{"id":136515,"date":"2024-06-22T12:06:55","date_gmt":"2024-06-22T09:06:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136515"},"modified":"2024-06-23T11:48:30","modified_gmt":"2024-06-23T08:48:30","slug":"9-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/9-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"9-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
801. Latifa: Er turistik sayyohatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko’rsatibdi
bu Neopal, bu Venetsiya bu Rim . Xotini rasmlar ichidan birini olib » Juda yaxshi mast bo’lgan ekansiz» deb rasmni ko’rsatibdi SAVOL : rasmda nima tasvirlangan?<\/strong>
Javob: Piza minorasi<\/p>\n\n\n\n
802. Ko\u2018pchiligimiz «yuragim to\u2018lib yig\u2018lab yubordim» degan iborani eshitganmiz. Haqiqatan ham yurakning to\u2018lishi, ayniqsa liq to\u2018lishi yaxshilikka olib kelmaydi. Nima uchun?<\/strong>
Javob: Chunki bu yurak infarkt bo\u2018lgan bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n
803. Qirg\u2018izistonning Jalolobod viloyatidagi shahar, Buxoro viloyatidagi tuman, Tojikistondagi katta ko\u2018llardan biri, shuningdek qo\u2018y zoti. Ularning barchasi bir hil ataladi. Qanday ataladi?<\/strong>
Javob: Qo’rako’l<\/p>\n\n\n\n
804. Ularning birinchisi 1483 yilda yozib tugatilgan, ikkinchi, uchinchi va to\u2018rtinchisi 1484 yilda, beshinchisi esa 1485 yili yozib tugatilgan. Siz menga ularni beshtalovi birgalikda qanday atalganini ayting?<\/strong>
Javob: «Hamsa».
Gap bu yerda Alisher Navoiyning «Hamsa»sidagi 5 doston haqida ketmoqda.<\/p>\n\n\n\n
805. Ushbu ikki raqsning kuylari bir-biriga juda o\u2018xshab ketadi. Hattoki bu ikkala raqs musiqasini chalishda bir hil musiqa asbobidan foydalanilgan. Bu bilan ularning o\u2018xshash tomonlari tugamaydi. Ularnig birinchisi ya\u2019ni bizga yaqinrog\u2018ining nomiga uchta harf qo\u2018shilsa va ikkinchi unlini boshqasi bilan almashtirilsa ikkinchisining nomi kelib chiqadi. Menga har ikkala raqs nomini yozib bering?<\/strong>
Javob: Lazgi va lezginka.<\/p>\n\n\n\n
806. Kaykovusning \u201cQobusnoma\u201d asarida shunday llyozilgan: \u201cEy farzand, bilgilki, donishmandlar uni kichik o\u2018limo deganlar. Uni ko\u2018p bo\u2018lishi yomon odatdirki, badanni sust, tabiatni vayron qiladi, yuzni kasalga o\u2018xshatib qo\u2018yadi\u201d. U nima?<\/strong>
Javob: Uyqu<\/p>\n\n\n\n
807. Injilda shunday yozilgan: \u201cU ishni qilmanglar — na osmon haqqi, chunki u Xudoning taxtidir, na yer haqqi, chunki u Xudoning poyandozidir, na Quddus haqqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir. Boshing haqqi ham u ishni qilma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilomaysan\u201d. Injilda nima qilmaslik to\u2018g\u2018risida nasihat qilingan?<\/strong>
Javob: Qasam ichish<\/p>\n\n\n\n
808. Shaxmat bo\u2018yicha 9-jahon chempioni Tigran Petrosyanning shunday gapi bor: \u201cShaxmat \u2013bu shakli bo\u2018yicha o\u2018yin, mazmuni bo\u2018yicha-san\u2019at, o\u2018yinni o\u2018rganish qiyinligi bo\u2018yicha esa — udir\u201d. U nima?<\/strong>
