{"id":136951,"date":"2024-06-28T14:51:22","date_gmt":"2024-06-28T11:51:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136951"},"modified":"2024-07-05T12:57:46","modified_gmt":"2024-07-05T09:57:46","slug":"75-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/75-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"75-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
7401. «Mushtum» jurnalida shunday hazilona hangoma e\u02bclon qilingan.
«Bir boladan so\u02bbrashibdi:<\/strong>
-Bolakay yoshing nechchida?
Bola bamaylihotir javob berdi:
-Beshda
-Dadangning yoshi nechchida?
-yana bolakayni savolga tutishdi.
Bola o\u02bbylab o\u02bbtirmay:
-Beshda — deb javob beribdi.
Diqqat savol: bola bu bilan nima demoqchi..?<\/strong>
Javob: Bolakay buni «Dadam men tug’ulganda «dada» bo’lgan\u2026» deb izohlagan<\/p>\n\n\n\n
7402. Ma’lumotlarga qaraganda Alfa so’zi 1282-yilning 29-mart kunida Italiyada paydo bo’lgan ekan. Keyinchalik bu so’z butun dunyoga tarqalgan. Uning ma’nosi Italyanchadan tarjima qilinganda «Fransuzlarga o’lim! Yashasin Italiya» degan ma’noni bildirar ekan. Buning sababi o’sha vaqtda ularning fransuzlar bilan chiqisholmagani bo’lsa kerak albatta.
Savol: alfani toping?<\/strong>
Javob: Mafia ( M-orte A-lla F-rancia, I-talia A-nella)<\/p>\n\n\n\n
7403. XIX — XX asrlarda yashagan Amerikalik Millioner Marshal Fild mijozlar huquqlari va qiziqishlariga yon bosuvchi savdo siyosatida faoliyat olib boruvchi do\u02bbkonlar tarmog\u02bbi egasi bo\u02bblgan.
Diqqat savol : Hozirda savdo paytida ko\u02bbp ishlatiladigan qaysi ibora Marshal Fildga tegishli ?<\/strong>
Javob: Mijoz doim haq.
\u041a\u043b\u0438\u0435\u043d\u0442 \u0412\u0441\u0435\u0433\u0434\u0430 \u043f\u0440\u0430\u0432<\/p>\n\n\n\n
7404. Kentukkilik polkovnik Sanders 1009 marta o\u02bbziga tegishli bo\u02bblgan qovurilgan tovuq taomi retseptini sotmoqchi bo\u02bblgan. Ammo, buning iloji bo\u02bblmagan. Keyinchalik esa u shaxsiy brendini yaratdi va dunyoga mashhur bo\u02bbldi.
Diqqat savol : Bu brendni yozib bering?<\/strong>
Javob: KFC — Kentucky Fried Chicken<\/p>\n\n\n\n
7405. «X» 17 yashar Amerikalik maktab o\u02bbquvchisi Robert Xeftning uy ishi ko\u02bbrinishida 1958-yili dunyoga keladi. Bu uy ishi uchun Robert «-4» baho olgan bo\u02bblsa ham «X» keyinchalik mamlakatning qudratini o\u02bbzida namoyon qilib turgan.
Diqqat savol : «X» ni aniq yozib bering?<\/strong>
Javob: 50 yulduzli AQSH bayrog\u02bbi.<\/p>\n\n\n\n
7406. 1968-yildan buyon birinchi marta Master Card kompaniyasi USHBU ISHni amalga oshirdi. Bu esa brendning «noziklik, kamchiqimlik va zamonaviy dizaynga egalik» uchun zarur bo\u02bbldi. Bu ISHI bilan kompaniya Nike, Apple va Lacoste brendlari safiga qo\u02bbshildi.
Diqqat savol : USHBU ISHni yozib bering?<\/strong>
Javob: Master Card kompaniyasi o\u02bbz brendi logotipidan kompaniya nomini olib tashladi.<\/p>\n\n\n\n
7407. Alfa ning biz bilgan nomini 11 yoshli Oksfordlik maktab o\u02bbquvchisi Venetsiya Berni qo\u02bbygan. Keyinchalik esa alfa «kamsitilib» bizga ma\u02bclum to\u02bbqqizlikdan chiqarib tashlandi.
Diqqat savol: alfani aniq toping<\/strong>
Javob: Pluton sayyorasi.<\/p>\n\n\n\n
7408. U ni lotinchadan tarjima qilinganda «o\u02bbsimlik» degan ma\u02bcnoni beradi. U portlash vositasi — dinamitning ham tarkibida mavjuddir. Uni ilk bor Janubiy Amerikada «bo\u02bbysundirilgan». Keyinchalik U Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan.
Rossiyada u XVIII asrda paydo bo\u02bblgan.
Diqqat savol : u ni aniq toping?<\/strong>
Javob: Yeryong\u02bboq — Araxis
Izoh: araxis yog\u02bbidan nitroglitserin tayyorlash uchun qorishma sifatida foydalaniladi.<\/p>\n\n\n\n
7409. Bu obyekt dunyodagi eng katta tortishish kuchiga ega sanaladi. Undan hattoki nur ham qochib qutula olmaydi. Stiven Xoking ushbu obyekt haqida kitob ham yozgan. Lekin shunga qaramay u shu paytgacha kam o\u02bbrganilgan sanaladi.
Diqqat savol : ushbu obyektni toping?<\/strong>
Javob: Qora Tuynuk.
Stiven Xoking ular haqda «Qora tuynuklar va yosh koinotlar» kitobini yozgan.<\/p>\n\n\n\n
7410. Odessadagi bir do’kon peshtoqiga «Baxtli bo’lib yurish joningga tegmadimi?» Degan yozuv osib qo’yilgan.
Diqqat savol: bu do’konda nima sotilgan?<\/strong>
Javob: Soat
Izoh: \u0421\u0447\u0430\u0441\u0442\u043b\u0438\u0432\u044b\u0435 \u0447\u0430\u0441\u043e\u0432 \u043d\u0435 \u043d\u043e\u0441\u044f\u0442
Baxtli odamlar soat taqmaydi<\/p>\n\n\n\n
7411. U narsa bilan Vavilionda qal’a devorlari suvalgan, shumerlar va rimliklar kemalarini suvagan, qadimgi yunon shifokori Galen undan turli davolovchi malhamlar tayyorlashda foydalangan, Misrda mum bilan aralashtirib, sarkofag yasashda ishlatishgan.
