{"id":136776,"date":"2024-06-27T13:55:35","date_gmt":"2024-06-27T10:55:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136776"},"modified":"2024-06-28T14:01:05","modified_gmt":"2024-06-28T11:01:05","slug":"35-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/35-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"35-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
3401. XIX-asrda futbol o\u02bbyinlarida 16 yoshlik futbolchi qoidani shunday buzadiki, natijada yangi bir sport turi vujudga keladi. U sport turi bizda deyarli o\u02bbynalmaydi. Lekin Amerikada ancha mashhur. Ma’lumot uchun u olimpiada o’yinlari qatoriga kirmaydi. U sport turida o\u02bbyinchilar xuddi jangchilardek harakatlanishadi. Kiyimlari ham shunga mos albatta. Gap qaysi sport turi haqida ketayotganini bilgan bo’lsangiz menga u sport turini emas, 16 yoshlik futbolchi qanday qoida buzganligini aytib bering?<\/strong>
Javob: 1823-yil 7-aprelda 16 yoshlik Vebb Ellis qoidani buzadi: to\u02bbpni qo\u02bbliga olib darvoza tomon yuguradi, buning natijasida yangi sport — Regbi paydo bo’ladi.<\/p>\n\n\n\n
3402. Xristianlarda «X» Iso a.s. ni yoshiga nisbat qilib olingan emish.
Musulmonlarda esa Quroni Karimda Allohni nomlarini nechtaligiga bog’lik emish.
Gap nima haqida ketayapti?. X — ?<\/strong>
Javob: Tasbeh<\/p>\n\n\n\n
3403. Qarshingizda AQSHda maktab xodimlariga qurol olib yurishga ruhsat berilgandan so\u2018ng chiqqan karikaturalardan biri.
1-rasmda tasvirlangan qurol oddiy o\u2018qituvchilarniki,
2-rasmdagisi tarix fani,
3-rasmdagisi esa mehnat fani o\u2018qituvchisiniki.
4-rasmdagi maktab qoravulining quroli.
Javob: Kutubxonachiniki. Sababi kutubxonada tinchlik saqlanishi lozim. Uning quroliga ovoz pasaytiradigan qo’yilgan<\/p>\n\n\n\n
3404. Rim shahri juda qadimiy shahar hisoblanadi. Rim haqida juda ko’p ta’riflar keltirilgan. Yozuvchi Dantening «Ilohiy komediya» asarida Rim so’zida muhabbat yashiringan deydi. DIQQAT SAVOL: Yozuvchining gapini izohlang. Rim so’zida yashiringan muhabbat so’zini toping?<\/strong>
Javob: Rim so’zi italyanchada Roma deb talaffuz qilinadi. Roma so’zini teskari o’qisak «amor» deb o’qiladi. «Amor» lotinchasiga «muhabbat» degan ma’noni bildiradi. <\/p>\n\n\n\n
3405. Qaysi mevaga tuz sepilsa sho’r bo’lish o’rniga shirinlashadi?<\/strong>
Javob: Ananas<\/p>\n\n\n\n
3406. Qiziqarli savol:
Bo\u02bbrining rahimdilligiga,
Otning sog\u02bblomliligiga,
Voyaga yetmaganlar sevgisiga,
«U» larning vadasiga ishonma.
Uni toping?<\/strong>
Javob: Ayollarning (qizlarning)<\/p>\n\n\n\n
3407. 1860-yilning 3-aprel sanasida AQShda pochta aloqasiga ixtisoslashgan otlar xizmatidan foydalanadigan firma tashkil etilgan. Firma nomi ikki so\u2018zdan tashkil topgan bo\u2018lib, 2-so\u2018zi »Express» edi.
Diqqat savol: birinchi so\u2018zini toping?<\/strong>
Javob: Pony Express
Poni bu pakana ot degani<\/p>\n\n\n\n
3408. Aslida biz 11 ta aka-ukamiz. 7 tamiz bir yilda tug’ildik. 3 yil o’tib 8-miz, 2 yildan so’ng 9-miz yana 2 yildan so’ng 10-miz tug’ildi va nihoyat 11 yil o’tib kenjatoyimiz 11-ukamiz tug’ildi. Negadir hamma kenja ukamizni yaxshi ko’radi.
Savol: biz kimmiz yoki nima?<\/strong>
Javob: o’zbek so’mi
1,3,5,10,25,50,100 lik so’mlar 1994 yil, 200 so’mlik 1997 yil, 500somlik, 1999 yil, 1000 somlik 2001 yil, 5000somlik 2013 yil 5000 somlik<\/p>\n\n\n\n
3409. Topishmoq: «Istiqomat qiluvchi o’z uyi bilan doimo birga! Xonadon shovqinli, yashovchi esa jimjit, sukunatda».
Diqqat savol: Topishmoqdagi uy va yashovchini toping?<\/strong>
Javob: Dengiz va Baliq<\/p>\n\n\n\n
3410. Yozuvchi Flavey Magin Avriliy Kassiador nimalarni «Rimning boshqa aholisi»-deya ta’riflagan?<\/strong>
Javob: haykallar<\/p>\n\n\n\n
3411. Hindistonda har oyda ularga ma\u2019lum miqdorda pul to\u2018lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida ham davlat qaramog\u2018ida bo\u2018lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi.
Diqqat savol: Ular kimlar?<\/strong>
Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.