Javob: Fan<\/p>\n\n\n\n
809. O\u2019zbek topishmoqlaridan.
Onasidan kiyim-boshim
Bolasidan yog\u2018li oshim?<\/strong>
Javob: Paxta<\/p>\n\n\n\n
810. Topishmoq
Tim qora kichkina xol
To\u2018xtatar yo\u2018lda darhol?<\/strong>
Javob: Nuqta<\/p>\n\n\n\n
811. Topishmoq.
Yettisi bir yerga yig\u2018ilsa
Beshisi bir yerga yig\u2018iladi?<\/strong>
Javob: Palov (palovning yettita asosiy masallig\u2018i va uni \u201co\u2018zbekchasiga\u201d yeydigan beshta barmoq).<\/p>\n\n\n\n
812. Bekon fikricha,u yaxshi nonushta,lekin yomon kechki ovqatdir, Dantega ko\u2018ra esa, jahannam darvozalariga kiraverishda u yerga kiruvchi barcha uni qoldirib kirishi kerak.U nima bo\u2018lishi mumkin?<\/strong>
Javob: Umid<\/p>\n\n\n\n
813. Malayziyada \u00abSen qaerga ketayapsan?\u00bb deyishadi,bu savolga \u00abAylangani\u00bb deb javob berishadi.Yahudiy \u00abSizga tinchlik\u00bb desa,fors \u00abQuvnoq bo\u2018l\u00bbdeydi,Grenlandiyaliklar esa \u00abYaxshi ob-havo\u00bb deyishadi.Biz bunday holatda nima deymiz?<\/strong>
Javob: Bu holatda bizda Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom.<\/p>\n\n\n\n
814. Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o\u2018zining unga bag\u2018ishlangan qo\u2018llanmasida \u00abErkak kishi o\u2018zining o\u2018sha narsasiga qarab hurmat topadi-bu uning o\u2018zi,buning yordamida u o\u2018zining asl ko\u2018rinishini bekitadi,bu narsada uning aqli namoyon bo\u2018ladi\u00bb degan. Agar \u00abZakovat\u00bb bilimdonlari bir yilcha avval uni boshqa predmet bilan almashtirishgan bo\u2018lsa,u nima?<\/strong>
Javob: Galstuk<\/p>\n\n\n\n
815. Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo\u2018lmasin, agar u cho\u2018milishni istab qolsa, avtobusga o\u2018tirib dengiz bo\u2018yiga borishi, miriqib cho\u2018milishi va o\u2018sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg\u2018oqdan bu qirg\u2018oqqacha bo\u2018lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?<\/strong>
Javob: Kuba<\/p>\n\n\n\n
816. Mutahassislarning fikriga ko\u2018ra, agar ular yer yuzida yo\u2018q bo\u2018lib ketganlarida yuz ming tur o\u2018simlik o\u2018lib ketgan bo\u2018lardi. Bu o\u2018simlik \u00abhalaskorlar\u00bb ini ayting?<\/strong>
Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o\u2018simliklarning gulini changlatib ularning ko\u2018payishiga qulay sharoitni yaratadi.<\/p>\n\n\n\n
817. Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya\u2019ni faqat ungagina yaraydigan bo\u2018lgan. Nimaga yaraydigan bo\u2018lgan?<\/strong>
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo\u2018lgan<\/p>\n\n\n\n
818. U mustahkamligi jihatidan po\u2018lat simga o\u2018xshaydi. Uni uzish qiyin bo\u2018lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak.
Gap nima haqida ketayapdi?<\/strong>
Javob: Ipak<\/p>\n\n\n\n
819. Dunyodagi eng yebto\u2018ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlarni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?<\/strong>
Javob: Ninachi<\/p>\n\n\n\n
820. Dunyoda turli fanlar ko\u2018p va ularning barchasi nimanidir o\u2018rganish bilan shug\u2018ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho\u2018sh, onomastika nimani o\u2018rganadi?<\/strong>
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma\u2019nolarini o\u2018rganish bilan shug\u2018ullanadi<\/p>\n\n\n\n
821. \u00abMo\u2018l-ko\u2018lchilik dengizi\u00bb, \u00abSokinlik dengizi\u00bb, \u00abBulutlar dengizi\u00bb, \u00abRavshanlik dengizi\u00bb, \u00abYomg\u2018irlar dengizi\u00bb, \u00abMoskva dengizi\u00bb, \u00abOrzular dengizi\u00bb kabi dengizlar qayerda joylashgan?<\/strong>
Javob: oyda<\/p>\n\n\n\n
822. Yaponiyada urush vaqtida o\u2018z qo\u2018shinlariga kaptarlar yordamida xabar yetkazilayotganda bir muammo paydo bo\u2018ladi. Ya\u2019ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog\u2018liq qanday yangilikni o\u2018ylab topishgan?<\/strong>
Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko\u2018ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi.<\/p>\n\n\n\n
823. Bu hayvonning bolasi juda kichkina, yalang\u2018och va ko\u2018zi yumuq holda tug\u2018iladi. Uzunligi 2,5 metrdan ortiq bo\u2018lgan bu katta sariqning bolasi atigi 3 sm bo\u2018lib tug\u2018iladi. Bu qaysi xayvon?<\/strong>
Javob: Kenguru<\/p>\n\n\n\n
824. Miloddan avvalgi IV asr boshlarida yunon faylasufi Platon tashkil qilgan maktab shunday atala boshlangan. Chunki Platon o\u2018z shogirdlari bilan suxbatni soya salqin bog\u2018da, afsonaviy qaxramonning xaykali oldida o\u2018tkazar edi. Platonning maktabining nomi bilan xozirgi kunda shunga o\u2018xshash muassasalar ataladi. Qanday ataladi?<\/strong>
Javob: Akademiya<\/p>\n\n\n\n
825. Leonardo da Vinchi bu inson a\u2019zosi xaqida shunday yozgan: \u00abXech bir a\u2019zo bu kabi katta miqdordagi muskullarga muxtoj emas; ulardan qolgan, men ochganlarimni xisobga olmaganda 24 tasi ma\u2019lum; va ixtiyoriy xarakatlar bilan xarakatlanadigan barcha a\u2019zolardan u o\u2018z xarakatlarining soni bo\u2018yicha ustun turadi\u00bb. Bu qaysi a\u2019zo?<\/strong>
Javob: Til<\/p>\n\n\n\n
826. U narsa juda ko’p xato qiladi. Chunki uning ishongan tomoni bor. Yapon maqolida «u qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustani ham olib yuradi» deb aniq aytilgan. Savol: gap nima haqida?<\/strong>
Javob: O’chirigichli qalam<\/p>\n\n\n\n
827. Hamma uni 9-ekanini biladi, lekin hamma «yettinchi» deydi. Xamma uning 10-ekanini biladi, lekin negadir «sakkiz» deydi. Hamma 11-ekanini biladi, lekin negadur «to’qqizinchi» deydi. Savol: ta’rif berilgan narsalarning nomini toping?<\/strong>
Javob: Oy nomlari
Sentyabr, oktyabr, noyabr<\/p>\n\n\n\n
828. Topishmoq:
UY YANGILIGIDA EGASI YO’Q,
UY EGASI TOPILSA uy buziladi.
