{"id":136942,"date":"2024-06-28T14:51:10","date_gmt":"2024-06-28T11:51:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136942"},"modified":"2024-07-05T07:26:06","modified_gmt":"2024-07-05T04:26:06","slug":"65-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/65-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"65-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
6401. N.V. Gogoldan asarlaringizning yutug’i nimada deb so’rashsa, u «olovda» deb javob beribti. Yozuvchi nimani nazarda tutgan?<\/strong>
Javob: asarlarimni yozaman yoqaman, yozaman yoqmasa yana yoqaman.<\/p>\n\n\n\n
6402. Ushbu Holywood aktyori aslida duradgor bo’lib u kino olamiga kino studiya eshigini ta’mirlash orqali kirib kelgan u hozirda yoshi o’tib qolgan bo’lsa hamki eng qimmat aktyorlardan biri hisoblanadi. Qaysi aktyor?<\/strong>
Javob: Harrison Ford<\/p>\n\n\n\n
6403. Bu narsa go’zallarning shaydoyi ashyosi hisoblanib. O’zi yumshoq, metinni yora oladi, qilichni ham taslim qilib, mash’ala ham bo’la oladi.
DIQQAT SAVOL. Gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Qalam<\/p>\n\n\n\n
6404. Axmoniylar o’z kuch qudratlariga shunchalar ishonganki yangi poytaxti Persapolisni qurishda alfa dan voz kechishgan. Alfa nima?<\/strong>
Javob: Shaharni mudofaa devorlari bilan o’rashmagan ya’ni voz kechishgan<\/p>\n\n\n\n
6405. Buyuk rus komedik asarlar yozuvchisi har doim qattiq uyqu paytida o’lib qoldi deb ko’mib yuborishlaridan qo’rqan va buni tekshirish uchun odamlar u yozuvchini o’limidan keyin qabrini ochib ko’rib xayratta qolishgan chunki u qo’rqan voqea ya’ni tiriklayin ko’milgani ma’lum bo’lgan. Diqqat savol u kim edi?<\/strong>
Javob: N. Gogol<\/p>\n\n\n\n
6406. Bu so\u2018z arab tilida \u201cyuk ko\u2018taruvchi\u201d degan ma\u2019noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so\u2018z qaysidir ma\u2019noda to\u2018g\u2018ri bo\u2018lishi mumkin. Lekin bu so\u2018z deyarli umuman boshqa ma\u2019noni anglatadi.
Savol Bu qanday so\u2018z?<\/strong>
Javob: Vazir<\/p>\n\n\n\n
6407. Ulkan va mahobatli «Gindenburg» drijabli o’zining Nyu
Yorkdagi birinchi parvozidayoq yonib ketadi. Olimlar bu
drijablga ikki so’zdan iborat nom berishadi. Birinchi
so’zi «Havodagi \u2026..» ikkinchi so’zni siz ayting?<\/strong>
Javob: Titanik
Izoh: Bu drijabl juda ulkan bo’lgan va o’zining birinchi parvozidayoq yonib ketadi. Olimlar unga «Havodagi Titanik» deya nom berishgan. Titanik ham birinchi safaridayoq cho’kib ketgan.<\/p>\n\n\n\n
6408. Afrikadagi bir xalq iborasida shunday deyiladi: Do’st bo’lsang X va Y dek bo’l! Chunki X va Y haqiqiy do’stdirlar. X qahramonlarcha Y ni ortidan yetaklab, uni o’z himoyasida olib yuradi. Y esa X ni ko’rsatgan yo’lidan yuradi.
O’zimizdagi bir iborada X ni start va Y ni finish m’anosida keltirilishini aytib o’taman.
Savol: X va Y ni ikki so’zda ayting?<\/strong>
Javob: Igna va Ip<\/p>\n\n\n\n
6409. Tasavvur qiling, Sandiqchadagi narsaning o\u2018rnini qadimgi Rimda bir qop toshchalar egallagan. Siz lotin tilida tosh so\u2018zi qanday aytilishini bilsangiz, sandiqchadagi narsani qiynalmasdan topasiz.
Savol: Sandiqchada nima bor?<\/strong>
Javob: Kalkulyator
Izoh: Lotinchada calculator — «hisoblagich» ma\u2019nosini beradi. Bu so\u2018z calculus — «toshcha» so\u2018zidan olingan bo\u2018lib, rimliklar mayda toshlar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirishgan.<\/p>\n\n\n\n
Javob: Bu teshikcha sigaret chakuvchi insonlarga mo\u2018ljallangan bo\u2018lib, sovuq vaqti qo\u2018l muzlab qolmaslik uchun o\u2018sha teshikchaga sigaret qistirib, bemalol chakish mumkin. <\/p>\n\n\n\n
6411. Yevropadagi bir mashhur shahar fuqorolarining 90% uyda mushuk boqadi. Chunki u yerdagi aholi uylariga sichqonlar emas , kalamushlarning hujumi ko’proq kuzatiladi . Eng qizig’i , mushuklarning o’zi ham bu shaharda ko’p zerikadi.
Savol: Bu qaysi shahar ?<\/strong>
Javob: Venetsiya<\/p>\n\n\n\n
6412. Toxir Malikning «Murdalar gapirmaydilar» qissasida- «Tursunali zekvagonda yonma yon kelgan badbashara odamning laqabi «Udav» ekanini Tengizdan eshitdi. Eshitdi-yu, bular bilan xazillashib bo’lmasligini yana bir karra ishondi.» degan jumlasi bor.
Savol: Shu jumladagi qo’shtirnoq ichidigi «Udav» laqabinig ma’nosini ayting?<\/strong>
Javob: Bo’g’ma Ilon<\/p>\n\n\n\n
6413. X bilimlar manbaidir. Y esa umidlar bulog’idir. X va Y oralig’ida ham nimadir bor. Yordam berib shuni aytishim mumkinki, bergan savolim ayni paytda X bilan, olinadigan javobim esa Y bilan bog’lik. Diqqat savol: X va Y ni ayting?<\/strong>
Javob: X-O’tmish Y- Kelajak<\/p>\n\n\n\n
6414. Diqqat savolda almashtirish bor
Yashirin reklama tushunchasi ko’pchilikka tanish bo’lishi tabiiy. Marketing tilida «\u0420rodakt \u0420leysment» deb nomlanuvchi reklamaning bu turidan bugungi kunda o’zimizda ham juda keng foydalanishmoqda. Vikipediyada yozilishicha, uning tarixi 1929-yilda paydo bo’lgan ,,KA\u0420ITAN VRUNGEL» personaji bilan bog’liq ekan. Aynan VRUNGEL tufayli davlatning butun hududida bir qishloq xo’jalik maxsulotining iste’moli 30%ga oshgan. Aytingchi, Qaysi mahsulot haqida ga\u0440 ketmoqda?<\/strong>
Javob: Ismaloq.