Izoh: Hindistonda aholi soni keskin o\u2018sib borayotganligi munosabati bilan hukumat tabiiy o\u2018sishni shu yo\u2018l bilan kamaytirish maqsadida xohlovchilarga shunday shartnomani taklif qiladi<\/p>\n\n\n\n
3412. T.Malikning «Mehmon tuyg’ular» asarida shunday satrlar bor:
«Bu dunyoning shirinligi-\u2026\u2026ning achchiqligi»
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?<\/strong>
Javob: Ohiratning<\/p>\n\n\n\n
3413. Sovet aktyori Zinoviy Gerdtdan iqtibos: «Do\u2018stlik sevgidan ko\u2018ra buyukroq». Diqqat savol, u do\u2018stlik va sevgi o\u2018rtasidagi qanday asosiy farqdan kelib chiqib shunday degan?<\/strong>
Javob: Do\u2018stlikda tomonlar ikki kishi bo\u2018ladi. Sevgi esa ko\u2018pincha bir tomonlama bo\u2018lishi mumkin. <\/p>\n\n\n\n
3414. Uchta toshbaqa sudralib gaplashib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo\u2019lishi mumkin?<\/strong>
Javob: Toshbaqalar aylana bo’ylab harakatlanayotgan bo’lgan<\/p>\n\n\n\n
3415. Lyuksemburg yevropani rivojlangan mamlakatlari hisobiga kiradi shunga qaramay Lyuksemburg aholisi U yerga joylashish uchun navbat kutishiga to’g’ri kelarkan. Xatto o’z paytida joylashaolmagani uchun Munitsipalga arz ham qilishar ekan.
Savol Qayerga joylashish uchun?<\/strong>
Javob: Qamoqxona<\/p>\n\n\n\n
3416. Erix Mariya Remarkdan iqtibos: X — dunyodagi eng foydasiz narsa. U orqali hech nimani to’g’irlay olmaysan. Aks holda biz aybsiz avliyolarga aylangan bo’lardik. X ni 2 so’zda ayting?<\/strong>
Javob: Tovba qilish<\/p>\n\n\n\n
3417. A. P. Chexov unga quyidagicha ta\u2019rif beradi: \u201cBu ish bilan mashg\u2019ul bo’lganinggizda sizda har xil o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Goho xursand bo’lganga o’xshaysizu, yana cho’chish, xavotir belgisiniyam ko’rsa bo’ladi, birdaniga qo’rqqan kishiga o’xshab qolasiz va yana yuzinggizga tabassum qaytgan bo’ladi. Balki, hayratlanganinggizni ilg\u2019aysiz, keyin yana sergak tortib, bor mehr va diqqatinggizni unga baxshiyda etasiz va u bunga arziydi\u201d
Savol: Chexov qaysi ishdagi jarayonni tasvirlangan?<\/strong>
Javob: Ovqat pishirish<\/p>\n\n\n\n
3418. Uning zamonaviy ishlash tizimi 1963-yili kashf qilingan bo\u2018lib, «pirpirayotgan ko’zlar» deb nomlangan. Devid Vellington o’z kitobida Ularni mayatnikga o’xshatgan.
Diqqat savol: Uni ayting?<\/strong>
Javob: Avtomobil oyna tozalagichi (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/3547?comment=6501)<\/p>\n\n\n\n
3419. Yahudiy maqoli: Gunohni odam qiladi, jazoni X tortadi.
X Nima?<\/strong>
Javob: Xo’roz
Izoh: qurbonlikka<\/p>\n\n\n\n
3420. Agar kelajakda afsus chekishni istamasang 3 narsani to’g’ri tanla:
1.Rafiqangni
2.Do’stingni
3.X ni
X ni toping?<\/strong>
Javob: Kasb, ish<\/p>\n\n\n\n
3421. Ilgari slavyan elatiga mansub xalqlar kelinlari sepida bir emas, ikkita samovar bo\u02bclar ekan. Biri choy qaynatish uchun oshxona jihozi bo\u02bclgan. Ikkinchi samovar yotoqxonaga qoyilgan.
SAVOL: ikkinchi samovarning vazifasi nimadan iborat?<\/strong>
Javob: ko’zgu<\/p>\n\n\n\n
3422. Lotin Amerikalik yozuvchining aytishi bo\u02bbyicha, bir kuni bir hokim terapevt-shifokor huzuriga boribdi. Yelkasi og\u02bbrib hech tuzalmayotganinidan shikoyat qilibdi. Shifokor undan avval og\u02bbriq sababini aniqlab olaylik deb, yurish turishi, yeb-ichishi va hakozalarni so\u02bbray boshlabdi. Shunda haligi hokimni asabi buzilib, «Menga savol bermasdan davolaydigan boshqa mutaxassisni chaqiring debdi. Terapevt chiqib ketibdi va uni olib kelibdi.
Diqqat savol: Kimni olib kelganini ayting?<\/strong>
Javob: Veterinar
Faqat ugina bemorlarni savol bermasdan davolaydi<\/p>\n\n\n\n
3423. Ahli donishning ta\u2018kidiga qaraganda BU ISHNI qilmoqlik til ostiga cho’g’ solib yurmoqlik bilan barobardir.
Diqqat savol:Bu ish qanday ish?<\/strong>
Javob: Sir saqlash<\/p>\n\n\n\n
3424. Bu so’zning ma’nosi shuki kech kirganda ko’chadan begona odam uyga kiritilmaydi, ko’chaga chiqarilmaydi. Bobokalonimiz Abu Ibn Sino ham bu so’z haqida bir qator risolalar qoldirgan.
Bu so’zni aniq ayting?<\/strong>
Javob: chilla<\/p>\n\n\n\n
3425. Savol: Biz rus tiliga e’tibor qaratar ekanmiz uning naqadar keng qamrovli, boy til ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Lekin meni diqqatimni tortgan narsa bu tildagi ,,hukmdor» ma’nosini beruvchi 2 sinonim so’zning boshqa mamlakat yetakchilari nomidan olinganligi bo’ldi. Siz ham menga o’sha yetakchilarni yozib bering<\/strong>
Javob: Buyuk Karl — \u043a\u0430\u0440\u043e\u043b , Yuliy Sezar — \u0446\u0430\u0440<\/p>\n\n\n\n
3426. Odatda sportchilar sog’lom bo’lishadi. Lekin bir sport turi borki sportchi surunkali zaharlanish orttirishi mumkin. Bu qaysi sport turi?<\/strong>
JAVOB: O’q otish sporti.