Diqqat savol: u nima?<\/strong>
Javob: Asfalt<\/p>\n\n\n\n
7412. Alber Spajyari 1976 yili bankni o\u2018marmoqchi bo’ladi. Dastlab Alber bankdan bir yacheykani ijaraga oladi va yacheykaga alfa ni joylashtiradi. Bir sutkaga yaqin vaqt o\u2018tgach yacheykalarda akustik datchik yo\u2018qligini biladi.
Diqqat savol: ALFA ni ikki so\u2018zda ayting?<\/strong>
Javob: Budilnik tovushi
Izoh: Budilnik yarim tunda jiringlaydi lekin trevoga bo\u2018lmaydi.Natijada Spajyari «asr talonchiligi»ni amalga oshiradi<\/p>\n\n\n\n
7413. Polshalik satirik K.Kordning maslahati:
«Sovg\u2018a qilingan otning tishini tekshiring, balki u\u2026\u2026»
Davom ettiring?<\/strong>
Javob: balki u TROYA oti bo’lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n
7414. Moliyaviy piramidaning katta shaxslaridan biri bo’lgan Ahmadboyni hammamiz bilamiz. Ahmadboy qamalganidan so’ng turli latifalar chiqib ketdi. Shunday latifalardan birida Ahmadboyni sudida hech kim Sudya bo’lishni xohlamagan ekan.
Savol: Latifaga ko’ra nega hamma sudyalar Sudyalikdan bosh tortgan?<\/strong>
7415. Bir ayol GAI xodimiga hozirgina oyoq kiyimini almashtirganini shuning uchun guvohnomasi qolib ketganini aytmoqda.
Savol: Guvohnomasi qayerda qolgan?<\/strong>
Javob: Boshqa sumkada.
Izoh: Ayollar sumkani oyoq kiyimi rangiga qarab tanlashadi yoki aksincha<\/p>\n\n\n\n
7416. AQShda quyidagi qisqa dialogdan iborat masal ommalashgan:<\/strong>
-Tak, tak
-kim u?
-bu men, sening imkoning.
-Yolg’on gapiryapsan, imkoniyat hech qachon\u2026\u2026\u2026.
Diqqat, sizdan masalni davom ettirish talab etiladi?<\/strong>
Javob. IMKONIYAT HECH QACHON 2 MARTA ESHIK QOQMAYDI ( TAK- TAK)<\/p>\n\n\n\n
7417. 2010- yilda fransuz televideniyasida «Audionamix» firmasining efirdan ma\u2018lum balandlikdagi ovozni kesib tashlaydigan filtratsiya tizimi sinab ko\u2018riladi. Bu tovush manbasini ayting?<\/strong>
Javob: Vuvuzela
Izoh: JCH-2010 paytida muhlislar tomonidan qo’llanilgan qurilma<\/p>\n\n\n\n
7418. 1953 yilda Eronda to\u2018ntarishni tayyorlagan, 1958 yilda Venesuelada R.Niksonni qutqaragan, 1972-76-yillarda SRU direktori o\u2018rinbosari bo\u2018lib ishlagan 85 yoshida vafot etgan bu general U ning asosiy prototipi bo\u2018lgan. U ni toping?<\/strong>
Javob: Jeyms Bond
Izoh: Bu kishi esa General Vernan Uolters<\/p>\n\n\n\n
7419. Xolid Husayniyning «Shamol ortidan yugurib» asaridan parcha:
«Afg’onistonda X ko’p, ammo Y yo’q»
Diqqat savol: X va Y bir-biriga yaqin so’zlar ekanligini inobatga olgan holda X va Y ni toping?<\/strong>
Javob. X — Bolalar
Y — Bolalik
Izoh: Afg’onistondagi ko’p yillardan beri davom etayotgan urush haqida xabaringiz bo’lsa kerak<\/p>\n\n\n\n
7420. Bir qatra yuzing suvidan ul obi hayot
Bir zarra nuringdan etding oyni bunyod
Moxtobni tilab edim uzun kechalar men
Tun zulfing-u,oy yuzing ekanku xayhot
Diqqat savol: Jaloliddin Rumiy qalamiga mansub ushbu misralar kimning qaysi asarida ishlatilgan?<\/strong>
Javob. Xolid Husayniy «Tog’lar ham sado berdi» asari
Izoh: Xolid Husayniy «Tog’lar ham sado berdi» Toshkent, Yangi asr avlodi-2016, 40-bet<\/p>\n\n\n\n
7421. 2010-yilgi Futbol bo’yicha Jahon Chempionatidan oldin mashhur rus murabbiyi Yuriy Syomin Kiyevning Dinamo jamoasidan iste’foga chiqartiriladi. Bu voqea yuzasida bir junalist unga: «Endilikgi faoliyatingizni qaysi klub bilan bog’lamoqchisiz?» — desa.
U quyidagicha javob qaytaradi: «Bilmayman, chunki men X kabi kelajakni bemalol ayta olmayman» — deya javob beradi.
Diqqat savol: Agarda javob o’sha paytlardagi mashhur bir hayvon bilan bog’liq bo’lsa, uning nomini maksimal aniqlikda ifodalang?<\/strong>
Javob: Paul
Izoh: O’sha Jahon Chempionati paytida anchagina mashhur bo’lgan sakkizoyoqning nomi. Deyarli hamma o’yinlarda g’olib nomini ayta olgan. Faqat, Germaniya — Ispaniya o’yinidan tashqari.<\/p>\n\n\n\n
7422. 2016-yilgi Futbol bo’yicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida Angliya terma jamoasi barcha 10ta o’yinda g’alaba qozongan holda turnirning final bosqichiga yo’l oladi. Bundan deyarli hamma hayratga tushadi. Qaysidir sobiq ingliz futbolchisi esa o’zi 20 yillar oldin aytgan iborasini biroz o’zgartirib uni ona yurtiga bag’ishlagan holda talqin qiladi.
Diqqat savol: O’sha mashhur sobiq futbolchi sizga tanish bo’lsa, uning o’zgargan versiyadagi sitatasini yozib bering.<\/strong>
Javob: «Futbolni 22 kishi o’ynaydi va oxir-oqibat Angliya g’alaba qozonadi!»
