{"id":137693,"date":"2024-07-08T13:55:10","date_gmt":"2024-07-08T10:55:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137693"},"modified":"2024-07-12T12:11:20","modified_gmt":"2024-07-12T09:11:20","slug":"jizzax-shahri-ikkinchi-jahon-urushi-yillarida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-shahri-ikkinchi-jahon-urushi-yillarida\/","title":{"rendered":"Jizzax shahri ikkinchi jahon urushi yillarida"},"content":{"rendered":"\n<p>1941 yil 22 iyun kuni tongida fashistlar Germaniyasi mamlakatimiz tuprog\u2019iga xiyonotkorona bostirib kiradi. Urush boshlanganligi to\u2019g\u2019risidagi mash\u2019um xabar O\u2019zbekistonning barcha viloyatlariga, shahar va qishloqlariga yashin tezligida tarqaldi. Jizzaxlik hamshaharlarimiz ham butun xalq bilan yonma-yon turib, o\u2019sha paytda taqdirlari bir bo\u2019lgan ittifoqchilarimiz bilan hamkorlikda Vatan himoyasiga otlandi. Jizzax shahrining sanoat korxonalari, tashkilot va muassasalarida, Jizzax tumanida, kolxoz va sovxozlar, maktablarda ko\u2019p ming kishilik mitinglar bo\u2019lib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax tuman partiya qo\u2019mitasining birinchi kotibi Otaulla Oxunboboyev shahardagi ana shunday mitinglardan birida so\u2019zlagan nutqida fashist bosqinchilariga la\u2019natlar o\u2019qib, hammani fidokorona mehnat qilishga chaqirdi. Mitingda so\u2019zga chiqqan Mamatqul Qurbonovning hayajonli nutqi miting qatnashchilarining fikrini o\u2019zida mujassamlashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mitingda ishtirok etgan xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talabalar, yoshlar o\u2019z Vatanlarini himoya qilishga, bosqinchilarni tor-mor qilish uchun urushga borishga, g\u2019alabani ta\u2019minlash uchun front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushning dastlabki oylaridayoq juda ko\u2019plab kishilar ko\u2019ngilli bo\u2019lib frontga ketdilar. Qasoskorlar orasida Pyotr Koryagin, Toshpo\u2019lat Qodirov, To\u2019raqul Ergashev, Oleg Kan, Aleksey Alyoshin, Ahmad Safiullin, Leonid Ponomarenko, Ivan Gavrilov, Nizom Suvonqulov, Oqil Nazarov, Ahmad Bobojonov, Qipchoq Ismoilov, Murodjon Abdurahmonov, G\u2019aybulla Hamroyevlar ham bor edi. Fashistlarga qarshi jang qilish uchun erkaklar bilan bir qatorda jizzaxlik xotin-qizlar \u2013 Antonina Tulyakova, Zubrajab Bektagirova, Antonina Popova, Antinonina Fedyayeva, Klavdiya Pestrolyubova, Yelizaveta Dudlyajenko, Vera Fisenko, Yekaterina Zelenova singari ko\u2019plab shifokorlar ham frontga otlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahri Jizzax tumanining markazi bo\u2019lgani uchun tuman partiya va ijroiya qo\u2019mitasi hayotni urush davrida talablariga moslab qayta qurishga, butun kuch va vositalarni frontga safarbar etishga qaratdi. Front orqasini mustahkamlash, qishloq xo\u2019jaligi, sanoat korxonalarini yanada samaraliroq ishlashini ta\u2019minlash vazifalari amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxliklar sanoat va qishloq xo\u2019jaligi korxonalarida frontga ketgan yor-birodarlari uchun kechani kecha, kunduzni Kunduz demay mehnat qildilar. Barchaning fikri-zikri frontga ko\u2019proq yordam qilishga qaratilgan edi. Fabrika zavod devorlarida \u201cHamma narsa-front uchun!\u201d, \u201cHamma narsa-g\u2019alaba uchun!