{"id":138273,"date":"2024-07-24T14:19:02","date_gmt":"2024-07-24T11:19:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138273"},"modified":"2024-07-24T14:19:02","modified_gmt":"2024-07-24T11:19:02","slug":"jizzax-shahrida-aholiga-tibbiy-xizmat-korsatish","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-shahrida-aholiga-tibbiy-xizmat-korsatish\/","title":{"rendered":"Jizzax shahrida aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatish"},"content":{"rendered":"\n<p>1917 yil 9 dekabrda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tarkibida Sog\u2019liqni saqlash xalq komissarligi tashkil etildi. Bu aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatishda ma\u2019lum siljishlar bo\u2019lishiga olib keldi. 1918 yilda Jizzax uyezdi hududida 3 ta kasalxona, ularga qarashli 3 ta feldsherlik punktlari tashkil qilinib, ularda 1 nafar oliy, 9 nafar o\u2019rta maxsus ma\u2019lumotga ega bo\u2019lgan feldsherlar aholi orasida tarqaladigan turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1919 yil 28 yanvarda Rossiya Xalq Komissarlari Sovetining \u201cIchterlamaning oldini olish bo\u2019yicha tadbirlar to\u2019g\u2019risida\u201dgi qaroriga asosan ichterlama bilan og\u2019rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizish va davolashda Toshkent, Samarqand shaharlari shifokorlari Jizzax tibbiyot xodimlariga katta amaliy yordam ko\u2019rsatdilar. Shaharga doimiy ishlash uchun yuborilgan shifokor N.V.Samoylov boshchiligidagi 10 nafar feldsher va hamshiralar Ravot, Yom, Zomin, Sangzor, O\u2019smat, Yangiqo\u2019rg\u2019on, G\u2019allaorol, Savruk, Qizilqum, Bog\u2019don va Chordara volostlari aholisiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatishdi. Ichterlama kasalini davolash uchun uyezd hududida jami 150 o\u2019rinli mavsumiy kasalxonalar, jumladan, Jizzax shahrida 15 o\u2019rinli, Zominda 25, Usmatda 25, Yangiqo\u2019rg\u2019onda 25, Bog\u2019donda 25 o\u2019rinli kasalxona ochilgan. Jizzax uyezdi qishloqlarida davolash va profilaktika ishlarini amalga oshirishga I.N.Sametskiy, N.V.Samoylovlar bevosita boshchilik qilganlar. 1920 yil oxirlariga kelib, ichterlama epidemiyasini bartaraf qilishda Otabek Mahmudov, Abduxalil Abdug\u2019afforov, Eshonqul Xudoyqulov singari tibbiyot xodimlari ular safiga qo\u2019shildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1923-1924 yillarda aholi o\u2019rtasida davolash, profilaktika ishlari birmuncha yaxshilandi. O\u2019lat, vabo, chechak singari kasalliklar tugatildi, rishta kassalligi barham topdi. Mazkur ksalliklarni bartaraf etishda jizzaxlik bosh hakim V.Goncharev, dorishunos V.Denisov, zominlik P.Pevzner, A.Kunanov, A.Haydarov, forishlik V.Kuzminlar ter to\u2019kib, mehnat qilishdi. 1928-1930 yillarda Jizzax shahar kasalxonasida bolalar shifokori Zabrodin, jarroh M.Gasporyan, dorishunos M.Shapirov, N.Goldenburg, A.Uspenskiylar aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatdilar. Jizzax aholisi o\u2019rtasida chechak kasalligining oldini olish va uni tugatishga munosib hissa qo\u2019shgan shifokor Eshonqul Xudoyqulov nomini kishilar hurmat bilan tilga olishadi. U 1909 yili I.Sametskiy ochgan chechak kasalligini emlash bo\u2019yicha tayyorlov kursini bitirib, minglab bolalarni chechakka qarshi emlab davolagan. Eshonqul Xudoyqulov samarali mehnatlari evaziga 1937 yili \u201cMehnat Qahramoni\u201d unvoni bilan taqdirlanib, 1939, 1950 yillari ikki marta O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorliqlari va medallar bilan mukofotlangan edi. Aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatishga tajribali shifokor Asror Mamasiddiqovning xizmatlarini ham alohida qayd qilish joiz.