{"id":136629,"date":"2024-06-25T13:31:30","date_gmt":"2024-06-25T10:31:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136629"},"modified":"2024-06-26T08:26:01","modified_gmt":"2024-06-26T05:26:01","slug":"15-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/15-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"15-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
1401. Bir mashhur o’zbek kinofilmiga atab yozilgan she’rdan parchani o’qing:
Ne balolar yog’ilsa ham
Ayol beshik quchaverar.
,,Tug’moq zarur» deya ba’zi
Maddohlar lof uraverar.
Birov alla aytsa, ular
Tomog’idan bug’averar.
Lek qasdma-qasd o’zbeklarning
,,X» i ham tug’averar!
Savol: X ni bir so\u02bbzda ayting?<\/strong>
Javob: Robot
izoh: gap ,,Temir xotin» filmi haqida ketmoqda edi<\/p>\n\n\n\n
1402. Mashhur faylasuf Dekartning fikriga ko’ra \u200b\u200b,,o\u2019zidagi nuqsonni fazilatga aylantira bilish san\u2019ati, ayniqsa qadrlidir.» Dekart o’zining bu fikrini aynan shu hukmdorni misol tariqasida aytish bilan o’z fikrini asoslaydi. O’ylab ko’ringchi bu qaysi hukmdor edi?<\/strong>
Javob: Yuliy Sezar
\u200b\u200bO\u2019zidagi nuqsonni fazilatga aylantira bilish san\u2019ati, ayniqsa qadrlidir. Tepakal Sezar boshiga doimo dafna daraxti yaprog\u2019idan yasalgan toj kiyib yurgan.<\/p>\n\n\n\n
1403. Uning aytishicha na u dunyoda, na bu dunyoda nimaiki foydali, nimaiki zararli bo\u02bblsa — biladigan birgina u ekan.
Unga qarata «Yaxshining ham , yomonning ham tayangani — sensan, sen ikkalasiga ham birdek xizmat qilasan, istaganini topib berasan — mana shu odating yomon» degan gaplar ham aytilgan.
«u» ni toping?<\/strong>
Javob: Aql
Manba: Abay — » Nasihatlar kitobi»
Aql, G\u02bbayrat, Yurak suhbatidan<\/p>\n\n\n\n
1404. XX asrning 2 — yarmida AQSH da harbiy maqsadda T13 granatalari ishlab chiqarila boshlandi. Bu granatalarni armiyada samarali ishlatish uchun AQSH qurolshunoslari xalq tomonidan ommaviy tarzda shug\u02bbullanadigan (ishlatiladigan) bir vositani e\u02bctiborga olishadi.
Diqqat savol: bu vositani toping?<\/strong>
Javob: beysbol to\u02bbpi
Granatalar shakl va vazn jihatdan beysbol to\u02bbpini eslatardi<\/p>\n\n\n\n
1405. Unga kuniga duch kelasiz bunga kafolat beraman.Siz demaymanu lekin unga ayrimlar shunday ehtirom qiladilarki yaqinlariga ham bunday «mehr» berishmaydi. Uni XV-XVI-asrlarda shifokorlar bir kasallikka qarshi davo sifatida tavsiya etishgan. Ammo u davo emas aksincha ekanligini hozirda barcha biladi.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketyapti?<\/strong>
Javob: sigaret
izoh: Tamaki Amerikadan olib kelinganda og\u2019izdagi noxush hidlarni yo\u2019qotuvchi vosita sifatida yevropalik tabiblar tomonidan tavsiya etilgan<\/p>\n\n\n\n
1406. Bu belgini shaklidan kelib chiqib yorug\u02bb, sevgi, hayot, omad so\u02bbzlarining boshqa tildagi tarjimasidan olingan deyishimiz mumkin. Belgining nomi esa Sanskrit tilida omad tilash, tabriklash ma\u02bcnosini bildiruvchi degan ma\u02bcnoni bildirib, XX asr o\u02bbrtalariga kelib ko\u02bbplab davlatlar undan belgi sifatida foydalanmay qo\u02bcydi.
Davlatlar nega undan foydalanmay qo\u02bbyishganini maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: Germaniyaning 2 — jahon urishida yengilishi.
Belgi esa Svastika
Izoh: Yorug\u02bb — Light, sevgi — Love, hayot — Life, omad — Luck. «L» harfi.
1945\u2013yilda Germaniyaning mag’lubiyatidan so’ng, ko’plab mamlakatlarda endi uni belgi sifatida ishlatmay qo’yishgan. SSSRda esa urushdan keyin, bolalarga «svastika» rus tilidagi 4 ta «\u0413» harfidan iborat deb tushuntirilib, bu o’z navbatida barcha nafratlanadigan 4 ta ismni: Gitler, Gebbels, Gering va Gimmlerni bildiradi deyishgan.<\/p>\n\n\n\n
1407. Dollarning yashil rangda tovlanishi sababi juda qiziq. 1869 yilda AQSh Moliya Vazirligi Filadelfiyaning \u00abMessers J. M. & Sox\u00bb kompaniyasiga yangi pullar chop etish bo\u2018yicha buyurtma beradi. Ungacha bo\u2018lgan davrda dollar asosan oq-qora rangda bo\u2018lib, faqat bir chetigina yashil rangda bo\u2018yalgan. X paydo bo’lishi bilan pullar osongina qalbakilashtirila boshlandi. Buning oldini olish maqsadida banknotlarga boshqa ranglar qo\u2018shishga qaror qilinadi. Fabrikalarda ko\u2018p miqdorda yashil bo\u2018yoqlar borligi, boshqa ranglar qo\u2018shimcha harajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi uchun shu rangga zo\u2018r beriladi va dollar \u00abko\u2018kidan\u00bb (to\u2018g\u2018rirog\u2018i \u00abyashilidan\u00bb) degan yana bir sinonimga ega bo\u2018ladi.
Nimaning paydo bo’lishi qalbaki dollarlarni ko’paytiradi?<\/strong>
Javob: Fotografiya.
U paydo bo’lgandan keyin oq-qora pullarni qalbakilashtirish oson bo’lib qolgan<\/p>\n\n\n\n
1408. Afsonaga ko’ra Alloh yerni yarata turib o’zidagi X ni 100 ga bo’ladi. Keyin uning 1% ni yana 100 ga bo’lib 99% foizini u insonga qolgan 1% ni esa butun jahonga yoyib yuboradi. U insonning kimligini topgan bo’lsanggiz, X ning necha bahoga baholanganligini ayting?<\/strong>
Javob: 17 dirham
Izoh: X — husn, u inson — Yusuf alayhissalom ma’lumki o’z husnidan kibrlangani sabab qul qilingan va husni arzimagan bahoga baholangan.<\/p>\n\n\n\n
1409. 1.Biz doim U ning kelishini kutamiz, aslida esa u kelmaydi faqat ketadi.
