{"id":136762,"date":"2024-06-27T13:16:32","date_gmt":"2024-06-27T10:16:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136762"},"modified":"2024-06-28T12:09:25","modified_gmt":"2024-06-28T09:09:25","slug":"32-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/32-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"32-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
3101. 36 yoshdagi onaning yoshi 4 ta bolalari yoshlari yig’indisidan 3 marta ortiq. Necha yildan keyin onaning yoshi bolalari yoshlarining yig’indisiga teng bo’ladi?<\/strong>
Javob: 8 yil
Izoh:
1+2+3+6=12
12\u20223=36
9+10+11+14=44
36+8=44
44=44<\/p>\n\n\n\n
3102. Bu narsadan Italiyada OITS kasalligiga chaligan insonlargina foydalanishar ekan. Ammo bizda umuman boshqacha bizda bu narsadan moda sifatida foydalanish urfga kirdi. Qolgan joylarni bilmadimku ammo Toshkent shahrida juda urf bo’ldi bu narsadan foydalanish.(2-3 yil oldin)
Yana shuni aytishim mumkin meni bu narsadan foydalanganimni ko’rgan «uzbek tigers» sardori shunday degan edi huddi ularga o’xshaysizlar.
Diqqat savol nima o’xshashimizni emas gap nima haqida ketayotganini aniq ayting?<\/strong>
Javob: qora niqob ( maska)<\/p>\n\n\n\n
3103. Musulmonchilikni da’vosini qilgan har bir banda, xoh yosh bo’lsin xoh qari bo’lsin, xoh ayol bo’lsin xoh erkak bo’lsin 4 ta narsani tarixini bilishi shart.
1. Qur’onni tarixi
2. Islomni tarixi
3. Kabani tarixi
4. Payg’ambar Muhammad s.a.v ning tarixini.
Uni bilgandek bilishi shart.
Diqqat savol uni deganda inson kimni bilgandek bilishi kerak?<\/strong>
Javob: Ota-onasini<\/p>\n\n\n\n
3104. Bu davlat qanchalik qudratli bo’lmasin. Ammo XVIII asrgacha o’z bayrog\u2018iga ega bo’lmagan. Faqatgina XVIII asrga kelibgina o’z rasmiy bayrog\u2018iga ega bo\u2018lgan.
Diqqat savol bu qaysi davlat?<\/strong>
Javob: Rossiya (Sssr)<\/p>\n\n\n\n
3105. Bu shaxs qanchalik mashhur bo’lmasin uning asl yuz ko’rinishini hech kim aniq ko\u2018rmagan. Sababi uning bizgacha hech qanday surati yetib kelmagan. Diqqat savol o’sha mashhurni toping?<\/strong>
Javob: Uiliyam Shekspir<\/p>\n\n\n\n
3106. Bu shaxs u yerga birinchi qadam bosgan shaxs hisoblandi. Hayratlanarlisi shundaki u shaxs u yerdan qaytgach islom dini qabul qilgan.
Diqqat savol qaysi shaxs haqida gap ketmoqda?<\/strong>
Javob: Nil Armstrong<\/p>\n\n\n\n
3107. Bu so’z yunonchadan olingan bolib «bosh shahar, poytaxt» ma’nolarini beradi. Dastlab Angliyada paydo bo’lgan. Keyinchalik boshqa davlatlarga tarqalgan. 1935 yildan Rossiyaga kirib kelgan. Bugungi kunda Angliyada inglizcha, Rossiya. Federatsiyasi va O\u2018zbekistonda esa bir xil aytiladi. Bu nima?<\/strong>
Javob: Metro
Izoh: inglizchada underground<\/p>\n\n\n\n
3108. Muhammad Yusuf har bir davr fojeasini hayiqmay yozardi. Afg’on urushi musibatlarini shunday mahzun satrlarda ifoda qildi:
Yigit yo’li bo’lmas xatarsiz,
Biz o’ylardik, bir kelib qaytarsiz.
Temir tobut ichra qaqshab yotarsiz,
U yerda o’lib qaytgan bolalar.
Diqqat savol u yer qayer?<\/strong>
Javob: Askarlik (armiya javobi ham qabul)<\/p>\n\n\n\n
3109. Obid Asomovni hazillaridan bir parcha.
G’iybat qilishmasku oldinlari O’zbekston paxta ishlab chiqarardi. Hozirgi kunda X ishlab chiqarmoqdan. Obid Asomov bu hazilda O’zbekston hozirgi kunda nima ishlab chiqarishini aytgan?<\/strong>
Javob: Artist ishlab chiqarmoqda degan edi.
Naqadar haq gap.
Ilohim joylari jannat bo’lsin<\/p>\n\n\n\n
3110. Fitrat shunday degan edi:
«Haqiqat undan tug’iladi» Fitrat u deganda nimani ta’riflaganini emas. Balki u bilan shug’ullanuvchilarni biz kim deb atashimizni aniq ayting?<\/strong>
Javob: U tanqid. U bilan shug’ullanuvchilar esa Tanqidchilar hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n
3111. Sensiz qolgan hayollarim ko’pirib
Nechuk uni sog’inch domi yutmaydi?
Axir endi darvozamda shoshilib
Oq ko’ylakli u kutmaydi.
Diqqat savol u kim?<\/strong>
Javob: Sinfdosh<\/p>\n\n\n\n
3112. Qiziq fakt
Vino ustiga yozilgan sana bu vinoning qachon ishlab chiqarilganini bildirmas ekan. Diqaat savol unda bu sana nimani bildiradi?<\/strong>
Javob: Uzum yig’ib olingan vaqtni bildirar ekan<\/p>\n\n\n\n
3113. 1950-yil FIFA aynan bir ish uchun ruxsat bermagani tufayli Hindiston terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok eta olmay qaytib ketishga majbur bo’lishadi.
Diqqat savol: FIFA aynan qanday ishga ruxsat bermagan?<\/strong>
Javob: FIFA Hindistonni maydonga oyoq kimsiz o’ynamaslikga ya’ni butsa kiyib tushishini talab qilgan.<\/p>\n\n\n\n
3114. Savolda ajoyib so’z o’yini bor.
Armiyachilar Qirolni taxtdan ag’darishdi. Bir marta emas naxt ikki marta. Birinchi marta Qirol Armiyaga tashrif buyurganda ularni oldida yaxshigina to’siq turgani haqida ogohlantirilgan edi. Ammo Qirol bunga e’tibor bermadi. Keyin Armiya o’zi Qirol makoniga bostirib bordi. Bu safar Qirol ularni yaxshi kutib oldi ammo bosh vazirsiz. Qirol o’tgan safargi ogohlantirishdan yaxshi xulosa chiqarmay katta xatoga yo’l qo’ydi. Armiya bu safar qirolni chinakamiga taxtdan ag’dardi. Diqqat savol: Armiya va Qirolni aniq ayting?<\/strong>
Javob: Armiya- Sska
Qirol-Real Madrid.
