{"id":137765,"date":"2024-07-11T09:14:44","date_gmt":"2024-07-11T06:14:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137765"},"modified":"2024-07-11T12:44:56","modified_gmt":"2024-07-11T09:44:56","slug":"jizzax-arab-xalifaligi-davrida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-arab-xalifaligi-davrida\/","title":{"rendered":"Jizzax arab xalifaligi davrida"},"content":{"rendered":"\n<p>VII asrning 30-yillarida Payg\u2019ambar Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr arab xalifaligiga asos soldi. Arablar 633-700 yillarda Arabiston yarimoroli hududlarini birlashtirib, Yaqin va O\u2019rta sharq mamlakatlari, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Kavkazorti mamlakatlari, Eronni bosib olib, Amudaryogacha bo\u2019lgan hududlarini Xuroson, Amudaryoning shimoliy hududlarini Movarounnahr (suvning \u2013 daryoning narigi tomoni degan ma\u2019noni bildiradi) deb ataydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab xalifaligi qo\u2019shinlari VII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr hududlariga bir necha bor talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 673 yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyo Amudaryodan o\u2019tib, Buxoroga bostirib kirib, Poykand shahrini va Romitanni ishg\u2019ol qiladi. Arablar Buxoro hukmdori qo\u2019shinlarini yengib, sulh tuzadi va yuz ming dirham boj undiradi. To\u2019rt ming asir, qurol-yarog\u2019, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat juda katta o\u2019lja bilan Marvga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo\u2019shinlari uch yil o\u2019tgach, Buxoroga yana bostirib keladilar. Sug\u2019d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan bir yuz yigirma ming kishilik qo\u2019shin bilan Buxoro malikasi arablarga qarshi janggi kiradi. Biroq, qo\u2019shinlar o\u2019rtasida birdamlikning yo\u2019qligi, Sug\u2019dlik qo\u2019shinlarning jang maydonidan chiqib ketishi Buxoro malikasini jangda mag\u2019lubiyatga uchrashiga sabab bo\u2019ladi. Jangda g\u2019olib bo\u2019lgan Said ibn Usmon katta qo\u2019shin to\u2019plab Buxorodan Samarqandga qo\u2019shin tortadi. Bir oy mobaynida jang qilib, ularga qattiq zarba beradi. Said ibn Usmon Sug\u2019dliklar bilan sulh tuzishga majbur bo\u2019ladi. U Samarqandda katta o\u2019ljalarni qo\u2019lga kiritib, 30 ming kishini asir olib, Termiz shahrini ham ishg\u2019ol qiladi. Arablarning talonchilik yurishlariga qarshi kurashda movarounnahrliklarning harbiy ittifoqqa birlasha olmaganliklari, hukmdorlarning o\u2019zaro nizolari, siyosiy tarqoqliklari, hukmdorlarning o\u2019zaro nizolari, siyosiy tarqoqligidan arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalanadilar va g\u2019alabani qo\u2019lga kiritadilar. Buxorolik asirlardan qul sifatida foydalanadilar. Narshaxiyning yozishicha, bunday azobga chidolmay, asirlar Said ibn Usmon saroyiga bostirib kirib, univ a o\u2019zlarini ham o\u2019ldiradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>VII asr oxirlariga kelib, Arab xalifaligi Movarounnahrni uzil-kesil bosib olish uchun ikkinchi marta yurish qilishga kirishadi. 704 yili Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, harbiy yurishni boshlab, 705 yili Balx viloyatini bosib oladi, Chag\u2019oniyon esa arablarga jangsiz taslim bo\u2019ladi. <\/p>\n\n\n\n<p>707 yili Qutayba ibn Muslim katta qo\u2019shin bilan Amudaryodan o\u2019tib, Poykand shahrini ellik kun qamal qilib, mahalliy aholining qarshiligini sindiradilar, shahar vayron etiladi, barcha erkak ahli qirib tashlanadi. Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to\u2019lash, uylarining yarmini arablarga bo\u2019shatib berishga majbur etiladi. Zardushtiylik ibodatxonasi jome masjidiga aylantiriladi, kitoblar yondiriladi. Aholini islom diniga kirishga da\u2019vat etib, masjidga kelib, islom diniga ibodat qiluvchilarga 2 dirham pud hadya etishlik joriy etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>710 yil Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujumga shaylanadi. Shu paytda Xorazm shohi Chag\u2019oin ukasi Nurzod boshliq qo\u2019zg\u2019olonni bostirishda Qutaybadan yordam so\u2019raydi. Qutayba qo\u2019zg\u2019olonni bostiradi, biroq Chag\u2019on Qutaybaga qaram bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutayba Xorazm qo\u2019shinlarini o\u2019ziga qaram qilib olgach, 712 yili Samarqandni ishg\u2019ol qilishga kirishadi. Samarqand ixshidi Gurak (710-737) yengiladi. Qutayba Samarqandni egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab qo\u2019shinlari 713 yilda Ustrushona, Choch va Farg\u2019ona vodiysi tomon yurish boshlaydi. 713 yilda Ustrushona hududlari, jumladan, Jizzax, Xo\u2019jand, Farg\u2019ona vodiysi, so\u2019ngra Choch viloyati, arablar tomonidan ishg\u2019ol qilinadi. Jizzaxdagi zardushtiylik dini \u2013 otashparastlar sig\u2019ingan toshsanamlar va muqaddas joylar yo\u2019q qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab xalifaligi, eng avvalo, o\u2019lka hukmdorlari oldiga Islom dinini qabul qilishini shart qilib qo\u2019yadilar. Arablar Ustrushona xalqiga Islom dinini singdirishga erishdilar. Bu Ustrushona hokimi-afshin Haydar ibn Kovus davrida to\u2019liq amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa Horun ar-Rashidning o\u2019g\u2019li Ma\u2019mun xalifaligi davrida (813-833 yillar) Haydar ibn Kovus Bag\u2019dodga xalifa saroyiga taklif qilinadi va unga katta shohona siylovlar qilinadi. Haydarga xalifaning farmoyishi bilan Islom lashkarboshilari qatoridan o\u2019rin beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Haydar ibn Kovus uchun shuhrat va qayg\u2019ularga to\u2019la suronli yillar boshlanadi. Bu paytda Ustrushonada Haydarning o\u2019g\u2019li Hasan noib-hokim etib tayinlangan edi. Haydar ibn Kovus 831 yilda Vizantiya bilan bo\u2019layotgan urushda hamda Misrdagi qo\u2019zg\u2019olonlarni bostirishda eng nufuzli lashkarboshilardan biriga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ozarbayjon va G\u2019arbiy Eronda dahriylik g\u2019oyalarini ilgari surgan hurramiylarning Bobek (Bobuk) boshchiligidagi arabklarga qarshi qo\u2019zg\u2019oloni IX asr 30 yillari boshida kuchayib ketgan edi. Xalifa Mu\u2019tasim (833-842) Vizantiya bilan yarash bitimi tuzib, o\u2019z kuchlarini qo\u2019zg\u2019olonni bostirishga tashlaydi. Arab qo\u2019shiniga xalifaning eng yirik qo\u2019mondoni Ustrushona hokimi Haydar ibn Kovus sarkarda etib tayinlanadi. Haydar ibn Kovus 835-838 yillarda Bobek boshchiligida qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan xurramiylar harakatini bostiradi. Bu g\u2019alaba Haydar ibn Kovusning o\u2019z davrida Islom dunyosida xalifa Mu\u2019tasimdan keyin ikkinchi shaxsga aylanishiga olib kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq, din va adovat, xiyonat va makr uya qurgan xalifa saroyida Haydar ibn Kovusning shuhratiga hasad bilan qarovchilar ham bor edi. Haydar ibn Kovus \u201cXalifalikka qarshi kayfiyat yuritganlik, otashparastlik dinini saqlab qolish niyatida Islom dinini yolg\u2019ondakam qabul qilganlikda\u201d ayblanib, hibsga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarda bayon qilinishicha, ustrushonaliklar Arab xalifaligi yuritgan siyosatga qattiq qarshilik ko\u2019rsatgani sababli, 822 yili Ustrushona Xurosonda xalifa noibi bo\u2019lgan Tohiriylar boshqaruvi tarkibiga kiritadi. Tohir ibn Husayn (821-828) davrida, zardushtiylik dinini yuqori mavqega ko\u2019tarib kelgan Ustrushona xalqi qilich kuchi bilan qaytadan Islomga kiritiladi. 