Izoh: Yuqoridagi sitata aslida o’tgan asrning 80-90 yillarida Angliya terma jamoasi safida to’p surgan Gari Lineker tomonidan: «Futbolni 22 kishi o’ynaydi va yakunda Germaniya g’olib bo’ladi» — tarzida aytilgan. Ammo, u ham Angliyaning o’sha davrdagi super o’yinidan yoqa ushlab, fikrini o’zgartirishga majbur bo’ladi.<\/p>\n\n\n\n
7423. Shashka bo’yicha qaysidir bir turnirda havaskor ishtirokchi ketma-ket ikki bahsda grossmeysterlarni mag’lubiyatga uchratadi. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib turgan jahonning eks-chempioni Guntis Valneris bu havaskor ‘chempion’ bilan dona surish istagini bildiradi. Ammo, matchdan oldin Valneris havaskordan shashka va shaxmatning asosiy qoidasiga bo’ysunishni talab etadi va bu qoidaga amal qilgan ‘havaskor chempion’ partiyadagi o’zini mag’lubiyatini tan oladi.
Javob: Telefonini o’chirib qo’yishni talab qilgan.
Izoh: Amator shashkachi dastlabki ikki grossmeysterning yurishiga qarshi sun’iy aql bilan g’alaba qozonadi. Ammo, Guntis bu vaziyatni payqaydi va undan mobil telefonini o’chirishni talab qiladi. Shu asnoda, hammasi iz-iziga tushadi.<\/p>\n\n\n\n
7424. Bu futbolchi Luis Suarez o’zining g’alati odati bilan nom qozongan futbolchilardan biri. U tishlog’ichligi ya’ni futbolchilarni tishlashi orqali bir necha marotaba diskvalifikatsiya qilingan va jarimaga tortilgan. Mashhur jurnallardan biri esa uni o’zidanda mashhur bir personajga o’xshatib, o’sha qahramon nomini futbolchiga qo’yadi. Yordam sifatida aytish mumkinki, o’sha salbiy qahramon Sharqiy Yevropa davlatlarining biri bilan bog’liq.
Javob: Dracula (Graf Dracula)
Izoh: Suarez aynan Draculaga qiyoslanadi va Dracula hikoyasining boshlanish joyi Transilvaniya hozirgi Timishoara shahri bo’lib, bu shahar Ruminiyada joylashgan.<\/p>\n\n\n\n
7425. AQSH tarixida shunday voqea yuz bergan: Lindon Jonson samolyot bortida qasamyod qilgan. Samolyot Vashingtonga olib borgan qimmatli yuk nima ekanligini ayting?<\/strong>
Javob: Jon Kennedining jasadi.
Vitse-prezident zudlik bilan prezident o\u2018rnini egallaydi<\/p>\n\n\n\n
7426. Robiatur Ray bir kuni yig’ladilar. Sababini so’rashgan edi. Fatvo berishga noloyiq odamlar fatvo berishyapdi ularni xoliga yig’layapman do’zaxda yonmasalar deb qo’rqaman deb javob bergan ekanlar.
Ulamolar Fatvo beruvchilar \u2026\u2026. holatda bo’lishadi deydilar.
Nuqtalar o’rnidagi so’zni topamiz?<\/strong>
Javob: Arosat ya’ni jannat bilan do’zaxni o’rtasida turishadi<\/p>\n\n\n\n
7427. Bu sahoba Rasulullox Sallolloxu alayxi vasallamni buyruqlari bilan 17 kunda yahudiylar tilini o’rganadilar va tarjimonlik qiladilar. O’shanda bu sahoba necha yoshda bo’ladi. Bu sahobani ismini va yoshini ayting?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob: Zayd ibn Sobit 13 yosh<\/p>\n\n\n\n
7428. Islomni ilk yili. Musulmonlar soni sanog’lik 20 kishi atrofida.
Bu yosh sahoba Islomni qabul qilganini onasi bilib qolib ukasiga xabar beradi. Tog’a o’taketgan johil inson jiyanini uyga qamab xonani tutunga to’ldirdi. Bu hol ko’p takrorlandi. Lekin bu yigit o’z yo’lidan qaytmadi. O’ldirsangiz ham qaytmayman degandan so’ng o’z holiga qo’ydilar. Bu sahobani ismini ayting?<\/strong>
Javob: Zubayr ibn Avvom<\/p>\n\n\n\n
7429. Rasulullox Sallolloxu alayxi vasallam ga ko’p yordam qilgan umrini oxirlarida Istanbulni fath qilinishida shahid bo’lgan. Istanbul devorlari ostiga dafn qilingan sahoba kim?<\/strong>
Javob: Abu Ayub al Ansoriy<\/p>\n\n\n\n
7430. Yer yuzidagi tirik jonzotlar orasida odamlar yetim bola asrab olishadi odamlar ongli mavjudot deymiz. Lekin shunday jonzotlar ham borki onasi o’lgan jonivorni bolani asrab katta qilar ekan. Qaysi jonzotlar?<\/strong>
Javob: Olmaxonlar<\/p>\n\n\n\n
7431. Abu Xurayra r.a rivoyati
Bir kuni Rasulullox Sallolloxu alayxi vasallam qalqonlaringizni olinglar dedilar.
Dushman ko’rindimi yo Rasulullox deyishdi sahobalar
Yo’q do’zaxdan asrovchi qalqonlaringizni olinglar dedilar va bir zikrni aytdilar
Do’zax o’tidan asrovchi qalqonni ayting?<\/strong>
Javob: Subhanalloh valhamdulillah vala ilaha illallohu vallohu Akbar <\/p>\n\n\n\n
Javob: Diktatorlar<\/p>\n\n\n\n
7433. Bizga hozir oddiy xol bo’lgan bu ishni Ulamolar Allohni nazdida katta gunohlardan biri deb hisoblashadi. Qanday ish bu?<\/strong>
Javob. Alloh yashirgan birovni aybini hammaga oshkor qilish<\/p>\n\n\n\n
7434. Alloh aytadi bandam joning meniki. Amaling o’zingniki
O’rtamizda u bor deydi.
Uni ayting?<\/strong>
Javob: Duo<\/p>\n\n\n\n
7435. Tarix mobaynida yozilgan eng qisqa va balog\u2018atli maktub:
«Umar ibn Xattobdan Misr hokimi Amr ibn Osga: Menga yetib kelishicha, hukm majlislarida sen suyanib o\u2018tirar ekansan. Ey Osning o\u2018g\u2018li, \u2026\u2026..Aks holda hokimlikdan olaman!».