Topishmoq nima haqida?<\/strong>
Javob: Tuxum<\/p>\n\n\n\n
829. Hech qachon «u» bilan baxslashmang. Chunki baribir oxirgi so’zni siz ayta olmaysiz.
Baribir sizdan keyin gapiradi u.
Uni toping?<\/strong>
Javob: Aks Sado<\/p>\n\n\n\n
830. Qadim zamonda bir podshoh bo\u2019lgan ekan. U bir kuni dumaloq shakldagi katta bir qamoqxona qurdiribdi va shunday buyuribdi:
Agar kimda kim qonunga zid bo\u2019lgan ish qilsa shu qamoqqa tashlanadi.
Oradan biroz vaqt o\u2019tgach, podshohning o\u2019g\u2019li odam o\u2019ldirib qo\u2019yibdi va uni zindonga tashlashibdi. Bir necha yil o\u2019tgach, podshoh o\u2019g\u2019lidan xabar olgani zindonga kiribdi. Qarasa, qamoqning bir burchagida bitta skelet yotgan ekan. Podshoh uni ko\u2019rib:
O\u2019g\u2019lim, senga nima bo\u2019ldi? \u2013 debdi. Shunda podshohning o\u2019g\u2019li orqadan kelib:
Ota, men bu yerdaman, — debdi. Savol: Burchakdagi skelet kimniki?<\/strong>
Javob: Dumaloq zindonda burchak bo’lmaydi!<\/p>\n\n\n\n
831. Ular aldaganlarni yomon ko’radi lekin o’zlari aldaydi. Aldash ularning kasbi. Ular aldagani sayin insonlarning ularga ishonchi ortadi. Diqqat Savol Ular kimlar?<\/strong>
Javob: Futbolchilar<\/p>\n\n\n\n
832. O’zi beshta harf uni ichida jonizdan boshqa hamma narsa bor agar boshidan bitta harfni olib tashlasak kimnidir yuragi og’riydi agar 2 ta harfni olib tashlasak kimnidir sog’inasiz agar 3 harfni olib tashlasak kimdir uyaladi?<\/strong>
Javob: Bozor
Ozor
Zor
Or<\/p>\n\n\n\n
833. 1914- yil 1 -avgust tarixda o’chmas iz qoldirgan sana hisoblanadi. Chunki bu SANADA qanday voqea yuz bergan?<\/strong>
Javob: 1-jahon urushi boshlangan<\/p>\n\n\n\n
834. UCHA OLADIGAN YAGONA SUT EMIZUVCHI HAYVON?<\/strong>
Javob: Ko’rshapalak<\/p>\n\n\n\n
835. Sharq elining donishmandi, axloq ilmining otasi Luqmoni xakim aytadi: \u00abBarcha yukni ko\u2018tardim, ammo burchdan og\u2018irroq yukni ko\u2018tarmadim. Barcha lazzatni totib ko\u2018rdim, ammo undan chuqurroq lazzatni topolmadim\u00bb. U lazzat deganda nimani nazarda tutgan?<\/strong>
Javob: Salomatlik<\/p>\n\n\n\n
836. Ob-havoning ko\u2019p yillar davomida o\u2019rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda haftasiga ikki kun xavo boshqa kunlarga qaraganda sovuqroq bo\u2019larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo\u2019ladi va nima uchun?<\/strong>
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o\u2019zidan issiq havo chiqarmaydi.<\/p>\n\n\n\n
837. Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borishganda o\u2018z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda suyuklik quyib kelishar ekan. Savol: idishdagi suyuklik nimani belgisi hisoblangan?<\/strong>
Javob: ko’z yoshlari<\/p>\n\n\n\n
838. Futbolda shunday termin bor. «Quruq barg» (\u0441\u0443\u0445\u043b\u0439 \u043b\u0438\u0441\u0442\u044c) deb ataladi. Bu atama qaysi holatda ishlatiladi?<\/strong>
Javob: Burchak to’pi to’g’ri darvozaga kirib gol bo’sa<\/p>\n\n\n\n
839. Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog\u2018li bir qushning o\u2018ligidan tayyor ro\u2018zg\u2018orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?<\/strong>
Javob: sham sifatida<\/p>\n\n\n\n
840. Qo\u2019lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma\u2019lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo\u2019l-oyoqsiz qanday qilib ko\u2019tarib turganligini aytinchi?<\/strong>
Javob: Soqoli bilan<\/p>\n\n\n\n
841. AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?<\/strong>
Javob: Kitoblar og’irligini<\/p>\n\n\n\n
842. Bu \u201cmashina\u201d umuman harakatlanish uchun mo\u2019ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo\u2019yi butun dunyodagi ularning yurgan \u201cyo\u2019li\u201dni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko\u2019rgan va ba\u2019zilarimizda bor bu \u201cmashina\u201d nima ekanligini toping?<\/strong>
Javob: Soat<\/p>\n\n\n\n
843. Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba \u201cS\u201d shaklida bo\u2019ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin?<\/strong>
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi<\/p>\n\n\n\n
844. \u201cTransamerikan ekspress\u201d da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya\u2019ni vagon restoranida u qo\u2019shni stolda o\u2019tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo\u2019lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo\u2019lgani uchun arzonroq to\u2019laydi. Buni sababini so\u2019raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo\u2019sh ofitsiant qanday javob bergan?<\/strong>
Javob: Biz hozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n
845. Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?<\/strong>
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.<\/p>\n\n\n\n
846. Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: \u201cVashington metrosi shunday yoritilganki, \u2026\u2026Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o\u2019rniga qanday jumla qo\u2019yilishi kerak?<\/strong>
Javob: O\u2019z soyangni ko\u2019rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n
847. 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma\u2019lum bir harflar yozim qo\u2019yilgan. Masalan: \u201cA\u201d, \u201c\u00c1\u201d va h.k. Mantiqiy o\u2019ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma\u2019noni bildirishini ayting?<\/strong>
Javob: Oxirgisi \u201c\u00cb\u201d harfi.