2. Mehmon keladigan kabi uyingni, X keladigan kabi qalbingni ozoda tut.
U va X ni toping?<\/strong>
Javob: U — vaqt , X — O\u02bblim<\/p>\n\n\n\n
1410. Bu ishni qilish hozir har kimning ham qo’lidan keladi, biroq bu ishni qilish ulardan uchtasining qo’lidan kelmaydi, bu ish nimaligini bilgan bo’lsanggiz sizdan bu ishni qila olgan ulardan to’rtinchisining kimligini ayting?<\/strong>
Javob: Azroil
Izoh: bu ish — yerdan tuproq olish ular — farishtalar Jabroil, Mikoyil, Isrofil yerning iltimosiga binoan undan tuproq olmay qaytadilar<\/p>\n\n\n\n
1411. Windowsda aynan shu so’z bilan papka ochib bo’lmaydi, chuki bu so’z Bill Geytsning bolalikdagi laqabi bo’lgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki bu so’z ispan tilidagi bir predlog bilan bir xil.
O’sha so’zni ayting?<\/strong>
Javob: «con» bu ispan tilida ,,bilan» degan ma’noni anglatuvchi predlog hamdir<\/p>\n\n\n\n
1412. Bir karikaturaga ko’ra ikki barzanggi Shashka o’ynab o’tirgani tasvirlangan. Meni diqqatimni jalb qilgan narsa barzanggilar emas, ular o’ynayotgan shashka o’yinidagi donachalarda edi.
Ular o’ynayotgan donachalar «X» ko’rinishida. Biz ta’riflayotgan «X» ni chamasi 10 yillar ilgari boshlang’ich narxi 300$ dan boshlanar edi. Eng aimmat sotgan odam 7000$ gacha sotgan.
Diqqat savol : «X» ni bir so’z bilan maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: Gira<\/p>\n\n\n\n
1413. Quyida sizga donishmandlarning x haqida aytgan gaplarini sanab o\u02bbtamiz.
1. X ning ortidan quvma, uni qarshi ol
2. Menga ustuvor hislatlaringizni gapirish shart emas, x ni nimaga sarflayotganizni ko\u02bbrsating, men o\u02bbzimular haqida aytib beraman.
3. Bazilar x tugagandan so\u02bbng x haqida o\u02bbylashadi
Xni toping?<\/strong>
Javob: pul<\/p>\n\n\n\n
1414. 2017-yil 10-martda u dunyo yuzini ko\u2019rdi.O\u2019shanda uning xajmi 144×78 edi. Bu ko\u2019rsatkich agar o\u2019zgartirmasangiz o\u2019zgarmaydi.U undan oldin chiqqan akalariga nisbatan juda qadrlanadi lekin ukasiga nisbatan ancha past baho berishadi.
Diqqat savol: «u»ni toping?<\/strong>
Javob: 10000 so\u02bbmlik!<\/p>\n\n\n\n
1415. Eng yaxshi hadya, hadya berayotgan kishingizda yo\u2018q narsadir. SHunday ekan Allohga berilgan eng yaxshi «hadya»ni toping?<\/strong>
Javob: ojizlikni izhor qilish<\/p>\n\n\n\n
1416. Dunyo siyosatdonlari o\u02bbrmondagi maymunlarga o\u02bbxshashadi. Urushib qolishsa ekinzorni payhon qilishadi. Kelishib qolganlarida esa\u2026.
Gapni davom ettiring?<\/strong>
Javob: Hosilni yeb qo\u02bbyishadi<\/p>\n\n\n\n
1417. Qiziq bu ro\u02bbyxatda ayollarni, bolalarni, onalarni yosh-u qarilarni ko\u02bbrishimiz mumkin. Bu ro\u02bbyxatda ularning ijtimoiy ahvoli, sog\u02bblom va obod turmushi haqida ham gap ketgan. Ammo meni etiborimni tortgan narsa bu yerda erkaklar haqida alohida gapirilmagan. Balki qachondir bunga ham guvoh bo\u02bblarmiz.
Diqqat savol gap nima haqida ketayotganini toping?<\/strong>
Javob: Yurtimizda e\u02bclon qilingan yil nomlari<\/p>\n\n\n\n
1418. Qiziq bu ro\u02bbyxatda ayollarni, bolalarni, onalarni yosh-u qarilarni ko\u02bbrishimiz mumkin. Bu ro\u02bbyxatda ularning ijtimoiy ahvoli, sog\u02bblom va obod turmushi haqida ham gap ketgan. Ammo meni etiborimni tortgan narsa bu yerda erkaklar haqida alohida gapirilmagan. Balki qachondir bunga ham guvoh bo\u02bblarmiz.
Diqqat savol gap nima haqida ketayotganini toping?<\/strong>
Javob: Yurtimizda e\u02bclon qilingan yil nomlari<\/p>\n\n\n\n
1419. Institutga ketayotib shahrimizdagi «Alo Taksi» xizmatidan foydalanaman.
Qulayliklari ko\u02bbp: Uydan chiqishingiz bilan tashqarida taksi kutib turishi, narxni arzonligi bundan tashqari hazilkash haydovchilarning latifalari.
O\u02bbsha latifalardan birini sizlarga aytishga qaror qildim.
Bir kuni taksida qo\u02bbrqoq, hayolparast va ziqna odam ketayotishsa, birdan taksi yonidan boshqa mashina kelib urilibdi. Shu payt taksi mashinasi joyida aylana boshlabdi, haydovchi mashinani to\u02bbxtata olmay sarosimada\u2026
Qo\u02bbrqoq:
\u2014 Voy-dod! To\u02bbxtang mashinani! — deb baqira boshlabdi.
Hayolparast haydovchiga:
\u2014 Ie, shoshmay turing! Selfivideo qilib olay! — debdi.
Ziqna esa: \u2026\u2026\u2026
Diqqat savol ziqna odam nima deganini toping?<\/strong>
Javob: Kilometr hisoblagichini o\u02bbchirmaysizmi?<\/p>\n\n\n\n
1420. Bu jonzotlarda ham ularning o’ziga xoslik jihatlari insonlarning barmoq izlari singari takrorlanmas bo’larkan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda Amerikada bu jonzot yovvoyi tabiatdagidan ko’ra ko’proq saqlanar ekan.
Bu qaysi jonzot?<\/strong>
Javob: Yo\u02bblbars<\/p>\n\n\n\n
1421. Mashhur minyaturachi Eduard Kazaryan balandligi 1.5 mm ga teng traktor modelini yaratdi. Ijodkor monument postamenti sifatida bugdoy donidan foydalangan. Ammo afsuski korgazma vaqtida monument postamentdan tushib ketgan.
SAVOL: Buning sababini toping?<\/strong>
Javob: Bug\u02bbdoy o\u02bbsib chiqadi!<\/p>\n\n\n\n
1422. Bolakay dadasi tamaki chekmoqchi bo\u02bblsa qo\u02bbrqardi. Chunki dadasi ehtiyotsizlik tufayli bu ishni qilib qo\u02bbyishi mumkin edida. Albatta bolaning xavotiri o\u02bbrinli.
Bu ishni qilishda qatnashadigan «u»ni bir kishining mushugini dumiga o\u02bbxshashini ham hisobga olib bu ishni ayting?<\/strong>
Javob: mo\u02bbylovini yoqib yuborish.
U — mo\u02bbylov.
Manba: O\u02bbtkir Hoshimov «Ikki eshik orasida»<\/p>\n\n\n\n
1423. Boshqa ko»plab kaltakesaklardan farqli o’laroq gekkonlar ovoz chiqara olishadi. Ular pishshilashi, baqirishi yoki chigirtkadek sayrashi mumkin.