Bosh vazir bu Ramos yani jamoa sardori. Osha oyinda u maydonga tushmagan edi<\/p>\n\n\n\n
3115. 2014-yil U kulib shunday degan edi: Hozir dard bilan kurashayapman va 2:0 hisobida oldinda borayapman. Ammo o\u2018sha mag’lub bolib turgan dard uni mag’lub etadi. U Pele-Maradona qila olmagan ishlarni qilgani bilan mashhur. Uni ko\u2018rganlar aytishadi. U futbolga Maradona va Peledan ko\u2018ra ko\u2018proq narsa bera oldi.
Diqqat savol U kim?<\/strong>
Javob: Yohan Kruyf<\/p>\n\n\n\n
3116. Qohiradagi Al-Azxar universiteti dunyoda eng yirik oliy o’quv yurtidir. Ushbu muassasada yigirma bir ming talaba tahsil oladi. Kirish imtixonida har bir kiruvchidan Qur\u2019onni yoddan aytib berishni talab qilinadi. Bu kitobni ovoz chiqarib o’qishga 3 kun vaqt ketadi!
Arab talabalari ishonish qiyin bo’lgan ishni qanday uddalagan?<\/strong>
Javob: Yillar davomida qaytarib yurishgan<\/p>\n\n\n\n
3117. Olim otasidan 32 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. 3 yil avval ularning yoshlari yig\u2018indisi 111 ga teng bo’lgan bo’lsa. Hozir Olimning bobosi necha yoshda?<\/strong>
Javob: 72 yoshda<\/p>\n\n\n\n
3118. Har bir davlat o’z aholisini bilimli bo’lishini xohlaydi. Bu davlatda shunday qonun bor ekan. Qamoqdagi maxbus har bir o’qigan kitobi uchun 4 kunlik qamoq jazosidan ozod etilar ekan.
Diqqat savol bu qaysi davlatda amalga oshiriladi?<\/strong>
Javob: Braziliya<\/p>\n\n\n\n
3119. «Dengiz mushuklari» maxsus harbiy guruhi. Bu guruh haqida Gollivud filmlari orqali ma’lumotga ega bo’lsangiz kerak. Bu guruh tashkil etilishi va ularning mashhur bo’lishida 2 ta mashhur shaxsning katta o’rni bor. Birinchi shaxs bu guruhni tashkil etgan Amerikaning o’tib o’ldirilgan prezidenti Jon Kennedi bo\u2018lsa.
Ikkinchi shaxsni siz aytasiz.
Yordam tariqasida shuni aytishim mumkin bu ularning 2011-yil 2-mayda amalga oshirgan operatsiyasi bilan bog’liq.
Ikkinchi mashhur shaxsni aniq ayting?<\/strong>
Javob: Dunyoning birinchi raqamli teroristi hisoblangan Usama Ben Ladin<\/p>\n\n\n\n
3120. Ushbu davlat tashkil etilganidan buyon. Bu davlat politsiyasi faqatgina bittagina jinoyatchiga qarata o’q uzishgan. Bu qaysi davlat?<\/strong>
Javob: Islandiya<\/p>\n\n\n\n
3121. Bu davlat haqida eshitganimizda beixtiyor ko’z oldimizga mana shu diniy monument keladi. Qaysidir ma’noda davlatning ko\u2018rki ham hisoblanadi. Lekin buni qarangki bu davlatda rasmiy din mavjud emas ekan. Unda bu monument nima uchun kerak ekan-aa.
Savol siz bizga qaysi davlat haqida gap ketayotganini aniq ayting?<\/strong>
Javob: Braziliya<\/p>\n\n\n\n
3122. Bu davlat siz mashinada bo\u2018lsangiz ammo spirtli ichimlik ichgan bo’lsangiz mashinangizni militsiya hodimlariga uyingizga olib borib berishni iltimos qilishingiz mumkin ekan. Bu qaysi davlatda?<\/strong>
Javob: Yaponiya<\/p>\n\n\n\n
3123. Hindiston o’zini urf-odatlari bilan butun dunyoga mashhurligi barchamizga ma’lum,
Masalan hind qabilalari mo’l hosil olish uchun qizlarini sigirga nikohlab berishgan, ayrim hollarda ham qizlarini daraxtga nikohlab berishganini eshtganmiz.
Hindlar qurg’oqchilik paytida qizlarini xatto \u2026\u2026 nikohlab berisharkan
Diqqat savol
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?<\/strong>
Javob: Qurbaqaga<\/p>\n\n\n\n
3124. U nima tez yurar lek joni yo’qdir
Kuladi og’zining nishoni yo’qdir
Doimiy shakli yo’q ammo yig’laydi
Kuyib nola chekar zaboni yo’qdir
Chiston javobini toping?<\/strong>
Javob: Bulut<\/p>\n\n\n\n
3125. Savol oson bo’ladi. Chunki ko\u2018pchilik talaba.
Talabaning sumkasida 5 ta narsa bo’lishi shart ekan.
1-Kitob
2-Daftar
3-Ruchka
4-Yon daftarcha
5-?
Beshinchi ya’ni men aytamagan narsani 100 foiz aniqlikda sizlar aytansiz?
Pod qalam emas))<\/strong>
Javob: Talabalik Guvohnomasi<\/p>\n\n\n\n
3126. Sanatshunoslar ularni ikki turga ajratib, birinchilarni qisqa masofaga yuguruvchilar, ikkinchi toifadagilarni esa uzoq masofaga yuguruvchilar deya atashadi? Aytingchi, qisqa masofaga va uzoq masofaga yuguruvchilar deganda sanatshunoslar kimlarni nazarda tutishgan?<\/strong>
Javob: Qisqa masofaga yuguruvchilar \u2013 kinoda rol o\u2018ynaydigan aktyorlar, ular juda ko\u2018p bir martalik rollarni ijro etishadi. Uzoq masofaga yuguruvchilar esa \u2013 teatr aktyorlari, ular bitta rolni, uzoq yillar qayta-qayta sahnada ijro etishadi.<\/p>\n\n\n\n