\u201d degan da\u2019vatkor shiorlar paydo bo\u2019ldi. Shahar ahli, ota-onalar dahshatli sinov paytida o\u2019z farzandlarini frontga jo\u2019natar ekanlar: \u201cMard va botir askar bo\u2019l, hamisha birinchi safda bo\u2019lib, qahramonlarcha jang qilib, g\u2019alaba bilan qaytib kel\u201d, deb niyat qilardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar sanoat korxonalarida butun e\u2019tibor armiyamiz uchun frontga zarur sanoat mollarini ishlab chiqarishga qaratilgan edi. Erkaklar frontga ketganliklari tufayli shahardagi zavod va fabrikalar huvillab qolgan edi. Tsexlardagi yigitlar o\u2019rnini o\u2019spirinlar, xotin-qizlar egalladi. Jizzax ayollari toshkentlik Latifa Nosirovaning: \u201cBiz endi uy-ro\u2019zg\u2019or ishlari bilan shug\u2019ullanadigan xotin-qizlar emas, balki Vatan ozodligi urushining faol ishtirokchilari bo\u2019lgan million-million ishchilarning bir qismi, qahramon jangchilarning g\u2019amxo\u2019r onalarimiz\u201d, degan so\u2019zlarini qizg\u2019in qo\u2019llab-quvvatlab, sanoat, qishloq xo\u2019jaligi, ishlab chiqarish korxonalarida faol mehnat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax sanoat korxonalarining ishlab chiqarishi urush iziga solib yuborildi. 1942 yili Jizzax paxta tozalash zavodi temir yo\u2019l stansiyasi yaqiniga ko\u2019chirildi. Urush yillarida qishloq xo\u2019jaligi mashinalarini ta\u2019mirlash zavodi va paxta tozalash zavodi ishchilarining g\u2019ayrati bilan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Zavodni qisqa muddat ichida ishga tushirish ta\u2019minlandi. Zavodda 1200 ot kuchiga ega bo\u2019lgan elektrostansiya qurilib ishga tushirildi. Ishlab chiqarish puxta tashkil qilingani tufali korxonada 1941 yili 7890 tonna tola ishlab chiqarilib, reja 113 foizga bajarildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zavodda \u201cjin\u201d mashinalarida ishlagan Muzina Jabborova, Mariya Bajanova, Juma Toshboyev, Tursun Barotov, Yekaterina Pavlenkolar ko\u2019plab paxta lint tolasi ishlab chiqarib, kunlik majburiyatlarini 110-120 foiz qilib ado etdilar. Korxonada Nizom Isayev, Jo\u2019ra Rahimov, Hasan Abdurashidov boshliq smenalarda kunlik, oylik ish rejalari hamisha oshirib bajarilar edi. Zavodda asbob-uskunalarning benuqson ishlashini ta\u2019minlashda mashinist LSpetsin, mexanik P.Samoylov, bosh muhandis A.Matyushenkolar samarali mehnat qildilar. Ishchi kadrlar yetishmaganligidan ish vaqti 10-12 soat davom etib, dam olish kunlari ham ish kuni qilib belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahri aholisining insoniylik, olijanoblik, bolajonlik fazilatlari urush yillarida mamlakatning g\u2019arbiy viloyatlaridan ko\u2019chirib keltirilgan aholiga, bolalarga ko\u2019rsatilgan g\u2019amxo\u2019rliklarda o\u2019z ifodasini topgan edi. Jizzax 1942 yil bahoriga kelib, mamlakatning g\u2019arbiy viloyatlaridan evakuatsiya qilingan 716 kishini, shu jumladan, qatag\u2019on qilingan qrim tatar, ukrain, rus, belorus, polyak millatiga mansub aholini ham o\u2019z quchog\u2019iga olib boshpana berdi, ish bilan, oziq-ovqat bilan ta\u2019minladi. Shaharga ko\u2019chirib keltirilgan aholi ohak zavodi, paxta tozalash, yog\u2019-moy zavodlari, g\u2019alla tayyorlash korxonasi, savdo bo\u2019limi va boshqa muassasalarga ishga joylashtirildi. Ko\u2019chirib keltirilgan oilalarga yigirma olti ming so\u2019m miqdorda mablag\u2019 berilib, 170 gektar tomorqa uchastkalari ajratildi. Shaharga ko\u2019chirib kelingan fuqarolarga bir kunda 400 gramm non, korxonalarda tushlik va kechki issiq ovqat bilan, yosh bolalar va qariyalar esa kuniga 300-400 gramm non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxga ko\u2019chirib keltirilgan bolalar turli yoshda bo\u2019lganligi tufayli 15 yoshgacha bo\u2019lganlari bolalar uyiga, maktab-internatlarga joylashtirilib, o\u2019quv-tarbiyaviy ishlar yo\u2019lga qo\u2019yildi. 