Izoh: Savolda «KAPITAN VRUNGEL» so’zi «DENGIZCHI PAPAY» personaji bilan almashtirilgandi. Ushbu Multfilmni ko’rganlar bilishadiki, Papay ismaloq iste’mol qilgandan so’ng mislsiz kuchga to’lib-toshib ketgan ))<\/p>\n\n\n\n
6415. Bu narsaning asosiy 4 xil rangi mavjud:
\u2022Qizil- bu rangdagisidan garchi komunizm o’tmishda qolgan bo’lsa ham, kommunistlar foydalanishadi.
\u2022Yashil-bu ranglisidan musulmonlar foydalanishadi.
\u2022Ko’k-bu rangdagisidan amerikaliklar foydalanadi, 1976 yilgacha ular ham yashil ranglisidan foydalanishardi.
\u2022Qora- bu ranglisi juda kamyob bo’lib, kam uchraydi. Bu rang Yangi Zellandiyaning milliy rangi hisonlanadi.
Savol: Bu narsani toping?<\/strong>
Javob: Passport<\/p>\n\n\n\n
6416.Volterning hikmatli gapi:
«U ahmoqlar uchun og’ir yuk, nodonlar uchun qish, aqllilar uchun kuz va hosil to’plash mavsumi»
DIQQAT SAVOL:Volter bu ta’rifni nimaga nisbatan aytgan edi?
Javob: Qarilik (keksalik)<\/p>\n\n\n\n
6417. Hamyurtlarimmiz anchagina hazilkash bo’lib qolishgan! AQSH prezidenti Donald Tramp qasamyodi paytidagi tushurilgan rasmda bir narsa (aslida bo’lmagan) unga g’alaba keltirgan degan gaplar tarqaldi!
DIQQAT SAVOL: Tramp aka ga nima g’alaba keltirgannini aniq ayting?<\/strong>
Javob: Ko’zmunchoq<\/p>\n\n\n\n
6418. Qadimgi Rim shoiri Vergiliy o’z uyi hududida pashshaning dafn marosimini o’tkazadi. Unda go’rkovlar, mehmonlar ishtirok etib, marhum xotirasiga uzundan-uzun xotira so’zlari aytilgan. Biroz ahmoqona tuyulishi mumkin, biroq Vergiliy bundan bir maqsadni ko’zlagan edi. Diqqat savol: U qanday maqsadda bu ishni amalga oshirgan?<\/strong>
Javob: Pashsha dafn qilingach, uning uyi mozor deb e-lon qilinadi. Mozorlardan esa soliq olinmagan. Vergiliy bu orqali soliqlardan qutulishni ko’zlagan.<\/p>\n\n\n\n
6419. Shifokordan umri oz qolganini eshitganda hamma turlicha ish bilan hayol bilan mashg’ul bo’ladi.
pessimist bo’kkuncha ichadi.
Optimist boshqa shifokorga boradi
Savol realist nima qiladi?<\/strong>
Javob: Vasiyatnoma Yozadi<\/p>\n\n\n\n
6420. Savol. Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posponidir, u yana 3 qo’riqchi ustidan ham posponlik qilguvchidir. Zero,ezgulik va yovuzlik aynan shu 3 a’zo orqali qalbga kirib boradi, insondagi shu 3 a’zoni toping?<\/strong>
Javob: Til, ko’z, quloq<\/p>\n\n\n\n
6421. Antiqa ekspertlarning antiqa kuzatuvlari natijasida shu ma’lum bo’libdiki, mashinasi bor haydovchilar mashinalarini yuvishda 3 toifaga bo’linar ekan. Birinchichisi o’zlari mashinalarini yuvisharkan,
Ikkinchisi esa pul berib moykada boshqalarga yuvdirar ekanlar.
Savol uchinchi toifa odamlarni toping?<\/strong>
Javob: Yomg’irni kutishadi(yuvishadi)<\/p>\n\n\n\n
6422. Veterinarlar mol tanasidagi qonni to’xtatishning eng oson va qulay yo’lini topishgan. Bint yoki paxta bo’lmagan hollarda bemalol qo’rqmasdan u qattiq narsani surkab qo’ya qolishgan. U qonni to’xtatgan.
Savol: Qonni to’xtatish xususiyatiga ega qaysi modda haqida ketyapti?<\/strong>
Javob: Shakar<\/p>\n\n\n\n
6423. Qadimgi Xitoyda imperator shifokori sidqidildan ishlashi uchun unga shunday haq to’lash usuli joriy etilgan .
Savol: qanday usul?<\/strong>
Javob: Agar imperator kasal bo’lib qolsa, u sog’ayib ketmaguncha shifokorga haq to’lanmagan.<\/p>\n\n\n\n
6424. Hammaga ma’lumki salomlashish madaniyat bilan bir qatorda salomatlik tilash hisoblanadi. VIII-IX asrlarda Mo’g’ul fuqarolari bir-birlari bilan noodatiy usulda salomlashgan.
Savol: Qanday salomlashishgan.?<\/strong>
Javob: Tilini chiqazib salomlashishgan<\/p>\n\n\n\n
6425. 14-mart kuni AQSh da bir bayramni aholi keng nishonlashadi. Bu bayram nishonlash sababi Xitoyda kashf qilingan bir narsa sabab.
Savol: Xitoyda kashf qilingan nimani AQSHda nishonlanadi.?<\/strong>
Javob: Pi soni.
\u03c0 ~ 3.14!<\/p>\n\n\n\n
6426. Mutaxassislar kompyuterni axborot bo’limiga tushgan virusni alfaga qiyos qilishdi.
Alfani tarixiy bir voqea ekanligini bilgan holda mantiqdan kelib chiqib 2 yoki 3 so’zda nima ekanligini topinglar?<\/strong>
Javob: Iskandariya kutubxonasini yoqilishi!