3127. Janubiy Koreyada ularga turmush qurish qonunan ta’qiqlanadi.
Diqqat savol kimlarga?<\/strong>
Javob: Bir xil familiyadagilarga<\/p>\n\n\n\n
3128. Eshiksiz bir xona — ichida har on
Yuzlari pardali go’zallar pinxon
La’li lablar uchun munosib la’ldir
Ko’rgan deydi: qarang! » ajoyib marjon «
Diqqat savol chistonni javobini toping?<\/strong>
Javob: Anor<\/p>\n\n\n\n
3129. Mening ham bir olam orzularim bor
Otam onam shodon yashasin deyman
Dunyoga bir bora kelarkan inson
Sevganim X ga o’xshasa deyman
Diqqat savol X ni maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: Onamga<\/p>\n\n\n\n
3130. Qo’y boquvchilar qo’ylari barchasi bir xilda o’sishi uchun bu ishni bir kunda 2-3 marta amalga oshirishi talab etilar ekan. Diqqat savol mantiqan o’ylab ko’ringchi bu ish qanday ish?<\/strong>
Javob: Qo’ylarni o’rnini almashtirib turishi kerak<\/p>\n\n\n\n
3131. Mingta igna ichida hayvonot bog’u, oshxona va uy mavjud.
Diqqat savol bu nima?<\/strong>
Javob: Archa<\/p>\n\n\n\n
3132. Bu modda kislotali yomg’irning asosi. Gaz holatida og’ir kuyishga, bu moddaning oshqozonga ko’p miqdorda tushishi kuchli terlashga, juda ko’p dozada esa qayt qilishga olib kelishi mumkin. Mabodo nafas orqali ko’p kirsa o’limga olib keladi.
Diqqat savol: Bu qaysi modda?<\/strong>
Javob: Suv. H2O<\/p>\n\n\n\n
3133. Abu Ali ibn Sino fikrini tinglang: ,,Inson qalbi-chiroqdir, fan-alanga, uni bilimlari esa-\u2026». Nima bilan bo’lishi kerak?<\/strong>
Javob: Chiroq moyi<\/p>\n\n\n\n
3134. Rus yozuvchisi Boris Akunin o’z romanlaridan birida Ularni kentavrlarga qiyoslagan. Xitoyda esa Ular 1949-yildan so’ng ta’qiqlangan. Ularni yaponchadan kirib kelgan so’z bilan yozib bering?<\/strong>
JAVOB: Riksha
Izoh: Xitoyda inqilobdan keyin, odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishi deb qaralib, rikshalar ta’qiqlangan.<\/p>\n\n\n\n
3135. Bu hududning bayrog’ida yo’lbars tasvirlangan. Agarda uni nomini o’ngdan chapga tomon o’qisangiz, Afrikadagi bir davlat, keyin esa Amerikadagi bir poytaxt-shahar nomi hosil bo’ladi. Mazkur mamlakat va poytaxt-shaharni toping?<\/strong>
Javob: Davlat nomi — Mali, shahar esa Lima!
Izoh: Bu tan olinmagan davlat Shri-Lanka orolidagi Tamil Ilam hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n
3136. Angliyada kitobsevarlar ko’pchilikni tashkil etadi. Biroq u yerda ko’plab kitoblar ham o’g’irlanar ekan. Diqqat savol eng ko’p o’g’irlanadigan kitob qaysi?<\/strong>
Javob: Ginnes Rekordlar kitobi<\/p>\n\n\n\n
3137. Oyga birinchi bo’lib qadam qo\u2018ygan inson bu Nil Armstrong buni hamma biladi. U oyga ilk qadam qo’yganida aynan bir tovushni eshitgan ekan. Diqqat savol qanday tovush?
Balki bu tovush keyinchalik uning islomda dinini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etgandir?<\/strong>
Javob: Azon ovozi<\/p>\n\n\n\n
3138. Buyuk Britaniyada g\u2018alati g\u2018alati qonunlari bor. Shulardan biri insonning qayerda o’lishiga ham bog’liq. Qonunda shunday deyilgan Buyuk Britaniyada aynan o’sha yerda o\u2018lish mumkin emas. Diqqat savol qayerda?<\/strong>
Javob: Parlament Binosi<\/p>\n\n\n\n
3139. Dunyoda juda ko\u2019p narsalarning o\u2019z ramzlari, timsollari bor. Ularning Germaniyadagilarining timsollarida samolyot parraklari, Ularning birodarligi, chaqmoq tezligi, eng ko\u2019p o\u2019g’irlangan timsol kabilarni tashkil etsa, Italiyadagilarniki Aslzoda oiladan, grafinyaning sovg\u2019asi, Dafna daraxti, Yaponiyaliklarnikida samurayning salohiyati, Fransiyanikida arslon kabi kuchli, Amerikanikida naqshinkor yozuv kabi ma\u2019nolarni anglatuvchi so\u2019zlardan iborat ekanligini ko\u2019rish mumkin. Savol bu qanday ramz va timsollar?<\/strong>
Javob: Avtomobil timsollari
Izoh: Audi \u2013 Avtomobil birodarligi, Alfa Romeo \u2013 Aslzoda oiladan, BMW \u2013 Samolet parraklari, Opel \u2013 Chaqmoq tezligi, Ferrari \u2013 Grafinyaning sovg\u2019asi, Fiat \u2013 Dafna daraxti, Ford \u2013 Naqshinkor Yozuv, Jaguar \u2013 Sakrayotgan yaguar, Renault \u2013 Kubik, Mercedes \u2013 Eng ko\u2019p o\u2019g\u2019irlangan timsol, Mitsubishi \u2013 Samurayning salohiyati, Peugeot \u2013 Arslon kabi kuchli, Volkswagen \u2013 Halq Avtomobili, Porsche \u2013 Betle ning yaratuvchisidan, Maserati \u2013 Dengiz tangrisiga\u2026,<\/p>\n\n\n\n
3140. Olimlarning ta\u2019kidlashicha uning ichida ultraovoz va radar ishlamaydi, kirli suv uning ichida bir necha kun qolsa, suvni tozalangan holda ko\u2019rish mumkin, sut bir necha kun buzilmaydi, buzilmasdan qatiq holiga keladi, U yerda o\u2019simliklar juda ham tez o\u2019sadi, yaralar vujuddagi yongan yerlar u yerda tez tuzaladi. Savol: Qayerda?<\/strong>
Javob. Misr Ehromlari<\/p>\n\n\n\n
3141. \u201cArgumenti I fakti\u201d gazetasi \u201cDunyodagi eng yaxshi odam kim\u201d deb o\u2019o\u2019tkazilgan so\u2019rov o\u2019tkazilib unda 2 mingta odam ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida Jon Lennon va Yuriy Nikulin kabi mashhurlar ham bor edi. Natijalarga ko\u2019ra 25 foiz yig\u2019gan Iusis Xristos ikkinchi o\u2019rinni egalladi. Savol birinchi o\u2019rinni 30 foiz yig\u2019ib qo\u2019lga kiritgan kim edi?<\/strong>
Javob: Ona<\/p>\n\n\n\n
3142. Bu kasb egalari favqulodda ehtiyotkor va juda sekin harakat qiladilar. Chunki ularga berilgan 56 qadamni bosib o\u2019tish uchun 3 soat vaqt ajratilgan.