Tirlar havosida qo’rg’oshin bo’ladi<\/p>\n\n\n\n
3427. «X»ning jahon, xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy turlari mavjud. «X» nemis tilidan «yillik bozor» deb tarjima qilinadi.
SAVOL: X o\u02bbrnidagi so\u02bbzni toping?<\/strong>
Javob: Yarmarka<\/p>\n\n\n\n
3428. Qadimgi Irland maqolini eshiting: Haqiqiy irland uchta narsadan ehtiyot bo’lishi kerak: ot tuyog’idan, buqa shoxidan va alfa tabassumdan.
Alfa kimning tabassumi?<\/strong>
Javob: Ingliz ayoli tabassumi<\/p>\n\n\n\n
3429. Samarqand noni bilan, Qashqadaryo tandir kabobi bilan aytingchi Parkent nimasi mashhur?<\/strong>
Javob: Uzum<\/p>\n\n\n\n
3430. Jorj Washington. Vilyam Shekspir. Sherlok Holms. Napolen Banopart. Aleksandr Pushkin. Lyudvig Van Betxoven. Adolf Gitler.
Ushbu ro’yhatda kim »ortiqcha»?
Javobingiz sababini ham izohlang<\/strong>
Javob: Sherlok Holms ortiqcha chunki u o\u2018ylab topilgan personaj
Adibning to’qima obrazi<\/p>\n\n\n\n
3431. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: «Odamlar ovdan keyin,sayr vaqtida va undan oldin yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar «.
SAVOL:nimadan oldin?<\/strong>
Javob: Saylov oldidan<\/p>\n\n\n\n
3432. Odatda, qishloq va shahar orasida turlicha farqlarni kuzatish mumkin. Kaliforniya universitetiti rahbari Robert Levin buni quyidagicha izohlaydi: \u201cShaharda odamlar tezroq harakatlanishadi, tezroq gapirishadi, bank yo do\u02bbkonlardagi xaridlarni, iloji boricha tezroq amalga oshirishadi. Yana shunday mezon borki, shaharlik erkagu ayolda u qishloqdagilarnikidan ko\u02bbproq\u201d. O\u02bbsha mezon \u201cZakovat\u201d sandiqchasining ichida turibdi.
Diqqat savol: sandiqchada nima bor?<\/strong>
JAVOB: Qo’l soat<\/p>\n\n\n\n
3433. Rossiyada birinchi o’rinni oldi, Fransiyada ikkinchi, Germaniyaga esa uchinchi. Aytingchi bu o’rinlar bog’liqlik tomoni nimada?<\/strong>
Javob: R harfining joylashuvi haqida edi<\/p>\n\n\n\n
3434. Barselona futbol maktabini tilga olganda ko’plab futbol yulduzlar esimizga tushadi. Bu maktabdagi qoidaga ko’ra futbolchi bo’lishni xohlovchilar quyidagi 4 narsaga ega bo’lishi kerak ekan:
1) futbol uchun qobilyat.
2)o’z ustida mehnat qila bilish.
3)taktikani his qila bilish.
4)?
To’rtinchi talabni shakllantira bilish biz murabbiylarning bo’ynidadir deya fikr bildirgandi bir murabbiy!
Savol: Koptok sehrgarlariga Barselona maktabida qo’yiladigan to’rtinchi talabni toping?<\/strong>
Javob: Bardoshlilik.<\/p>\n\n\n\n
3435. Dastlab qattiq minerallardan olingani uchun bu element yunoncha «tosh» deb nomlangan. Bu qaysi element?<\/strong>
Javob: Litiy<\/p>\n\n\n\n
3436. Bu so\u2018z ispanchada «chiroyli», basklarda sal boshqacha «yoqimli», fransuzlarda esa «samimiy» degan ma\u2018nolarga ega.
Savol: Bu qaysi so\u2018z?<\/strong>
Javob: Antanta
(Antanta ittifoqi esingizdadir)<\/p>\n\n\n\n
3437. Kusto filmlaridan birida suzib ketayotgan bolg\u2018a- akula alfaga o\u2018xshatiladi. Bu o\u2018xshatish mantiqan to\u2018g\u2018ri. Chunki akula suvdagi bir tomchi qonni ham darrov sezadi. Alfa ni toping?<\/strong>
3438. Erkaklar uchun-mardona
Ayollar uchun-zaifona
Bolalar uchun-bachkana.
Ro’yhatdagilarni fors-tojikcha so’zda ayting?<\/strong>
Javob: Poyabzal<\/p>\n\n\n\n
3439. Bir maqolada ushbu infeksiya haqida qiziqarli ma’lumot keltirilgan. U juda tez tarqaladi. Unga qarshi immunitetga ega odamlar odatda ziyraklikdan yiroq, hissiz va o’zga odamlar kechinmalariga bee’tibor bo’lishadi.
Diqqat savol: ushbu infeksiyani toping?<\/strong>
Javob: Esnash<\/p>\n\n\n\n
3440. Zamonaviy Germaniya armiyasi jargonida o\u2018q otishda foydalaniladigan katta naushniklarni shunday atashadi. Deyarli 90 yil oldin «tug\u2018ilgan» qahramon ham shunday ataladi.
Diqqat savol: Ushbu qahramonni yoki quloqchin nomini ayting?<\/strong>
Javob: Mikki maus<\/p>\n\n\n\n
3441. Savol: Quturish kasalligi hamma insonlarda va jonivorlarda uchrashi mumkin. Faqat bir sut emizuvchi hayvonning immuniteti kuchliligi uchun uni bu kasallikdan ozod desa ham bo’ladi.