840 yilda Haydar ibn Kovus ustidan o\u2019tkazilgan sud jarayonida uning diniy tobeligi ko\u2019rildi. Sud jarayonining asosiy tashkilotchilaridan biri Xurosonning o\u2019sha paytdagi noibi Abdulloh ibn Tohir (830-844) edi. O\u2019z davrida islom dinini qabul qilgan Haydar ibn Kovus soxta musulmonlikda, shu yo\u2019l bilan Ustrushonada davlat to\u2019ntarishi yasab, mustaqil davlat tuzishga intilishda va uning zardushtiylik dinini tiklashga harakat qilganlikda ayblanadi. Ayblovga asos qilib, Haydarning xalifalik markazida bo\u2019lgan davrida ustrushonaliklarning islomni shunchaki og\u2019izda qabul qilishib, amalda esa o\u2019zlarining qadimgi zardushtiylik dinlariga \u2013 otashparastlikka sig\u2019inishni davom ettirganligi ro\u2019kach qilinadi. Asossiz va g\u2019arazli aybnoma bilan Haydar ibn Kovus o\u2019limga hukm qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab xalifaligi Ustrushonani bosib olish chog\u2019ida obod dehqonchilik vohalari oyoqosti qilinib, Ustrushonaning suv inshootlari buzib tashlanib, ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qolgan. Bosib olingan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko\u2019plab qurol-yarog\u2019lar tortib olinib, ko\u2019proq boylik orttirganlar. Ziroatchi aholidan olinadigan xiroj, chorvador va hunarmandlardan olinadigan jizya soliqlarining yil sayin ko\u2019payishi aholini yana qashshoqlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda Muqanna-marvlik Hoshim ibn Hakim boshchiligida arablar zulmiga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tariladi. Muqanna qiyinchiliklarga qaramay o\u2019z safdoshlari bilan Amudaryoning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019iga o\u2019tib, Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Som tog\u2019idagi qal\u2019ani o\u2019z qarorgohiga aylantiradi. Butun Qashqadaryo vodiysi, Buxoro Muqanna tarafdorlari qo\u2019liga o\u2019tib, \u201cOq kiyimlilar\u201d deb nomlangan xalq harakati katta xalq qo\u2019zg\u2019oloniga aylanib ketadi. Qo\u2019zg\u2019olon markazi So\u2019g\u2019dda avj olib, Ustrushona, Iloq (Ohangaron vodiysi), Shohga o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019tkazadi. Xalifa Mansur 775 yili Jabroil ibn Yahyoni Ozarbayjondan katta harbiy kuch bilan Movarounnahrga yuboradi. Ammo Jabroil boshchiligidagi qo\u2019shinlar qo\u2019zg\u2019olonchilardan yengiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Narshax qal\u2019asi yaqinida Buxoro amiri Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroil qo\u2019shinlari bilan qo\u2019zg\u2019olonchilar o\u2019rtasida bo\u2019lib o\u2019tgan jangda, qo\u2019zg\u2019olonchilarning qo\u2019li baland keladi. Biroq Narshax qal\u2019asi uchun 783 yilda bo\u2019lib o\u2019tgan jangda arablar qo\u2019zg\u2019olonchilar ustidan g\u2019alabaga erishadi. Qo\u2019zg\u2019olon boshlig\u2019i Muqanna o\u2019zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab xalifaligi hukmronligi davrida Jizzax shahrida aholi o\u2019rtasida ko\u2019pgina ijobiy afzalliklarga ega bo\u2019lgan Islom dinini singdirish, arab tili va