Javob savolni o\u02bbzida ekanidan foydalanib gekkonning osiyoda keng tarqalgan turi asosan qanday ovoz chiqarishini toping?<\/strong>
Javob : Gekkon
Izoh : Kaltakesak taqlid so’zdan o’z nomini olgan.<\/p>\n\n\n\n
1424. Viktor Gyugoning yozishicha, U — qullikning boshlanishi. AQShda u faqatgina XIX asrning 35-36 yillarida bo’lmagan ekan. Uni bir so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob: qarz
Izoh: AQSh aynan shu yillarda davlat qarzlarisiz davrni kechirgan.<\/p>\n\n\n\n
1425. «Har kim dunyoni o\u02bbz ko\u02bbzi bilan ko\u02bbradi» degan bir hazil karikaturada bir hayvon bir nechta rasm chizardi. Tabiat manzaralari tasvirlangan bu rasmlarning hammasida «sabzi» bor edi. Ammo aslida bu «sabzi» bu yerda ortiqcha edi.
Diqqat savol bu hayvonni toping?<\/strong>
Javob: Karkidon<\/p>\n\n\n\n
1426. Haqiqatlar Xda tug’iladi, degan gap shunchaki emas. Ammo ijobiy natijaga erishish uchun Xdan qochish lozim \u2014 hattoki qarshi taraf bilan fikringiz o’xshash bo’lsa ham. X o’z-o’zingizda yashiringan xunuk fe’llarni oshkor qilish hamdir.
X ni toping.<\/strong>
Javob: Bahs<\/p>\n\n\n\n
1427. Ba’zi manbalarga ko\u02bbra «X» bir xon nomidan olingan ekan. Boshqalarning aytishicha qadimda o\u02bbzlarini erkin, hech kimga bo\u02bbysinmas deb bilganlar «X»ni o\u02bbzlariga nom qilib olishgan.
X ga Y ni qo\u02bbshib yozsak esa oxirgi 10 yillikda tanazzulga yuz tutgan, sifatsiz va deyarli bir xil mahsulot chiqarib tanqidlarga uchrayotgan yurtimizdagi «fermer xo\u02bbjaligi»ning nomi kelib chiqadi.
«XY»ni ayting?<\/strong>
Javob: O’zbekfilm
X — bu o\u02bbzbek atamasi. Y esa film. O\u02bbzbekfilm tomonidan ishlangan filmlardan esa o\u02bbzingizni xabaringiz bor<\/p>\n\n\n\n
1428. Bu jonzot 69-70 yilgacha umr ko\u02bbrishi mumkin. Ammo buni o\u02bbziga yarasha qiyinchiligi bor. 39-40 yoshga to\u02bblganda u «qarilik»ni boshdan kechiradi. Uning bazi a\u02bczolari qayrilidi, o\u02bbtmaslashadi ,og\u02bbirlashadi. 140-150 kunlik transformatsiyalanishni ijobiy tarzda yakunlasa yana avvalgi holatda bo\u02bbladi.Transformatsiya jarayonida qayrilgan a\u02bczosini tosh orqali «to\u02bbg\u02bbri»lar ekan. «To\u02bbg\u02bbrilangan» a\u02bczo o\u02bbsib chiqgandan so\u02bbng u orqali o\u02bbtmaslashish va og\u02bbirlashishni bartaraf etadi.
bu jonzotni ko\u02bbplikda yozib bering?<\/strong>
Javob: Burgutlar
Burgutning tumshug\u02bbi — qayriladi, tirnoqlari o\u02bbtmaslashadi, patlari og\u02bbirlashadi. Tumshug\u02bbini toshga urib sindiradi va yangisi o\u02bbsib chiqgandan so\u02bbng o\u02bbtmaslashgan tirnog\u02bbini, og\u02bbirlashgan patlarini olib tashlaydi.<\/p>\n\n\n\n
1429. Ro\u02bbyhatga e\u02bctibor bering!
?Chelsi
?Bekzodlar
?Bayron va Antuan De Sent Ekzyuperi
Umumiylikni inglizcha so\u02bbzda yozib bering?<\/strong>
Javob: Aristocrats ?
Aristokratlar Chelsi klubining laqabi, Bekzod aristokrat bilan bir ma\u02bcnoda. Biz esa bu ismni ko\u02bbplikda yozdik.
Bayron va Ekzyuperi Aristokrat oilasida dunyoga kelishgan.
Umumiylik Aristokratlar edi bu so\u02bbzning inglizchasi esa Aristocrats.<\/p>\n\n\n\n
1430. 7 raqami ancha sirli va ma\u02bcnoli raqam. 7 qavat ko\u02bbrpacha, 7 mo\u02bbjiza 7 qavat osmon va hakazo. Bazilar Ronalduga taqlid qilib 7-raqamli fudbolka olishadi. Bir davlat esa aholisining qarindoshlari qo\u02bbshni mamlakatda ko\u02bbpligi sababli x uchun 7 ni olgan ekan.
Bizda X 9 dan boshlanishini hisobga olib X ni ayting?<\/strong>
Javob: Xalqaro telefon raqam kodi (Telefon raqami ham qabul)
Izoh: Rossiyaning xalqaro telefon raqam kodi +7 bilan boshlanadi. Qozog\u02bbiston esa Rossiyaga qo\u02bbshniligi va mamlakatda Rossiyada qarindoshi bor ko\u02bbplab rusiyzabonlar yashashini hisobga olib +7 kodini olgan ekan. Bizda +998<\/p>\n\n\n\n
1431. Yomon illatli kishilar o\u02bbz illatlarini fazilat deb bilarkanlar
-Uyatsiz o\u02bbzini erkin
-Chaqimchi o\u02bbzini nasihatgo\u02bby
-Mag\u02bbrur o\u02bbzini o\u02bbziga ishongan
Diqqat savol baxil o\u02bbzini qanday deb o\u02bbylashini toping?<\/strong>
Javob: Tejamkor<\/p>\n\n\n\n
1432. Kuz fasli. Shanba. Hafta yakuni. 1 haftalik o\u02bbqishdan so\u02bbng yo\u02bblda hayol surib uyga qaytar ekanman nogohon bir hodisaga ko\u02bbzim tushdi.
Suvni pastdan tepaga oqishini avvallari hech ko\u02bbrmagan ekanman yoki e\u02bctibor bermaganman. Bu ham bir tabiat va inson kashfiyotini birgalashib qilgan ishida)
Diqqat savol: bu hodisani qayerda uchratishimiz mumkin.
Yordam sifatida shuni aytolamanki bu fontan yoki buloq emas?<\/strong>
Javob: mashina oynasida
Izoh: Kuz faslini barchamiz bilamizki yomg\u02bbirli va shamolli bo\u02bbladi. Mashina katta tezlikda ketayotganda mashina oynasiga tushgan yomg\u02bbir tomchilari tepaga qarab harakatlana boshlaydi. Agar kimdir ko\u02bbrmagan bo\u02bblsa uzr?\u200d\u2642<\/p>\n\n\n\n
Javob: Bu qaychilardan XIX asr o\u02bbrtalarida kindikni kesishda foydalanishgan<\/p>\n\n\n\n
1434. Hozirgi zamonda qandaydir falokat bo\u02bblsa yordam berish o\u02bbrniga video oluvchilar ko\u02bbpayib ketgan. Aynan shu mavzuga aloqador » X hozirgi zamonda sodir bo\u02bblganda» deb nomlangan karikaturada «X» ga aloqador «suzuvchilar» \u201cX\u201dni tasvirga olmoqda. Go\u02bbyoki o\u02bbzlariga yordam kerak emasdek\u2026.