Savol: bu qaysi sut emizuvchi hayvon?<\/strong>
Javob: Cho’chqa<\/p>\n\n\n\n
3442. Shekspir qaysi tuyg’uga «yashil ko’zli maxluq» deb ta’rif bergan?<\/strong>
Javob: Rash<\/p>\n\n\n\n
3443. Ingliz vrachi Highmore sharafiga nomlangan, grippning asorati sifatida namoyon bo’luvchi kasallik qaysi?<\/strong>
Javob: Gaymarit<\/p>\n\n\n\n
3444. O’zi dumaloq, dumi bor, buning ustiga hamma narsani bo’lib tashlay oladi. Akasi esa ancha uddaburon! Pachakilashib o’tirishni yoqtirmaydi.
Savol: u nima?<\/strong>
Javob: vergul<\/p>\n\n\n\n
3445. «Coca-Cola» reklamasi bilan shug’ullanuvchi Amerika kompaniyasi Saudiya Arabistonida kolani reklama qilish uchun oddiy usuldan foydalanib quyidagi ko’rib turganiz 3 ta rasmni ya\u2019ni;
1) cho’lda tashnalikda yotib qolgan odam.
2) kola ichayotgan odam.
3) cho’lda kuchga to’lib yugurayotgan odam rasmlarini yonma yon qo’yib plakat ishlashdida hamma yerga ilib chiqishdi. Va natijani kuta boshlashdi. Lekin ularning reklamasi ular kutgan natijaning aksini berdi.
Diqqat savol: bunday bo\u2018lishiga sabab nima?<\/strong>
3446. Qachon aqlli Dog\u02bbistonliklar o\u02bbzlarining sevimli va chiroyli buyumlarini nazar tushmas joylarga qo\u02bbyib qo\u02bbyishadi?<\/strong>
Javob: Mehmon kelganda
Izoh: Avarlar odatiga ko\u02bbra, mehmon ketishidan oldin ko\u02bbziga ko\u02bbringan har qanday buyumni olib ketishi mumkin ekan. Avarlarning mehmondo\u02bbstligining va aqilliliging bir misoli bu<\/p>\n\n\n\n
3447. Uni amerikaliklar shunchalar muhim hisoblaydilarki, hatto uning birinchi nusxasini maxsus joyda saqlaydilar. Yadro quroli portlashi va boshqa ofatlarda u maxsus yo’lak orqali chuqur yerga tushib ketadi.
Uni toping?<\/strong>
Javob: Mustaqillik Deklaratsiyasi<\/p>\n\n\n\n
3448. Diniy savol: Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning «Injil» dagi ismlari?<\/strong>
Javob: Forqilit (Fraklit)<\/p>\n\n\n\n
3449. Bir kuni Nasriddin afandi va qo\u2019shnisi boy bilan tortishib qolibdi. Shunda boy Nasriddinga men sendan aqlliman, men bilan tortishma debdi. Nasriddin kulimsirab javoban \u201c o\u2019zini aqlli deyish ahmoqning ishi\u201d debdi. Boyning jahli chiqibdi va qoziga nasriddinning ustidan arz qilibdi. Qozikalon ikkalasiniyam huzuriga chaqiribdi va Nasriddin bilan suhbati boshlanibdi: qozi: sen boy otaga siz ahmoq odamsiz dedingmi? Nasriddin: ha,shunga o\u2019xshash gap aytgandim. Qozi: hoziroq bu gapingni qaytib olib, boy otaga siz unday emassiz deginki, aks holda seni zindonga tashlayman. Shunda Nasriddin afandi qozining aytganini qilib, boyga shunday gap aytibdiki u gapi bilan boyning ahmoqligini yana takidlabdiyu lekin shuning bilan birga qozi va boyning oldiga o\u2019zini oqlab uyiga qaytibdi.
Diqqat savol:Afandi nima degan?<\/strong>
Javob: \u201dsiz ahmoq, odam emassiz.»<\/p>\n\n\n\n
3450. Har yili dunyoda 7000 dan ziyod insonlar doktorlarning bitta xatosi sababli hayotdan ko\u2019z yumushar ekan. Savol: doktorlarning qanday xatosi sabab?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob: Tushunarsiz yozuvi<\/p>\n\n\n\n
3451. Tropik mamlakatlarida u bino ichida kunu-tun kuchli yorug’likka ega chiroqlar yonib turmasa bo’lmaydi.
Savol: Qanaqa binoda?<\/strong>
Javob: Kutubxonalarda, chunki u yerda namlik o’ta kuchli kitoblar tez chirib ketishi mumkin<\/p>\n\n\n\n
3452. Olim Per Buast fikricha, insonlar hayotining dastlabki qismini o’liklar bilan, ikkinchi qismini tiriklar bilan suhbatlashib o’tkazishi , oxirgi qismini esa o’zi bilan gaplashib o’tkazishi kerak.
Savol: O’liklar bilan suhbat deganda nima nazarda tutilgan?<\/strong>
Javob: Kitob o’qish<\/p>\n\n\n\n
3453. Qo\u02bbshrabotlik mirishkor dehqonlar tarvuz paykalida pishayotgan tarvuzlarning yoniga kichkina idishchalarda suv solib qo\u02bbyishgan ekan.
Aytingchi nima maqsadda bu usul qo\u02bbllanilgan?<\/strong>
Javob: Chanqagan qushlar tarvuzni cho\u02bbqib suvini ichishga harakat qilmaydi! Yonidagi idishdan suv ichadi! <\/p>\n\n\n\n
3454. Sharq mamlakatlarida memorchilikning o’ziga xos uslublari bor. Podsho saroyidagi marosim zallarining to’rttala burchagiga suvlar favvora sifat qilib, oqizib qo’yilganini kuzatamiz. Birinchidan u sovutgich vazifasini o’tagan. Bu favvoralarning yana bir o’ta muhim vazifasi bo’lgan.