yozuvini joriy etish ishlari qiyinchilik bilan amalga oshirildi. Jizzaxda islom dinining aholi o\u2019rtasida tez yoyilishida islom dinini qabul qilgan musulmonlardan yer va jon solig\u2019i olinishini qisman kamaytirilishi arablarga qarshi qaratilgan harakatlarni kuchsizlanishiga, ularga xayrixoh kishilarning ko\u2019payishiga sabab bo\u2019ladi. Ammo islom dini qabul qilinishiga qaramay ko\u2019p zamonlar mahalliy aholi o\u2019zlarining eski diniy urf-odatlariga amal qilishni davom ettiraverdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxdagi hozirgi Qaliya masjidining imom-xatibi Usmon xoji Karim o\u2019g\u2019lining hikoya qilishicha, o\u2019rta asrlarda eski shaharda oq va qizil masjid, Qassoblik, O\u2019ratepalik, Mo\u2019lkanlik, Xayrobodlik va boshqa mahallalarning har birida 2-3 ta, hattor 5 tagacha masjidlar faoliyat ko\u2019rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi yillarda mamlakatni idora qilish muassasalarining takomillashuvi, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy munosabatlarning murakkablashishi, ko\u2019pgina muammolarni Qur\u2019oni Karimdan javob topishga qiyinlashgani uchun unga qo\u2019shimcha ravishda hadislar to\u2019plash yuzaga keladi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom dini ta\u2019limotida Qur\u2019oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi \u201cAl-Jomi\u2019 as-sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u2019plam\u201d) asarini yaratib, islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturudiy, shayxulislom Burhoniddin al-Marg\u2019inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Hoji Ahmad Yassaviylar diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkorlari bo\u2019ldilar. Jizzaxdan X-XI asrlarda yetishib chiqqan, Dizakiy nisbati bilan ijod qilgan ulamo va faqihlar ham islom dini rivojiga o\u2019zlarining hissalarini qo\u2019shganlar. Bular jumlasiga muhaddis Abdulaziz ibn Muhammad ad-Dizakiy, Muhammad ibn Ali Ismoil ad-Dizakiy, faqih Abu Hafs Usar ibn Ahmad ad-Dizakiy va boshqalar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>VIII asr oxiri \u2013 IX asr boshlarida Arab xalifaligi og\u2019ir siyosiy tanglikka uchradi. Xuroson va Movarounnahr aholisining tez-tez qo\u2019zg\u2019olonlari oqibatida arab xalifaligi hokimiyati zaiflashib bordi. VIII asr o\u2019rtalarida Yettisuv o\u2019lkasida qarluqlar davlati tashkil topdi. Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi bo\u2019ylariga o\u2019rnashib olgan o\u2019g\u2019izlar IX asr oxiri \u2013 X asr boshlarida o\u2019g\u2019izlar davlatiga asos soldilar. Xurosonda hokimiyat tohiriylar, keyinroq safforiylar (miskar hunarmandlar) qo\u2019liga o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qo\u2019liga o\u2019tdi. Ibn Havqal, Beruniy asarlarida ta\u2019kidlanishicha somoniylar nomi ularning ajdodlari bo\u2019lmish Somonxudotdan kelib chiqqan. Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur turkiy sarkarda Bahrom Cho\u2019bin (VI asr)ning 4- yoki 5-pog\u2019onadagi avlodi bo\u2019lgan. Bahrom Cho\u2019binning kelib chiqishi esa eftaliylar bilan bog\u2019liq. Bahrom Cho\u2019bin sosoniylarga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarib (590 yil) mag\u2019lubiyatga uchraganidan keyin Farg\u2019onaga ko\u2019chib kelib, umrining oxirigacha Farg\u2019onada yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asad ibn Somonxudotning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli o\u2019g\u2019illari Ma\u2019munning Marvdagi saroyida xizmatda