{"id":138031,"date":"2024-07-18T13:27:01","date_gmt":"2024-07-18T10:27:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138031"},"modified":"2024-07-18T13:37:24","modified_gmt":"2024-07-18T10:37:24","slug":"jizzaxda-hujum-harakati-uning-oqibatlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzaxda-hujum-harakati-uning-oqibatlari\/","title":{"rendered":"Jizzaxda \u201cHujum\u201d harakati, uning oqibatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Butun Turkiston, jumladan, Jizzax xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qoidalari, o\u2019ziga xos an\u2019analar asosida kechar edi. Ular aksariyat hollarda mehnatga tortilmas, uy-ro\u2019zg\u2019or ishlari va farzand tarbiyasi bilan shug\u2019ullanishar edi. 20-yillarda Jizzaxda xotin-qizlarni tor oila muhitidan ijtimoiy-siyosiy hayotga tortish, paranjidan ozod qilish harakati boshlandi. Sovet tashkilotlari qoshida xotin-qizlar bo\u2019limlari tuzilib, targ\u2019ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Xotin-qizlar uchun maxsus klublar, artellar, savodxonlik kurslari ochildi, jamoatchilik, bichish-tikish, savdo-sotiq ishlariga paranjini tashlagan holda jalb etila boshlandi. 1926 yil sentabrda O\u2019rta Osiyo xotin-qizlar sovetida bu murakkab masalalarga shoshma-shosharlik bilan yondashilib, bu jarayonni majburiy ravishda jadallashtirishga qaror qilindi. Bu majburiy harakat \u201cHujum\u201d (1924-1936 yillar) nomini oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>VKP (b) O\u2019rta Osiyo byurosining 1927 yil 31 yanvarda chiqargan Murojaatida \u201cXotin-qizlarning sovet davlatini boshqarish va xo\u2019jalikni yuksaltirishda erkaklar bilan bir safda turish uchun kurash \u2013 partiyaning asosiy vazifalaridandir!\u201d deb ta\u2019kidlandi. Oqibatda \u201cHujum\u201d nomi bilan amalga oshirilgan harakat hukmron partiya tomonidan hech o\u2019ylanmasdan, mahalliy shart-sharoitlar, xalqning urf-odatlari, udumlari hisobga olinmay amalga oshirilgani tufayli xotin-qizlar hayotida ko\u2019plab noxush holatlarning yuz berishiga sabab bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019risini aytganda, o\u2019zbek xotin-qizlari ham ochiq-oydin yorug\u2019 olamni ko\u2019rish, ilm olishda erkaklar bilan teng huquqda bo\u2019lishni orzu qilardi. Ammo shoshma-shosharli bilan boshlangan \u201cHujum\u201d harakati yomon oqibatlarga olib kelishi tabiiy edi. Jizzax shahrida 1927 yil 8 mart kuni paranji tashlashga bag\u2019ishlab o\u2019tkazilgan mitinglarda ko\u2019pchilik xotin-qizlar o\u2019z paranjilarini tashlagan bo\u2019lsa-da, ertasi kuni turmush o\u2019rtoqlari tazyiqi bilan yana yopinib oldilar. Faol xotin-qizlar tomonidan olib borilgan targ\u2019ibot-tashviqot ishlari tufarli shaharda 1928 yilning bahori va yoz oylarida paranji tashlagan xotin-qizlar soni ancha ko\u2019paydi. Ular orasidan Adolat Olimjonova, Hanifa Usmonova, Amina Sodiqova, Toifa Kamoliddinova singari o\u2019qituvchilar, Ibodat Teshaboyeva, Xursanoy Yo\u2019lchiboyeva singari san\u2019at va madaniyat xodimlari, klub va kutubxona mudiralari yetishib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo shaharda paranji tashlagan ayollarga nisbatan turli nojo\u2019ya xatti-harakatlar, xotin-qizlar joniga qasd qilish hollari ham sodir bo\u2019ldi. Paranji tashlash, savodsizlikni tugatish tashabbuskorlari bo\u2019lgan Fotima Qodirova bilan Misqoloy Karimovalar yarim tunda qora kuchlar tomonidan vahshiylarcha o\u2019ldirildi. Ozodlik dushmanlari \u2013 qotillar odil sud qilinib, eng oliy jazoga hukm qilindi. Ammo shoshma-shosharlik oqibatida o\u2019nlab Jizzaxlik faol xotin-qizlar qurbon bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida Adolat Olimjonova ham xotin-qizlar savodini chiqarishda faol ishtirok qildi. 1929 yili hozirgi Sharof Rashidov nomli maktabni tugatgach, o\u2019qituvchilik qilish bilan bir qatorda jamoat ishlarida faol ishtirok etdi. 1929 yilda Jizzax pedagogika bilim yurtida sirtdan ta\u2019lim oldi. A.Olimjonova 1933 yili hozirgi Navoiy nomli jamoa xo\u2019jaligi yoshlari o\u2019rtasida tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, ularni ishlab chiqarishga jalb etishda juda katta ishlarni amalga oshirdi. O\u2019zbekiston xotin-qizlarining I qurultoyida delegate bo\u2019lib qatnashib, Jizzaxda xotin-qizlar o\u2019rtasida olib borilayotgan ishlar haqida so\u2019zlab bergan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>A.Olimjonova uzoq yillar mobaynida yoshlar bilan ishladi. 