Savol: Qanday vazifa yoki qanday maqsadda foydalanilgan favvoralar?<\/strong>
Javob: Mahfiy sirlarni ayg’oqchilar eshitmasligi uchun.<\/p>\n\n\n\n
3455. Dunyoda 3 ta aka-uka bor.
Birinchisi:Ovqat yeb to\u2018ymas ekan.
Ikkinchisi:Suv ichib to\u2018ymas ekan.
Uchinchisi:Sayr qilib to\u2018ymas ekan.
Diqqat savol:3 ta aka-ukalarni ayting?<\/strong>
Javob: 1-Olov, 2- yer va 3-daryo<\/p>\n\n\n\n
3456. Yaponiyada Samuray maktab imtihoniga kirib asosan 3 ta sinovdan o’tishar ekan:
1-sinov. Jangavorlik.
2-sinov. Ochlik va suvsizlikka chidamli bo’lish.
3-siov. Bolalarni dovyurakligini va qo’rqmasligini tekshirish.
Diqqat savol: 3-sinovni qanday yo’l bilan amalga oshirishadi?<\/strong>
Javob: ularni tunda qabristonga jo\u02bbnatishgan! (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/3595?comment=7058)<\/p>\n\n\n\n
3457. Fors maqoli. Atirgul qayerda unmasin uning . . . maqolni davom ettiring?<\/strong>
Javob: Tikoni bor<\/p>\n\n\n\n
3458. Matematik olim Abdulhamid Fozilning aytishicha, sayyoramiz 360 ta vaqtli meridianga bo\u2019lingan. Bu meridianlardan har biri boshqasidan roppa-rosa 4 daqiqa farq qiladi. Agar X ni to\u2019g\u2019ri to\u2019g\u2019ri talaffuz etilsa u roppa rosa 4 daqiqa davom etadi va sayyoramizda tinimsiz yangrab turadi. Diqqat savol: X ni toping ?<\/strong>
Javob: Azon (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/3597?comment=7072)<\/p>\n\n\n\n
3459. Uning bunday deb nomlanishiga bir necha sabablar bor. Birinchidan keng peshonasi, alpqomatli, kelbatli keng ko’krak qafasga ega bo’lganidan. Lotinchada uning nomi ham keng deb tarjima qilinadi. Keng darajali aqlni yanada kengaytirish uchun unga eshitganlarining o’zi kifoya kilgan. Hurmatli bilimdonlar, yuqoridagi keng bilim sohibini osongina toparsiz deb o’ylaymiz?<\/strong>
Javob: U zot faqat quvvai-hofizasi bilan, biror satr ham yozmay donishmandlik unvoniga sazovor bo’ldi. Shundan bo’lsa kerak, uning ta’limoti 25 asrdan buyon o’lmayapti. Bu buyuk faylasuf \u2013 Aflotun edi. Platus-lotinchada keng degan ma’noni bildiradi. (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/3598?comment=7080)<\/p>\n\n\n\n
3460. Bizda azaldan qiz bilan yigit bir-birlariga uzuk taqishadi nikoh payti. Shvetsiya davlatida hozir emas, albatta, 20-asr boshlarigacha kuyov to’yda kelinga 2 ta uzuk sovg’a qilar ekan. 1-si nikoh uzugi, 2-si ona bo’lsin deb onalik uzugini ham taqar ekan. Eng qizig’i ayrim qizlarning otalari to’y kuni kuyovga uzuk taqar ekan.
Savol: Nega hamma otalar emas, ayrim otalar kuyovlariga to’yda uzuk taqishadi?<\/strong>
Javob: Gap shundaki, Shvetsiyada har bir oilaning ramziy uzuklari bo’lgan. Agar o\u2018sha otaning o’g’li bo’lmasa oila an\u2019anasini davom ettirishni qizining eriga, ya\u2019ni kuyoviga ishonib topshiradi. <\/p>\n\n\n\n
3461. Yashil rang bilan ko’k rang juda bir-biriga yaqin ranglar hisoblanadi. Qanchalar yaqin bo’lmasin, ular baribir raqib ranglar hisoblanadi. O’zbek mutaxassislari yashil va ko’k rangni oddiy bir narsada ustalik bilan namoyon eta olishgan.
Savol: U narsa nima?<\/strong>
Javob: O’zbek sport mutaxassislari topishgan narsa — milliy kurash<\/p>\n\n\n\n
3462. Quyidagi Rasmdagi o’yinchoqni ma’lum bir soha egalari ish yuzasidan o\u2018z maqsadiga erishish uchun ishlatadilar u narsa bo\u2018lmasa maqsadiga erisholmaydi
Javob: Fotograflar
3463. Yaqinda yangi soat olgandim. Chapaqayligim sabab yozuv yozish uchun noqulay deb o’ng qo’limga taqib yurdim. Lekin kursdoshimni bir gapiga ko’ra agar soat o’ng qo’limda bo’lsa «bu ish» ni bajarish anchayin mushkul bo’lib qolar ekan.