bo\u2019lgan va Rofi ibn Lays qo\u2019zg\u2019olonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga Ma\u2019mun ularni Movarounnahrning bir necha viloyatlariga amir etib tayinlaydi. Nuh \u2013 Samarqand amiri, Ahmad \u2013 Farg\u2019ona amiri \u2013 Yahyo \u2013 Ustrushona va Shosh amiri, Ilyos va Hirot amiri etib tayinlanadi. Keyinchalik Movarounnahrning asosiy shaharlari, jumladan, Buxoro va Hirotda ham hokimiyat somoniylar qo\u2019liga o\u2019tadi. Movarounnahrda butun hokimiyat somoniylar qo\u2019liga o\u2019tadi. Movarounnahrda butun hokimiyatni avval Nasr ibn Ahmad, keyinroq uning ukasi Ismoil ibn Ahmad qo\u2019lga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>900 yilda arab xalifasi Ismoil Somoniyni hokimiyatdan chetlatib, o\u2019rniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Saffoiyni tayinlaydi. Ismoil Somoniy Amr ibn Lays bilan janglar qilib, uni tor-mor etadi va Xurosonni ham o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Bu davrda Sangzor vodiysi, Jizzax va butun Ustrushona somoniylar davlati tasarrufida bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ustrushona hokimi somoniy amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga ko\u2019pincha ustrushonalik yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Jizzax shahrining boshqaruv raisi Ustrushona hokimi tomonidan tayinlanardi. Jizzaxda saroy, masjid, xonaqoh, karvonsaroy va timlar (savdo do\u2019konlari) quriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax ma\u2019naviy hayotining asosi hisoblangan Islom mafkurasiga ustod deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilganlar. Keyinchalik bu nom shayxulislom nomi bilan yanada ulug\u2019langan.<\/p>\n\n\n\n<p>Somoniylar davrida Jizzax shahrida ko\u2019nchilik, kulolchilik, to\u2019quvchilik, zargarlik, duradgorlik kabi hunarmandchilik tarmoqlari rivojlandi. Sangzor vodiysida g\u2019allakorlik, polizchilik, bog\u2019dorchilik, sabzavotchilik ancha rivoj topadi. Zig\u2019ir va kunjutdan o\u2019simlik moyi olingan. Uzumdan mayiz, shinni, sirka va musallas tayyorlangan. Ekinlarga suv yetkazib beruvchi miroblar yoz bo\u2019yi xizmatda bo\u2019lganlar. Ichki va tashqi savdo rivojlangan. Yerlar mulkdorlar qo\u2019lida bo\u2019lib, lalmikor hamda Turkiston va Nurota tog\u2019 tizmalaridagi tog\u2019oldi yerlari jamoa yerlari hisoblangan.<\/p>\n\n\n\n<p>X asr o\u2019rtalarida Issiqko\u2019lning janubi va Qashqarda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati Bug\u2019roxon davrida Movarounnahrning Farg\u2019ona, Shosh va Ustrushona viloyatlarini egalladi. 999 yilda qoraxoniylar Buxoroni qo\u2019lga kiritadi, oqibatda somoniylar hukmronligi barham topadi. Movarounnahrda qoraxoniylar, Xurosonda g\u2019aznaviylar hokimiyati o\u2019rnatiladi. Qoraxoniylar davrida Jizzax vohalaridagi yerlar payhon qilindi. Mulkdor dehqonlar qoraxoniylar tazyiqi ostida o\u2019z yerlarini tashlab ketdilar, o\u2019zlarining jamiyat hayotida tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, o\u2019z o\u2019rni va ahamiyatini butunlay yo\u2019qotdilar. Katta yerlar hukmdor sulola namoyandalariga, oliy darajadagi harbiylar, davlat ma\u2019murlari, mahalliy zodagonlarga iqto tarzida hadya qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asrning 30-yillarida Yettisuvdagi qoraxitoylarni Go\u2019rxon birlashtirib, davlat tashkil etdi, ushbu davlat poytaxti Bolasog\u2019un shahri edi. Qoraxitoylar Movarounnahrga yurish qilib Farg\u2019ona, Shosh, Ustrushona vohalariga bostirib keladilar. 