Savol bu sekinqadam kasb egalarini kim?<\/strong>
Javob: Shaxmatchilar<\/p>\n\n\n\n
3143. Kim- kimga quyidagi mashhur xatni jo\u2019natgan? \u201cSen bilasan menda o\u2019g\u2019il farzandim bor, Men xudodan uning tug\u2019uilgani uchun emas aynan sen bilan bir vaqtda va bir davrda tug\u2019ilgani uchun minnatdorman va umid qilamanki sen uni o\u2019z tarbiyanga olasan\u201d?<\/strong>
Javob: Filip II Aristotelga<\/p>\n\n\n\n
3144. Ma\u2019lumotlarda keltirilishicha unga qadimda xavfli kasalliklarni muhofaza yetuvchi «sehrgar» sifatida qaralgan. Gippokrat yesa uni asalga qo\u2018shib bemorlarni davolagan. Sarkarda Ksennofont uni quvvat bag\u2018ishlovchi sifatida ko\u2018rib askarlariga yeb yurishni buyurgan. U nima?<\/strong>
Javob: Piyoz<\/p>\n\n\n\n
3145. «Bo’lib tashla hukmronlik qil» bu mashhur iqtibos bir mashhur sarkardaga tegishli va bu iqtibosni uning o’limidan salkam ikki ming yil o’tib bir davlat boshqa bir davlatga nisbatan ishlatadi buning oqibatida qaysi hudud hozirgacha jabr ko’rmoqda?<\/strong>
Javob: Kashmir<\/p>\n\n\n\n
3146. Deyarli barcha shoir yozuvchilar tarixdan xalq dardidan kelib chiqib asarlarini qandaydir tarzda unga bog’lab yozadilar.
Ushbu yozuvchi ham bu asarida zo’ravonlik ochko’zlik shubhalanish adolatsizlik va ingliz qirol saroyidagidek mojarolarni aks ettirib yozgan edi. Uchar orolga g’aroyib hayvonlar mamlakatlarga borib qolish orqali tasvirlagan.
DIQQAT savol bu qaysi asar?<\/strong>
Javob: Jonatan Sviftning
«Guliverning sayohatlari»<\/p>\n\n\n\n
3147. Katta bir odam eslamoqda:
-men X ning Y sini hech qachon unutmaydigan bo’lib eslab qolganman. O’shanda o’qituvchim o’sha savolga javob berolmaganim uchun boshimga bir urgan edi. Boshim partaga tegib ketgandan keyin qayta turgan edim. Shu saboq bo’lgandiki men umr bo’yi X ning Y sini qanday bo’lishini judayam yaxshi tushunib olgandim?<\/strong>
Javob: Nyutonning Uchinchi qonuni jismning jismga nisbatan aks tasiri.
O’shanda boshim partaga tekkanda partadan aks tasir olgandim men ham bitta g’urracha bilan.<\/p>\n\n\n\n
3148. Robert Kiosaki ularni shunday ta’riflaydi. \u00ab Alfa va Betta o\u2019rtasida farq bor. Betta vaqtinchalik hodisa, alfa esa doimiydir \u00bb deb ta’riflaydi.
Diqqat savol: Alfa va betta nima ekanligini topib bering?<\/strong>
Javob: Alfa- kambag\u2018allik
Betta-kasod bo’lish<\/p>\n\n\n\n
3149. Azonni hamma eshitgan bo’lsa kerak. Ammo azonning jumlalari namoz vaqtiga qarab o\u2018zgaradi.
Hamma vaqt bir xil faqat bomdod namozida ushbu jumla ishlatiladi.
Ushbu jumlani xoh arab tilida xoh o’zbek tilida yozib bering?<\/strong>
Javob: As-solatu xoyrum minan-navm
Namoz uyqudan afzaldir<\/p>\n\n\n\n
3150. Rey Bredberining qahramoni o’lganidan so’ng, 400 yil o’tgach qayta tiriladi. U atrofdagi odamlarda o’zini nutqi shubha uyg\u2018otmasin deya, muvozanatni o’rganish uchun birinchi uchragan odamdan oddiy ammo mashhur savolni beradi. Demak savol : o’sha savolni yozib bering?<\/strong>
Javob: Kutubxonaga qanday borsam bo’ladi?<\/p>\n\n\n\n
3151. U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegr katta, Madonna va Kleopatrada umuman bo’lmagan. Rim Papasida bor lekin, u ishlatmaydi. gap nima haqida ketayapti?<\/strong>
Javob: Familiya<\/p>\n\n\n\n
3152. Uchta dugona uchta gulga aylanib, yomon jodugar tomonidan sehrlangan edi. Lekin har kuni qizlardan biri yana odamga aylanar va sevgan insoni oldiga qochib ketar ekan. Ertalab dalaga yana qaytib kelib yana gulga aylanar ekan. Bir kuni ertalab dalaga qaytib keladigan vaqt sevgilisiga: \u00abAgar siz peshin vaqtigacha dalaga kelsangiz, meni dugonalarim orasida taniysiz va meni uzib tashlasangiz, men yana odamga aylanaman\u00bb, — dedi. U esa bu ishni qildi va qizni qutqardi.
Savol: Uchta bir xil gul ichidan sevgilisi qanday qilib uni taniydi?<\/strong>
Javob: Shudring tufayli<\/p>\n\n\n\n
3153. Koreys xalq topishmog’ini eshiting.
10 ga 10 ni qo’shdim 10 chiqdi.
10 dan 10 ni ayirsam ham baribr 10 chiqdi.
Topishmoq javobini toping?<\/strong>
Javob: Qo’lqop.<\/p>\n\n\n\n
3154. U juda arzon, lekin ko’p narsa beradi.
Kim uni olsa, uni boy qiladi, hadya etganlar esa kambag’al bo’lib qolmaydi.
Shunga qaramasdan uni sotib olib bo’lmaydi, tilanib ham bo’lmaydi. Qarzga berib bo’lmaydi , o’g’irlab ham bo’lmaydi, uni berishmasa, u o’z o’zidan hech narsaga arzimaydi.