Axborot va ma\u2019lumotlarni virus kuydirib yuboradi.<\/p>\n\n\n\n
6427. XX asr oxiriga kelib ekologiya butun dunyoda o’zgarib ketgani haqida bong urildi. «\u0422\u0440\u0443\u0434» gazetasining yozishicha o’rta asrlarda Rossiyada ekologiyaga ta’sir o’tkazmaslik uchun cherkovlarni daryolar bo’yiga qurish taqiqlangan. Aytingchi daryo bo’ylariga o’sha paytda nima sabab cherkov qurish taqiqlangan?<\/strong>
Javob: Qo’ng’iroq tovushi baliqlarni bezovta qilgani uchun!<\/p>\n\n\n\n
6428. Bu uch o’rtoqni sizlar juda yaxshi taniysizlar.
Ular juda mujmal, ezma jo’ralar. Ustingizdan kulyabdimi, maqtayabdimi yo shunchaki indamay turibdimi bilmaysiz. Gapini lo’nda qib aytmaydi. Savol: gap nima haqda ketyabdi?<\/strong>
Javob: uch nuqta<\/p>\n\n\n\n
6429. Ro’yhatga e’tibor bering:
\u21160 — 0 gradus
\u21161 — 30 gradus
\u21162 — 45 gradus
\u21163 — 60 gradus
\u21164 — 90 gradus
DIQQAT SAVOL: Yaxshilab o’ylab bu qanday gradusligini aniq ayting?<\/strong>
6430. Jaloliddin Davoniy o’zining eng yirik «Axloqiy Jaloliy» risolasida, shohlar ham xuddi ular singari o’z mamlakati aholisining barcha muammolaridan xabardor bo-lishi shart, deb aytilgan.
Savol: Qaysi kasb egalariga shohlar qiyoslangan ?<\/strong>
Javob: Tabiblar<\/p>\n\n\n\n
6431. Lotinlarda bu oy Rim kalendarining ilk oyidir. Rimning jang ilohi hamda yer va hosildorlik qo’riqchisi ma’budining avlodlari hisoblanmish Romulus va Remuslar ajdodi ismidan kelib chiqqan oydir.
Diqqat savol Bu qaysi yil oyi ekanligini toping?<\/strong>
Javob: Mart oyi, ya’ni hozirgi oy!<\/p>\n\n\n\n
6432. 2007-yilda chiqqan bu mashhur filmning 3-qismida bosh qahramon kazinoga kirib 3 ta birin ketin keluvchi sonlarga tikadi. Savol shu 3 ta sonni yozib bering?<\/strong>
Javob: 11,12,13
Izoh: Oushenning do’stlari)<\/p>\n\n\n\n
6433. \u201cSevadi \u2013 sevmaydi\u201d filmi qahramoni oilali erkakni aqldan ozgudek bo\u2019lib sevib qoladi va oxir \u2013 oqibat ruhiy shifoxonaga tushib qoladi. Film finalida qahramonga ruxsat berishganidan keyin vrach uning palatasida katta turli ranglardan foydalanilgan sevgilisini suratini ko\u2019radi. Savol: Bu surat nimadan yasalgan edi?<\/strong>
Javob: Tabletkalardan.
Izoh: Tabletkalar turli rangda bo’ladi va ulardan suratlar hosil qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n
6434. Najmiddin Kubro: «U maktabning derazasi tarafda bo’lishi kerak, ya’ni U derazadan ko’rinib turishi yoki maktabga boradigan yo’llar yoqasida, bo’yida bo’lishi kerak. Chunki, U yoshlarni, insonni tarbiyalash kuchiga ega. U bizni, vaqtni bekorga o’tkazmaslikka, hayotni sevish, qadrlashga undaydi.»
Savol: U ni toping?<\/strong>
Javob: Qabriston.
Izoh: chunki qabriston insonni o’tgan umrini sarhisob qilishga, qolgan umrini qadriga yetishga undaydi, umrning abadiy emasligini va uning bir marta berilishini yodimizga soladi<\/p>\n\n\n\n
6435. Insondagi tana a’zolarini mukammal o’rgangan Leonardo Da Vinchi fikricha, insondagi eng serharakat a’zo u, u — cho’ziluvchan, qisqaruvchan, ozuvchan, semiruvchan va egiluvchandir. Undagi muskullar soni 7 ta. Bu a’zo nega Leonardo Da Vinchini qiziqtirib qolgani tushunarsiz holat.
Savol:Bu insonning qaysi azosi?<\/strong>
Javob: Til<\/p>\n\n\n\n
6436. Sizga bir topishmoq aytamiz, topishga urunib ko\u2018ring:
\u201cMening onam \u2013 Yer, otam esa \u2013 Prometey. Ikki qo\u2018limni bo\u2018sh qornim ustiga qo\u2018yganman. Agar men yiqilsam, onam meni bo\u2018laklarga bo\u2018lib tashlaydi\u201d.
Diqqat: Topishmoq javobini toping?<\/strong>
Javob: Xum, Ko’za<\/p>\n\n\n\n
6437. Ularning hayotiga dunyoning manaman degan millionerlari havas qilsa arziydi. Masalan, ular yashaydigan uyning puliga butun boshli shaharcha qursa bo’ladi. Oddiy bir ish kiyimlariga esa kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olish mumkin. Ularga eng sifatli oziq-ovqat yetkazib berish bilan alohida firma faoliyat yuritadi. Kamiga ular dunyodagi eng tezkor internet bilan ta’minlanganlar!
Savol: Ular qaysi kasb egalari?<\/strong>
Javob: Kosmonavtlar<\/p>\n\n\n\n
6438. Bizga u insonning Ikkinchi jahon urushidagi roli qanaqa bo’lgani ma’lum emas. Marhum yozuvchimiz O’tkir Hoshimovning fikricha esa u ayol kishi edi. Endi siz bizga shu ayolning o’limiga sabab bo’lgan meva nomini ayting?<\/strong>
Javob: qulupnay
Izoh: Agar O’. Hoshimovning «Urushning so’nggi qurboni nomli hikoyasini o’qigan bo’lsangiz, bilasiz. Unda bosh qahramon — ona qulupnay ekilgan joyga yotqizilgan elektr simlaridan vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n
6439. Bu film haqida gap ketganda quyidagi fikrlarni qayd etish mumkin:
Muallifi rus, bosh rol ijrochisi tuvalik Maksim Manzuk, Amerika kino akademiyasining maxsus sovrinini olgan, rejissori Akira Kurasova.
DIQQAT SAVOL: Bu qaysi film?<\/strong>
Javob: Dersu Uzala filmi.<\/p>\n\n\n\n
6440. Ularning yaxshi rejalashtirilgan va tashkil qilingan harakatlanishlariga armiyadagilar hasad bilan qarashgan. Ularning o\u2018z boshliqlari bo\u2018lgan, yon taraflaridan old, qanotdagilar borishgan, orqada esa safini yakunlovchilar yurishgan. XX asr boshlarigacha, ya\u2019ni temir yo\u2018l rivojlangunga qadar shunday davom etgan. Keyin ular real hayot qahramonlaridan ekrandagi qahramonlarga aylanishgan. Bu kimlar edi?<\/strong>
Javob: Kovboylar<\/p>\n\n\n\n
6441. 1809 yili Venada otishmalar boshlangan payti, U ikkita yostiqni changallagancha, yerto\u2018laga tushib, ozgina saqlanib qolganini ham yo\u2018qotmaslik uchun harakat qiladi.