Savol: Bu ishni savoldan uzoqlashmagan holda maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: U ish-Soat muruvatini burash ya\u2018ni vaqtni to\u2018g\u2018irlash<\/p>\n\n\n\n
3464. Armiya davlatning asosiy kuchi hisoblanadi. Masalan, Shimoliy Koreyada aholining 5 foizi armiyada hizmat qiladi. USHBU davlatda esa, 2004-yil eng internatsional(ko\u2018p millatli) armiya hosil bo’ldi. Ya\u2018ni 7622 askar 136 millatga mansub. Savol bu qaysi davlat?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob: Fransiya<\/p>\n\n\n\n
3465. Norvegiyada siz hatto X da ham cheksiz internet xizmatiga va oliy ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. Savol: x ni toping?<\/strong>
Javob: Qamoqxonada<\/p>\n\n\n\n
3466. «Haqiqiy yigit arslonday irillay oladi» shiori ostida har yili Janubiy Afrikaning Nelotreyt shahrida musobaqa o’tkaziladi. Musobaqada arslonday irillay oladiganlar saralanadi. Musobaqa g’oliblari va sovrindorlari X ga eng mos deb hisoblanar ekan. Diqqat Savol: X nima ekanligini toping?<\/strong>
Javob: Kuyovlikka<\/p>\n\n\n\n
3467. Bir aqsh dollarida tasvirlangan piramidaning pastgi qismida qanday yozuv aks ettirilgan va uning ma\u02bcnosini ayting?<\/strong>
Javob: MDCCLXXVI — 1776. Bu AQSHning mustaqillik bo\u02bblgan yili!<\/p>\n\n\n\n
3468. Insondagi eng qimmatli narsa bu vaqt. Rim faylasufi Senekaning fikricha, sizning vaqtingizni o’g’risi aynan ular ekan. Hurmatli bilimdonlar, eng ko’p
vaqtingizni o’g’risi kimlar?<\/strong>
Javob: Vaqtning eng katta o’g’risi, bu do’stingiz ekan. Diydorlashgach, soatlab, kunlab vaqtingiz ular bilan suhbatga ketadi. Seneka \u2013 eng ko’p vaqt o’g’rilari do’stlarimizdur degan. Balki vaqt do’stdan ham qadrlidur- demoqchi Seneka<\/p>\n\n\n\n
3469. Tarixda kim katta o’zgarishga qo’l urgan Napaleonmi yoki Yuliy Sezar ?
Albatda Ikkalasi ham emas tarixda eng katta O’zgarishga ular qo’l urgan ekan .
Ho’sh mantiqan aytingchi Ular Kimlar?<\/strong>
Javob: Tarixchilar<\/p>\n\n\n\n
3470. Gruzinlarda bir maqol bor «May yomg’iri oltin, iyun yomg’iri kumush.
Diqqat savol iyul yomg’iri nimaga qiyoslangan?<\/strong>
Javob: Olov<\/p>\n\n\n\n
3471. Olimlarning aytishi bo’yicha xitoyliklar yemaydigan narsani o’zi yo’q ekan lekin daryoda suzib yuruvchi bir narsani yemas ekan.
Savol: daryodagi suzib yuruvchi narsa nima?<\/strong>
Javob: Kema<\/p>\n\n\n\n
3472. Qadimda bir podshoh oshpazlarni chaqirib osh qilishni buyuradi, lekin oshda biror kamchilik bo\u02bblmasligini buyuradi. Shunda bir mohir oshpaz shunday osh qiladiki bu dunyodagi eng mazali osh bo\u02bblib, yeganlarning og\u02bbzida qoladigan darajada bo\u02bbladi Keyin oshni podshoni dasturxoniga laliga suzib tortishadi, podshoh oshdan bir qoshiq yeb keyin shunday deydi: «Suzilgan bu oshingda nimadur kam ekan?»deydi va u nima ekanligini topishni buyuradi.
Savol bu nima? Qizig\u02bbi shundaki oshda hamma masalliq joyida ,tami ham juda mazali edi.<\/strong>
Javob: Bir qoshiq osh kam! Axir uni podshoh yeb ko\u02bbrgandi<\/p>\n\n\n\n
3473. Abu Rayhon Beruniyning «Javohirnoma» asarida bir podsho hovuzida timsohlar boqar ekan. Lekin ba’zi sababga ko\u02bbra vaqtinchaga ularni boshqa hovuzga haydab utishar ekan.
Nimaga podshoh saroyining yonidagi hovuzda timsoh boqilgan va nimaga boshqa hovuzga timsohlarni haydab o\u02bbtishgan?<\/strong>
Javob: Hovuzda hazina saqlangan va hazinaga ehtiyoj borida timsoqlar boshqa hovuzga o\u02bbtkazilgan! <\/p>\n\n\n\n
3474. Muqaddas kitoblarda X uy rozg’or anjomi, uning qilqanoq yanoq va ayrim turlari tabobatda ishlatiladi. X ni toping?<\/strong>
Javob: Igna<\/p>\n\n\n\n
3475. Bir qishloqda dindor kampir yashar edi. Shu paytgacha hech kim hech qachon undan yomon gap eshitmagandi. Lekin u hamma uchun muloyim gap va maqtashga arzigulik tarafini topib aytib o\u2018tardi. Bir kuni yoshlar qariyani sinamoqchi bo\u2018lishdi.
O\u2018ylashdiki, undan inson qalbi dushmani haqida so\u2018raymiz-u, u haqda aniq yaxshi gap aytmaydi.
\u2014 Buvijon, shayton haqida nima deb o\u2018ylaysiz?
Kampir biroz o\u2018ylanib, javob berdi: .?
Diqqat Savol kampir qanday javob bergan?<\/strong>
Javob: U juda tirishqoq degan<\/p>\n\n\n\n
3476. G. Ratner
-«U hamma eshiklarni ochadi shu bilan birga do’zaxnikini ham» degan edi.
G. Stayn esa U hamma vaqt borligini faqat Uning «uyi» o’zgarib turishini ta’kidlagan.
X. Shenk fikriga ko’ra, faqat qarz olishgina Usiz bajariladigan ish ekan.
Savol: yuqoridagi insonlar nimaga ta’rif berishgan?<\/strong>
Javob: Pul<\/p>\n\n\n\n
3477. Usmoniylar davlati 1299-yildan 1922-yilgacha hukmronlik qilgan Bu davrlarda Rossiya va Gretsiya bilan urishgan Gretsiya bilan jangda uzoq davom janglarni birida ular o’qlari tugaydi shunda hamma askarlari hammamiz o’lamiz endi deyishganda qo’mondoni shunday xiyla ishlatganki ular tirik qolishgan.