Izoh: Bu xarflar konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. \u201cA\u201d \u2013 yanvar, \u201c\u00c1\u201d \u2013 fevral va h.k. Rus alifbosida 12 harf bu \u201c\u00cb\u201d<\/p>\n\n\n\n
848. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg\u2019ash mumkin?<\/strong>
Javob: Neft<\/p>\n\n\n\n
849. Turklar uni \u201cshayton ovozi\u201d, nemis dengizchilari \u201cmusson shamoli\u201d, inglizlar \u201ceng baxtsiz kishilar ovozi\u201d deya ta\u2019riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Hushtak chalish<\/p>\n\n\n\n
850. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta\u2019siri to\u2019g\u2019risida tajribalar o\u2019tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko\u2019p o\u2019tirish ko\u2019z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo\u2019lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma\u2019lumot berishdi. Bu qanday kasallik?<\/strong>
Javob: Semizlik<\/p>\n\n\n\n
851. Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo\u2019yishadi. Bu nimani bildiradi?<\/strong>
Javob: Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo\u2019lmagan taqdirda ilib qo\u2019yishadi<\/p>\n\n\n\n
852. Dunyo bo’ylab jurnalining 1966 yil dekabr sonida Londonlik bosqinchi haqida maqola U kirgan uyda esa ochilmagan seyf bor edi. Politsiyaning nega seyfni shu paytgacha ochmading degan savoliga u ,, Men o’zimga. . . » qilishni xohladim deb javob bergan edi. Diqqat savol: nuqtalar o’rnini 3 ta so’z bilan to’ldiring?<\/strong>
Javob: Yangi yil sovg\u2019asi<\/p>\n\n\n\n
853. Rauf Parfi ijodidan: Siz menga juda \u2026, Men sizga juda \u2026! Ushbu she\u2019rda shoirning sevgilisiga e\u2019tirozini tushunish mumkin bo\u2019lsa, tushirib qolirilgan 2ta bir hil so\u2019zni toping?<\/strong>
Javob: KERAKSIZ<\/p>\n\n\n\n
854. XIX asrda ruslarda bir antiqa firibgarlik yo’li paydo bo’ldi. Bu firibgarlar ma’lum muddatda katta pulga ega bo’lishar va xohlasa Odessa, xohlasa Konstantinopolda bir muddat dam olib yana yurtlariga qaytishar edi. Faqat qaytishdan oldin ular o’ziga xos suvenirlarni sotib olishardi. Diqqat savol: Ushbu suvenirlar qaysi shahardan keltirilgan bo’lishi kerak edi?<\/strong>
Javob: Makkadan
Izoh: Islomda kimning holati hajga borishga to\u2019g\u2019ri kelmasa, boshqa bir insonni o\u2019z nomidan yuborish mumkin. Firibgarlar ana shunday insonlardan pul olib o\u2019zlari xohlagan joyida dam olib, Makkaga borganliginig isboti sifatida suvenirlar olib borishadi.<\/p>\n\n\n\n
855. Shoir Muhammad Yusufning fikricha turna kishnasa, qahratonda olma gullasa, osmonni suv bossa, quyoshni o\u2019t bossa-yu yulduzlar tullasa ham hayron qolmagan Shoirni nima hayron qoldiradi?<\/strong>
Javob: Qiz bolaning sevib qolishi<\/p>\n\n\n\n
856. Bilamizki poytaxt tanlashda shaharning joylashgan o\u2019rni,iqlimi,siyosiy mavqei va h.k. faktorlariga qaraladi. Bir afsonaga ko\u2019ra qaysi shahar qo\u2019y go\u2019shti yordamida poytaxt maqomini olgan?<\/strong>
Javob: Samarqand<\/p>\n\n\n\n
857. Marxum shoirimizning quyidagi misralarini tinglang: Bir ulug’ alloma fikrin aylab jam, So’zimni matalga yo’ymanglar debdi. Tokchaga qo’l cho’zsang Qur’on tursa ham, UNGA sira oyoq qo’ymanglar debdi. Savol:Biz she’rdagi qaysi so’zni UNGA deb almashtirdik?<\/strong>
Javob: Nonga
Izoh: A.Oripovning<\/p>\n\n\n\n
JAVOB: Paxta
IZOH: Gap Paxtakor klubi haqida ketayotgan edi. Rasmdagi it esa paxtadek oppoq.<\/p>\n\n\n\n
859. Yo rab loyimni-ku qorgan o’zingsan,
O’rish-arqog’imni o’rgan o’zingsan,
Yomonmanmi, yaxshi, men qandoq qilay?
Taqdir \u2026ni bergan o’zingsan.
3 nuqta o’rnidagi so’zni 2ta (men biladigan) sinonimi bor. Bu so’zni biz ko’pincha boshimizga g’am-qayg’u kelganda ham eslaymiz, huddi xatolarimizda u aybdordek. 3 nuqta o’rnini to’ldiring?<\/strong>
JAVOB: Peshona<\/p>\n\n\n\n
860. \u201cBoshimni ushlab tepaga tortdilar \u2013qalqon bo’ldim. Meni pastga sudrab, so’ng qarovsiz qoldirdilar. Oqibat o’zlari kulgiga qoldilar. Mening do’stim \u2013 boshini bir yerga suqmasa ishsiz qoladigan qarindoshim bor, biroq u men kabi ishonchli emas\u201d Savol: gap kim yoki nimalar haqida ketmoqda?<\/strong>
JAVOB: zamok (molniya) va tugmacha<\/p>\n\n\n\n
Javob: Namoz o\u2018qish.