Savol: U kim?<\/strong>
Javob: Lyudvig Van Betxoven.
Izoh: Buyuk bastakor ozgina saqlanib qolgan eshitish qobiliyatini butunlay yo\u2018qotib qo\u2018ymaslik uchun shovqin-suron bo\u2018lgan otishma paytida yerto\u2018laga tushib ketgan.<\/p>\n\n\n\n
6442. Zamonaviy aviakompaniyalar o\u2018z yo\u2018lovchilariga qulaylik yaratish maqsadida turli kutilmagan takliflar bilan chiqishadi. Shuni unutmagan holda aytingchi, «Lufthansa» aviakompaniyasining samolyotlarida nimani uchratish mumkin emas?<\/strong>
JAVOB: 13-raqamli qator
Izoh: Irimchi yo\u2018lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida 13-qatorlarni olib tashlashgan.<\/p>\n\n\n\n
6443. Uning razmeri 157×67 mm bo’lib, old tomoni kulrang, orqa tomoni yashil rangda. XVIII asr oxirlarida uning tarkibida 1,6 gr sof oltin yoki 24,06 gr sof kumush bo’lgan. Keyinchalik bu miqdor yo’qolib ketgan. U ko’pchiligimiz uchun sevimli. Yana qolgan ko’pchiligimiz uning sevimliligini o’zimizcha rad etamiz. Yaqinda uning qimmatu juda ko’tarilib ketti va ancha shov-shuvlarga ham sabab bo’ldi.
Endi savol U ni toping -?<\/strong>
Javob: Aqsh Dollari<\/p>\n\n\n\n
6444. \u201cGarri Potter va otashli jom\u201d filmi voqealari qabr toshlar bilan to\u2018la zim-ziyo qabristondan boshlanadi. Tomoshabinlarning kelgusidagi da\u2019volarini oldini olish maqsadida film ijodkorlari antiqa qarorga kelishgan. Bu qanday qaror edi?<\/strong>
JAVOB: Qabr toshiga o\u2018z ismlarini yozishgan
Izoh: Chunki qabr toshidagi ism bironta tomoshabinning ismi bilan bir xil chiqib qolsa, film ijodkorlarini sudga berishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n
6445. 1976 yili bir shahar ma\u2019muriyati armiyani qutqarib qolish maqsadida zamburug\u2018larga qarshi preparat ishlab chiqaruvchi Belgiya firmasidan yordam so\u2018ragan. Yaxshilab mantiqan o\u2018ylab aytingchi, o\u2018sha shahar va armiya qaysi davlatda joylashgan edi?<\/strong>
JAVOB: Xitoy
Izoh: 1976 yili Xitoydagi Sian shahri yaqinidagi dalalardan birida mahalliy dehqonlar tasodifan tosh haykallardan iborat Terrakota armiyasini topib olishadi. Mazkur armiya miloddan avvalgi 221 yildan 210 yilgacha hukmronlik qilgan Xitoyning birinchi imperatori Sin Shi-xuandi nafaqat Buyuk Xitoy devori quruvchisi sifatida, balki o\u2018sha mashhur haykallardan iborat armiya asoschisi ham hisoblanadi. 2 yillik qazishmalardan so\u2018ng, arxeologlar juda ko\u2018plab haykalchalarda turli darajadagi yoriqlar paydo bo\u2018lgani, mog\u2018or bosgani aniqlanadi. Ularni saqlab qolish maqsadida savolda ta\u2019kidlanganidek, maxsus preparat ham buyurtma qilishgan.<\/p>\n\n\n\n
6446. Bu insonning atrofidagilar u juda ko’p sayohat qilgan va ko’p narsani ko’rgan deb ishonishgan. Birsafar ichki ishlar vazirining kotibi uni qabul qilganida shunday degan: O’tiring, msye. Menimcha shuncha sayohatdan keyin juda charchagan bo’lsangiz kerak!
Savol: Kim u?<\/strong>
Javob: Jyul Vern<\/p>\n\n\n\n
6447. Aforizmni 2 so’z bilan to’ldiring:
«Dunyoda yashash qanchalik yengil bo’lardi, agar erkaklar uyda xuddi \u2026dagidek sabr ko’rsatganlarida»<\/strong>
Javob: Baliq ovidagidek<\/p>\n\n\n\n
6448. Milliy ensiklopediyada «abad» so’ziga ta’rif berilarkan, doimiy ya’ni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi deya izohlangan. Shuningdek, Islom dini ta’limotiga ko’ra bu tushuncha avvalo Allohga tegishli ekani aytilgan.
Savol: dindan kelib chiqib yana qanday tushunchalarga abadiy deya ta’rif berilgan?<\/strong>
Javob: Jannat va do’zax<\/p>\n\n\n\n
6449. Aristotel u haqida shunday fikr bildiradi: «U yaxshi bo’ladi, qachonki hamma kerakli narsalar haqida so’zlasa va faqat kerak bo’lgan narsalar haqida so’zlasa».
Savol: Aristotel nimani nazarda tutgan?<\/strong>
Javob: Kitob<\/p>\n\n\n\n
6450. Arablarning bir hikmatli maqolida insondagi bir fazilat quyidagicha tashbex qilinadi:
Ishonch qumdan yasalgan alfaga o\u2018xshaydi. Uni qurish qiyin, lekin buzish oson.
Alfa ni nima ekanligi aniqlang?<\/strong>
Javob: Qal’a qasr<\/p>\n\n\n\n
6451. Aristotel qadimgi yunonistonda olimpiada bo’lidigan paytda olimp tog’ida yig’ilgan barcha aholini 4 toifaga bolgan.
1-toifa: olimpiada ishtirokchilari (atletlar , hakamlar)
2-toifa: Ishqibozlar ya’ni stadionga kelgan muhlislar
3-toifa: olimp tog’idagi sotuvchilar
Savol: 4-toifaga mansub insonlar qaysilar ?<\/strong>
Javob; 4-toifali insonlar bular Faylasuflar.