Diqqat savol: X qaysi voqea ekanini ayting?<\/strong>
1435. Asardan!
\u2026.Bo\u02bbyning og\u02bbrib ketgani bilan ishi yo\u02bbq. Bo\u02bbyning og\u02bbrigani ham mayli burningni tortaverib charchaysan. Nuqul boshingni egaverganingdan keyin burun oqadida.
Diqqat savol: yuqoridagi parchani o\u02bbqib yoshligimizga qaytgan holda ushbu voqea qayerda sodir bo\u02bblganini ayting?<\/strong>
Javob: Sartaroshxonada
Manba: O\u02bbtkir Hoshimov — «Ikki eshik orasida» asari<\/p>\n\n\n\n
1436. Informatika darsida o\u02bbtiribmiz. O\u02bbqituvchi Excel dasturida formulalar bilan ishlashni o\u02bbrgatmoqda.
O\u02bbqituvchi: ushbu formulada A1 va B1 yacheykalardagi (katakchalardagi) ismlarni belgilaysiz, C1 yacheykada esa ikki ism birlashgani paydo bo\u02bbladi.
Bizni davrimizda esa buni natijasi Ng bo\u02bblar edi dedi. Sinf yengil kuldi\u2026
Diqqat savol ng harfi o\u02bbrnidagi harfni toping?<\/strong>
Javob: L (S) javobi ham qabul
Izoh: ko\u02bbpchiligimiz O+K=L yoki Otabek + Kumush = Love ko\u02bbrinishidagi yozuvlarni ko\u02bbrganmiz, hattoki o\u02bbzimiz ham yozganmiz. O\u02bbqituvchi esa Ismlarni qo\u02bbshib tenglashdan o\u02bbsha Love dagi L kelib chiqishini nazarda tutdi.<\/p>\n\n\n\n
1437. Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 25 ga teng.
Kamayuvchini toping.?<\/strong>
Javob: Kamayuvchi 12,5.
Sababi ayriluvchi+ayirma=kamayuvchi.<\/p>\n\n\n\n
1438. Savol: Mutaxassislarning fikricha, ozishni istovchi insonlar quyidagi mashqni muntazam bajarib turishlari kerak ekan: boshlarni avval o’ng tomonga , keyin esa chap tarafga buramiz va yana bir necha marta. Ayting-chi, ijobiy natijaga erishishimiz uchun ushbu mashqni qaysi paytda bajarishimiz kerak?<\/strong>
Javob: Taom taklif qilishgan vaqtda
(izoh: «yo’q» ma’nosida bosh chayqash)<\/p>\n\n\n\n
1439. Edvard Munkning afsonaviy kartinasining haqiqiy nomi «Qichqiriq» aslida \u00abTabiat qichqirig\u2018i\u00bb (Scream Nature) deb nomlanadi. Rassom o\u2018z kundaligida yozadi:
\u00ab\u2026 to\u2018satdan osmon qizil-qon kabi tusga kirdi. Men o\u2018zimni charchagan his qilib, devorga suyanib qoldim. Shundan keyin moviy-qora shahar va fiord ustidagi qon hamda alangaga ko\u2018zim tushdi\u2026\u00bb Keyinroq esa rassom buni quyidagicha izohlagan: \u00abMeni aslida 1883-yilda uyg\u2018ongan X dan ilhomlandim degan. Diqqat savol Rassom nimadan ilhomlangan?<\/strong>
Javob: Krakatau vulqoni<\/p>\n\n\n\n
1440. Savol: Yaqinda el sevgan qiziqchimizdan ajoyib latifani eshitib rosa kulibman. Aytishicha, hasis odamlar uylariga mehmon kelmasligi uchun UNI ishlatisharkan. Odamlarimizning «choyimda mehmon kelyapti» degan irim-sirimidan kelib chiqib aytingchi, hasislar nimadan foydalanarkan?<\/strong>
Javob: Avaz Ohunning aytishicha paketchali choydan.<\/p>\n\n\n\n
1441. Meksika, Misr va Indoneziya. Tarixan qaralganda bu hududlarni deyarli bir xil davrdagi , deyarli bir xil Ular birlashtiradi. Sirli tasodif. Savol: Ular nimalar?<\/strong>
1442. Savol: Bitta yapon ertagida suv osti podshosi maymunni yeyishni xohlaydi, uni bundan bitta sakkizoyoq ogohlantirib qo\u2018yadi. Natijada, o\u2018sha maymun qochib ketadi. Buning uchun podshoning xizmatkorlari o\u2018sha «og\u2018zi bo\u2018sh» sakkizoyoqni qattiq jazolashadi. Ushbu ertak esa «Nega sakkizoyoqda U yo\u2018q» deb nomlanar ekan. Diqqat savol: Uni toping?<\/strong>
Javob: «Nega sakkizoyoqda SUYAK yo’q».
Izoh: Suyaksiz tili sakkizoyoqni qattiq jazoga mubtalo qilgan. Uni shunchalar qattiq kaltaklashibdiki, barcha suyaklari yo’qolib ketibdi. Balki,sakkizoyoqlar suyaksiz bo’ladi degan fikr shundan paydo bo’lgandir.<\/p>\n\n\n\n
1443. Savol: Aytishlaricha, yapon erkaklari ayollarning unchalik ham ko\u2018nglini olavermas ekanlar. Shunaqa xazil ham bor: \u00abAgar erkak BUNI QILSA — demak, uchrashuvdan so\u2018ng u dafn ma\u2019rosimiga boraverar ekan\u00bb. «NIMA QILISH» nazarda tutilmoqda?<\/strong>
Javob: Gul sovg’a qilish ! ?<\/p>\n\n\n\n
1444. Savol: «Gindenburg» dirijablida, agar ushbu qurilma yo\u2018lovchilarda bo\u2018lsa, o\u2018sha qurilma ulardan tortib olingan. Shunaqa qurilmaning yagona «qonuniy»si havo shlyuzi orqali o\u2018tiladigan alohida xonada joylashgan edi. Diqqat savol: Ushbu xonada nima bilan shug\u2018ullanishgan?<\/strong>
Javob: Tamaki chekishgan!
Izoh: Dirijabldagi chekish uchun mo\u2018ljallangan yagona zajigalka o\u2018sha alohida xonada bo\u2018lgan. Dirijabllar gaz bilan to\u2018ldirilganligi tufayli maxsus xonadan boshqa joyda chekishga ruxsat berilmagan.<\/p>\n\n\n\n
1445. Savol: Yuqori Misrda Uni tayr al-jannat, ya\u2019ni «jannat qushi» deb atashadi. Ularning yo\u2018qolishini esa shunday tushuntirishadi: har yili Olloh Uni o\u2018zi bilan in qurishi va qo\u2018shiq kuylashi uchun ola ketar ekan. Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Qaldirg\u2018ochlar!