Diqqat savol gap nima haqida ketyapti?<\/strong>
Javob: Kulgu tabassum<\/p>\n\n\n\n
3155. X-ning eng qimmat ekzemplyari 1500 000 dollar turar ekan, X-larning shu kungacha chiqqanlarini yig’ilsa uzunligi shimoliiy qutbdan janubiygacha yetarkan, ma’lumotlarga qaraganda X-ni Sssr litsenziyalashtirish uchun 3 mln$ sarflagan ekan, X-Nima?<\/strong>
Javob: Kubik Rubik<\/p>\n\n\n\n
3156. Hazil savol
Bir qizni yig\u2018latib vijdoni qiynalib o\u2018zini olovga otgan mard faqat X bo’larkan.
X-?<\/strong>
Javob: Piyoz<\/p>\n\n\n\n
3157. Tog\u02bbay Murodning «Bu dunyoda o\u02bblib bo\u02bblmaydi» asarida shunday o\u02bbxshatish bor: » \u2026 Ziyolilar o\u02bbzini yo\u02bbqotdi. O\u02bbzini ziyoliman deb yuruvchilar olomon bo\u02bblib qoldi. O\u02bbzini olim deya ko\u02bbkrak keruvchilar soyaga o\u02bbxshab qoldi. O\u02bbzini arbob deya, ko’kragiga uruvchilar X bo\u02bblib qoldi.»
X- ni toping<\/strong>
Javob: qo’g’irchoq<\/p>\n\n\n\n
3158. Ko’plariz uni tanavul qilgansiz. Ayni paytda uni tayyorlanadigan manbasi pishgan va sotilmoqda bozolarda. Siz uni ko’pinca taomlar yonida qo’shib berilganda yeysiz. Ha aytganca uni tarixini bilasmi bunaqa bo’lgan ekan 1853- yili 24-avgustda haridor bir maxsulotni yaxshi pishmagan va yo’g’on degan shikoyatiga javoban hazil tariqasida pishirib berishgan. Savol gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Chips
Kartoshkali<\/p>\n\n\n\n
3159. Britaniyaning «The Guardian» nashri 2019 yilda har bir sayyoh borishi shart bo’lgan joylari ro’yhatiga Alfani ham qo\u2018yishibdi. «Alfaga yo’l olib, Bettani ko’rmay o’tish xato bo’ladi deb ham qo’shib qo’yishgan nashr muharrirlari».
Aslida biz bu ikkala shaharni bu ro’yhatda ko\u2018rish bu uchun quvonarli albatta.
Diqqat savol Alfa va Bettani aniq ayting?<\/strong>
Javob: Alfa — Samarqand Betta — Toshkent<\/p>\n\n\n\n
3160. Fors tilida yozilgan she’rning tarjimasini tinglang:
«Savol javob vaqti keldi.
Men osmonlarga ketaman, abadiy.
Bu go’zallikdan hayratdaman va ko’zimdan chiqayotgan yosh emas qondir,
Afsus endi men bu go’zallikni hech qachon ko’rmayman».
Savol: XVII asr mo’jizasini 16 yil kutgan shaxs kim?<\/strong>
Javob: Bu Toj Mahalga bag’ishlagan Mumtoz Mahalning o’lim talvasasidagi oyatlari<\/p>\n\n\n\n
3161. «Men qatnaydigan fitness klubni administratorlari meni haftasiga 6 kun zalga kelishimdan xayratdalar. Shu zalni instruktor-murabbiylari esa meni har kuni boshqa-boshqa mashqlarimni qilishimdan hayron. Men esa miyig’ida kulib qolaman.» Diqqat savol: Nega menga ularni xayratlari kulguli?<\/strong>
Javob: Exx, ular 1 ta oylik abonent bilan zalga men va egizak ukam qatnashlaridan bexabardirlarda.<\/p>\n\n\n\n
3162. Bir qo’l soati ishlab chiqaruvchi firma o’z mahsuloti ya’ni soatlarini reklama qilishning, noodatiy va antiqa usulini o’ylab topdi. Bu uchun firma jamoat transportlaridan biri bo’lgan-avtobuslar salonidan foydalandi. Diqqat savol. Firma o’z reklamasini avtobusning aynan qayeriga joylashtirganini maksimal aniqlikda yozib bering?<\/strong>
Javob: Avtobus tutkichlarida (ushlagichlar)da!<\/p>\n\n\n\n
3163. Angliya o’ziga xosligi bilan butun dunyoda ajralib turadi, masalan Angliya pivolari ham o’zgacha tamga ega, oldinlari Angliya pivaxonalarida bir qiziq holatgaga duch kelishingiz mumkin bo’lgan. Agar siz pivo buyurtma bersangiz pivoga qo’shib X ham olib kelishgan, aniqroq aytganda X pivo bokalida joylashgan va X ularga ortiqcha harakatlarsiz yana pivo buyurtirishni taminlagan. Diqqat savol Angliya pivoxonalaridagi pivo bokalida qo’shimcha nima joylashgan?<\/strong>
Javob: hushtak! Pivo bokallarida hushtaklar bo’lgan va odamlar hushtak chalib, qo’shimcha pivo buyurtirishgan.<\/p>\n\n\n\n
3164. Toshkentda harakatlanuvchi Mersades-benz avtobuslari deyarli barchamizga yaxshi tanish. Ushbu firma avtobuslari XX asrning 90-yillaridan boshlab O’zbekistonga kirib kelgan. Avtobuslari ikkiga bo’linadi: katta va mikro avtobuslariga. Katta yoki boshqacha qilib aytganda uzun avtobuslarda bir ko’rsatkichga duch kelishimiz mumkin. Ko’rsatkich 3 ga bo’lingan, birinchi bo’limda: 26 raqami, ikkinchi bo’limda 79 raqami, uchinchi ustunda esa 0 raqamini ko’rish mumkin. Diqqat savol sizlar gap qanday ko’rsatkichlar haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz, menga aynan uchinchi ustundagi 0 raqami nimani anglatishini toping?<\/strong>
Javob: Avtobusda birinchi ustunda o’tirgan inson rasmi va 26 raqami. Ikkinchi ustunda tik turgan inson va 79 raqami. Uchinchi ya’ni nol raqami qo’yilgan ustunda esa nogironlik aravachasi rasmini ko’rish mumkin. Aniq javob nogironlar uchun maxsus joy yo’q<\/p>\n\n\n\n
3165. Zlatan Ibrohimovich «Inter» da o’ynab yurgan paytlari, bir o’yin-oldi mashg’uloti payti muhlislar ko’z oldida o’zidagi X ni oyoqlari yordamida mohirlik bilan jonglyorlik (to’p kabi oyoqlarda o’ynatish) qilib, oxirida X ni o’z joyiga mohirlik bilan qo’lsiz qaytarib qo’yadi! Bu tryukni ko’rgan jurnalistlar ertasi kuni gazetalarda bu ish suratini chop etishadi, TV dan esa o’sha lavha takror berilaveradi. Diqqat savol — X ni aniq yozib bering?<\/strong>
Javob: Saqich, jvachka, chaynagan Zlatan og’zidagi saqichni oyoqlari yordamida mohirlik bilan jonglyorlik qilib, oxirida saqichni o’z og’ziga qo’lsiz qaytarib joylashtirib qo’yadi.<\/p>\n\n\n\n
3166. Gerodotning Vavilondagi bu injenerlik konstruksiyasiga shunday ta’rif beriladi: «X»ni bunday qurishdan maqsad tunda odamlar sang’imaydi va eng muhimi o’g’irlikni ancha kamaytiradi.