Tushirib qoldirilgan so’zni toping?<\/strong>
Javob. Tavozeli o’tir<\/p>\n\n\n\n
7436. Dunyoda ajoyibotlar ko’p. Olimlarni fikricha unga 450mln yil bo’lgan. Aynimagan Lekin u magazinga tushgach yaroqlilik muddati 2 yil bo’lib qoladi.
U ni nimaligini ayting?<\/strong>
Javob: Tuz<\/p>\n\n\n\n
7437. Ko’rni ko’zi ochilsa birinchi bo’lib qiladigan ishi nima bo’ladi. Gap emas gapirmay bir ish qiladi.
Nima ishligini ikki so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob: Hassasini uloqtiradi<\/p>\n\n\n\n
7438. Alfa-nemischadan olingan so’z bo’lib, kuchli uzum vino turlaridan biri hisoblanadi. Alfaning tarkibida hajmi bo’yicha 17-20% spirt, 5-14% qand, 4-6 g\/l vino kislotasi bo’ladi. Alfa-oq, pushti va qizil uzum navlaridan oxirigacha bijg’imagan turp aralash sharbatni, yoki yangi ezilgan g’ujumlarni etil spirti bilan spirtlash va muayyan muddat davomida yetiltirish yo’li bilan tayyorlanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?<\/strong>
Javob: Portveyn<\/p>\n\n\n\n
7439. Esperanto tilida koko deb katta oilaning boshlig’ini , kokino deb uning ayolini, kokonito deb bolasini aytadilar.
Diqqat savol: koko, kokino, kokonitolarning tarjimasi nima?<\/strong>
Javob: Koko-xo’roz, kokino-tovuq, kokonito-jo’ja. <\/p>\n\n\n\n
7440. Moskva Kremli ustidan hatto qarg’alar ham uchib o’tolmagan. Buning uchun maxsus qo’riqlash tizimi mavjud bo’lib, bu guruhda asosan bir millat vakillari xizmat qilgan.
Diqqat savol: bu qaysi millat vakillari va begona qushlar Kreml osmonidan qanday haydalgan?
Tushuncha: Javob to’liq izohi bilan berilsin<\/strong>
Javob: Turkmanlar. Bir guruh ovchi qushlar, lochin, burgutlar Kreml osmonini qushlardan tozalab turgan.<\/p>\n\n\n\n
7441. Diqqat savol: 2009-yilning eng mashhur poyafzali va uning egasi kim?<\/strong>
Javob: Iroqlik jurnalist Muntazir al Zaydi.
Izoh: U matbuot anjumanida AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bushning boshiga poyafzal otgan<\/p>\n\n\n\n
7442. Ayrim hududlarda u maqsadda asalari obraz qilib olingan, yana qayerdadir tuya, hatto mushuk, u narsaning timsoli qilib olingan. Ammo eng mashhuri deb biz so’ramoqchi bo’lgan narsa qabul qilingan.
Diqqat savol: nimani so’rayapmiz?<\/strong>
Javob: Kabutar-tinchlik ramzi.<\/p>\n\n\n\n
7443. Xorun ar-Rashidda Bogolul, A. Makedonskiyda Stamp, Shayboniyxonda Sur, Genrix VII da Olduva bo’lgan.
Diqqat savol: ularning kim ekanligini va ularning Pyotrdagisining nomini toping.<\/strong>
Javob: Masxarabozlar. Pyotr I da Arab Gannibal bo’lgan.<\/p>\n\n\n\n
7444. Mantis qisqichbaqasi o’zining ko’rish qobiliyati tufayli olimlar uchun katta qiziqish uyg’otadi, chunki u UNI ko’ra oladi. Svetlana Bronnikovaning so’zlariga ko’ra, U odatda hayotni asta-sekin yemirib boradi. UNI bir so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob: saraton
Izoh: Mantis qisqichbaqasining ko’rinishi hayratlanarli va sharh uning barcha xususiyatlari haqida gapirish uchun etarli emas. Xususan, bu qisqichbaqasimon saraton hujayralarini eng erta bosqichlarda ko’z bilan ajrata oladi. Hozir olimlar mantis qisqichbaqasi ko’ziga o’xshab ishlaydigan uskuna yaratishga harakat qilmoqda, bu esa saraton kasalligini ancha oldinroq aniqlash imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n
7445. Bir jonzot borki u ham odamlar singari ro’za oyida ro’za tutadi
Savol: bu jonzot qaysi?<\/strong>
Javob: Kit<\/p>\n\n\n\n
7446. 1968-yilgi Olimpiada o’yinlarida G’arbiy Germaniya terma jamoasi hayratlanarli natija ko’rsatgan holda yengil atletika musobaqalarining deyarli har yo’nalishida yuqori probali medallarni qo’lga kiritishadi. Ammo, hech kim uchun bu syurpriz bo’lmaydi. Chunki, ular bu medallarni doping orqali yutgani hammaga ayon bo’lib ulguradi. Lekin, tashkilotchilarga dopingga qarshi qaror qabul qilmaganliklari pand beradi. Turnirdan so’ng esa, alamzada inglizlar maqola bosib chiqarishadi. Sarlavhasi quyidagi mazmunda bo’ladi. «Bu musobaqani atletlar yutmadi, balki X lar yutdi. Agar medal berish kerak bo’lsa, ularga berish adolatdan bo’lardi»
Diqqat savol: X qaysi kasb egalari?<\/strong>
Javob: Farmasevtlar<\/p>\n\n\n\n
7447. Basketbol sport turi yaratilgandan keyin hisob bo’yicha birinchi ya’ni debyut basketbol matchi g’alati hodisalar bilan yodda qolgan. Deyarli hamma o’yinchilar parketni jarohat bilan tark etishgan. Bunga X ning bitta ekanligi sabab bo’lgan ekan.
Diqqat savol: O’sha jarohatlar epidemiyasiga sabab bo’lgan yagona X ni ifodalang?<\/strong>
Javob: Qonun-qoida.
Izoh: Basketbol o’yini yaratuvchisi Jeyms Neysmit bu o’yin qanday o’ynaladi deya so’ragan debyutantlarga faqat bir qoida bor. Unga ko’ra, to’pni savatga tashlang deya javob beradi va o’yinda tartibsizlik va pala-partishlik yuzaga keladi.<\/p>\n\n\n\n
7448. Buyuk Britaniyaning ayrim maktablarida bolalarga BU HARFni o’rgatish uchun doskaning yuzasini suv qoplagan deb faraz qilish va doska o’rtasiga orol rasmini chizish yetarli ekan.