Manba :»Falsafa» fani. Toshkent2009. oliy ta’lim maskanlari uchun qo’llanma kitob<\/p>\n\n\n\n
6452. Aforizmga ko’ra, inson yoshlikda BIRINCHI ning ko’proq bo’lishiga intilib, IKKINCHI ni sarflaydi. Qariganida esa IKKINCHI ni uzaytirishni istab qoladi va endi BIRINCHI ni sarflashga kirishadi. Diqqat savol: Sandiqchada nimalar bor?<\/strong>
Javob: SOAT va PUL
Izoh: Gap PUL va VAQT haqida ketmoqda.<\/p>\n\n\n\n
6453. U narsa juda ko’p insonlarga kerak. Bolalarga ham, injener-u, hisobchilarga ham. Yaponlar U haqida shunday deyishadi: Agar boshing bilan xato qilsang, orqang bilan UNI to’g’rilashing kerak! Diqqat savol: Aniq ayting, sandiqchada nima bor?<\/strong>
Javob: Orqasida o’chirg’ichi bor qora qalam\u270f\ufe0f<\/p>\n\n\n\n
6454. U degani daraxt yaprog’iga o’xshaydi.
Bahor chog’i behisob. Kuz kelganda sanoqli. Yoshlik chog’i behisob. Keksayganda sanoqli.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar kitobida O’tkir Hoshimov u deb kimni nazarda tutgan yoki kimlarni?<\/strong>
Javob: Do’st<\/p>\n\n\n\n
6455. Hammamiz tanigan rus shoiri Sergay Yesenin 1925-yili 28-dekabrda Sankt Peterburgdagi X da isitish quviriga osilgan holda topiladi. Ammo guvohlar ko\u02bbrsatmalariga ko\u02bbra shoir bu fojea arafasida quvnoq va xushchaqchaq bo\u02bblgan. O\u02bblimi oldidan u oxirgi Y nomli sherini qon bilan yozib ketadi. Buni o\u02bbqigan politsiya o\u02bblimga uning do\u02bbsti sabab degan gumonga kelishadi. Diqqat savol sher nomini emas balki u X o\u02bbrnidagi joy nomini maximal aniqlikda aytib bering?<\/strong>
Javob: Angletar mehmonxonasi<\/p>\n\n\n\n
6456. U 1969-yilda Nyu York Times jurnaliga bergan intervyusida tabassumni ifodalaydigan yozuv belgisi bo\u02bblishi kerakligini aytadi. Shunga ko\u02bbra adib o\u02bbz imzosini qavs va nuqtalar bilan bezatardi. Ko\u02bbp o\u02bbtmay u hammamizga ma\u02bclum X larni ixtiro qilgan va ularni hayotimizda keng qo\u02bbllab kelmoqdamiz. Diqqat savol X nima ekanligini anglagan bo\u02bblsangiz uning ixtirochisini ayting?<\/strong>
Javob: Vladimir Nobokov<\/p>\n\n\n\n
6457. U Tumanli Albionda tug’ildi. Cherkov uni shaytonning farzandi deb e’lon qildi. Plantagenet, Lankaster va Tyudorlar uning umriga zomin bolishga zo’r berib harakat qilishdi. U Tinchlik bo’yicha Nobel mukofotini olishga loyiq deyishadi. Diqqat savol: UNI toping?<\/strong>
Javob: Futbol<\/p>\n\n\n\n
6458. Bir faylasufning fikricha dunyoda 4 ta narsa insonga hech\u00a0 qachon do\u2018st bo\u2018lmas ekan.<\/strong>
1.Pul\u00a0bugun menda ertaga boshqalarda.
2.Mansab bugun men o\u2018tiraman,ertaga\u00a0 birovlar.
3.Jazman bugun men\u00a0bilan ertaga boshqasi bilan.
4. \u2026\u2026\u2026\u2026..?
Savol: To’rtinchi nima ekanligini toping?<\/strong>
Javob: 4. Tobut bugun meni oborsa qabrga, ertaga\u00a0 birovni olib boradi. <\/p>\n\n\n\n
6459. Afsonaga ko\u2018ra, Sohibqiron AmirTemur uni ko\u2018rgach, shunday xitob qilgan ekan: «Mana endi, biz ikki nogiron \u2013 barcha insonlar ichida eng qudratlilarimiz». Siz menga uning kim ekanligin emas, bu xitob qaysi shaharda yangraganini ayting?<\/strong>
Javob: Anqara.
Izoh: 1402 yil 20-iyulda Anqarada bir ko\u2018zli Yildirim Boyazidni ko\u2018rganida aytilgan xitob<\/p>\n\n\n\n
6460. U ilohiy emas lekin ilohiylikka dahldor ham deyish mumkin va u bunga loyiq. Uning oldida ko’pchilik bosh egib turadi va shunisi ham, har jihatdan foydaliriroq. Savol U Nima?<\/strong>
Javob: Kitob<\/p>\n\n\n\n
6461. Miloddan avvalgi III asrda Xitoyda ixtiro qilingan X qushlarning ahamiyatini ma’lum darajada pasaytirib yubordi.
Savol: Ushbu ixtironi nomini toping?<\/strong>
Javob: Kompas
Izoh: Dengizchilar dengizdan orolga qaytish yo’nalishini qushlarning uchishiga qarab emas, kompasga qarab aniqlashni boshlagan<\/p>\n\n\n\n
6462. Nikolay Chukovskiy SSSR ga kelgan Yamaykalik shoirdan sizga sevimli shoirlar kimlar deganda, U biri Rossiyalik va biri Yevropalik bo’lgan adashlarni aytganini eslaydi.
Savol: Bu adashlarni ayting?<\/strong>
Javobi: Aleksandr Pushkin, Aleksandr Dyuma
Izoh: Izoh bular ham yamaykalik shoirga o’xshab negr, to’g’rirog’i mulat edi.<\/p>\n\n\n\n
6463. Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy qurib bo\u2018lingandan so\u2018ng, barcha saroy atrofidagi maydon axlat bilan to\u2018lgan edi. Pyotr III maydonni axlatdan oson va tekin tozalash uchun shunday yo\u2018l tutdi, natijada maydon 1 soat ichida top toza bo\u2018lib qoldi. Savol: Pyotr III qanday yo\u2018l tutgan?<\/strong>
Javob: Xalqqa, kim maydondan nima topsa o\u2018ziniki va tekin deb e\u2018lon beradi.<\/p>\n\n\n\n
6464. Chilida bir yilda-1000 dan ortiq, Yaponiyada-430, Meksika-100 dan ortiq, Kaliforniyada-90.
Savol: Gap nima haqida ketayotganligini toping?<\/strong>
Javob: Bir yildagi zilzilalar soni.<\/p>\n\n\n\n
6465. Bu san\u2019at XVI-XVII asrlar bo\u2018sag\u2018asida, Uyg\u2018onish davrida paydo bo\u2018ldi. Italiyaning Florensiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san\u2019atning asoschisi bo\u2018lishgan. Bu san\u2019atda ular san\u2019atning har xil turlarini (she\u2019riyat, musiqa, drama, tasviriy san\u2019at) birlashtirishdi. O\u2019shandan buyon bu san\u2019at butun dunyo bo\u2018ylab keng tarqaldi.
