{"id":138024,"date":"2024-07-18T12:38:52","date_gmt":"2024-07-18T09:38:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138024"},"modified":"2024-07-18T12:39:38","modified_gmt":"2024-07-18T09:39:38","slug":"sovet-tuzumiga-qarshi-qurolli-harakat","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sovet-tuzumiga-qarshi-qurolli-harakat\/","title":{"rendered":"Jizzaxda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat"},"content":{"rendered":"\n<p>Jizzax vohasida, G\u2019allaorol, Bog\u2019don, Baxmal hududlarida 1917 yilgi oktabr to\u2019ntarishidan keyin fuqarolar turmush sharoitining yomonlashuvi, oddiy fuqarolik huquqlari oyoq-osti qilinishi, oilani boqib turgan chorva mollari, ot-ulovlarning qizil askarlar, mahalliy hukumat organlari tomonidan tortib olinishi sovetlar hukumatiga qarshi qurolli harakatning kuchayishiga sabab bo\u2019ldi. Qarshilik ko\u2019rsatish harakatiga Jizzax shahrida fuqarolar orasida juda katta hurmat-e\u2019tiborga sazovor bo\u2019lgan Murodbek, Xayrullabek; G\u2019allaorolda Mulla To\u2019xtamish, Mulla Mustoq, Mavlonboy Iskandar o\u2019g\u2019li, Mulla Ergash; Bog\u2019donda Xudoyor poshsho, Muhammadxo\u2019ja; Baxmalda Mulla Tursunbeklar boshchilik qildilar. Bolsheviklar tomonidan ularga \u201cbosmachi\u201d tamg\u2019asi bosildi, ularning ko\u2019plari qizil askarlar bilan bo\u2019lgan to\u2019qnashuvlarda halok bo\u2019ldilar, qolgan qismi esa sovetlar hukumati tomonidan hibsga olinib, \u201cUchlik\u201d qarori bilan otib tashlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet hokimiyati zo\u2019ravonligiga qarshi harakatga qo\u2019shilganlarga sovetlar hukumati olib borgan qatag\u2019onlarni isbot qilish uchun O\u2019zbekiston Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan \u201co\u2019ta maxfiy hujjat\u201d \u2013 \u201c17-fond, 1-ro\u2019yxat, 45-ish\u201dni Sizning hukmingizga havola qilmoqchimiz. Hujjatning Samarqand viloyati \u201cbosmachi\u201dlarini yo\u2019q qildirgan \u201cFavqulodda uchlik\u201d Muvaqqat qo\u2019mitasi raisi Sherg\u2019oziyev va mas\u2019ul kotibi Xrushchyovlar tomonidan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya qo\u2019mitasiga yo\u2019llagan bayonnomasida yozilishicha, \u201cSamarqand shahridagi Moxovxona turmasida jazo otryadi tomonidan bir kecha davomida kim ko\u2019p mahbus otish bo\u2019yicha \u201cmusobaqa\u201d o\u2019tkazilgan. Kelgindilar mahalliy xalq urf-odatini oyoqosti qilib, eski mutaassibdan chamasi biror yil ichida baynalmilalchi chiqarish xayoli bilan uning diniy tuyg\u2019ularini toptaydilar. Mahalliy istiqlolchilar bilan kurashish uchun ashaddiy kallakesarlar turmadan bo\u2019shatib yuborilgan edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Markazdan Turkistonga ongi hali to\u2019liq yetilmagan, umuman, Turkiston tarixidan mutlaqo bexabar kishilar, qizil askarlar, matroslar yuborilgan edi. O\u2019sha yillari tashkil qilingan maxsus bo\u2019limlar, ChK (Favqulodda komissiya) xodimlari tomonidan, ehtimolki, Ryazan guberniyasida qo\u2019llash mumkin bo\u2019lgan, biroq Turkistonda qo\u2019llash mumkin bo\u2019lmagan usullar, \u201ctadbirlar\u201dning amalga oshirilishi o\u2019lkada qurolli qarshilik harakatining kuchayishiga sabab bo\u2019lgan edi. Hech gunohi yo\u2019q kishilar ikki-uch ig\u2019vogarlarning til biriktirishi bilan qamalib, otila bergan-u, asl istiqlolchilarga qarshi kurashish maqsadida ashaddiy kallakesarlar hech bir ma\u2019lum bo\u2019lmagan sabablar bilan turmadan bo\u2019shatib yuborilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1918 yilda Jizzax uyezdining Sangzor, Yangiqo\u2019rg\u2019on, O\u2019smat volostlarida sovetlar hokimiyati o\u2019rnatilishi munosabati bilan ocharchilikka, qahatchilikka qarshi norozilik avj ola boshladi. Buning ustiga o\u2019sha yillari Tojikiston tog\u2019li Matcho mavzesidan Hamid, Asror, O\u2019rol singari bosqinchilar Baxmal qishloqlariga bostirib kirib, Molguzar, Turkiston tizma tog\u2019lari yonbag\u2019ridagi qishloqlarda himoyasiz qolgan qishloq aholisi mol-mulkini talar edilar. Sayyid Azimning \u201cBaxmalnoma\u201d kitobida bayon qilinishicha, 1919-1920 yillarda Samarqand-Baxmal hududida 100 dan ortiq navkarga egalik qilayotgan Ochilbek Jo\u2019raboy o\u2019g\u2019li (tarixda Ochildov Ko\u2019rboshi nomi bilan