Izoh: Qaldirg\u2018ochlar Afrikada qishlashadi, in qurish uchun esa ular shimolga uchib ketadilar.<\/p>\n\n\n\n
1446. Savol: II jahon urushi vaqtida Yapon qo\u2018shinlari Xitoyning Layshun shahriga bostirib kirib, uning barcha tinch aholisini qirib tashlashgan. Faqat bir nechta o\u2018n kishini Ular sifatida tirik qoldirishadi. Bitta o\u2018zbek romanida ham Ular haqida shunday jumla uchraydi: «Ular qari kishilarning enagasidir». Diqqat savol: Ularni aniq yozib bering?<\/strong>
Javob: Go\u2018rkovlar!
Izoh: Tog\u2018ay Murodning «Bu dunyoda o\u2018lib bo\u2018lmaydi» romanida, go\u2018rkov qari odamning enagasidir degan jumla uchraydi.<\/p>\n\n\n\n
1447. Savol: Germaniya kansleri Bismark o\u2018lganidan, bir necha soat o\u2018tib, uning tanasi joylashgan xonaga ikki nafar kishi ruxsatsiz kirib olishadi. Negativ harakatni amalga oshirib, ular gazetada e\u2019lon berishadi. Diqqat savol: Yuqoridagidek kishilarni qanaqa umumiy nom bilan atashadi?<\/strong>
Javob: Paparatsi!?
Izoh: O\u2018lgan odamni ruxsatsiz suratga olish tom ma\u2019noda negativ harakat hisoblanadi. Fotograflar e\u2019lon orqali gazetalarga suratlarni qimmatroqqa pullashgan, ammo politsiyaning aralashuvi tufayli qamoqqa tishishgan. Bu kishilar mashhur shaxslarning hayotlarini, ularning rozilik va istaklarisiz suratga tushiruvchi fotomuxbirlar hisoblanadi. Ushbu atamaning kirib kelishiga Federiko Fellini sababchi bo\u2018lgan. U \u00abShirin hayot\u00bb kinofilmida asosiy qahramon sifatida Paparatstso ismli fotomuxbirni suratga olgan.<\/p>\n\n\n\n
1448. Savol: Bir kuni mashhur rus sarkardasi Suvorov bitta sabotsiz ofitserni kabinetiga chaqirtirib, uning yovuz dushmani borligini aytadi va ofitserdan BUNI QILISHni so\u2018raydi. O\u2018tgan asrning o\u2018rtalarida BUNI bir mashhur kishi ham qilganini hammamiz ko\u2018rganmiz. Diqqat savol: Aynan nima qilish nazarda tutilmoqda?<\/strong>
Javob: Tilini ko\u2018rsatish!?
Izoh: Suvorov bu sabotsiz ofitserning yovuz dushmani — bu uning tili deb hisoblagan. Albert Eynashteyn esa 1951-yili tushgan o\u2018zining eng mashhur suratida tilini chiqarib turibdi.<\/p>\n\n\n\n
1449. Savol: 1940-yilning qishida havo harorati 40 gradusdan pastga tushganida, Ular tez-tez og\u2018izlarini qor bilan to\u2018ldirib turishgan. Ular kimlar?<\/strong>
Javob: Snayperchilar!
Izoh: Og\u2018izdan chiqqan bug\u2018 dushmanga bilinib qolmasligi uchun.<\/p>\n\n\n\n
1450. Savol: Ularning soni oltita aslida paydo bo’lganda beshta bo’lgan fizika, kimyo, tibbiyot, iqtisodiyot, adabiyot siz ularni oltinchisini yaxshi bilasiz va uni toping?<\/strong>
Javob: «Tinchlik»<\/p>\n\n\n\n
1451. Savol: Ushbu mamlakatning ramzlari azaldan 5 ta hayvon hisoblanadi. Bular: ot, echki, qo\u2018y, tuya va yak. Diqqat savol: O\u2018sha mamlakatni yozib bering?<\/strong>
Javob: Mo\u2018g\u2018uliston!
(No comment)<\/p>\n\n\n\n
1452. Savol: Bu film AQSHda turlicha talqin etilgan. Oq tanli aholi uni sohibjamol va maxluq tarixi bilan bog\u2018liq qo\u2018rqinchli film sifatida tomosha qilgan. Afro-amerikaliklar esa unda ajdodlarining og\u2018riqli taqdirlarini eslatib turuvchi hikoyani ko\u2018rishgan. Gap qaysi film haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: «King-kong» filmi.?<\/p>\n\n\n\n
1453. Savol: Ba\u2019zi xitoyliklar u yerda dolchin daraxtlaridan iborat o\u2018rmonzorni ko\u2018rishsa, yevropaliklarga ular hovuzcha bo\u2018lib ko\u2018rinar ekan. Aynan qayerda?<\/strong>
Javob: Oyda!?
1454. Savol: Parij botanika bog\u2018i ushbu bayramga taklif qila turib, tashrif buyuruvchilarga o\u2018zlari bilan qoshiq va pichoq olib kelishlarini ta\u2019kidlar ekan. O\u2018sha bayram nomini toping?<\/strong>
Javob: Xellouin!?
Izoh: Bu asboblar yordamida tashrif buyuruvchilar qovoqni kesib va o\u2018yib kerakli shaklga keltirishlari mumkin.<\/p>\n\n\n\n
1455. Savol: Mashhur angliyalik darvozabon Piter Shilton 1990-yillarning o\u2018rtalarida o\u2018tkazilgan o\u2018zining xayrlashuv matchiga Uni taklif qilishni qat\u2019iyan rad qilgan. Darvozabon aynan kimni taklif qilishni rad qilganini toping?<\/strong>
Javob: Diego Maradona!
Izoh: Aynan o\u2018sha «Xudoning qo\u2018li» bilan urilgan deya atalgan golni Maradona Shilton qo\u2018riqlagan Angliya termasi darvozasiga urgandi.<\/p>\n\n\n\n
1456. Savol: Pyotr I boshqaruvi davridagi rus izvoshchilari dengiz ortidan keltirilgan ushbu mahsulotni tashishga ko\u2018plab chegirmalar qilishgan: ular ushbu mahsulotni tashigan otlar so\u2018zsiz sog\u2018lom bo\u2018ladi, deb hisoblashgan. Diqqat savol: O\u2018sha mahsulotni toping?<\/strong>
Javob: tamaki!
Izoh: Bir tomchi nikotin otni o\u2018ldiradi degan gapni eshitgandirsiz. Ular esa shunchaki, bu gapni o\u2018sha vaqtlarda hali bilishmagan.
P.s: «Chekish sog\u2018liq uchun zarar».<\/p>\n\n\n\n
1457. Savol: Ikkinchi Jahon urushi yillarida Melburn shahrining chekkasida ishlab chiqarilgan bitta qiruvchi samolyot o\u2018ziga xos uchish sifatlariga ega bo\u2018lgan. Ushbu qiruvchilar janglarda kamdan kam hollarda zarar ko\u2018rgan. Shundan kelib chiqib, ular bitta laqab bilan atalgan. Diqqat savol: O\u2018sha laqabni siz ayting?<\/strong>
Javob: Bumerang!