Izoh: Yaxshilab qarasangiz toshlar timsolida namoz o\u2018qib o\u2018tirgan odamlarni ko\u2018rishingiz mumkin<\/p>\n\n\n\n
862. Bir sovutgich zavodining reklamasida jiddiy ravishda shunday deyiladi: \u201cBizning sovutgichlarimiz ishonchli sovuq havo ishlab chiqaruvchi hamkor bo\u2018lib, sizning uyingizga uni olib kiradi\u201d. Nima olib kiradi?<\/strong>
Javob: iliqlik<\/p>\n\n\n\n
863. X lar qayg’uli jimlik hukmida o’limlarini kutadilar. Kuz o’zining sovuq nafasi bilan ularninng peshonalaridan bir-bir o’pib, aldabgina jonini oladi-da, qabrlar uzra to’shaydi. X nima?<\/strong>
Javob: DARAXT BARGLARI<\/p>\n\n\n\n
864. Olim Pyer Buast fikricha, insonlar hayotining dastlabki qismini o\u2018liklar bilan, ikkinchi qismini tiriklar bilan suhbatlashib o\u2018tkazishi, oxirgi qismini esa o\u2018zi bilan gaplashib o\u2018tkazishi kerak. Diqqat savol, o\u2018liklar bilan suhbat degandi nima nazarda tutilgan?<\/strong>
Javob: Kitob o’qish.<\/p>\n\n\n\n
865. O\u2018rta asrlarda Sharqda karvon uzoq safarga otlangan paytlarda ayrim tuyalarning bo\u2018yniga siyoh to\u2018ldirilgan idish osib qo\u2018yishgan. Bu karvon qayerga yo\u2018l olgan edi va idishlar nimaga kerak?<\/strong>
Javob: Makkaga yo\u2018l olgan va ushbu siyohlar bilan Qur\u2019onning nusxasi ko\u2018chirilgan<\/p>\n\n\n\n
Javob: Selma Lagerlyof
Izoh: Ushbu suratda yerning yuqoridan ko\u2018rinishi tasvirlangan. Va bir nechta dalalar, uycha ko\u2018rinyapti. Buning ustiga surat haqiqiy, real tasvir emas, balki odatda bolalarning ertak kitoblarida bo\u2018ladigan grafikada tasvirlangan. Ushbu kupyura Shvesiyaning 20 kronalik puli bo\u2018lib, u g\u2018ozlar bilan do\u2018st tutingan mashhur sayohatchi bolakay Nils haqidagi ertakning muallifi Selma Lagerlyofga bag\u2018ishlangan edi.
Ma\u2019lumot uchun 2016 yildan boshlab ushbu kupyura muomaladan chiqarilgan.<\/p>\n\n\n\n
867. Yahudiylarning Butun dunyo xalqlari orasida naqadar bilimli ekanligini ko’rsatuvchi bir statistikada 0,2% va 20% ni uchratish mumkin. Bu har ikkala foizlar nimalarni anglatishini yozib bering?<\/strong>
Javob: Yahudiylar Dunyo aholisining 0,2 % ini tashkil qiladi, Nobel mukofoti sovrindorlarining 20 % ini yahudiylar tashkil qiladi<\/p>\n\n\n\n
868. O\u2019zbek tiliga ko\u2019plab so\u2019zlar kabi, maqollar ham kirib kelgan. Tojik tilida mavjud bo\u2019lgan bir maqol bizning tilimizga qisqargan holda o\u2019tgan. Bu maqolni eshiting: «\u2026(3 nuqta) mush dorad, mush go’sh dorad». Maqoldagi «Mush dorad» so\u2019zlari o\u2019zbek tilida \u201csichqon bor\u201d degan ma\u2019noni bildiradi. Siz bizga 3 nuqta o\u2019rnidagi bir so\u2019zni yozib bering?<\/strong>
Javob: Devor
Izoh: Bu maqol asl holida quyidagicha bo\u2019lgan: «Devorda sichqon bor, sichqonda quloq bor»<\/p>\n\n\n\n