1938 yilda yoshlar tashkiloti yo\u2019llanmasi bilan Kitob tumaniga ishga yuborildi va tuman aloqa bo\u2019limi boshlig\u2019i va boshqa lavozimlarda mehnat qildi. Urush yillarida esa tuman partiya qo\u2019mitasida mas\u2019ul lavozimlarda faoliyat ko\u2019rsatdi. Xalqimiz oldidagi xizmatlari uchun O\u2019zbekiston Oliy Sovetining Faxriy yorlig\u2019i va medallar bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1927-1928 yillarda Jizzax shahrida \u201cHujum\u201d harakati yanada keng quloch yoydi. Xotin-qizlarni savodsizlikni tugatish kurslariga o\u2019qishga jalb etish, ularning farzandlari uchun yasli va bog\u2019chalar ochish tadbirlari ko\u2019rildi. Jizzaxning eski shahari va atrofi qishloqlarida savodsizlikni tugatish uchun 8 ta kurs tashkil qilindi. Ular o\u2019quv qurollari, adabiyotlar bilan ta\u2019minlandi. O\u2019sha yillari Jizzax shahar partiya qo\u2019mitasidagi Xotin-qizlar sovetiga O\u2019zbekiston Kompartiyasi yo\u2019llanmasi bilan Raisa Vasilyevna Salmina ishga yuborilgan edi. U jizzaxlik xotin-qizlar o\u2019rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirishga, kechki kurslar ochish va ularga xotin-qizlarni jalb qilishga bosh-qosh bo\u2019ldi. Shaharda xotin-qizlar o\u2019rtasida targ\u2019ibot-tashviqot ishlarining yaxshilanishi tufayli o\u2019sha yillari o\u2019z zamonasining peshqadam ayollaridan Maqsadoy Sultonova, Barchinoy Xolmatova, Hikmatoy Yoqubova singari ko\u2019plab ilg\u2019or xotin-qizlar ishga jalb etiladi. Ular shahar xotin-qizlarining yetakchilari bo\u2019lib yetishdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Hikmatoy Yoqubova 1896 yilda Jizzax shahrining \u201cO\u2019ratepalik\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan edi. Boshlang\u2019ich ma\u2019lumotni qishloq maktabida oldi. Hikmatoy o\u2019zbek ayollarini paranji tashlashga, bilim olishga da\u2019vat qilib, jamoat ishlarida faol ishtirok qildi. U 1933 yili Jizzax shahar soveti ijroiya qo\u2019mitasi raisligiga saylangan birinchi o\u2019zbek ayollaridan edi. Uzoq yilar shahar Sovetiga raislik qilib, shaharda maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarini ochishga, uy-joylar, yangi sanoat korxonalari qurish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga bosh-qosh bo\u2019ldi. Bir necha yillar davomida Jizzax tuman partiya qo\u2019mitasi xotin-qizlar Sovetiga raislik qilib, iste\u2019dodli va qobiliyatli xotin-qizlarni Jizzax, Samarqand, Toshkent shaharlaridagi oliy va o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlariga o\u2019qishga yubordi. Xotin-qizlardan malakali o\u2019qituvchi, madaniyat va qishloq xo\u2019jaligi xodimlari tayyorlashga munosib hissa qo\u2019shdi. Hikmatoy O\u2019zbekiston Oliy Soveti deputatligiga saylangan edi. H.Yoqubova umrining so\u2019nggi pallasiga qadar Jizzax tuman pillachilik idorasiga rahbarlik qildi. U mehnatda ko\u2019rsatgan xizmatlari uchun hukumatning qator orden va medallari bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Savodsizlikni tugatish kurslaridan maktablarga, so\u2019ngra pedagogika bilim yurtlariga borib bilim olgan xotin-qizlar orasidan Hidoyat Qobilova, Munira Azimova, Shahri Turopova singari \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi\u201d, \u201cXalq maorifi a\u2019lochi\u201dlari, Jizzaxda mehnati ulug\u2019langan, maorifga ko\u2019plab xizmatlarini qo\u2019shgan aziz siymolar yetishib chiqdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahri Turopova butun umrini xalq ta\u2019limiga baxshida etgan ustoz murabbiy edi. U 1935 yilda Jizzax pedagogika bilim yurtini tamomlagandan keyin, xalq ta\u2019limi sohasida ishlab, ko\u2019plab xotin-qizlarni o\u2019qishga tortdi. H.Olimjon nomli umumta\u2019lim o\u2019rta maktabiga rahbarlik qilish bilan birga, 1958 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tugatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahri Turopova xalq ta\u2019limini taraqqiy ettirishdagi ko\u2019p yillik mehnatlari evaziga \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi\u201d unvoni, qator orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Sobiq Ittifoq davrida o\u2019tkazilgan \u201cHujum\u201d harakati ko\u2019pgina salbiy oqibatlarga olib kelganligini ham ko\u2019rsatib o\u2019tish joiz. Bu harakat ko\u2019pgina xotin-qizlarning begunoh qurbon bo\u2019lishiga, shuningdek, o\u2019zbek ayollarining sharqona asriy udumlari oyoqosti qilinishiga ham sabab bo\u2019lgan edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Butun Turkiston, jumladan, Jizzax xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qoidalari, o\u2019ziga xos an\u2019analar asosida kechar edi. Ular aksariyat hollarda mehnatga tortilmas, uy-ro\u2019zg\u2019or ishlari va farzand tarbiyasi bilan shug\u2019ullanishar edi. 20-yillarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzaxda-hujum-harakati-uning-oqibatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138031","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138031","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138031"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138031\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138035,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138031\/revisions\/138035"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138031"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}