Diqqat savol: ular ishlatgan xiylasi toping?<\/strong>
Javob: Yostiq
Izoh: Biz bilamizki yostiq ham qotillik qurollaridan biridir kinolarda ko’p ko’rgandirsiz
U geograf o’zbek xonadonlarida yostiq judayam ko’pligini aytgan<\/p>\n\n\n\n
3478. Allen Karrning «CHEKISHNI TASHLASHNING OSON YO’LI» degan kitobida «Chekishning foydali tomonlari» degan alohida bo’lim bor. Shu bo’limda nima haqida yozilganini tahmin qilib ko’ringchi?<\/strong>
Javob: Chekishning umuman foydasi yo’qligini ko’rsatish uchun kitobning shu bo’limini bo’m-bo’sh qoldirgan va keyingi bo’limga o’tgan. (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/3618?comment=7248)<\/p>\n\n\n\n
3479. Oysiz tunda daryo yonida cho’pon o’tiribdi. Atrofda sigirlari zo’r berib o’t yemoqda. Bog’langan oti esa yotib olgan. Qo’ylari hammasi bir joyga to’planib olgan. Daryoda esa baliqlar sakrab suv ustida o’ynayapti. Bularning bariga e’tibor qilgan aqlli cho’pon, atrofga alanglab bir narsa qidiryapti.
Diqqat savol: Sizningcha, u nimani qidirmoqda?<\/strong>
Javob: Pana joy
Izoh: Cho\u02bbpon yomg\u02bbir yog\u02bbishini sezgan<\/p>\n\n\n\n
3480. Arab shifokorlari uni dorixonalarda dori vositasi sifatida sotish taklifi bilan chiqibdi. Dunyo olimlari bo’lsa, \u0430gar u har bir insonni taomnomasida bo’lsa, inson depressiya nimaligini bilmaydi va doimiy ravishda yosharib boradi deb ta’kidlashmoqd\u0430. \u0425\u0430tto bir nechta Gollivud \u0430ktyor va aktrisalari uning foydasini bilib, \u0445unuk ko’rinsada uni sinab ko’rmoqda ekan. \u041c\u0435n hatto uni arab shayhlari muzqaymoqqa qo’shib yeganini ham ko’rdim.
Savol gap nima haqida?<\/strong>
Javob — \u041eltin (oltin kukuni)
Izoh- \u041eltin kukuni juda foydali bo’lib, u insonni yoshartirib, depressiyani yo’qotish hususiyatiga ega. Gollivudlik aktyor va aktrisalar ( \u041c.n Madonn\u0430 ) \u041eltindan yasalgan kapa taqib yurarkan. \u0410rab shayhlari esa muzqaymoq ustiga oltin kukuni sepib yer ekan.<\/p>\n\n\n\n
3481. 1987 yilda Armanistonda, 1966 yilda Toshkentda, 1949 yili Ashhabodda, 1924 yili Tokioda kuchli zilzilalar ro’y bergan. Zilzilalar eramizdan avval ham bo’lgan. Lekin ularning ko’plari qayd etilmagan. Faqat eramizdan avvalgi 394 yilda sodir bo’lgan zilzilagina tarix sahifasiga yozilgan.
Bu zilzila qaysi shaharda ro’y bergan va eng katta zarar nimadan iborat bo’lgan?<\/strong>
Javob: Bu zilzila Afinada, Olimp tog’i bag’rida ro’y beradi. Shahar vayrona bo’ladi va Olimpiada o’tkazilishi to’xtatiladi.<\/p>\n\n\n\n
3482. 1699- yilgacha qaysi xalqlar Yangi yil bayramini 1-sentabr kuni o\u02bbtkazishardi?<\/strong>
Javob: Slavyan xalqlari<\/p>\n\n\n\n
3483. U haqida inglizlar shunday deyishadi: «Oppoq tana va matoli qalb birlashib, tillarang jilva hosil qiladi».
U ni toping?<\/strong>
Javob: Sham<\/p>\n\n\n\n
3484. Polshalik taniqli yozuvchining fikrini davom ettiring:
«XAVF BO’LIB TURGANDA QAHRAMONLAR KERAK, AMMO BOSHQA PAYTLARDA ULAR\u2026\u2026»
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?<\/strong>
Javob: XAVF BO’LIB TURGANDA QAHRAMONLAR KERAK, AMMO BOSHQA PAYTLARDA ULARNING O’ZLARI XAVFLIDIR.<\/p>\n\n\n\n
3485. «Amr qilamanki, vazirlar ushbu to’rt sifatga ega bo’lsinlar:
1) asllik, toza nasllik;
2) aql-farosat;
3) sipohu raiyat avlodidan xabardor va ularga xushmuomala bo\u2018lish;
4) sabr, chidamlilik, tinchliksevarlik.
Bunday fazilatli vazirlarga ishonch, imtiyoz, e\u2019tibor va iqtidor berdim\u2026»
Hurmatli bilimdonlar siz ushbu misralar qaysi tarixiy asardan olinganligi aniq ayting!<\/strong>
Javob: Temur Tuzuklari<\/p>\n\n\n\n
3486. Samuraylar kodeksi «Budosin’yu»da shunday yozilgan: «Samuray har kuni ertalab sochini turmaklashi, so’ngra mashq qilishi, keyin vaziyatga mos kiyinishi shart. Ammo har kuni qaysi kiyimda bo’lishidan qat’iy nazar, belida kamari, 2ta qilichi va U bo’lishi kerak. U nima?<\/strong>
Javob: Bu yelpig’ich. Samuraylar ko’p hollarda yelpig’ichdan qurol, himoya vositasida foydalanishgan.<\/p>\n\n\n\n
3487. Tovuq fermalariga yangi ozuqa kelsa ozuqani birinchi «ularga» berishadi agar «ULAR» o’lib qolishmasa keyin tovuqlarga berishadi. Diqqat «Ular» deganda nima nazarda tutilgan?<\/strong>
Javob: BALIQLAR
Izoh: bu yemishni baliqlarga suvga soladi va ular tajribadan o’tsa o’lmasa tuvuqlarga beriladi.<\/p>\n\n\n\n
3488. Nima uchun Misrda odamlar tomi yopilmagan uyda yashashni afzal ko’radilar?<\/strong>
Javob: Tomi yo\u02bbq uylarga soliq to’lanmaydi.<\/p>\n\n\n\n
3489. Ibn Sino hotiralar kitobida shunday yozadi: «Bir yashar paytlarim negadir osmon katak-katak ko’rinardi. Buning sababini bilmasdim. Enagamdan so’raganimdan keyingina buning sababini bildim.