Diqqat, savol: Bunday g’ayrioddiy usul orqali bolalarga qaysi harf o’rgatiladi?<\/strong>
Javob: T harfi.
Inglizcha suv so’zi — WATER. DOSKA YUZASI SUV VA O’RTADAGI OROL BU «WATER» ning o’rtadagi T harfini ifodalaydi.<\/p>\n\n\n\n
7449. Ingliz tilida ALMOST so’zi BU SHARTni bajara oladigan eng uzun so’z ekan.
Diqqat savol: Shunchaki so’zga e’tibor bergan holda SHARTni yozib bering?<\/strong>
Javob: ALMOST so’zi yozilishida harflarning alfavit bo’yicha ketma ketligi kuzatiladi.
Sharti- ALFAVIT BO’YICHA HARFLAR KETMA KETLIGI<\/p>\n\n\n\n
7450. Vrachlar uni Pikvik sindromi deyishadi. Bazilar hushsizlik apnoesi deb aytishadi. Aqshda bo’yin tutqanog’i deyiladi.
Diqqat savol : Bu nima?<\/strong>
Javob: Xurrak otish<\/p>\n\n\n\n
7451. Yevropa uyg’onish davrida bir anatom olim\u2026 (uch nuqta) murdalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishini to’liq o’rgangan.
Diqqat savol: anatom olim ismini toping?<\/strong>
Javob: Anatom olim Vezaliy.<\/p>\n\n\n\n
7452. Aleksandr Makedonskiy eramizdan avvalgi 330-328-yillarda O’rta Osiyo , Hindiston va u davlatga hujum uyushtiradi.
Diqqat savol: qayerga?<\/strong>
Javob: Hozirgi Afg’oniston hududiga<\/p>\n\n\n\n
7453. U ko’hna dvoryan sulolasiga mansub. U bolaligida juda zaif va nimjon bo’lgan. Ota-onasi hatto o’sha zamon talabiga qarshi borib o’g’lini harbiy xizmatga yozdirmagan.
Diqqat savol: u kim?<\/strong>
Javob: Suvorov<\/p>\n\n\n\n
7454. Amir Temur jangchilariga jang oldidan osh berishni odat qilgan. Suvorov esa jangchilarga qulay bo’lgan bu taomni joriy qilgan.
Diqqat savol: Suvorovning yangiligi nimada edi?<\/strong>
Javobi: Askarlar bo’tqa- kashani yonida olib yurgan<\/p>\n\n\n\n
7455. Diqqat savol: Avstraliyada davlatni rasman qirol va qirolicha boshqarsa ham ularning nomidan amalda boshqaruvchi qanday nomlanadi?<\/strong>
Javob: Avstraliya General Gubernatori.<\/p>\n\n\n\n
7456. Suvorov umrining so’nggi yillarida o’z tajribasidan kelib chiqqan holda o’zidan keyingi sarkardalar uchun bir ish qilib ketadi.
Diqqat savol: uning qilgan ishi va nomini toping?<\/strong>
Javob: Suvorov » G’alaba qilish ilmi» nomli kitob yozgan.<\/p>\n\n\n\n
7457. U Amir Temurning faoliyatini qo’llab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi hisoblanadigan katta nog’ora va bayroq tortiq qilgan.
Diqqat savol: kim?<\/strong>
Javobi: Makkalik Sharif Sayid Baraka.<\/p>\n\n\n\n
7458. Quyidagi kino rejissyorlari nomini tinglang. 1950-1960-yillari Dada Sohib, 1970-1980-yillarda Raj Kapur, 1990-yil va undan keyingi bir necha yillarda Yash Chopra.
Diqqat savol: rejissyorlarni qanday nom birlashtirib turadi?<\/strong>
Javob: Ularning hammasi o’z davrida hind kinosi otasi nomiga sazovor bo’lgan.<\/p>\n\n\n\n
7459. Diqqat savol: Napoleonning boshqa sarkardalardan keskin farq qiladigan kuchli qobiliyatini toping?<\/strong>
Javob: Napoleon kuchli xotira egasi edi. Napoleon hamma askarining ismini yoddan aytib bera olar edi.<\/p>\n\n\n\n
7460. Qaysi podsho davrida Rim imperyasi armiyasining umumiy soni 300 mingga yetdi?<\/strong>
Javob: Oktavian Avgust<\/p>\n\n\n\n
7461. Uni chinakam Instagram yulduzi desa bo\u02bbladi. Kanalida 306 mln muhlisi bor. U sportsiz hayotini tasavvur qilolmaydi. Asosan basketbol va futbolga qiziqadi. U o\u02bbz faoliyatining asosiy qismini Oregon shtatidagi Biverton shahrida olib boradi. Butun dunyoda 44000 dan ortiq ishchilari bor. U o\u02bbzining ilk ko\u02bbrinishi uchun 35$ maosh olgan. Hozirda esa Uning bahosi $10.7 mlrd ga teng.
Diqqat savol : gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Nike<\/p>\n\n\n\n
7462. Mo\u02bbg\u02bbul folkloriga ko\u02bbra odamlar ULARNING sharofati bilan ins-jins va yovuz ruhlarning inson tanasiga kirib olishidan saqlanishar ekan.
Diqqat savol : ULARNI toping?<\/strong>
Javob: Qisiq ko\u02bbzlari<\/p>\n\n\n\n
7463. Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta\u02bcrif bergan: «Har bir insonning o\u02bbz U si bor. Kimlar uchun u yo\u02bbl ko\u02bbrsatuvchi, yana kimlar uchun esa faqatgina bir cho\u02bbq xolos».
Javob: Yulduz<\/p>\n\n\n\n
7464. Germaniyadagi kriminalistika instituti hakerlar klassifikatsiyasini o’rganib chiqib, ularni uch turga bo’lgan. Birinchisi, ma’lum hakerlar, ikkinchisi noma’lum hakerlar, uchinchisi \u2026
Uchinchi guruhda barcha hakerlarning 6% i jamlangan bo’lsa,
Uchinchi guruhni toping?<\/strong>
Javob: Ayol hakerlar<\/p>\n\n\n\n
7465. U ayrim insonlarning kimligini bildiruvchi predmetdir. U predmetdan kimlardir sovuqda isinish uchun, kimlardir oftob urishidan, yana kimlardir esa tashqi ko’rinishi uchun foydalanadi.