«X» ni-Toping?<\/strong>
Javob: Ochilib yopiladigon ko’priklar haqida gap ketmoqda.<\/p>\n\n\n\n
3167. X ni jahon krizisi payti 2009 yilda yaponiyalik S.N. ismli inson yaratdi. X ni qadri 2017 yilga kelib 5000$ dan oshib ketdi. X — kelajakda Y ni o’rnini xalqaro biznes arenalarda egallashi ravshan bo’lmoqda. X va Y aniq yozib bering? To’liq javob qabul!<\/strong>
Javob: X — BITCOIN, Y — Dollar $. Satoshi Nakomoto Bitkoyn yatatuvchisi<\/p>\n\n\n\n
3168. Bizga ma’lumki ko’pgina mamlakatlarda qaysidir jonzot muqaddas hisoblanadi. Misol uchun xind xalqi keyingi hayotida sigir bo’lib tug’ilishiga ishonishadi va uni muqaddas deb bilishadi. Xitoyliklarda esa qoramushuk, boshqa xalqlarda turlicha. Shunday bir xalq borki ular o’zlarini sherga qiyoslashmasa ham, biz ularning xalqni sherlarga o’xshatishimiz mumkin va ular keyingi hayotida sher bo’lib tugilishsa kerak. Diqqat savol sizlar menga sherlarga o’xshatilgan xalq qanday atalishini ayting?<\/strong>
Javob: Lo’lilar
Ps: Sherlarda ham ovga Urg’ochilari chiqishadi!<\/p>\n\n\n\n
3169. X ni ba\u2019zilar kasalaxonaga o’xshatishadi, yana kimlardir teatrga. X ni algebraga tenglashtirish mumkin, agar sizning masala yo misolingiz X da osonlik bilan yechim topayatgan bo’lsa, demak qayeridadir xatolik ketgan. Yana kimlardir X ni B ga tengashtiradi. Chunki B da xam aynan shunday xohlaysanmi yo’qmi «yaxshisini» ham «yomonini» bosishing kerak. Garchi «yomoni» kamroq bo’lsa ham, uning ham o’z o’rni bor! Uning ham baland-pastligi bor!
Agar siz X nimaligi osonlikcha topgan bo’lsangiz, menga B nimaligini ayting?<\/strong>
Javob: B- pianino, fortapiano
X-Hayot<\/p>\n\n\n\n
3170. Salim Rashid yozishicha, sovuq yanvar tongida ular muzlab qoldilar va shahar ustiga muqaddas qor sifatida yog\u02bbildilar.
Savol. Ular nima?\u200c\u200c<\/strong>
Javob. Azon sadolari.
Izoh. Yozuvchi go\u2018zal tashbeh qilayapti. Yangi yil arafasida qor yog\u2018ishini kutib qolamiz.<\/p>\n\n\n\n
3171. Gruzin xalq maqolini tinglang: U ovoz chiqarmaydi. Lekin uxlashga ham qo’ymaydi. Diqqat savol: UNI toping!<\/strong>
Javob: Qarz<\/p>\n\n\n\n
3172. Aforizim
U ni o’rganish O’lmas Xudolarga yaqinlashtiradi?
\u270d\ufe0fPlaton<\/strong>
Javob: matematika<\/p>\n\n\n\n
3173. U hammamizning uyimizda bor. Undan hammamiz har kuni foydalanamiz. Xatto u Germaniyada passiv qurollar sirasiga kiritilgan. Savol:U nima?<\/strong>
Javob: Yostiq<\/p>\n\n\n\n
3174. Odatda metallardan idishlar yasalib xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida suv va boshqa suyuqliklarni saqlash uchun ishlatiladi. Savol:bu qaysi metall bo’lishi mumkin?<\/strong>
Javob: Kumush<\/p>\n\n\n\n
3175. Qaysi yegulikning klassik ko’rinishi uchburchak shaklida, shlyapa ko’rinishida pishiriladi?<\/strong>
Javob: Napoleon Torti<\/p>\n\n\n\n
3176. Yurtimizda Joylashgan Tosh turma deb atalgan eng og’ir va xavfli qamoqxonalardan Birida har 3 oyda maxbuslar bilan Seminar suhbati bo’lib o’tar ekan unda Maxbuslar holati va Ahloqi haqida suhbatlar o’tkazilar ekan Ularni yaxshi tomonga o’zgarishlari uchun Jazolash va qiynoqdan ko’ra ularni Yaxshi tomonga o’zgarishlariga Oddiy Bir alfa katta foyda berar ekan
Maxbuslar Alfa deganda Nimani Nazarda Tutmoqda?<\/strong>
Javob: Kitob<\/p>\n\n\n\n
3177. Braziliya Davlatlarini qamoqxonalardan birida har bir maxbus uchun har zamonda bir yangi bir kitob berarkan Va kitobni o’qib bo’lganidan so’ng ularni kitobdagi ma’lumotlar va xulosa bo’yicha imtixon olar ekan. Ho’sh bu imtixon topshirishdan maxbuslar va qamoqxona zobitlariga qanday foyda va bundan ko’zlangan maqsad nima?<\/strong>
Javob: Qamoq muddati qisqaradi<\/p>\n\n\n\n
3178. Bu futbolchi nisbatan yosh bo\u02bblishiga qaramasdan, o\u02bbz jamoasi sardori hisoblanadi. O\u02bbzining futboldagi ilk qadamlarini aynan hozirgi klubida qo\u02bbygan. Orada bir klub safida ijarada ham o\u02bbynab kelgan. transfermarkt.com saytida bu futbolchining narxi 40 mln \u20ac. Bu futbolchida ikki davlat fuqaroligi ham bor.