17 yoshdagilar ishlab chiqarishga joylashtirildi. Ko\u2019plab oilalar esa boquvchisiz qolgan bolalarni farzandlikka oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida janglarda yaralangan yoki bemor bo\u2019lib qolgan askar va zobitlarni sog\u2019lomlashtirish maqsadida pedagogika bilim yurti binosi bazasida shifoxona ochilib, zarur asbob-uskunlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat bilan ta\u2019minlandi. Bemorlar salomatligini tiklashda shifoxonaning bosh tibbiy hakimi I.I.Bichenkoning xizmatlari, ayniqsa, katta bo\u2019ldi. Viloyat, shahar, tuman muassalari shifoxonaga moddiy-madaniy xizmat ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkaklar frontga ketganligi tufayli rahbarlik lavozimlariga ham ayollar tayinlandi. Jizzax tuman partiya komitetida A.Belyayeva, M.Kudryashova, tuman ijroiya qo\u2019mitasida M.Sladkova, shahar savdo bo\u2019limida B.Xolmatova singari xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida g\u2019ayrat-shijoat ko\u2019rsatib mehnat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharga Rossiya Federatsiyasi va Qrimdan ko\u2019plab oilalarning ko\u2019chirib keltirilishi bir qator qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga ham sabab bo\u2019ldi. Ko\u2019pgina maktablar jamoa xo\u2019jaliklari va muassasalar binolariga ko\u2019chirildi. Maktablarda o\u2019quv xonalari yetishmaganligi sababli mashg\u2019ulotlar 3 smenada, dars soatlari 40 minutda olib borilib, tanaffuslar ham qisqartirildi. Harbiy holat mohiyatini anglagan pedagog jamoalari urush davri qiyinchiliklariga qaramay o\u2019quv-tarbiy ishlarini kuchaytirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Frontga ketgan erkak o\u2019qituvchilar o\u2019rnini xotin-qizlar, pensionerlar urushdan yarador bo\u2019lib qaytgan jangchi muallimlar egalladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yillarida Mehri Odilova, Tojixol Tursunova, Shahri Umarova, Muyassar Nosirova, Nazokat Tursunova, Inobat Oxunova, Toshpo\u2019lat Sharipov, Abdulla Xayrullayev, Abbos Xazratqulov, Normat Qurbonov, Abdulla Rahimov singari ko\u2019plab o\u2019qituvchilar maktablarda o\u2019quv-tarbiyaviy ishlarni olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktab o\u2019quvchilari bilim olish bilan bir qatorda, darsdan bo\u2019sh vaqtlarida jamoa xo\u2019jaliklarida qishloq xo\u2019jaligi ishlarida qatnashdilar. Ular g\u2019o\u2019za parvarishida, ipak qurti boqishda, temir-tersak yig\u2019ishda, frontga sovg\u2019a-salomlar to\u2019plab jo\u2019natishda faol ishtirok etishdi, shahardagi harbiylar shifoxonasiga va yaradorlarga yordam ko\u2019rsatishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fashistlar vaqtincha bosib olgan va dushman yaqinlashib qolgan Ukraina, Belorussiya hamda boshqa respublikalardagi shifo maskanlari va tibbiyot xodimlari sharqqa, jumladan, O\u2019zbekistonga ko\u2019chirib keltirildi. Shifokor M.I.Savkina boshliq Moskva viloyatining Klin shahrida tashkil topgan 2904-evakuatsiya shifoxonasi 1941 yil avgust oyida Jizzax shahriga ko\u2019chirib keltirildi. Shifoxona Jizzax pedagogika bilim yurtining bilim yurtining binosiga (hozirgi Jizzax pedagogika kolleji o\u2019rniga) joylashtirildi. Mazkur shifoxona shahar partiya va ijroiya qo\u2019mitasi ko\u2019magina malakali tibbiyot xodimlari bilan to\u2019ldirildi va frontga jo\u2019natildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Frontga jo\u2019nagan tibbiyot xodimlari safida jizzaxlik shifokorlar A.V.Stepashko, V.S.Eysyan, feldsherlar P.Golovskoy, P.Durasev, S.Yeltsin, hamshiralar A.Belonogova, Z.Vlasova, O.Kodenko, G.Kochetkova, K.Krilova, K.Pestrolobova, S.Romanova, A.Tarasenko, V.Fedchenkolar ham bor edi. Shifoxona jamoasi bilan 10 nafar mahalliy hamshira qizlar ham ko\u2019ngilli bo\u2019lib frontga jo\u2019nab ketdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1941-1945 yillar mobaynida Jizzax muzofotidan ko\u2019plab tibbiyot xodimlari frontga borib, polk, diviziya tibbiyot tarmoqlarida, harbiy shifoxonalarda urushda jarohatlangan jangchilarni davolashda ishtirok etishdi. Jizzaxlik shifokorlar Safar Tursunov, Anvar