Diqqat savol: u qanday predmet?<\/strong>
Javob: Parik<\/p>\n\n\n\n
7466. Qadimgi Xitoy madaniyatida suhbat paytida yoshi kichkina bo’lgan odam 2 marta o’zidan katta bo’lgan suhbatdoshini ko’ziga qarashi kerak ekan
Diqqat savol: u qaysi 2 paytda qarashi kerak?<\/strong>
Javob: Uchrashuv boshida va oxirida<\/p>\n\n\n\n
7467. Bu ikkita qahramonimiz qandaydir mexanizmga ega. Birinchisi atrofdagilarga samimiy munosabatda bo’lsada 1 ayol undan qandaydir zarar ko’rgan. Ikkinchisi esa qo’pol va jahldor bo’lsada 1 ayolni jonini bir necha marta qutqargan. Bu ikki qahramonimiz ayollarga bir xil va’da berishgan.
Diqqat savol: Bu qahramonlar kim va ularning va’dasi nima edi?<\/strong>
Javob: Karlson va Terminator
Vada esa:
Karlson: «Men albatta qaytib kelaman»
Terminator: » I’ll be back» (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/9597?comment=74730)<\/p>\n\n\n\n
7468. Bir yil davomida Sena daryosi bo\u2019ylarida \u201cX\u201d lar soni bir necha yuztaga ortayotgan bir paytda \u201cY\u201dlar suvda ko\u2019payib bormoqda ekan.
Diqqat savol: Hukumat fikriga ko\u2019ra \u201cX\u201d lar shaharning tashqi ko\u2019rinishini buzmoqda. \u201cX\u201d va \u201cY\u201dni ayting?<\/strong>
Javob: Qulf va kalit
7469. U o\u2018zini ilk katta yutug\u2018ini 2009-yil Qozog\u2018istonda qo’lga kiritdi. Keyinchalik ko\u2018plab yutuqlarga erishib, ko\u2018pgina muxlislar qalbidan joy oladi. Qahramonimiz aytishicha, yutuqlarini o\u2018zi uchun eng qadrli va eng kattalarini 2012-yil O’zbekiston Chempionati va 2016 yili Janubiy Amerikada erishgan . Diqqat kutilmagan savol: Gap kim haqida ketayotganini topgan bo\u2018lsangiz, menga uning adashi bo’lgan boshqa bir kichik epizoddagi personaj laqabini aniq yozib bering?<\/strong>
Javob: Hasanboy Terminator!
Gap Hasanboy Do\u2018smatov haqida ketayotgan edi. Uni bizga ma\u2019lum bo\u2018lgan mashhur adashi kino personaj \u201cKichkina Tabib\u201d filmidagi Hasanboy edi. Ko\u2018pgina shumliklari uchun unga \u201cTerminator\u201d laqabi berilgan bo\u2018lsa ajabmas.<\/p>\n\n\n\n
7470. Yuliy Sezar yurishlaridan birida ko\u02bbp qiyinchiliklarga duch keladi. Dengiz osha yangi bosib olinajak yerga yetib borganida kemadan tushiboq Sezar toshga urilib yuzi bilan yiqilib tushadi. Turishdan oldin esa Sezar qo\u02bbliga X ni changallab olib shunday deydi: «Men seni qo\u02bblimda ushlab turibman Y». Bundan ruhlangan askarlar rostan ham bu yerni bosib oladilar.
Diqqat savol: X va Y ni aniq yozib bering?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob: X — qum (yoki tuproq), Y — Afrika.<\/p>\n\n\n\n
7471. Turkmaniston prezidenti Saparmurat Niyozovga Ashxobodda o\u02bbrnatilgan eng baland haykalni aylanuvchi mexanizm bilan jihozlashgan. Xalqda bu haykalni Unga o\u02bbxshtishadi.
Diqqat savol: Turkmanlar haykalni nimaga o\u02bbxshatishganini yozib bering.<\/strong>
Javob: Kungaboqar<\/p>\n\n\n\n
7472. Graf Monte Kristo: » (Alfa ni) birinchi marta ko\u02bbrganda jirkandim, ikkinchi gal parvoyi falak o\u02bbtirdim, axiri borib alfa ga qiziqadigan bo\u02bblib qoldim. Turmushda eng muhim narsa — alfa
Diqqat savol: Alfani aniq yozib bering?<\/strong>
Javob: O\u02bblim.
Izoh uchun: ushbu asarning «Mazzolata» bobini o\u02bbqib chiqing.<\/p>\n\n\n\n
7473. Ba’zida 10 lab xattoki yuzlab pingvinlar o’z uylaridan ancha uzoqda bo’lib qolishadi va ular orqaga qaytisha olmaydi.