869. Ushbu tarqatmada 1856-yilda Normand orollarida qurilgan dunyodagi eng kichkina Uning surati aks etgan.
Javob Kattaqo’rg’on
Izoh: Qo’lingizga 2 kishiga mo’ljallangan bitta kameradan iborat dunyodagi eng kichik qamoqxona surati berilgan edi. 1971-yilda suratga olingan «Omadli jentlmenlar» filmi voqelari ham qamoqxonada kechadi. Bu qamoqxona esa Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on shahrida joylashgan.<\/p>\n\n\n\n
870. Toshkent shahrida 1905-yilgacha harbiy qal’ada yirik pushka bo’lgan. Bu qal’a Toshkent astronomik va fizik observatoriyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan. Diqqat savol: Bu pushka nima vazifani bajargan?<\/strong>
Javob. Shahar soati
Izoh: Bu paytda shahar aholisi asosan quyoshdan yoki shu pushka ovozidan vaqtni aniqlagan. Bu pushka har doim kunning yarmida otilgan. Vaqtdagi o’ta aniqlikni ta’minlash maqsadida observatoriya bilan hamkorlikda ish yuritilgan. Xususiy soatlar esa faqat boy xonadonlarda bo’lgan. 1905-yilda esa Toshkentda birinchi shahar soati o’rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n
871. O’zining «Buxoro xalqining hasrati tarixi» nomli esdaliklarida Amir Sayid Olimxon bir insonni har safar «bu banda» deb tilga oladi. Savol: u kitobida kimni «bu banda» degan birikma bilan tilga olgan?<\/strong>
Javob: O’zini
Izoh: kitobda muallif kamtarlik va odob yuzasidan o’z nomini kam ishlatadi va barcha joyda «men» deyish o’rniga «bu banda» deb yozadi. Bu kabi kamtarlik sharq uslubidagi adabiyotlarda keng tarqalgan bo’lib, Buxoro amiri ham bu qoidani chetlab o’tmagan.<\/p>\n\n\n\n
872. 2008 yili dizaynerlar uzoq kuzatuvlar natijasida Amsterdam aeroportining kutish zaliga maxsus avtomat o\u2018rnatishadi. Ushbu avtomat orqali haridorlar hajmiga qarab 4 yevrodan 15 yevrogacha bo\u2018lgan narxda bir mahsulot sotib olishlari mumkin edi. Diqqat savol, haridorlar avtomatdan nima sotib olishlari mumkin?<\/strong>
Javob: Kutib olish uchun yozuvli plakatlar.
873. Arastu «X — bu ikki tanada yashovchi bir jondir» degan bo’lsa, Muhammad Ali » «X» — siz maktabda o’rganadigan narsa emas. Lekin siz «X»ning mazmunini anglmagan ekansiz, darhaqiqat hech narsa o’rganmabsiz» deydi. Savol, «X»ni 1 ta so’z bilan toping?<\/strong>
Javob: Do’stlik<\/p>\n\n\n\n
874. «1920-yili zulhijja oyining o’n beshida yakshanba yarim kechasi soat ikkida bolsheviklar urush e’lon qilmasdan Buxoroga hujum boshladi. Bu banda to’rt kechayu to’rt kunduz dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To’p o’qlarining ko’pligi, bomba yog’dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag’al aholini qattiq tashvishga solib qo’ydi. Bu bandayi ojiz Buxoroyi sharifdan ko’chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan faqiru fuqaro bechoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, degan andishada G’ijduvon tarafga ravona bo’ldim». Savol: shu so’zlarni ayta turib, Amir Olimxon o’z esdaligida qaysi insonni esga olib o’tadi?<\/strong>
Javob: Muhammad s.a.v. payg’ambarimizni
Izoh: muallif xuddiki o’zining bu ko’chishini payg’ambarimizning Makkadan Madinaga hijrat qilishiga o’xshatadi.<\/p>\n\n\n\n
875. Mashhur fizik olim Enshteyn bora bora ko’p narsa hayolidan ko’tariladigan bo’lib qoladi u xatto o’z uyi qayerdaligini ham esidan chiqaradi. U taksiga chiqganida taksisga «\u2026\u2026\u2026..» deydi va taksis uni uyiga to’g’ri olib borib qo’yadi.Savol:Enshteyn manzilini bilmasa ham shafyorga nima deydi va shafyor to’g’ri olib boradi?<\/strong>
Javob: U taksichiga Enshteynning uyiga olib borib qo’ying deydi va uning uyini hamma shafyorlar biladi va olib borib qo’yadi.<\/p>\n\n\n\n
876. Xazrat Abu Xamid al Gazzoliy XII-asr ibtidosida shunday xikmat yozmishlar:
\u00abIbroxim Adxam roxiblarni ko’rib, har kuni ibodat bilan mashg’ulsizlar, oshu- nonni qaydan topib yersizlar — deb bergan savoliga buni bizga rizk bergandan so’ragin- debdilar.
\u00abTegirmonini bergan bug’doyini ham bergusidur\u00bb — deb javob qilibdurlar. Xurmatli bilimdonlar, aytingchi tegirmon deb ular nimani nazarda tutganlar?<\/strong>
Javob: Ular tishlarini ko’rsatib tegirmon deb ta\u2019kidlaganlar.<\/p>\n\n\n\n
877. Dunyodagi eng keksa axborot agentliklaridan biri bu — Reyter hisoblanadi. Reyter axborot agentligi tashkil topganidan to XX asr 2-yarmigacha agentlik muhbirlari ro’yxatidan ular ham joy egallagan edilar. Savol: qanday hodimlar so’ralmoqda?<\/strong>
Javob: XIX asr oxirida tashkil topgan bu agentlik ixtiyorida o’nlab kabutarlar hizmatda bo’lishgan. Muxbirlar uzoq shahardan xabarlarni kabutarlar orqali jo’natganlar<\/p>\n\n\n\n
878. Falonchi. Sizni qadrdon do’stingiz bormi? Nechta? Do’st bitta yo ikkita ham bo’lishi mumkin, bir nechta ham bo’lishi mumkin. Faylasuf va tarixchi Plutarx bir ajralmas do’sti haqida shunday so’zlarni qoldirgan. \u00abBu do’stimni men yoqtirmayman, o’zini fikri yo-q, xa desam xa deydi, yo’q desam yo’q deydi. O’zini fikri yo’q. Shuyam do’st bo-ldi-yu. Afsuski, undan kechishni iloji yo’q\u00bb. Xurmatli bilimdonlar, Plutarx qanaqa ajralmas do’sti haqida yozgan?<\/strong>
Javob: Plutarx ta\u2019riflagan bunday do’st hammada bor. Sizda ham, menda ham. Har bir insonni ajralmas bu do’sti uning soyasi.<\/p>\n\n\n\n
879. Bir zukko shogird dono ustozidan so’rabdi: \u00abFarzand bilan shogirdning farqi nimada? Farzand ota va ona unga hayot berganlari uchun har ikkalasi oldida burchlidur. Shogird esa faqat ustozi oldidagina burchlidur\u00bb.