SAVOL: Bu qaysi san\u2019at?<\/strong>
Javob: Opera<\/p>\n\n\n\n
6466. X haqidagi dastlabki ma’lumotlar m.avv 2700-yildayoq Misrda ma’lum bo’lgan. Qadimgi Rim va Yunon manbalarida ham X haqida ma’lumotlar mavjud. Gomer va Platon asarlaida ham X ga o’rin berilgan. Geradotning yozishicha Lidiyada ekin bitmay ocharchilik bo’lgan yillari odamlar X orqali ocharchilikni unutganlar.
Savol: X ni toping?<\/strong>
Javob: Shashka<\/p>\n\n\n\n
6467. Uning vazifasi Qadimgi Rimliklar hayotida juda katta o’ringa ega edi, va shu tufayli U ni o’shadavrdayoq ixtiro qilishgan. dastlab u yog’och doskachalar ko’rinishida edi. Yuliy Sezar davrida esa yanada takomillashdi. Xatto sezar davridagi Uning vazifasi hozirgi kunda ham bajarilmoqda. XVI asrga kelib zamonaviy ko’rinishga ega bo’ldi.
Diqqat ana endi savol: Italiyanlarning o’sha davrdagi tangasini nomini toping?<\/strong>
Javob: Gazeta<\/p>\n\n\n\n
6468. Monakoda bu kasb egalarining soni monako harbiylari sonidan ham ko’p.
Savol: bu qaysi kasb egalari?<\/strong>
Javob: Milliy orkestrlar<\/p>\n\n\n\n
6469. Ispan tilida so’roq gap ikkita so’roq belgisi bilan yoziladi: birinchisi oddiy so’roq belgisi, gapni oxirida qo’yiladi, ikkinchisi gapni boshida tepadan pastga osiltirib qo’yiladi. Masalan: «ishlaring qanday?» «\u00bfComo estas?», arab tilida esa so’roq gapni oxirida so’roq belgisini oynadagi aksini koramiz\u2014 \u061f. Diqqat savol: siz bizga grek tilida so’roq belgisini o’rniga qanday belgi qo’yilishini ayting?<\/strong>
Javob: Nuqta vergul bilan \u2014 ;
Masalan: ishlaring qanday;<\/p>\n\n\n\n
6470. Inglizcha xayrlashuv «goodbye» qadimda umuman boshqacha aytilgan: «god be with you», ya’ni «alloh doim san bilan bo’lsin». Vaqtlar o’tib bu so’zga o’zgartirish kiritiladi, ya’ni qo’shimcha yana bitta «o» harfi qo’shiladi. Diqqat savol: nima sabab yana bitta harf qo’shilgan?<\/strong>
Javob: Salomlashuv so’zlariga aloqador bo’lishi uchun!
«Good morning», «good day»
Good bye<\/p>\n\n\n\n
6471. Yaponiyadan asosan chorvadorlik bilan shug’ullanuvchi Mo’g’ulistonga asosan televizor, radio va boshqa yapon mahsulotlari eksport qilinadi. Mo’g’ulistondan Yaponiyaga esa an’anaviy mo’g’ul mahsuloti eksport qilinadi. Bu mahsulot yaponlar uchun g’ayrioddiy va avvallari yaponlar uni iste’mol qilishmasdi. Lekin, aniqlashdiki, u artosklerozni va erta qarishning oldini olar ekan. Bu mahsulot O’zbekistonda ham sevib iste’mol qilinadi.
Savol: Bu mahsulotni toping?<\/strong>
Javob: Ot go’shti<\/p>\n\n\n\n
6472. XIX asr oxiri \u2013 XX asr boshlarida Yevropa va Shimoliy Amerikaning zamonaviy xonimlarini ko\u2019chada bu predmetsiz uchratish qiyin edi. Misrliklar uni birinchi marta aktrisa Teddi Barrning sayohati davomida ko\u2019rishdi. Italiyalik va lotinamerikaliklar uni biroz qisqartirishni taklif qilishgan.
Diqqat savol: Bu predmetni toping?<\/strong>
Javob: Soyabon<\/p>\n\n\n\n
6473. UNI 1940 \u2013 yili Yaponiyada ko\u2019rishimiz kerak edi. Yaponiya uni Xitoy bilan bellashuvda olgan edi. U keyinchalik Fillandiyaga berildi. Xullas Fillandiya uni 1952 \u2013 yili qabul qildi, Yaponiya esa 1964 — yilga kelibgina. UNI Navbatdagisini ham 2020 yilda Yaponiyada ko’rishimiz mumkun.
Savol: U Aynan nima ?<\/strong>
Javob: Yozgi Olimpiada o\u2019yinlari<\/p>\n\n\n\n
6474. Ptolemeylar hukumdorlik davrida Misr poytxatiga kirayotgan har qanday kemani sinchiklab tekshirishgan. Agar kemadan bir predmetni topishsa uni olib qo’yishgan va egasiga kompensatsiya to’lashgan. Diqqat savol: nimani zo’rlik bilan sotib olishgan?<\/strong>
Javob: Kitob.
Izoh: Shu yo’l bilan Aleksandriya kutubxonasi boyitilgan. Ya’ni Misrga kirgan kitob qaytib chiqmagan.<\/p>\n\n\n\n
6475. XVIII-asr oxirida Fransiyada vaqtinchalik un yetishmovchiligi bo’lgan, zero xosil odatdagidek ko’rinish olgan bo\u2019lsada. Savol: Buni sababini tushuntirib bering, ya’ni un yetishmovchiligi nimaning hisobiga yuzaga kelgan?<\/strong>
Javob: Ayollar unni upa sifatida ishlatishgan
Izoh:Har-xil dog\u2019larni berkitish biroz oqarish uchun unni yuzlariga surtishgan ekan.<\/p>\n\n\n\n
6476. XX asrning oxirgi yillarida bo\u2019lib o\u2019tgan jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi 2- o\u2019rinni olgan. 2-o\u2019rinni olishganiga qaramay, ularga oltin medallar taqdim etilgan. Nega 1-o\u2019rinni olgan Terma jamoaga oltin medallar taqdim etilmagan?<\/strong>
Javob. Chunki 1-o\u2019rin egallagan Fransuzlarga oltindan ham qiymati baland bo’lgan Platina medallari topshirilgan ekan.<\/p>\n\n\n\n
6477. Kaliforniya Universiteti olimlari imperator pingvinlarining yurishini o’rganib chiqib shuni qayd etishadiki, bunday qadam tashlash umurtqaga tushadigan og’irlikni kamaytirar ekan. Darvoqe bunday holat faqat pingvinlarga emas boshqa bir holatga ham taalluqli.