Diqqat savol: Hozirgi kunda ko\u02bbplab super klublarning nishoniga aylanib turgan bu futbolchi kim?<\/strong>
Javob: Grelish<\/p>\n\n\n\n
3179. Armiyada askarlar, zobitlar, xatto qo’mondonlargacha qadamni tashlaganda chap oyoqdan boshlashadi. Lekin armiyada 1 xizmatchi bor, safda yurganda, uning uchun farqi yo’q qaysi oyoqdan yurishni. Savol bu qaysi harbiy xizmatchi?<\/strong>
Javob: Orkestr Drijori<\/p>\n\n\n\n
3180. Mantiqiy savol: Bu aka-uka bir joyda tug\u2018ilgan.Yosh orasi ham uncha uzoq emas.Akasi 4 yil yashagan.Ukasi akasidan 2 yil ko\u2018proq yashagan. Bu g\u2018alati mashhur aka-ukalar nimalar?<\/strong>
Javob: Birinchi va ikkinchi jahon urushi.<\/p>\n\n\n\n
3181. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulb»da «O\u2018zi xunuk, gapi be’mani, ovozi yoqimsiz» odamni Unga o\u2018xshatgan.
Savol: U ni toping?<\/strong>
Javob: Qurbaqa<\/p>\n\n\n\n
3182. Qadimgi Rimliklar fikricha eng shafqatsiz xo’jayinlar ular.
Savol: Ular kimlar?<\/strong>
Javob: Sobiq qullar<\/p>\n\n\n\n
3183. Shunday bir tuyg\u2018u borki u oyoqlarga qanot berishi ham,oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin.
Diqqat savol: Bu qanday tuyg\u2018u?<\/strong>
Javob: Qo’rquv<\/p>\n\n\n\n
3184. Pushkinning «Kapitan qizi » asarida ajoyib bir iqtibos keltirib o\u2018tilgan:
«Modomiki gumondorning «X» i aybsizligini tasdiqlamas ekan, uning «Y» gi ham aybdorligini isbotlamasligi kerak?
Diqqat savol: X va Y nima?<\/strong>
Javob: X-Inkor Y-Iqror<\/p>\n\n\n\n
3185. Ikki qurol bor, biri qora biri oq. Qora qurol doim birinchi bo’lib jangga kiradi,oq qurol esa uning mehnatini yo’qqa chiqaradi. Agar qora quroldan ehtiyotkorlik bilan foydalanmasa oq jangchidan foydalanish mumkin.
Savol: bu ikki qurolning nomini toping?<\/strong>
Javob: Qalam va o’chirgich<\/p>\n\n\n\n
3186. U eng arzon va eng qimmat mulk.Undan to\u2018g\u2018ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin.
U nima?<\/strong>
Javob: Vaqt<\/p>\n\n\n\n
3187. X ning paydo bo’lishi judayam qiziq ekan. X yer qarining qariyb 200 km dan ko’proq pastki qismida, yarim milliard yildan kam bo’lmagan paytda xosil bo’lar ekan! Vulqonlar esa ularni yer yuzasiga yaqinroq bo’lgan joyga olib chiqib qo’yar ekan. X deb nima nazarda tutilmoqda?<\/strong>
Javob: Olmos<\/p>\n\n\n\n
3188. Sahoba va musofir suhbati
Musofir soradi:
-Alloga kim mahbubroq senmi yoki U mi
-Bu nima deganing albatta Uda
-U bir kunda bor mol-u davlatidan ayrilganda nima qilgan edi?
-Chiroyli sabr qilgan edi
-U bir kunda hamma farzandlaridan ayrilganda nima qilgan edi?
-Chiroyli sabr qilgan edi
-U hastalanib qolganida xalqi uni badarg\u2018a qilganida nima qilgan edi?
-U chiroyli sabr qilgan edi Allohga taqvo qilgan edi
-U kop yillar davomida to\u2018shakka mixlanib qolganida nima qilgan edi?
-U chiroyli sabr qilgan edi
Ha haqiqatda ham U inson butun islom ahli uchun sabr timsoli bo\u2018lib qolgan.
Diqqat savol U inson kim?<\/strong>
Javob: Ayub alayhissalom<\/p>\n\n\n\n
3189. Bir yigitning otasi vafot etibdi. Yonida domla bo\u2018lganligi sababli o\u2018gil otasi bilan vidolashishga kirmabdi. Domla farzand oldiga chiqib otangiz vafot etdi oldiga yuring sovumasdan kiyimlarini yechib jag’larini bog\u2018lab qoyaylik deganda farzand yo’q qo’rqaman deb kirmabdi. Domla bunga ham rozi bo’lib hammasini o’zi bajaribdi. Hammasini qilib bo’lib domla chiqib ketayotsa o\u2018gil domladan bir ishni iltimos qilibdi. Bu gapni eshitgan domla farzandga qarab «Tog\u2018ni talqon qilsang topolmaydigan tillodan ayrilding, 7 qavat yerni kovlab chiqara olmaydigan oltindan ayrilding» ko’nglingga shu narsa sig’dimi deb chiqib ketadi. Diqqat savol farzand domladan qanday ishni iltimos qilgan edi?<\/strong>
Javob: Otamni og\u2018zida 4 ta tilla tishi bor edi shuni olib bera olmaysizmi degan<\/p>\n\n\n\n
3190. U insonning asl ismi Imom Muslim al Kalaviy edi. Uni hamma Imom muslim deb chaqirar edi. Bu inson yoshligidan ichkilikka ruju qo’ygan inson edi. Kunlardan bir kuni u mast holatda edi va bir muhaddis unga «Allohdan uyalmasang bilganingni qilaver» degan hadisni aytadi. Aynan mana shu hadis uning butun hayotni o’zgartirib yuboradi. U Bag’doddan Makkaga borib Imom Molikka shogird tushadi. Qisqa vaqtlar ichida Imom Molikning eng katta shogirdlaridan biri bo’ladi(Muhaddis bolish uchun 7 11 yil talab etilar edi)
Diqqat savol Ibn Muslimning ummatga Islom ahliga qilgan eng oddiy ishlaridan birini ayting?<\/strong>
Javob: U Imom Buxoriy, Imom Muslimning ustozi bo\u2018ldi.