Diqqat savol: bu pingvinlarning o’z uylaridan uzoqlashib ketishiga nima sabab bo’ladi?<\/strong>
Javob: Aysberglar tufayli. Chunki katta Aysberglar ajralib chiqadi va bir qancha pingvinni o’z manzillaridan uzoqlashtiradi<\/p>\n\n\n\n
7474. Eski maktablar esingizga tushdimi? O’sha revolyusiyadan oldin Turkistondagi maktablarda domlalarga (muallimlarga) haftaning bir kunida in\u2019omlar (non, pul, shu kabi) keltirilgan. Savol ular bu in\u2019omlarni haftaning qaysi kuni keltirishgan?<\/strong>
Javob: Payshanba, u in\u2019om payshanbalik deb yuritilgan.<\/p>\n\n\n\n
7475. U narsa XVI asrda Venesiya yaqinidagi Murano orolida kashf etilib, uni yasash juda sir saqlangan. Savol Venesiyada XVI asrda nima kashf etilgan?<\/strong>
Javob: Ko’zgu<\/p>\n\n\n\n
7476. O’rta asr Hind hakimlari o’zi yemay, birovga ham bermay, bir dunyo xazina to’plagan baxil kishilarni «eng saxiy» kishilar deb atashgan ekan. Nega ular baxil kishilarni «eng saxiy kishilar» deb atashgan?<\/strong>
Javob: Ular vafot etgandan so’ng barcha to’plagan boyliklarini saxiylarcha bu dunyoga tashlab ketishadi. <\/p>\n\n\n\n
7477. Algebra fani paydo bo’lishiga, oilalardagi zarur bir ehtiyoj sabab bo’lgan. O’sha zarur ehtiyoj nima deb ataladi?<\/strong>
Javob: Algebra fani paydo bo’lishiga oilalardagi janjallar sabab bo’lgan, ming yil oldin ham oilalardagi janjallar o’sha narsadan kelib chiqardi, ya\u2019ni merosni to’g’ri, teppa-teng taqsimlash maqsadi algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy ana shu zaruriyat uchun yaratgan. <\/p>\n\n\n\n
7478. O’n sakkiz ming qiz edik
Qirgin keldi qirildik
Alloh mo’jizasimi
Yana qayta tirildik
Sherda insondagi qaysi holat ta’riflagan?<\/strong>
Javob: Soch<\/p>\n\n\n\n
7479. Uni ilk bor, Amerika ko’chalarida, Benjamin Franklin qo’llagan. Bu xayrli ishini patentlab qo’yganida edi, hozir ham uning hisobiga mablag’ tushib turar edi. Savol: Franklin shahar ko’chalari uchun qanday yangilik kiritgan?<\/strong>
Javob: Yo’llarni asfalt qildirish<\/p>\n\n\n\n
7480. Bu inson o\u2018z davrida dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblangan. Shaxmatga oid maqolalar chop etadigan jurnalist bo\u2018lib ishlagan. Sovet shaxmatchilari orasida bir hazil bo\u2018lgan, unga ko\u2018ra bu shaxmatchi juda \u201cshirin\u201d shaxmatchi bo\u2018lgan ekan. Albatta bunday hazil qilinishiga ma\u2019lum bir sabab bo\u2018lgan. Bu shaxmatchi kim?<\/strong>
Javob: Iogann Sukertort.
Izoh: \u201cSuker\u201d so\u2018zi nemis tilida \u201cshakar\u201d degan ma\u2019noni beradi. Shu sababli hamma sovet shaxmatchilari uni hazillashib shirin shaxmatchi deyishgan.<\/p>\n\n\n\n
7481. Oliy hukmdarlarning amri doim vojib bo\u2018lgan. Biz bu qahramonning qismatida ham shunga guvoh bo\u2018lamiz. U umrbod hukm qilingan tutqunlikdan ozod qilingan bo\u2018lsada, Oliy hukmdor buyrug\u2018iga ko\u2018ra o\u2018zi hibs qilingan zanjirning bir halqasidan yasalgan uzukni taqib yurishga majbur bo\u2018lgan. Qolaversa, uzukni ko\u2018zi ham begona joydan olinmagan. Siz menga bu maxsus uzuk egasini ayting?<\/strong>
Javob: Prometey.
Izoh: Uzukka ko\u2018z u bandi qilingan qoya parchasidan Zevs buyrug\u2018iga ko\u2018ra o\u2018rnatilgan. Bu bilan Zevs Prometey hali ham o\u2018sha qoyaga bog\u2018langan degan ishora qilmoqchi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
7482. 1996-yil umumjahon hamjamiyati tomonidan tasdiqlangan SI (system international) ya’ni xalqaro birliklar sistemasiga nechta va qanday birliklar kiritilgan?<\/strong>
Javob: 7 ta asosiy, 2ta qo’shimcha va 250 dan ortiq xosilaviy birliklar.<\/p>\n\n\n\n
7483. Bu so\u2018z ikki yunon xudolari: Germes (erkak) va Afrodita (ayol) nomlaridan kelib chiqqan bo\u2018lib o\u2018zida bu ikkovining bir xususiyatini birlashtiradi. Bu qanday so\u2018z?<\/strong>
Javob: Germafrodit (O\u2019zida ikki jinsning belgilarini saqlovchi organizm).<\/p>\n\n\n\n
7484. Antionioni burnining uchi g\u2018arq pishgan olchaga o\u2018xshab, doimo qip-qizil, shuning uchun uni odamlar \u201cUsta Olcha\u201d deb atashardi. Uning do\u2018sti Jeppettoga esa boshidagi sap-sariq parigiga ishora qilib \u201cZog\u2018ora non\u201d deb laqab qo\u2018yilgandi. Diqqat savol, bu ikki usta yaxshi taniydigan va doimo hushchaqchaq kun kechiradigan oila nomini 5 daqiqadan keyin yozib bering?<\/strong>
Javob: Pinokkiolar oilasi<\/p>\n\n\n\n
7485. A.S.Pushkin, \u201c1827 yil 1 oktyabr\u201d she\u2019ridan parcha: Tangri yor bo\u2018lsin jo\u2018ralar, sizga \u2013 Bo\u2018ronlarda-yu tiriklik dardida, Yot diyorda ham olis dengizda, Ham u qorong\u2018u yerning qa\u2019rida\u2026 Ushbu she\u2019r kimlarga bag\u2018ishlangan?<\/strong>
Javob: Dekabristlarga<\/p>\n\n\n\n
7486. Alisher Navoiyning \u201cLison ut-tayr\u201d asarida Hazrati Ali bilan bog\u2018liq rivoyat keltirilgan, unga ko\u2018ra Ali janglarning birida og\u2018ir yaralanadi va dushman o\u2018qining uchi suyagigacha yetib boradi. Oqibatda og\u2018riq zo\u2018rligidan o\u2018qni tortib chiqarishni iloji bo\u2018lmaydi. Shunda bir usul yordamida o\u2018qni sug\u2018urib olishadi, Savol, nima Alining og\u2018riqni unitishiga sabab bo\u2018lgan?<\/strong>
Javob: Namoz<\/p>\n\n\n\n
7487. Bu davlatni 1741 yildan boshlab eronlik bosqinchilarni mamlakatdan quvib yuborgan Ahmad ibn Said avlodi boshqarib kelmoqda?<\/strong>
Javob: Ummon<\/p>\n\n\n\n
7488. 1962 yilda bu davlat Misr bilan birgalikda Birlashgan Arab Respublikasini tuzgan edi?<\/strong>
Javob: Suriya<\/p>\n\n\n\n
7489. Bu davlatning davlat dini islom, davlat tili fransuz. 4 aprel milliy bayrami Mustaqillik kuni sanaladi?<\/strong>
Javob: Senegal<\/p>\n\n\n\n
7490. \u201c\u041a\u043e\u043c\u043c\u0435\u0440\u0441\u0430\u043d\u0442\u201d jurnalida yozilishicha Iroqqa birinchi bor tashrif buyurgan Rossiyalik jurnalistlar o\u2018z reportajlarini shu jumla bilan boshlashni yoqtirishar ekan. Diqqat savol, bu jumlani ular qaysi kinofilmdan o\u2018zlashtirib olishgan?<\/strong>
Javob: \u201cAlovuddinning sehrli chirog\u2018i\u201d filmidan.