SAVOL. Biz yana bunday holatni kimlarda ko’rganmiz?<\/strong>
Javob: Homilador ayollarda<\/p>\n\n\n\n
6478. Shekspir fikricha U bir maxluq, Servantes fikricha \u201cUning egasi chumolini fil, qumursqani bahaybat maxluq kabi ko’radilar\u201d, Goldoni fikricha U azob- uqubat va ranj- iztirob keltiradi. Toroning fikricha Undan qo’rqish kerak. Larashfuko fikricha Uning 99% shaxsiyatparastlikdan iborat.
Savlol: U nima?<\/strong>
Javob: Rashk<\/p>\n\n\n\n
6479. U bolaligida tili chuchukligidan odamlar orasida uyalib deyarli gapirmasdi. Keyinchalik tiliniravon qilishga ahd qilib g’orda mashq o’tkazgan ekan. O’zini ayovsiz jazolaganiga bir misol: gapirganda yelkalari titrab ko’tarilib ketaverishini to’xtatish uchun tepaga uchini pastga qaratib 2 ta qilichni shunday osib qo’yganki, yelkalari salgina ko’tarilsayam qonatib yuborgan. Og’ziga tosh solib yurgan ekan. Lekin, u o’z qat’iyati va irodasi bilan yunon uyg’onish davrining buyuk notiq olimlaridan biri sifatida tarixda qolgan.
Savol: U kim?<\/strong>
Javob: Demosfen<\/p>\n\n\n\n
6480. Arxeologlar qadimgi Yunon polislarini qazish chog’ida suyakdan yasalgan lavhalarni topishadi. Ularning barchasida so’zlar, sanalar, sonlar yozilgan edi. Hozirda uning analogi boshqa narsadan tayyorlanadi.
Diqqat savol: Bu suyak lavhalardan qadimgi Yunonlar nima maqsadda foydalanishgan?<\/strong>
Javob: Teatrga kirish uchun bilet sifatida.<\/p>\n\n\n\n
6481. Xalq o’rtasida ota-onasi ham o’lgan bola «Chin yetim» deyiladi. Faqat otasi o’lib onasi bilan qogan bola X deb, onasi o’lib Otasi bilan qolgan bola Y deb ataladi. Ayrim hollarda otasi ham onasi ham tirik bo’lib bolani tashlab ketgan bola «Tirik yetim» deyiladi.
Savol: X va Y ni toping?<\/strong>
Javob: X-gul, Y-Shum
Izoh: Ya’ni otasi o’lib onasi bilan qolgan bola «Gul yetim», onasi o’lib otasi bilan qolgan bola «Shum yetim deyiladi.
Manba: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»<\/p>\n\n\n\n
6482. \u00abHamma narsani kim biladi?\u00bb- degan shogirdlarining savoliga Aflotunning ustozi bo\u2018lmish buyuk donishmand, qadimgi yunon faylasufi Suqrot: \u00abHamma narsani U biladi, lekin Uning bir qismi o\u2018lib ketgan, ikkinchi qismi hali tug\u2018ilgan emas\u00bb — deb javob bergan.
Savol: U ?<\/strong>
Javob: Hamma
Izoh: Ya’ni Suqrot «Hamma narsani hamma biladi» deb javob bergan ekan.<\/p>\n\n\n\n
6483. Qadimgi yunonlar bu yerga kelganlarida bu yerda ozuqa bop o\u2018t, o\u2018simlik va chorvamollari ko\u2018pligini ko\u2018rib hayratga tushganlar. Shuning uchun ular o\u2018sha yerni aynan shunday atagan ekanlar.
Savol: Qanday ataganlar?<\/strong>
Javob: Buzoqlar mamlakati deb ataganlar-ya\u2019ni Italiya.<\/p>\n\n\n\n
6484. Muhammad Yusufning «Vido» she’rida:
Ig\u2018vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqing, Unga darhol!
Kolumbda alami bo’lgan Uni kimligini topgan bo’lsangiz, menga Uni qaysi kunda tavallud topganini aniq ayting.<\/strong>
Javob: 21-mart(Navro’z).
Gap Abdulla Oripov haqida ketayotgan edi<\/p>\n\n\n\n
6485. XVII asrda xitoyliklarga manjurlar bostirib keladi bilasiz xitoyliklarda urf-odat ko’p xitoyliklar manjurlarning bosimi ostida hamma urf-odatlaridan kechsalar-da, ammo bir urf-odatidan o’lsalar ham voz kechmasliklarini aytishdi. Diqqat savol: xitoyliklar qaysi urf-odatidan o’lsalar ham voz kechmasliklarini aytishgan?<\/strong>
Javobi: Sochlarini olish
Qabul:Sochni kaltalatish, sochni qirqish,sochni kesish<\/p>\n\n\n\n
6486. Alfa insonlarning ikkinchi umri hisoblanadi. Qadimgi yunonlarning buyuk shoiri Gomerning «iliada» va «odissey» dostonlarida tangrilar alfa dan foydalanishadi. Alfa ning ikki turi mavjud: Ramziy va Karomatli. Insoniyat kashf qilgan buyuk ixtirolarning bir qanchasida Alfa ning o’rni katta ekanligini isbotlovchi misollar tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Diqqat Savol: alfa ni toping?<\/strong>
Javob: Tush<\/p>\n\n\n\n
6487. Aleksandr Makedonskiy o\u2019zining Hindistonga yurishlaridan so\u2019ng Gretsiyaga xushtam \u2013 \u201cxind tuzi \u201c ni olib keladi. Keyinchalik , o\u2019rta asrlarda, dorixonachilar uni sotish mobaynida uning \u201cukropli\u201d, \u201carpabodiyonli\u201d «kashnichli\u201d turlarini o\u2019ylab topishgan. Napoleon uni o\u2019rtacha miqdorda iste\u2019mol qilish kerak deb aytib o\u2019tgan.
Diqqat Savol Uni toping?<\/strong>
Javob: Shakar (Shakarqamish)<\/p>\n\n\n\n
6488. Qadimgi Misrda uni oltindan yoki qimmat metalldan tayyorlashgan. Italyaliklar uni stussikadenti deyishsa , makedonlar chepkalka za zabi deyishadi.