Botirbekov, feldsher Aziz Xolmuhamedov, zominlik shifokorlar Rahim To\u2019laganov, Zaytuna Buxarova, feldsherlar Fyodor Avtonomov, Abdurazzoq Oripov, g\u2019allaorollik hamshiralar N.Zima, M.Kulish, M.Karyagina, N.Shestyakova singari shifokorlar yarador jangchilarni davolash bilan front chizig\u2019ini mustahkamlashga o\u2019zlarining munosib hissalarini qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushi janggohlariga birinchilar qatorida otlangan jizzaxlik o\u2019zbek shifokor qizi Bahriniso Boboyevaning dushmanga qarshi ko\u2019rsatgan beqiyos mardlik va jasorati haqida front ro\u2019znomalarida ko\u2019plab ocherklar bosildi.<\/p>\n\n\n\n<p>B.Boboyeva 1904-evakuatsiya shifoxonasi bilan birgalikda Krasniy Sulmon, Elton va Krasniy Kut shaharlarida bo\u2019lib o\u2019tgan janglarda jasorat ko\u2019rsatib, hamkasblari qatorida yaralangan jangchilarni davolashda jonbozlik ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jasoratli shifokor B.Boboyeva 1942 yilning avgust oyida frontga jo\u2019natish punkti orqali Krasniy Kut shahridan Stalingrad frontiga yo\u2019l olgan edi. Bu davrda Stalingrad ostonalarida shiddatli janglar bormoqda edi. Bahriniso bevosita jang maydonida yaradorlarga birinchi yordam ko\u2019rsatib, o\u2019zining jasur shifokor ekanligini namoyish etadi. U fashistlarga qaqshatqich zarba berayotgan 37-armiyaga qarashli piyoda o\u2019qchi polkida harbiy shifokor, 1788-evakuatsiya shifoxonasida davolovchi shifokor bo\u2019lib xizmat qilib, ikki marta yaralandi. 1943 yil may oyida og\u2019ir yaralangach, jarohati tezda bitavermaydi va harbiy komissariat qarori bilan harbiy xizmatdan ozod etiladi. Frontda olgan jarohati o\u2019z ta\u2019sirini ko\u2019rsatib, o\u2019zi yillab orzu qilgan va kurashgan g\u2019alaba onlarini ko\u2019rolmay, o\u2019sha yili oxirida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bahriniso Boboyeva Vatan oldidagi xizmatlari uchun orden, medal va Oliy bosh qo\u2019mondonlikning Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Jizzaxlik jangchilar jasorati.<\/strong> Jizzaxlik jangchilar urushning dastlabki kunidayoq fashizmni tor-mor keltirish uchun Moskva, Leningrad, Smolensk, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlar himoyasi, Praga, Varshava, Belgrad, Vena shaharlarini ozod qilish, Berlinni zabt etish uchun bo\u2019lgan janglarda jasorat ko\u2019rsatdilar. Jasur jangchilar O\u2019rol Ahmedov, Xolmat Jo\u2019rayev, Mixail Ayrapetov, Xalil Arslonov, Saidxalil Alimov, Semyon Ivanovlar Leningrad shahrini himoya qilishda, Tixon Dolganov, Nasim Salimov, Nizom Salimqulov, Jo\u2019ra Shobo\u2019tayev, Arslon Sultonov, Pyotr Baturinlar Varshavani ozod qilishda, G\u2019affor Yangiboyev, Aleksandr Kucherov, Ivan Bannikov, Yelena Nikulinalar Berlinni qo\u2019lga kiritishda qahramonona jang qilganliklari uchun hukumatning orden va medallari bilan mukofotlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>JO\u2019RAQUL TO\u2019RAYEV<\/strong> 1922 yilda Jizzax tumanining \u201cMo\u2019lkanlik\u201d qishlog\u2019ida kambag\u2019al dehqon oilasida tug\u2019ildi. Ikkinchi jahon urushiga qadar u jamoa xo\u2019jaligida kolxozchi bo\u2019lib ishladi. Urushning dastlabki kunlaridayoq ko\u2019ngilli bo\u2019lib frontga ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jo\u2019raqul To\u2019rayev urush yillarida fashistlarga qarshi janglarda faol ishtirok etib, o\u2019zbek jangchisiga xos jasurlik ko\u2019rsatdi. U Belorussiya tuprog\u2019idan dushmanni haydab chiqarish uchun bo\u2019lgan janglarda 46-yengil artilleriya brigadasining nishonga oluvchisi sifatida qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Paroxovshin qishlog\u2019i yonidagi jangda dushmanning 12 tankini, \u201cFerdinand\u201d tipidagi ikki o\u2019ziyurar