Izoh: Jurnalistlar esa o\u2018z reportajlarini \u201cBag\u2018dodda hammayoq tinch\u201d deb boshlashga odatlanib qolishgan.<\/p>\n\n\n\n
7491. Mallakagan yarim orolining mahalliy aholisi qadimdan noan\u2019anaviy duellarni o\u2018tkazib kelishadi. Bunda qurol sifatida kaklik patlaridan foydalaniladi. Savol quyidagicha xalqimiz orasida keng tarqalgan maqollardan qaysi biri ushbu duellarga rasmiy shior qilib tanlanishi mumkin ekaligini toping?<\/strong>
Javob: Oxirgi kulgan, mazza qilib kuladi.
Izoh: Bu duellarda qatnashuvchilar qush patlarini bilan bir birini qitiqlarini keltiradi. Albatta oxirgi bo’lib kulgan qatnashuvchi g’olib deb topiladi<\/p>\n\n\n\n
7492. 1940 yillarda Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo\u2018lgan o\u2018sha davrda dunyodagi eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi. Ko\u2018p o\u2018tmay bir mashhur inson shunday
relslardan 3-4 km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o\u2018ylab ko\u2018ringda ushbu insonning familiyasini ayting?<\/strong>
Javob: Uolt Disney (Disneyland bog’i uchun)<\/p>\n\n\n\n
7493. 1760-yil Strasburgda Mari ismli qizcha tug\u2018iladi. Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan Mari, keyinchalik Angliyaga ko\u2018chib ketadi va u yerda bir mashhur muassaga asos soladi. Endi
manga ushbu fransuz xonimining familiyasini ayting?<\/strong>
Javob: Madam Tyusso (Londagi mashhur muzeyga asos solgan)<\/p>\n\n\n\n
7494. Ko\u2018pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo\u2018lishga imkoniyat bermas emish. Ko\u2018plab Amerikalik ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi?<\/strong>
Javob: Prezident yoshi 35 dan yuqori bo\u2018lishi kerak. Ayollar o\u2018zlarini 35 yoshdan katta deb tan ololmas ekan.<\/p>\n\n\n\n
7495. Ushbu inson doimo uy yumushlari bilan shug’ullangan. Ushbu insonda ijod bilan shug’ullanish uchun doim ham vaqt topilmagan va ijod qilish uchun oshxona, yoki mehmonxona stol va stullaridan foydalangan ekan. Ushbu inson doimo bo’sh vaqtlarida ijod qilgan bo’lsa ham juda mashhur bo’lib ketgan.
Diqqat savol: ushbu taniqli insonni toping?<\/strong>
Javob: Agata Kristi.<\/p>\n\n\n\n
7496. Bu xalq o\u2019zini inuit deb ataydilar, hammasi bo\u2019lib ularning soni 115 ming kishidan ko’proqni
tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi
xalq?<\/strong>
Javob: Eskimoslar<\/p>\n\n\n\n
7497. IKS lar urushi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida boshlangan. Bir tomon doimiylikni ma’qul ko’rsa, ikkinchisi buni rad etkan. Bir tomon ikkinchi tomonni shunday qoralaganki, hatto buni isbotlash uchun omma oldida jonivorlarni ham o’ldirgan. Bugungi kunni esa, ushbu urush asosiy qahramonlari «ishini» bir — birisiz va ularsiz tasavvur qilish juda qiyin. Ma’lumotlarga tayanib IKS ni bir so’zda ayting?<\/strong>
Javob: Tok
Tomas Eddison doimiy elektr toki tarafdori bo’lgan, Nikola Tesla esa o’zgaruvchan elektr toki tarafdori va shu bilan birgaasoschilardan biri ham bo’lgan. Bugungi kunni esa, lampochkasiz va o’zgaruvchan elektr tokisiz tasavvur qilish qiyin.<\/p>\n\n\n\n
7498. Angliya birinchi ligasi 2 klubi o’rtasida o’tayotgan o’yinda, kiyinish xonasida 10 daqiqa o’tirgan futbolchilar jamoadoshi ya’ni darvozabonni yo’qligini sezib qolishadi. Zudlik bilan maydonga yugurib chiqib, darvozabonni oldiga borsa, darvozabonni shay holatda turganligini ko’radi. Aytingchi nega darvozabon jamoadoshlari bilan kiyinish xonasiga bormasdan darvozani qo’riqlayabdi?<\/strong>
Javob: Kuchli qor bo’roni sabab (tuman ham qabul)
Bu Angliyaning «Lester Sity» hamda «Nottingem Forest» klublari o’rtasidagi o’yin bo’lib kuchli qor bo’roni tufayli hakam o’yinni to’xtatishga majbur bo’lgan. Lekin darvozabon jamoadoshlari maydaondan chiqib ketayotganini ko’rmagan<\/p>\n\n\n\n
7499. Ruhshunoslarning fikriga ko’ra bu ishni o’z suhbatdoshingizga nisbatan bir necha bor qilishingiz u bilan yaqinlikni yanada oshirib, tezroq do’stlashishga sabab bo’lar ekan. Bir xalqning an’analariga ko’ra inson o’lganidan so’ng bu ishni qilish taqiqlanar ekan. Savol bu qanday ish?<\/strong>
Javob: Insonni ismi bilan chaqirish<\/p>\n\n\n\n
7500. Yevro 2016 Shvetsiya-Belgiya uchrashuvida boshlovchi ikki jamoani ularga o’xshatadi.
Shvetsiya-huddi X kabi oddiy, chidamli, baquvvat, unga alohida bilim shart emas.
Belgiya esa Y kabi chiroyli,qulay, foydali jihatlari mavjud, ammo u haqida bilimga ega bo’lmaganlar undan foydalana olmaydi. X va Y ni umumiy nomini ayting?<\/strong>
Javob: Iphone va Nokia<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"