U ummatga mana shunday ilmli shogirdlarni yetishtirib berdi<\/p>\n\n\n\n
3191. Xitoyliklar ishonishganki, «Bu ish» paytida inson o\u2019zini-o\u2019zi rivojlantirish jarayonini bosib o\u2019tgan va ahloqiy xislatlarni tug\u2019dirgan. Lekin «Bu ish» bilan faqat boy odamlargina ya\u2019ni hukmdorlar yoki baland tabaqali odamlar shug\u2018ullana olgan deyishadi. «Bu ish»ni toping?<\/strong>
JAVOB: Ieroglif yozish
Izoh. Kalligrafiya<\/p>\n\n\n\n
3192. 2013 yilning dekabrida bir musiqa guruhi Antarktidada konsert o\u2019tkazdi. Konsert maxsus himoya gumbazi ostida o\u2019tdi, undan tashqari musiqa ovozining baland chiqmasligi usuli ham, tashkilotchilar tomonidan puxta o’ylanib topildi. Bunday qilinishiga sabab nima edi ?<\/strong>
Javob: Mahalliy hayvonlarni bezovta qilmaslik.<\/p>\n\n\n\n
3193. 2013 yilning dekabrida bir musiqa guruhi Antarktidada konsert o\u2019tkazdi, konsert maxsus himoya gumbazi ostida o\u2019tdi, undan tashqari musiqa ovozining baland chiqmasligi usuli ham, tashkilotchilar tomondan puxta o’ylanib topildi. Musiqa ovozi baland chiqmaligi uchun tomoshabinlarga esa maxsus u tarqatilgan ekan. Uni ayting ?<\/strong>
Javob: Quloqchin, Naushnik<\/p>\n\n\n\n
3194. Saqich reklamalaridagi «Shu tarzda»da saqich chaynash tufayli ishlab chiqaruvchilar savdolarini ancha ko\u2018paytirishkan ekan. Bu reklama tufayli oddiy odamlar ham xuddi reklamada ko\u2018rsatilganidek «Shu tarz»da saqichni chaynashni boshlashgan ekan. Qanday tarzda chaynash haqida gap bormoqda?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob: Ikki saqich yostiqchasini birdaniga chaynash (2 ta saqichni birga chaynash) <\/p>\n\n\n\n
3195. Ushbu futbol jamoasi haqidagi ma\u2019lumotlar uncha ham ko’p emas. Demak bu jamoa 1982-yilda tashkil topgan. Jamoa unchalik ham muvaffaqiyatli o’yin olib borib, sovrinlar yutmagan bo’lsa ham bu jamoani hamma birdek qo’llab-quvvatlagan. Jamoa faoliyati davomida ko’pincha tartibsiz va qo’pol o’yini uchun jazolangan, jarimaga tortilgan. Aynan bir voqeadan so’ng esa, ushbu jamoa faoliyatiga yakun yasaldi. Sizlar menga jamoaning faoliyat yasashiga sababchi bo’lgan voqea qandayligi yoki jamoa qanday atalishini emas, balki menga jamoaning ilk va oxirgi bosh murabbiyi qanday nom bilan atalishini ayting?<\/strong>
Javob: Shermat!
Gap «Suyunchi» filmi haqida borayatgan edi. «Oyim qiz tug’dilar!» Bu voqea esa «professional» klubimizning yopilishiga olib keldi?\u270c\ufe0f<\/p>\n\n\n\n
3196. Futbol Zamonaviy elektron tablolari paydo bo\u2018lganiga ko\u2018p bo’lmagan. Oldinlari tablolar o\u2018rniga o\u2018yinda qanday hisob qayd etilsa jamoalar nomi pastiga raqamlar osib qo\u2018yilgan. El-Klassiko o\u2018yinlariga nazar solsak eng katta 11-2 (ayrim manbalarda 11-1) hisobi qayd etilgan degan ma\u2019lumotlar bor. O\u2018sha davrda ham tablo o\u2018rnida raqamlar bo\u2018lgan. Qizig\u2018i shundaki bunday hisobni hech kim kutmagan raqamlar ham 11 tagacha bo\u2018lmagan. Tablo esa — ko\u2018rinishida bo\u2018lgan. Shunda Ispan gazetalarida \u201cva nihoyat \u201cX\u201d \u201cU\u201dlar ustidan g\u2018alaba qozondi\u201d degan maqola chiqadi! Tarixga nazar solsak X U ustida ko\u2018p janglar bo’ladi ammo baribir Uliklar tomonidan yo\u2018q qilinadi. Savol: Hisobdagi bog\u2018liqlik bilan X va U ni toping?<\/strong>
Javob: X — Spartak U \u2013 Rimliklar!
Bilamizki buyuk qo\u2018zg\u2018alonchi Spartak Rimliklarga qarshi ko\u2018p janglar qiladi. Ispaniya nashriyoti esa \u201cFrakiyalik(Spartak) Rimliklar ustidan g\u2018alaba qozondi\u201d deya maqola chiqaradi! Tablodagi 11-2 raqami rim raqamida ||(2) xam maqolani jonlanishiga bejizga emas edi!<\/p>\n\n\n\n
3197. Antarktikada bir vaqtlar aql tishlari va «U» olib tashlanmaganlar ishlashi mumkin emas edi. Antarktida stantsiyalarida jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmasligi sababli tananing bu qismlarini oldindan, xatto mukammal sog’lom bo’lsalar ham, voz kechish kerak edi. Diqqat savol, gap aynan qaysi a’zo haqida bormoqda?<\/strong>
Javob: Ko’richak<\/p>\n\n\n\n
3198. Amerikada joylashgan bu haykalni yilda ikki marotaba tozalashadi. Buning uchun sanoat shlanglarini qo’llaydi, suvni katta bosimda jo\u2019natadigan va hattoki ulkan paxta cho\u2019plaridan ham. Paxta cho’plari yordamida haykalni yetishga qiyin bo\u2019lgan joylarini qushlar ahlatidan tozalaydi. Gap kimning haykali xaqida bormoqda?<\/strong>
Javob: Linkoln Haykali<\/p>\n\n\n\n
3199. Amerikada joylashgan ushbu haykalni yilda ikki marotaba tozalashadi. Buning uchun sanoat shlanglarini qo’llaydi, suvni katta bosimda jo\u2019natadi va hattoki ulkan paxta cho\u2019plari yordamida haykalga yetish qiyin bo\u2019lgan joylarini qushlar ahlatidan tozalaydi.Qushlar ahlatini aynan haykalning qayeridan tozalashadi ?<\/strong>
Javob: «Linkoln» Qulog\u2018idan<\/p>\n\n\n\n
3200. XX asr oxirgi yillarida Angliyada g’aroyib avtohalokat (avariya) ro’y berdi. Avtohalokat natijasida ikki haydovchi hayotdan ko’z yumdi. Avtohalokatni g’aroyib tomoni shuki Ikkala avtomobilga ham umumman shikast yetmagan.
Savol: Haydovchilar qanday halok bo’lishdi?<\/strong>
Javob: Haydovchilar quyuq tuman tufayli yo’lni kurishmagan, va boshlarini chiqarib olishgan edi, va boshini bir biriga urib bo’yinlari sinib halok bo’lishadi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"