Nima uchun Ibn Sino 1 yashar paytlari osmon katak katak ko’ringan deb aytadi?<\/strong>
Javob: Chaqaloqlarning yuziga pashsha qo’nmasligi uchun yuziga elak yopib qo’yishgan<\/p>\n\n\n\n
3490. 1932-yil Noyabr oyida Avstraliya harbiy kuchlari X larga qarshi »urush» e\u2019lon qildi. Ammo dekabr oyida ular »mag\u2018lubiyatga» uchradi. X lar soni kamligi tufayli »g\u2018alaba qozonishdi».
X-?<\/strong>
Javob: Tuyaqush<\/p>\n\n\n\n
3491. Bu suratdagi musiqachilar dunyoning qolgan sozandalaridan deyarli farqi yo’q. Lekin ular qilgan bir ishi uchun tarixda o’chmas iz qoldirgan.
Javob: Bular titanik kemasida bolishgan.KEMA cho’kayotgan payti odamlarga dalda berishgan. <\/p>\n\n\n\n
3492. «Zakovat» sandiqchasida doimiylik, sadoqat, uzviylik, ulug’lik ramzi bo’lgan bir narsa bor. U narsalarning sifatini juda yaxshi saqlaydi . Shuning uchun bu narsa bebaho sanaladi.
Savol: Sandiqchada nima bor?<\/strong>
Javob: Tuz<\/p>\n\n\n\n
3493. Futbolda Barselonacha uslubda urilgan gol bilan tarixga kirgan golni bir necha yil oldin o’tgazilgan O’zbekistan liga kubogida Qo’qon-1912 klubi Lokomativ klubiga shu uslubda gol urishda
Bu qanday usulda urilgan gol?<\/strong>
Javob: Penaltidan pas orqali urilgan gol<\/p>\n\n\n\n
3494. «Rus haqiqati»ga ko\u2018ra kreditga olingan pul va tovarlarini yo\u2018qotgan savdogarlardan uch holatda kredit qaytib olinmagan.<\/strong>
1. Qaroqchilar hujumiga uchrasa.
2. Kema halokatga uchragan bo\u2018lsa.
Diqqat savol: 3-holat qanday ekanini ayting?<\/strong>
Javob: Yong\u02bbin sabab pul yoki tovaridan ayrilsa<\/p>\n\n\n\n
3495. Dunyoda juda ham antiqa qonunlar ko\u2018p. Ayniqsa, bu borada AQSH yetakchilik qiladi. Shunday antiqa qonunlardan birini eshiting. Kaliforniya shtatida uyiga qopqon qo\u2018ymoqchi bo\u2018lganlar, albatta bir hujjatga ega bo\u2018lishlari shart ekan.
Diqqat savol, bu qanday hujjat?<\/strong>
Javob: Ov uchun ruxsatnoma<\/p>\n\n\n\n
3496. L.Kaganovning ertagidan: «Lekin U uni Lenin qo’llarida qanday ko’tarib yurganini hikoya qilishni boshlashi bilan , bolalar kulib yuborishdi va saqichlarini unga tuflay boshlashdi, aslida esa U haqiqatni gapirgan edi. Bu ish U tug’ulgunga qadar , shanbaliklar vaqtida bo’lar edi»
U Kim?<\/strong>
Javob: Buratino
Ma’lumki Lenin dastlab oddiy ishchi bo’lgan va yelkalarida Buratinoni tug’ulmasdan avval- g’olalik paytidayoq ko’tarib tashigan.<\/p>\n\n\n\n
3497. Zamonaviy qiruvchi samolyot uchuvchilarining reaksiyasi tezligi 20-30 yildagiga qaraganda sezilarli darajada yuqorilagan. Bir nemis mutaxassisi fikricha, bunga sababchi bo\u2018lgan omillardan biri ULARni oxirgi yillar ichida juda keng tarqalgani bo\u2018layotgan ekan. Ularni toping?<\/strong>
Javob: Kompyuter O’yinlari (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/3639?comment=7477)<\/p>\n\n\n\n
3498. She\u02bcriy savol!
Ko’p yillar yashar o’zi,
Sira yumilmas ko’zi.
Tong otar-u bo’lar kech,
O’z joyidan jilmas, hech.
Diqqat savol: She\u02bcrda nimaga ta’rif berilmoqda?<\/strong>
Javob: Haykal<\/p>\n\n\n\n
3499. Inson tanasidagi eng mustahkam qismi bu \u2014 ‘X’lar bo\u2018lib, ular eng oxirida chirishni boshlaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan, eramizdan avvalgi ming yillar oldin mumiyolangan jasadlar ichida, skletdan tashqari \u00abyashab\u00bb qolgan qismi bu \u2014 ‘X’lar edi.
Savol:’X’lar nima?<\/strong>
Javob: Tuklar<\/p>\n\n\n\n
3500. Fazoga olib chiqilgan eng birinchi alkogolsiz ichimlik?<\/strong>
Javob: Coca cola<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"