1137 yilda Xo\u2019jand shahri yaqinida Ustrushonadagi qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga qoraxitoylar qaqshatqich zarba berdilar. O\u2019zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, qoraxitoylar o\u2019z yurtlariga qaytib ketadilar. 1141 yilda qoraxitoylar yana Movarounnahrga bostirib kirib, qoraxoniylarni uzil-kesil yengib, Movarounnahrni o\u2019z tasarrufiga kiritadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asr oxirlarida Xorazm mustaqilligi uchun kurash boshlanib, Otsiz, Elarslon va Takash davrida Xorazmda mustaqil davlat tuziladi. Movarounnahr, Xuroson va Eron Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olinadi. Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida Xorazm davlati hududlari yanada kengayadi. Sharqda Yettisuv va Talos vodiysidan, g\u2019arbda G\u2019arbiy Eron, Kavkaz va Iroqqacha, shimolda Dashti Qipchoqqacha yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga bo\u2019ysundirilgan. Xorazmshohlar davlatining poytaxti Gurganch shahri edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Ustrushona viloyati, jumladan, Jizzax shahri Xorazmshohlar davlati tasarrufida bo\u2019lgan. Uzoq yillar davomida O\u2019rta Osiyoda etnik jarayonlar kuchaydi. Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkistondan turli etnik guruhlar O\u2019rta Osiyoga kirib kelib, mahalliy aholi bilan aralashib, qo\u2019shilib ketadi. Shu tariqa IX-XII asrlarda o\u2019zbek xalqi shakllandi. O\u2019zbek xalqining asosini hozirgi O\u2019zbekiston hududida qadimdan o\u2019troq yashab, sug\u2019orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug\u2019ullanib kelgan mahalliy sug\u2019diylar, ustrushonaliklar, xorazmiylar, farg\u2019onaliklar, baxtariylar, qang\u2019lilar kabi etnik guruhlar tashkil etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Ustrushona, jumladan, Jizzaxda Jaloliddin Manguberdining safdoshi Temur Malik hokimlik qilardi. Temur Malikning qarorgohi Xo\u2019jand shahrida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmshohlar davlati sirtdan kuchli ko\u2019rinsa-da, siyosiy jihatdan mustahkam emasdi, ichki ziddiyatlar tufayli zaif edi. Ayrim viloyat hokimlari xorazmshohga nomigagina itoat qilar, amalda esa deyarli mustaqil faoliyat yuritardi. Talonchilikdan iborat og\u2019ir soliqlar, mahalliy hokimlarning jabr-zulmi aholining noroziligini oshirib bormoqda edi. Hatto Muhammad Xorazmshoh oliy dargohi ichida ham kuchli nizo hukm surardi. Muhammad onasi Turkon xotun o\u2019z qabiladoshlari \u2013 qipchoq oqsuyaklari manfaati yo\u2019lida o\u2019g\u2019li Muhammad Xorazmshohga qarshi fitna uyushtirar, adovat urug\u2019ini sochardi. Bunday ayirmachilik ruhi hatto qo\u2019shin orasiga ham tarqalgan edi. Mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan bir paytda Xorazmshohlar davlati jangari Chingizxon bosqiniga duchor bo\u2019ldi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>VII asrning 30-yillarida Payg\u2019ambar Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr arab xalifaligiga asos soldi. Arablar 633-700 yillarda Arabiston yarimoroli hududlarini birlashtirib, Yaqin va O\u2019rta sharq mamlakatlari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-arab-xalifaligi-davrida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137765","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137765"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137774,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137765\/revisions\/137774"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}