Savol: Biz uni qanday ataymiz ?<\/strong>
Javob: Tish kovlagich<\/p>\n\n\n\n
6489. Bu so\u2018z forschadan olingan bo\u2018lib, boshdan oxirigacha, butunlay, tamoman, to\u2018liq degan ma\u2019nolarni bildiradi. Biz bu so\u2018zni ishlatganimizda uning o\u2018zbek tilidagi tarjimasi bilan birgalikda qo\u2018llaymiz. Savol: Bu qanday so\u2018z bo\u2018lishi mumkin?<\/strong>
Javob: Sarpo
Izoh: (Forschada sar-bosh, poy-oyoq degani, biz esa «bosh-oyoq sarpo» deymiz).<\/p>\n\n\n\n
6490. Psixologlar bunday bolalar ta’sirchan, ko\u2019proq o’zini o’ylaydigan, maqsadga intiladigan va hayotda ko’p yutuqlarga erishadi deb hisoblashadi. Lekin birorta ham AQSh prezidenti bunday bola bo\u2019lmagan, bu olimlarning xulosalarini shubha ostiga qo\u2019yadi.
Savol gap qanday bolalar haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Oilada yolg’iz farzandlar<\/p>\n\n\n\n
6491. Bu asarning muallifi o\u2018z asari haqida shunday yozgan: \u00abMen bu kitobni mahsus alifbe tartibida hikmatli so\u2018zlar, saj\u2019lar, maqollar, qo\u2018shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim\u00bb.
Savol: Bu qaysi asar va uning muallifi kim?<\/strong>
Javob: Mahmud Koshg’ariyning «Devon-u lug’otit turk» asari<\/p>\n\n\n\n
6492. 20 yil davomida qurilgan bu bino to\u2018g\u2018risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha ma\u2019lumot beradi: \u00abTemur ishga yaroqli bo\u2018lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnaxrga ko\u2018chishga buyruq berdi\u00bb. Savol: Qaysi binoning qurilishi haqida gap bormoqda?<\/strong>
Javob: Oqsaroy<\/p>\n\n\n\n
6493. 1966 yil Toshkentdagi zilziladan so’ng ayrim xonadonlarda sodir bo’lgan voqealar mish-mishlarga aylanib ko’pchilikka ovoza bo’la boshlaydi. Ayrim adabiyotchilarning fikricha, aynan mana shu voqealardan biriga asoslanib,yozuvchilarimizdan biri 1969 yili o’lmas asarlardan birini yaratdi.
Diqqat Savol: o’sha asar qaysi?<\/strong>
Javob: «Oltin devor’ pyesasi<\/p>\n\n\n\n
6494. Butun dunyoga mashhur bu anjomni kelib chiqishi Turkistonga, aniqrog’i, Shimoliy Turkistinga borib taqalishini ko’pchilik «yetti uxlab, tushida ham ko’rmagan» bo’sa kerak. Ajdodlarimiz «Buyuk ipak yo’li» orqali savdo-sotiq qilishgan paytlari tog’lardagi sovuqqa qarshi bu narsani o’ylab topishgan.Uni tarjima qiladigan bo’lsak, «bo’yin osti» degan ma’noni anglatar ekan.
Savol: Gap nima haqida ketyapdi?<\/strong>
Javob: Galstuk
Izoh: «Gal osti» bu «bo’yin osti» ekan.<\/p>\n\n\n\n
6495. Tomas Stoddard 1928-yilda «Speakman Company» ga kuryer sifatida ishga kirdi, 2008-yilda esa direktorlar kengashi a’zosi sifatida pensiyaga chiqdi. www.libo.ru saytida Stoddard haqidagi maqolada bir irlandiyalik esga olingan.
Savol: Uning familyasini ayting?<\/strong>
Javob: Ginnes<\/p>\n\n\n\n
6496. Flober qalamiga mansub asarda bir tadbirkor qorovul kartoshka ekib undan katta foyda ola boshlaydi. Biroq shaharda vabo tarqalgach qorovul qayg’uga botadi.
Diqqat savol: Ho’sh u qayerda qorovullik qilgan?<\/strong>
Javob: Qabristonda
Izoh: Vabo tarqalgach, odamlar ko’p o’la boshlagan va qabristonda kartoshka ekish uchun bo’sh joy kamayib ketgan ekan?<\/p>\n\n\n\n
6497. Xitoyda tarkibida alfa mavjud salfetkalar ayrim baliq pishiriladigan restoranlarda taqdim etiladi. Alfa dan yana zargarlar unumli foydalansa, siz ham uyda birinchi tibbiy yordam sifatida albatta uni sinab ko’rgansiz.
Savol: U nima?<\/strong>
Javob: U Tish pastasi edi.<\/p>\n\n\n\n
6498. (2017-yil) moskvaning metro gazetasida bir maqolani o’qib qoldim. 1 mayda Kolomenskiyda o’rta asrni sog’inganlar «ritsarlar turnirini» tashkil qilishgan. Musobaqadagi har bir narsalar o\u2018rta asrni eslatadi, ajrataolmaysiz, masalan ritsarlar kiyimlari, ularning otlari, o\u2018sha yerda taom tayyorlayotgan ayollar kiyimi, idish tovoqlari, hullas hamma hammasi o\u2018rta asrga xos. Metro gazetasi jurnalisti shunday degan: bu turnirni o\u2018rta asr turnirlaridan hech ham ajratolmaysiz, faqatgina «bu narsani» hisob olmaganda! Diqqat savol: jurnalist nimani nazarda tutgan?<\/strong>
Javob: Mikrafon
Izoh: oldingi zamonlarda ritsarlarni turnir boshlovchisi jonli ovozda, baqirib oborgan. Kechagi turnirda esa jurnalist mikrafonni nazarda tutib aytgan!<\/p>\n\n\n\n
6499. Tibbiyot olimlari bir antiqa xavfli narsa haqida ma’lumot berishgan. Bu xavf shundayki, uni ushlab bo’lmaydi, ammo, ko’rish va eshitish, qog’ozda yasvirlash mumkin. Aytishlaricha, ular ro’yhatda 5 ta ekan. Ular sabab kasallanish ehtimolligi juda kam bo’lsada, aynan Ular kasallikni tarqalishiga sababchi bo’ladi. Ular faqatgina bir necha kishi orasida kasallangan odam ishlatganda xavfli bo’lishi mumkin. Diqqat: chuqur mulohaza qilib ayting-chi, olimlar ta’kidlagan ushbu 5 ta unsur nima?<\/strong>
Javob: T, D, S, P va F harflari
Izoh: bu harflarni talaffuz qilganda og’izdan eng ko’p ko’pik ajraladi. Bu esa yuqumli kasalliklar tarqalishi uchun sabab.<\/p>\n\n\n\n
6500. Bunday odamlar oramizda ko’p bo’lib, aytishlaricha, Navoiy davrida har ikki kishidan bir kishi bu ish bilan shug’ullangan. Muhammad Yusuf esa, ularni: «Ular doim shoshilib yurishadi, Xudoning erkatoylari» degan.
Savol: Ular kimlar?<\/strong>
Javob: Shoirlar<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"