Izoh: O\u2018ziga xos uchish sifatiga ega bo\u2018lgan Avstraliyaning «Bumerang» nomli qiruvchi samolyotlari aerodromga qaytib kelavergan.<\/p>\n\n\n\n
1458. Savol: Hozirda ba\u2019zi supermarketlarda bu moslamalar aravachalar dastagiga mahkamlab qo\u2018yilmoqda. Bunaqa tadbir halollik belgisi hisoblanib, kassadagi navbatlarni ham kamaytirishga yordam berar ekan. O\u2018sha moslamani toping?<\/strong>
Javob: Kalkulyator!
Izoh: Aravachga o\u2018rnatilgan kalkulyator yordamida xaridor o\u2018z xaridining summasini kassaga qormasidan avval, o\u2018zi hisoblaydi. Savoldagi «hisoblash» jumlasi sizga yordam edi.<\/p>\n\n\n\n
1459. Savol: Bitta davlatga tegishli bo\u2018lgan tanganing revers tomonida koala tasvirlangan. Uning avers tomonida esa IKKINCHIni ko\u2018rish mumkin. Diqqat savol: Ushbu savolda biz qaysi bitta so\u2018zni tushirib qoldirdik?<\/strong>
Javob: Yelizaveta!
Izoh: Gap bu yerda bir tarafida Avstraliya ramzlaridan biri koala tasvirlangan va ikkinchi tarafida davlat boshlig\u2018i Yelizaveta IKKINCHI aks ettirilgan Avstraliya tangasi haqida ketmoqda edi.<\/p>\n\n\n\n
1460. Savol: Bitta asar qahramoni shunday deydi: «Tehron 1980-yillar oxirlarida ko\u2018p sonli ko\u2018chalar nomlarining o\u2018zgartirilishi tufayli UNI eslatardi». Diqqat savol: Vaziyatni tasavvur qilgan holda Uni bitta so\u2018z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob: Qabriston!
Izoh: Urushlardan keyin ko\u2018chalar ko\u2018pincha halok bo\u2018lgan jangchilar sharafiga qayta nomlangan, shuning uchun ham uylardagi yaqinda halok bo\u2018lgan jangchilar familiyalari yozilgan taxtachalar qahramonga qabr toshini eslatgan.<\/p>\n\n\n\n
1461. Savol: Nemis yumoristi Muso Safir: \u00abEng aqlli erkak ham BUNDAN ahmoqqa, eng ahmoq ayol esa — aqlliga aylanadi\u00bb degan. Diqqat savol: Nimadan?<\/strong>
Javob: Sevgi<\/p>\n\n\n\n
1462. Savol: Amerikalik yozuvchi ayol Margaret Ueys orqasi bilan yiqilgan ritsarni U bilan qiyoslagan. Diqqat savol: Uni toping?<\/strong>
Javob: Toshbaqa!
Izoh: Keng tarqalgan fikrga ko\u2018ra, og\u2018ir qurollangan ritsar yiqilsa, tevaragidagilar yordamisiz ko\u2018tarila olmaydi; bu bilan u o\u2018girib qo\u2018yilgan toshbaqaga o\u2018xshaydi.<\/p>\n\n\n\n
1463. Savol: 1961-yilda Xem bir ishni qilganidan keyin, ko\u2018plab amerikaliklar uni millat qahramoni deb atay boshlashgan. Shu bilan bir qatorda, uning qabriga hurmat yuzasidan sigara ham qo\u2018yishadi. Diqqat savol: Sigara so\u2018zi bilan qaysi so\u2018zni almashtirdik?<\/strong>
Javob: Banan!
Izoh: 1961-yilda Xem laqabli shimpanze kosmosga uchirilgan. Xem halok bo\u2018lmagan va yana 22 yil yashagan. Uning qabriga esa plastikdan qilingan bananni o\u2018rnatishgan. Bilamizki, maymunlar bananni yaxshi ko\u2018rishadi.<\/p>\n\n\n\n
1464. Savol: Ular orasida Leonardo da Vinchi, Maxatma Gandi, Bernard Shou kabilar bo\u2018lgan. O\u2018rta asrlar davrida ularni ko\u2018pincha yeretiklar (din dushmanlari) deb hisoblashgan. Ular qutb doirasiga qaraganda, ekvatorda zich joylashishgan. Ular kimlar?<\/strong>
Javob: Vegetarianlar!<\/p>\n\n\n\n
1465. Savol: «Salyut-7» stansiyasining kosmonavtlari Yerga qaytayotib, o\u2018zlaridan keyin keladigan ekipaj uchun qotgan non solingan paketcha va tabletka shaklidagi Uni qoldirib ketishar ekan. Diqqat savol: Uni aniq ayting?<\/strong>
Javob: tuz!
Izoh: Kosmonavtlar shunday yo\u2018l bilan stansiyaning keyingi mehmonlari uchun non-tuz qoldirib ketishgan.<\/p>\n\n\n\n
1466. Savol: «Do\u2018stlar bilan munosabatda aqli zaif, kar, kuchsiz, xudbin». Jonatan Svift yuqoridagi gaplarni kim haqida aytgan?<\/strong>
Javob: Jonatan Svift!
Izoh: U o\u2018zi haqida shunday degan.<\/p>\n\n\n\n
1467. Savol: Plutarx shunday yozgan, Rim podshosi Nume Pompiliy hukmronligi vaqtida ko\u2018p yillar urush bo\u2018lmadi va Ularni qalqonlardagi «tirishqoqlik bilan qilgan ishini» eslatib o\u2018tadi. Ularni yozib bering?<\/strong>
Javob: O\u2018rgimchaklar!
Izoh: Qalqonlar uzoq vaqtlar davomida urushlar yuz bermagani sababli bir joyga tashlab qo\u2018yilavergan va ularga o\u2018rg\u2018imchaklar in qurib tashlashgan.?<\/p>\n\n\n\n
1468. Savol: Bitta roman qahramoni marafonda chopadi, ammo kutilmaganda yo\u2018ldan adashadi. Bundan tashqari, u xarita olishni ham rad etgandi. Diqqat savol: Qahramon o\u2018z yugirishini qaysi shahardan boshlagandi?<\/strong>
Javob: Rim!
Izoh: Qahramon shunday deydi: «Yo\u2018l xaritasi menga nima uchun kerak?» Axir barcha yo\u2018llar Rimga olib boradi-ku». Voqealar 1960-yildagi Rimda o\u2018tkazilgan Olimpiada vaqtida bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
1469. Savol: Bir safar bolalarni tinchlantiruvchi choy qutisining ustki qismida, savol muallifi faqat bittagina Uni sanagan. Uni aniq ayting?<\/strong>
Javob: Qo\u2018y!
Izoh: Savol mualliflaridan birining nuqtai nazariga ko\u2018ra, kichkina bola uxlashi uchun bitta qo\u2018yni sanash yetarli bo\u2018lar ekan.<\/p>\n\n\n\n
1470. Savol: «Uzuklar hukmdori» filmi birinchi qismining xazil tarjimasida, Gendalf Frodoga shunday deydi: «Sizning Xobbitaniyangizni yoqtiraman — bu yerda tabiat juda ham go\u2018zal». Diqqat savol: Biz Gendalfning pichingidagi Xobbitaniya so\u2018zi bilan qaysi mamlakat nomini almashtirdik?<\/strong>
Javob: Yangi Zelandiya!