Shogird o’ylanib turib:
\u00abShogirdlik afzalmi yoki farzand bo’lmoqlikmi?\u00bb
Ustoz javob qildi: \u00abo’zing tanla!\u00bb
Savol: shogird qanday qaror qabul qiladi?<\/strong>
Javob: U holda men otamga shogird tushaman.<\/p>\n\n\n\n
880. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Amir Temur armiyasiga 17 yoshdan lashkarlar qabul qilingan. Ammo ular uzoq mashqlardan keyingina pishigach, jangga chiqarilgan. Amir Temur o’ylab topgan mashg’ulotlar ichida g’alatilariyam bo’lgan. Masalan, yigitlarning
2\u00a0oyogi orasiga kattakon tosh qistirib uzoqqa yugurish musobaqasi bo’lgan. Aytingchi, bu mashg’ulot bo’lg’usi jangchilarni nimaga tayyorlagan?<\/strong>
Javob: Otda mahkam o’tirishga o’rgatgan.<\/p>\n\n\n\n
881. Ertaklarni asosan bolalar yaxshi ko’rib eshitishadi. G.X.Anderson yurti Daniyada uning ertaklari audio kassetalarda sotiladi. Uni nafaqat bolalar, ayrim toifa kattalar ham eshitishini hush ko’rar ekanlar. Savol: nima ularni bunday ertaklar tinglashga majbur qiladi?<\/strong>
Javob: Uyqusizlik\u00a0kasaliga\u00a0
chalinganlar.<\/p>\n\n\n\n
882. Beruniy fikricha, insonga uni ehtiyojlar uchun bergan. Ammo inson qalbi uni o’zi uchun eng maqbul vosita deb bilishi uchun ham vaqt zarur deb aytadi. Demak, unga ehtiyoj sezish uchun ham insonda unga nisbatan nafaqat ehtiyoj, balki halol qalb ham zarur ekan. Yuqorida Beruniy nima haqida so’z yuritgan?<\/strong>
Javob: Boylik<\/p>\n\n\n\n
883. Ilon po’st tashlashidan xabaringiz bor. Qarang qurbaqa ham, baqa ham po’st tashlar ekan. Ilondan farqli baqaning po’stini hech kim ko’rmaydi. Savol: uni po’sti qayerga yo’qoladi?<\/strong>
Javob: o’zi yeb qo’yadi.<\/p>\n\n\n\n
884. Vengerlarda 2 ta no’hat, polyaklarda 2 ta tanga, albanlarda 2 ta burgut, yunonlarda 2 tomchi zaytun moyi, moldavanlarda 2 dona uzum. Savol bizda-chi?<\/strong>
Javob: Bir-biriga o’xshash kishilar yo narsalar vengerlarda 2 ta no’hatga o’xshatilsa, bizda 2 tomchi suvga o’xshatishadi.<\/p>\n\n\n\n
885. Sandiqchadagi narsa juda ko’p xatolikka yo’l qo’yadi, chunki uning ishongan tomoni bor. Yapon maqolida bu haqida aniq aytilgan: U qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustani ham olib yuradi deb. Savol sandiqchada nima bor?<\/strong>
Javob: Gap 2 ta uchli narsa xususida ketayapti. Bir uchi tap-tortmay xato qiladi, 2-uchi darrov xatoni ko’rmagandek qilib tekislab qo’yadi. Sandiqchani ko’rsating: Bu o’chirg’ichli qalam edi<\/p>\n\n\n\n
886. Menga bir kun oldin ish buyurishadi lekin ishimni bajarib bo’lgach ular meni so’kishadi. Matn muallifini toping?<\/strong>
Javob: uyg’otgich ya’ni budilnik.<\/p>\n\n\n\n
887. Bir davlatda shunday restoran bor ekan u restoranga faqat ayollar kirar ekan erkaklarni qabul qilmas ekan agar erkak kishi kirsa o’lik holda chiqar ekan buni eshitgan bir yigit shunday qilibdiki o’zini xuddi qizlar singari qilib kiyinib har bir tomononi qiz bola o’xshatib kiyinibdi pardozlari ham qizlarnikiday qilibdi. Va u kiribdi ancha o’tiribdi lekin hech kim u yigit kishi ekanligini bilmabdi lekin sezib qolishibdi. Savol uni qanday sezib qolishgan?<\/strong>
Javob: tomoqda kekirdak faqat o\u2019g\u2019il bollarda bo\u2019ladi, uni yashirishni iloji yo\u2019q<\/p>\n\n\n\n
888. Erkaklar uchun: 1401
Bolalar uchun: 106
Ayollar uchun: 803
O\u2019lganlar uchun: ?<\/strong>
Javob: 905 ya’ni 9-may<\/p>\n\n\n\n
889. Tasavvur qiling siz tush ko’ryapsiz. Tushingizda yugurib ketyapsiz. Sizni mushtlab burningizni yerga ishqalashyapti. Yana goh ko’rsatkich, goh o’rta barmoqlar bilan biqinizga niqtashyapti. Diqqat savol: Tushingizda siz nimaga aylanib qolgansiz ?<\/strong>
Javob: Kompyuter sichqonchasiga.<\/p>\n\n\n\n
890. Tasavvur qiling ,kechagi kun ertaga bo’lganda bugun yakshanba bo’lardi. Bugun qanday kun ?<\/strong>
Javob: Seshanba.<\/p>\n\n\n\n
891. Arman xalq topishmog’i:
Bir kabob bor, kabobning g’aroyibligi shundaki, uning sihi go’shtdan yasaladi, go’shti esa metalldan. Odatdagi kabobning aksi.