to\u2019pini ishdan chiqarib, dushmanning bir qancha soldat va zobitlarini qirib tashladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1943 yil 17 maydagi hukumat farmoni bilan unga <strong>\u201cUrush Qahramoni\u201d<\/strong> unvoni berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yegor Ivanovich Ivanin 1918 yilda ishchi oilasida Jizzaxda tug\u2019iladi. Ikkinchi jahon urushida fashistlarga qarshi og\u2019ir artilleriyaning 747-batareyasi starshinasi bo\u2019lib, Moskva ostonalarini, Volgabo\u2019yi va Shimoliy Kavkazni dushmandan ozod qilishda faol ishtirok etdi. 1944 yil avgust oyida Paroze (Litva)ni dushmandan ozod qilishda qatnashadi. U qo\u2019mondonlik qilgan rota jangchilari 12 ta tank himoyasidagi dushman bataloni batareyasining o\u2019t ochish nuqtasiga qarshi shiddat bilan hujum qildi. Yegor Ivanovich to\u2019plardan o\u2019q uzib, dushmanning ikkita tankini ishdan chiqaradi, yana ikki tankini yondirib, dushmanni chekinishga majbur qiladi. Starshina Ye.Ivanin komandirlik qilgan batareya jangchilari o\u2019sha kuni bo\u2019lib o\u2019tgan jangda 35 ta dushman tankini yer bilan yakson qiladi. Bu jangda jasurlik ko\u2019rsatgani uchun starshina Ye.Ivanin ham 1945 yil 25 martda chiqarilgan hukumat Farmoniga binoan <strong>\u201cUrush qahramoni\u201d<\/strong> unvoni bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxlik katta serjant, dovyurak razvedkachi Ivan Tixonovich Rijovning fashistlarga qarshi olib borilgan urushda Dnepr daryosining narigi sohiliga o\u2019tishda uning ko\u2019pchilik quroldosh do\u2019stlari halok bo\u2019lishdi. Ammo katta serjant Rijov halok bo\u2019lgan do\u2019stlari uchun qasos olishga ahd qilib, Dneprni kechib o\u2019tib, dushmanga qarshi mardonavor jang qildi. Yigirmata gitlerchini o\u2019ldiradi va ikkita dushman tankini ishdan chiqaradi. Bu jangda ko\u2019rsatgan qahramonligi, jasurligi uchun unga ham Hukumat farmoniga binoan <strong>\u201cUrush Qahramoni\u201d<\/strong> unvoni berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gubarkov Grigoriy Maksimovich Jizzaxda tug\u2019ilgan. Traktor haydovchisiga yordam bo\u2019lib xizmat qilardi. 1944 yili armiya safiga chaqirilib, frontga fashistlarga qarshi jasurlik bilan jang qildi. U Visla daryosini kechib o\u2019tishda, ayniqsa, jasorat ko\u2019rsatdi. Oddiy askar Gubarkov tinimsiz o\u2019q yog\u2019dirayotgan dushmanning o\u2019q otish nuqtasini yo\u2019q qilib, 35 ta dushman askarlarini qirib tashladi va o\u2019z askarlarining daryodan kechib o\u2019tishini hamda g\u2019alabasini ta\u2019minlaydi. G.Gubarkov ham <strong>\u201cUrush Qahramoni\u201d<\/strong> unvoni bilan mukofotlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fashistlarga qarshi janglarda qahramonlik ko\u2019rsatgan g\u2019allaorollik Eshonqul Ismoilov, yangiobodlik Jo\u2019raxon Usmonovlar ham <strong>\u201cUrush Qahramoni\u201d<\/strong> unvoni bilan taqdirlanganlar. Kapitan Qipchoq Ismoilov 321-82 gvardiyachi o\u2019qchi diviziyasi tarkibida Stalingrad ostonalarida dushmanni tor-mor etishda jasorat ko\u2019rsatib, Berlingacha jang qilib bordi. Janglarda Berlinni zabt etishda ko\u2019rsatgan jasoratlari uchun \u201cQizil yulduz\u201d ordeni, \u201cVatan urushi\u201d ordeni bilan mukofotlandi, o\u2019nlab medallar bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahar aholisi mudofaa fondini tashkil etib, front uchun issiq kiyimlar to\u2019plashdi. Ishchilar, ziyolilar shaxsiy jamg\u2019armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa fondiga topshirdilar. Shahar aholisi tashabbusi bilan 1942 yili mudofaa fondiga 75,5 ming so\u2019m pul, 120 tsentner don, 145 bosh qoramol, ko\u2019plab qo\u2019y-echkilar topshirildi. Shahardagi paxta tozalash, yog\u2019-moy zavodlari ishchilari, savdo muassasalari tomonidan frontga vagon-vagon oziq-ovqat va qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlari muntazam jo\u2019natib turildi. 