mashhur) Baxmal ahli qismatiga befarq qaray olmadi. U Baxmalga o\u2019zining choparini yuborib, xalqqa zulm o\u2019tkazayotgan tog\u2019li bosqinchilardan yovuzliklarini to\u2019xtatish va darhol Baxmal qishloqlarini tark etishni talab qiladi. Ammo bosqinchilar Ochildovning elchisi hayotiga qasd qiladilar. Bu Ochildovni ular bilan jang qilishga undadi. U bosqinchi to\u2019dalarni yo\u2019q qilish maqsadida g\u2019allaorollik mingboshilar Mulla To\u2019xtamish, Mulla Tog\u2019ay, Mulla Mustoqlar bilan o\u2019zaro til biriktiradi. Bosqinchilarning Hamid boshliq to\u2019dasi Ochildov yigitlari bilan bo\u2019lgan jangda Baxmal tumanidagi Palaxmon tog\u2019lariga yashirinishga majbur bo\u2019ladi. Asror va O\u2019rol boshliq bosqinchi to\u2019dalar esa Baxmalni jangsiz tark etishga majbur bo\u2019ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida ham Ochildov yigitlari bilan birgalikda bosqinchi to\u2019dalarga qarshi \u201cSaroylik\u201d mahallasidan Xolmat, \u201cToshkentlik\u201d mahallasidan Mulla Hoshim Egamberdi o\u2019g\u2019li kurash olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ochildov Jo\u2019raboy o\u2019g\u2019li, Mulla Tursun Xolmurod o\u2019g\u2019li bilan hamkorlikda Baxmalda sovetlar tuzumiga qarshi kurash olib bordi. So\u2019ngra u sovetlardan yuz o\u2019girgan Mulla Tursun Xolmurod o\u2019g\u2019liga Baxmal muzofotida aholi osoyishtaligini saqlashni topshirib, o\u2019zi Urgut tog\u2019lariga o\u2019tib ketadi. \u201cIslom Lashkari\u201d sardori\u201d nomini olgan Ochildovning Baxmalda yo\u2019qligidan foydalangan Hamid va Asrorlarning 35-40 yigitdan iborat to\u2019dasi yana Nebo\u2019sa qishlog\u2019iga bostirib kelib, qishloqni talaydi. Bu noxush xabardan ogoh bo\u2019lgan Ochildov, Mulla Tursun yigitlari bilan hamkorlikda Hamid, Asror, O\u2019rol to\u2019dalarini tor-mor qilib, ularning bosqinchilik harakatiga batamom chek qo\u2019yadi. Qizil askarlar bilan bo\u2019lgan janglarning birida Ochildov halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlar hukumati Jizzax uyezdida ozodlik kurashchilariga boshchilik qilayotgan Mulla Tursunni qo\u2019lga olish uchun katta mukofot va\u2019da qilib, Samarqand turmasida yotgan Mansur o\u2019g\u2019ri boshliq bir guruh kallakesarlarni qurollantirib, Baxmalga yuboradi. Kallakesarlar Mulla Tursun yigitlariga qarshi Baxmal qishloqlarida kurash olib boradilar. Baxmallik keksalarning eslashlaricha, Mulla Tursunga qarshi kurashga otlangan sovet hukumati vakili Eshmon O\u2019razmetovni Mulla Tursun yigitlari Mo\u2019g\u2019ol qishlog\u2019ida qo\u2019lga tushirib qamal qo\u2019yishadi. Mo\u2019g\u2019ollik Norchuchuk momo esa uni ozod qilishni iltimos qiladi. Rad javobini eshitib, iztirob chekadi va Mallaxon eshondan Eshmon O\u2019razmetovga yordam berishni so\u2019raydi. Mallaxon eshon Norchuchuk momoga osh va choyga nasha solib Mulla Tursun bilan navkarlariga yedirishni maslahat beradi. Mulla Tursun bilan uning yigitlari nasha kayfidan uyquga ketadilar. Mallaxon eshon, Eshmon O\u2019razmetov va ularning gumashtalari mehmonxonaga bostirib kirib, o\u2019z rejalarini amalga oshiradilar. Qotillik yorlig\u2019i esa Norchuchuk momoga berilib, inqilob fidoyisiga aylantiriladi va sovetlar davrida ko\u2019klarga ko\u2019tarib, dostonlar bitiladi. Xullas, Jizzaxda ko\u2019tarilgan qurolli qarshilik ko\u2019rsatish harakati bostiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jizzax vohasida, G\u2019allaorol, Bog\u2019don, Baxmal hududlarida 1917 yilgi oktabr to\u2019ntarishidan keyin fuqarolar turmush sharoitining yomonlashuvi, oddiy fuqarolik huquqlari oyoq-osti qilinishi, oilani boqib turgan chorva mollari, ot-ulovlarning qizil askarlar, mahalliy hukumat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sovet-tuzumiga-qarshi-qurolli-harakat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138024","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138024","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138024"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138024\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138030,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138024\/revisions\/138030"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138024"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}