Izoh: Ma\u2019lumki, «Uzuklar hukmdori» filmi Yangi Zalandiyada suratga olingan, bu davlat tanlanishining asosiy sababi uning chiroyli tabiati edi.<\/p>\n\n\n\n
1471. Savol: Bilamizki, ruslar azaldan hammomga tushishni xush ko\u2018ruvchi xalq. Hammomga borgan odam o\u2018zi bilan yonida toza choyshab, qayindan qilingan supurgi va kvas ichimligini olib boradi (albatta, ichish uchun emas). Diqqat savol: Kvas nima uchun olib boriladi, ya\u2019ni qanday maqsad yuzasidan?<\/strong>
Javob: Bug\u2018 hosil qilish uchun!<\/p>\n\n\n\n
1472. Savol: Bernard Shou o’z xatolaridan kuyadigan ammo bundan faqatgina qattiqlashib boradigan odamlarni UNGA o’xshatadi. Savol Shou bunday insonlarni nimaga o’xshatgan?<\/strong>
Javob: G’isht<\/p>\n\n\n\n
1473. Savol: Alisher Navoiy shunday falsafiy fikrlar bitgan halol va pok yashab komillikga erishmoq uchun yigitlik chog’ida harakat qilish zarur zero payti kelib o’zing qo’ygan nuqtalarga homush termulib xotiralarga berilishinga to’g’ri keladi.
Diqqat Savol: O’zing qo’ygan nuqtalar deb nimani nazarda tutgan.?<\/strong>
Javob: Hassa izlari<\/p>\n\n\n\n
1474. Savol: San-Fransiskoda bundan qariyib 4 ming yillar avval qadimgi Bobildagi bitta sopol taxtachada yozilgan retsept bo\u2018yicha, bitta ichimlik tayyorlangan. Ushbu ichimlik retseptiga: asal, non, xurmo va yana biror narsalar kirgan. Yuqoridagilardan natijada qaysi ichimlik olingan?<\/strong>
Javob: Pivo!<\/p>\n\n\n\n
1475. Savol: Benjamin Franklindan sitata: «Agar qattiq uxlashni xohlasang, tunda o\u2018zing bilan yoningda Uni ham yotoqqa olib ol». Diqqat savol: Uni ikkita so\u2018zda aniq ayting?<\/strong>
Javob: Toza vijdon<\/p>\n\n\n\n
1476. Savol: «Dunyo bo\u2018ylab» jurnalining bitta ma\u2019qolasida, Uni erkaklar aksessuari sifatida ommalashishiga sababchi bo\u2018lganlardan biri yozuvchi Daniel Defo ekanligi aytiladi. Defoning asarlari dunyo yuzini ko\u2018rgach, Uning turlaridan biri «robinzon» deb atala boshlangan. Diqqat savol: U nima?<\/strong>
Javob: Soyabon!
Izoh: «Robinzon Kruzo» asarida Robinzonning qanday qilib quyoshdan himoya soyabonini yasagani haqida ma\u2019lumot bor.<\/p>\n\n\n\n
1477. Savol: Nima uchun Tokio shahrida joylashgan hayvonot bog\u2018i fillariga ayrim vaqtlari maxsus buyurtma bo\u2018yicha tayyorlangan quloqchinlar taqib qo\u2018yiladi?<\/strong>
Javob: ularni shahar shovqinidan asrash uchun!<\/p>\n\n\n\n
1478. Savol: Kuritiba shahrida joylashgan bitta do\u2018kon yonidagi piyodalar o\u2018tish yo\u2018lagi ramziy ma\u2019noda, U shaklida ishlangan. Uni aniq ayting?<\/strong>
Javob: Shtrix kod!<\/p>\n\n\n\n
1479. Savol: Eramizdan avvalgi IV asrga taalluqli bo\u02bblgan bitta qadimgi Misr madhiyasidan parchani tinglang: «Sening boshing — Quyosh xudosining boshi. Sening quloqlaring — uni tilga oluvchi barchaning ovozini eshituvchi Osirisning quloqlari. Sening og\u02bbzing — hayot xo\u02bbjasi xudo Atmuning og\u02bbzi\u2026 Sening yuraging — Fatning yuragidir». Ushbu madhiya nimaga bag\u02bbishlangan?<\/strong>
Javob: Yuqoridagi madhiya misrliklar uchun muqaddas jonivor bo\u02bblgan mushukka atalgan!<\/p>\n\n\n\n
1480. Savol: «TEPCO» kompaniyasi bir necha yillar avval katta yo\u02bbqotishga uchragandi. 80 ming nafardan ortiq muhojirlarga kompensatsiya to\u02bblash va aksiyalari qiymatining 80 %ga qisqarishi kompaniyani inqiroz yoqasiga olib kelib qo\u02bbygandi. Diqqat savol: Yuqorida tilga olingan kompaniyaning qaysi mamlakatda joylashganini ayting?<\/strong>
Javob: Yaponiya!
Izoh: Kompaniyaga tegishli bo\u02bblgan Fukusima 1 AESidagi (2011) avariyadan so\u02bbng, kompaniyaning moliyaviy ahvoli jar yoqasiga kelib qolgan. Kompaniya nomining kengaytirilgan shakli — Tokyo Electric Power Company.<\/p>\n\n\n\n
1481. Savol: Xazilni yakunlang. Ona bolasini koyiyapti:<\/strong>
-Sen haqiqiy cho\u02bbchqachasan, hamma kiyimingni kir qilding! Sen cho\u02bbchqacha nimaligini bilasanmi?
-Bilaman, — deb javob qaytaribdi, farosatli bolakay. Cho\u02bbchqacha — bu\u2026<\/strong>
Javob: \u2026cho\u02bbchqaning bolasi!<\/p>\n\n\n\n
1482. Savol: Bundan 1000 yil avval Uning g’oyat shifobaxshligi to’g’risida Abu Ali ibn Sino ,,Tib qonunlari» da: ,,U a’zolarimizdagi suyuqlik o’tkazuvchi tomirlarni kengaytirish va tozalash xususiyatiga ega. U ichki a’zolarimizdagi fasodni haydab chiqaradigan narsa\u2026 Tomoq og’riq (angina) ni ham davolaydi\u2026» deb yozgan va undan o’nlab dorilar tayyorlash mumkinligini aytgan edi. Diqqat savol: Ibn Sino bobomiz yuqoridagi jumlalarni nima haqida keltirgan?<\/strong>
Javob: Asal!<\/p>\n\n\n\n
1483. Savol: Bitta mashhur kompaniyaning xizmatchilari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanmaydigan odamlarni «aykon» deb atashadi. O\u02bbsha kompaniyani toping?<\/strong>
Javob: «Nokia!».
Izoh: «Aikon»ni teskarisi «Nokia» bo\u02bbladi.<\/p>\n\n\n\n
1484. Savol: Ko\u02bbp millionli Jakarta shahrining ayrim tumanlarida, yo\u02bblovchilar nafas olish vositalaridan foydalanishga majbur bo\u02bblishadi. Jakarta U yo\u02bbq bo\u02bblgan dunyodagi eng yirik shahar hisoblanadi. Uning qanaqa ob\u02bcekt ekanligini aniq ayting?<\/strong>
Javob: Metro!