Savol: topishmoqdagi sihni va go’shtli kabobni toping?<\/strong>
Javob: barmoq va uzuk<\/p>\n\n\n\n
892. Barchamiz Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» va «Mexrobdan chayon» asarlarini yaxshi bilamiz. Undagi bosh qaxramonlar Otabek va Anvar lar asarda bosh qaxramon! Yozuvchi bosh qaxramonlar va ularning yorlarini ismini tanlashda bir bog’liqlikka axamiyat bergan!
Savol: Bu qaxramonlarni ismini tanlashda nimaga e’tibor bergan?<\/strong>
Javob: Otabek va Kumush
Anvar va Ra’no
Yigitlarning ismlarini oxirgi harfi yorlarining ismlarini bosh harfidir. Shunga yozuvchi e’tibor qaratgan!<\/p>\n\n\n\n
893. Keniyaning chuchuk suvli Baringo ko’lida eng issiq kunlarda suvning sathi pasaymaydi , aksincha ko’tariladi.
Savol: Nima uchun ?<\/strong>
Javob: issiqda begemotlar suvga tushishgani sababli suv sathi ko’tariladi<\/p>\n\n\n\n
894. Bozorda sotilmaydi, dasturxonga tortilmaydi, lekin odamlar tatib ko\u02bbrgan.
Savol: bu nima?<\/strong>
Javob: Ona suti<\/p>\n\n\n\n
895. <\/p>\n\n\n\n
O’rta asrlar hayotida Yevropada ishlatilgan ushbu jadvalga e’tibor bering:
Shahzodalar va knyazlar — 2,5 fut
Oliy tabaqali zodagonlar — 2,0 fut
Oddiy ritsarlar — 1,5 fut
Badavlat shaharliklar — 1,0 fut
Qolganlar — 0,5 fut.
Diqqat savol: ushbu jadval nimani aniqlab bergan?<\/strong>
Javob Paypoqning uzunligi<\/p>\n\n\n\n
896. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida buyuk vatandoshimiz Jaloliddin Manguberdi haqida o’zbek xalqining atoqli yozuvchisi Maqsud Shayxzoda dramma yozgan. Ko’pchilikka ma’lumki, bu davrda milliy qahramonlarni xalqqa tanitish, ular haqida har xil asarlar yozish taqiqlangan edi. Ammo Maqsud Shayxzoda bunga ruhsat olgan.
Savol bunga qanday ruhsat olgan?<\/strong>
Javob. Asar 2-jahon urushi davrida yozilgan. Askarlarning jangovar ruhini ko’tarish juda muhim bo’lgan. Jaloliddin Manguberdi esa Vatan ozodligi uchun kurashgan tarixiy shaxslardan biri edi. Atoqli adibimiz Maqsud Shayxzoda esa bundan unumli foydalangan ekan.<\/p>\n\n\n\n
897. Bir ilmiy maqoladagi mutaxassislarning fikricha, kuchli tafakkur egalarida X lar sodir bo’ladi, ya’ni kuchli iste’dod sohiblari X ga chalinadi. Boshqa bir mutaxassislar esa X lar odamda iste’dod kurtaklarini qo’zg’atib yuboradi deyishadi.
Diqqat savol: sizningcha X nima?<\/strong>
Javob: Tutqanoq (epilepsiya).
Izoh: Aflotun, Suqrot, Nobel, Janna d’Ark, Van Gog, Napoleon, Dostoevskiy, Yuliy Sesar kabi mashhurlar ham tutqanoq bo’lishgan.<\/p>\n\n\n\n
898. «Nafs» nomli o’zbek filmida bir cho’pon yigit shaytonning yordami bilan mashhurlikka erishadi, ammo film oxirida fikridan qaytadi. Shunda shayton unga A dan Z gacha hamma narsaning soxta ekanligini ta’kidlaydi.<\/strong>
Javob: Beshik va Qabr.
Izoh: A va Z lotin alfavitining birinchi va oxirgi harflari. Beshik va qabr ham insonning birinchi va oxirgi joylari.<\/p>\n\n\n\n
899. Amerikalik olimlar kosmonavtlar uchun kosmosda yozadigan ruchka uchun juda ko’p millionlarni sariflashgan. Ruslar esa amerikaliklardan ham chaqqon chiqib bu muammoni tez hal qilishgan.
Savol: Rus olimlari kosmosda oson ishlatish uchun kosmonavtlarga nimani tavsiya qilishgan?<\/strong>
Javob: Qalam<\/p>\n\n\n\n
900. Xorazmshoh saltanatining eng mustahkam qal’alaridan biri bo’lgan «Gurganj» shahrini mo’g’ullar 1221-yilda qamal qiladi. Xorazmshoh xufiyalari mo’g’ullar tut daraxtini tagidan arralab kesishyotganini aniqlaydilar. Ochig’i qal’a ichidagilar ham avval nega tut kesishayotganligini bilishmaydi. Ammo tez orada ularning maqsadi oydinlashadi.
Savol: nima sababdan mo’g’ullar tut daraxtlarini kesishgan ?<\/strong>
Javob: Xorazmda katta xarsang toshlar bo’lmaganligi sababli mo’g’ullar tut daraxtlarini suvga bo’ktirib ularni toshotar qurollariga joylab, tosh o’rnida qal’aga otishgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"