bulutlarga urilib aks-sado berishi bilan bog&#8217;liq. E&#8217;tibor bergan bo&#8217;lsangiz, biz oldin chaqmoq chaqqanini ko&#8217;ramiz, bir oz o&#8217;tib esa momaqaldiroq gumburlaganini eshitamiz. Negaki, yorug&#8217;lik tezligi sekundiga 299 795 km. ni, tovushning havo bo&#8217;ylab tarqalish tezligi esa sekundiga 335 metrni tashkil etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yashin va momaqaldiroq ibtidoiy odamlarni qo&#8217;rqitgan va sehrlagan ilk tabiat hodisalaridan biri bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa ajab emas. Ular ilon izi yashinni, momaqaldiroq gumburlashini Xudoning o&#8217;zlariga sochayotgan g\u2019azabi, qahri, deb o&#8217;ylashgan. Yashin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nima-uchun-yashin-momaqaldiroq-bilan-yonma-yon-yuradi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1359","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1359","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1359"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1359\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1360,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1359\/revisions\/1360"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1359"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}