Izoh: Ko\u02bbpchilik odamlar shahar havosini ifloslovchi avtomobil, mototsikl, avtobus va shunga o\u02bbxshash yer usti transportlarida yurishadi. Agar metro bo\u02bblganida, bunaqa havo niqoblaridan ham foydalanish kam bo\u02bblardi.<\/p>\n\n\n\n
1485. Savol: «Dunyo bo\u02bbylab» jurnalining bergan ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, bitta Yevropa mamlakati dengizchilari port uchun soliqlarni ko\u02bbpincha rangi va shakli oltin tangalarni eslatuvchi U bilan to\u02bblashgan ekan. Bitta multfilm qahramonining esa U uchun hatto, o\u02bbz jonini ham ayamasligini ko\u02bbp bora ko\u02bbrganmiz. Diqqat savol: Uni bitta so\u02bbzda ayting?<\/strong>
Javob: Pishloq!
Izoh: Ular gollandiyalik dengizchilar edi. O\u02bbsha qahramoni esa «Chip va Deyl yordamga shoshadi» multfilmidagi Rokfor edi.<\/p>\n\n\n\n
1486. Savol: Erix Remark romani qahramonlaridan birining osoyishta davrdagi har bitta tashrifi odamlarga baxt keltirardi. Ammo urush boshlangach, endilikda uning uy ostonasida paydo bo\u02bblishi odamlarni qo\u02bbrquvga solib qo\u02bbyardi. O\u02bbsha qahramonning kasbini yozib bering?<\/strong>
Javob: Pochtachi!<\/p>\n\n\n\n
1487. Savol: Foydalanilgan U Devid Linchga inson miyasini eslatgan. Stiven King romanidagi o\u02bbg\u02bbirlangan avtomobil yon qutichasidan topilgan U jinoyatchining shaxsini aniqlashga yordam bergan. Diqqat savol: Uni toping?<\/strong>
Javob: Saqich!
Izoh: Avtomobil qutichasiga yopishtirib qo\u02bbyilgan saqichda qotilning barmoq izlari qolgan. Chaynalgan saqich ham xuddi inson miyasini eslatadi.<\/p>\n\n\n\n
1488. Savol: Yaqinda qirg\u02bbiz olimi Botirbek Ismoilov noodatiy dvigatel ixtiro qildi va patent olish uchun ariza berdi. «Qirg\u02bbizpatent» tashkiloti xodimlaridan biri arizani o\u02bbrganib chiqdi va shundan keyin Uni aylantira boshladi. U har birimizda borligini hisobga olib, Uni nimaligini aniq ayting?<\/strong>
Javob: Ko\u02bbrsatgich barmog\u02bbi!
Izoh: Ismoilov abadiy dvigatel yaratganini ta\u02bckidlagan. Ammo ko\u02bbpchilik bu ixtiroga shubha bilan qaragan va bu bo\u02bbyicha tortishuvlar hozirga qadar davom etyapti<\/p>\n\n\n\n
1489. Savol: Ko\u02bbplab braziliyalik futbolchilar qulay bo\u02bblishi uchun o\u02bbz ismlarini o\u02bbzgartirishadi. Mashhur hujumchi Romarioni muxlislari ismi tufayli futbol Usi deb atashgan. Uni ikkita so\u02bbzda yozib bering?<\/strong>
Javob: Rim Papasi!
Izoh: Muxlislari Romarioni futbolning Rim Papasi deb atashgan, chunki uning ismi lotinchada Rimni (Roma) anglatuvchi so\u02bbz bilan o\u02bbxshash aytilardi. Ko\u02bbplab braziliyalik futbolchilar o\u02bbz professional karyeralari boshlarida futbolkada qulay yozilishi uchun o\u02bbz ismlarini o\u02bbzgartirishadi.<\/p>\n\n\n\n
1490. Savol: Bu hujjat boshida kema kapitanlariga berilgan bo\u02bblib, ushbu hujjat ularga gavanga kirish va undan chiqish huquqini bergan. Bu tadbir qaroqchilar tajovuzidan himoya yuzasidan qilingan. Diqqat savol: Ushbu hujjat qanday nom bilan atalgan?<\/strong>
Javob: Pasport<\/p>\n\n\n\n
1491. Savol: Yaponiyada Yangi yil bayrami dasturxoniga tortilgan noz-ne\u02bcmatlar alohida ma\u02bcno kasb etadi. Shunday qilib, guruchdan tayyorlangan pechenye mo\u02bbl-ko\u02bblchilikni, no\u02bbxat — sog\u02bbliqni bildiradi. Diqqat savol: Mayda uzun makaronlar nimani bildiradi?<\/strong>
Javob: Uzoq umr<\/p>\n\n\n\n
1492. Mashhur fokuschi ko\u2018zboylog\u2018ich Erik Vays (Garri Gudini) dunyoni lol qoldirgan deya olamiz. U hatto kishanlanib dengizga tashlanganda ham bir necha daqiqada dengizdan chiqa olgan. Rossiyada o\u2018limga hukm qilinganlar qamoqxonasidan ham qocha olgan. Afsuski bu fokuschining o\u2018limiga oddiy bir talaba sababchi bo\u2018lgan. Savolni qiyinlashtirmayman siz menga o\u2018lim sababini emas o\u2018sha talaba nima ish bilan shug\u2018ulanishini ayting?<\/strong>
Javob: Bokschi
U Gudiniga har qanday zarbaga bardosh bera olasizmi deydi Gudini ha deb javob beradi. Ammo 2 zarbadan so’ng tayyorgarlik qilishini aytadi. Qorniga press yig’gach endi urishing mumkin deydi talabaga. 2 zarbadan so’ng axvoli yomonlashadi va bir necha kun o’tib appendiks yorilishi natijasida o’ladi<\/p>\n\n\n\n
1493. Ayova shtati universiteti psixologlari ozishga yordam beradigan qiziqarli ta\u02bcsirni aniqlashgan. Ularning kuzatuvlari natijalariga ko\u02bbra, agar ovqatlanish vaqtida, odamning oldida U tursa, yog\u02bb ajralib chiqishi jarayoni kamayar ekan. Uni toping?<\/strong>
Javob: Ko’zgu<\/p>\n\n\n\n
1494. Zamonaviy xavfsiz gugurtlar ilk marotaba 1855-yilda qaysi skandinaviya davlatida ishlab chiqarilgan?<\/strong>
Javob: Shvetsiya<\/p>\n\n\n\n
1495. Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora?<\/strong>
Javob: Uran<\/p>\n\n\n\n
1496. \u2060Hayvon shoxi ko\u2018rinishidagi ichish uchun mo\u2018ljallangan idish qanday nomlanadi?<\/strong>
Javob: Riton<\/p>\n\n\n\n
1497. Qadimda qaysi davlatning poytaxti Tabriz shahri bo\u2018lgan?<\/strong>
Javob: Eron<\/p>\n\n\n\n
1498. Qaysi ichimlik dastlab Xitoy tilida «Mumni tishlang» deb tarjima qilingan?<\/strong>
Javob: Coca cola<\/p>\n\n\n\n
1499. Kasallikning dunyoviy masshtab bo’ylab tarqalishi qanday nomlanadi?<\/strong>
Javob: Pandemiya<\/p>\n\n\n\n
1500. Shimoliy Amerika materigida uchramaydigan iqlim mintaqasini toping?<\/strong>
\u2060Javob: Ekvatorial<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"