1944 yili dushmandan ozod qilingan shaharlar va tumanlarning aholisiga 315 tsentner go\u2019sht, 2 million so\u2019mdan ko\u2019proq pul yordami ko\u2019rsatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxlik yozuvchi va shoirlar qiynoq ijodi bilan xalqni mardonalikka chorlab, fidokorona mehnatga ruhlantirib, g\u2019alabaga o\u2019zlarining munosib hissalarini qo\u2019shdilar. Ijodiy ziyolilarning radio va matbuotda kishilarni xushyorlikka, vatanparvarlikka, dushmanga qarshi mardonavor jang qilishga, front orqasini mustahkamlashga chorlovchi chiqishlari katta ahamiyatga ega bo\u2019ldi. O\u2019zbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon, davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi, urush qatnashchisi Sharof Rashidov, Qodirjon Imomov, Nazir Safarov va boshqalar jo\u2019shqin she\u2019r, qasidalar yozdilar. Hamid Olimjonning \u201cQo\u2019lingga qurol ol!\u201d, \u201cSharqdan g\u2019arbga ketayotgan do\u2019stga\u201d, \u201cJangchi Tursun\u201d va \u201cRoksananing ko\u2019z yoshlari\u201d nomli asarlari, Sharof Rashidovning \u201cQahrim\u201d she\u2019rlar to\u2019plamida fashizm kirdikorlari fosh etilib, g\u2019alabaga ishonch kuylanib, xalqning jangovar ruhini ko\u2019tarishga xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fashizm ustidan qozonilgan g\u2019alabaning olamshumul tarixiy ahamiyati shundaki, u dunyodagi ko\u2019plab xalqlarni zo\u2019ravonlikdan, qullikdan, zulmdan ozod etdi, erkin, demokratik rivojlanish uchun, iqtisodiy va ma\u2019naviy taraqqiyot uchun yo\u2019l ochib berdi. O\u2019zbek xalqi, shu jumladan, Jizzax xalqi ham fashizmni tor-mor etishda olamshumul ahamiyatga molik g\u2019alabaga o\u2019z hissasini qo\u2019shdi. Urush davri O\u2019zbekiston tarixining uzviy bir qismi bo\u2019lgani uchun biz uni unuta olmaymiz. Jizzaxda urush faxriylariga, ularning oilalariga moddiy-ma\u2019naviy yordam berilmoqda, ularga imtiyozlar joriy qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fashizm ustidan g\u2019alaba qozonigan 9 may kuni O\u2019zbekistonda \u201cXotira va qadrlash\u201d kuni sifatida nishonlanmoqda. Fashistlarga qarshi janglarda halok bo\u2019lgan jizzaxlik mard jangchilarga minnatdorchilik ramzi sifatida Jizzax shahrida \u201cXotira\u201d yodgorlik maydoni barpo etilgan. \u201cXotira\u201d yodgorligi poyida mangu olov yonib turibdi. Urushda halok bo\u2019lganlar xotirasini esga olish, biz bilan hozirgi kunlarda ham yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e\u2019zozlash, hurmat-izzatini joyiga qo\u2019yishdek ulug\u2019vor insoniy fazilatlar, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, Mustaqil O\u2019zbekistonning milliy xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1941 yil 22 iyun kuni tongida fashistlar Germaniyasi mamlakatimiz tuprog\u2019iga xiyonotkorona bostirib kiradi. Urush boshlanganligi to\u2019g\u2019risidagi mash\u2019um xabar O\u2019zbekistonning barcha viloyatlariga, shahar va qishloqlariga yashin tezligida tarqaldi. Jizzaxlik hamshaharlarimiz ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-shahri-ikkinchi-jahon-urushi-yillarida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137693","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137693","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137693"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137693\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137795,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137693\/revisions\/137795"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137693"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}