<\/p>\n\n\n\n<p>1940 yili hozirgi Jizzax viloyati hududida jami 280 o\u2019rinli 13 ta shifoxona, 30 o\u2019rinli 2 ta tug\u2019ruqxona, 18 ta hamshiralik, 4 ta feldsherlik ambulatoriyasi, 24 ta dorixona punktlari mavjud edi. Ularda tibbiyotning turli sohalariga oid 28 hakim, 6 tish shifokori, 29 feldsher, 12 akusher, 64 hamshira, 1 provizor va 18 dorishunos xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shifoxona qoshida suyak-bo\u2019g\u2019im sili xonasi ochilib, Ozod Yo\u2019ldoshev mudirlik qildi. Shifokorlardan V.Mitanov, O.Imomova, N.Dmitriyevalar aholi o\u2019rtasida sil kasalligining oldini olish yuzasidan keng miqyosda targ\u2019ibot-tashviqot ishlari olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushdan keyingi 1946-1950 yillarda Jizzax shahar markaziy shifoxonasi kengaytirilib, 50 o\u2019ringa yetkazildi. Ichki kasalliklar, bolalar, jarrohlik bo\u2019limlari ochildi. 1950 yilda esa shifoxona qoshida ko\u2019z kasalliklari palatasi, shahar tabobatxonasida ko\u2019z kasalliklari xonasi ochilib, oculist V.L.Kramm bemorlarga xizmat ko\u2019rsatdi. 1940 yilda tashkil topgan \u201cTez yordam\u201d bo\u2019limi shifoxona ixtiyoriga o\u2019tkazilib, avtomashina bilan ta\u2019minlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahardagi ohak zavodi qoshida aholiga xizmat ko\u2019rsatayotgan shifoxonadagi o\u2019rinlar soni 10 taga yetkazilib, unga tajribali shifokor M.A.Slavgorodskaya boshchilik qildi. 45 o\u2019rinli tug\u2019ruqxona va tug\u2019ruqxona qoshida 10 o\u2019rinli ginekologiya bo\u2019limi faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tinch qurilish yillarida jarroh Safar Tursunov, terapevt I.I.Bichenkova, bolalar shifokori va ginekolog G.B.Nazamchik, venerology K.Zyuzyukin, sil kasalliklari shifokori K.V.Simgenular aholi sog\u2019lig\u2019ini saqlashda tashabbus ko\u2019rsatib mehnat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1946 yilda shahar sanitariya-epidemiologiya bo\u2019limi sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga aylantirilib, Z.Zazulina boshliq etib tayinlandi. Tuman markaziy shifoxonasida bolalar yuqumli kasalliklari bo\u2019limi tashkil etildi. 1947-1948 yillarda shahar va tumanga Toshkent, Samarqand tibbiyot institutlarini tugallagan malakali tibbiyot xodimlari ishga keldi. Ular safida S.Qosimov, G\u2019.Nasoqova, Z.Saruxanova, X.Oripova, N.Sharapova, S.Imomov, V.Kramm va boshqalar bor edi. 1952 yili shahardagi teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida zamburug\u2019 kasalliklarini roentgen apparati nuri yordamida davolash yo\u2019lga qo\u2019yildi. Bu ishni Jizzaxda birinchi bo\u2019lib rentgenolog Zaynab Isomiddinova bilan laborant A.Kramm amalga oshirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1917 yil 9 dekabrda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tarkibida Sog\u2019liqni saqlash xalq komissarligi tashkil etildi. Bu aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatishda ma\u2019lum siljishlar bo\u2019lishiga olib keldi. 1918 yilda Jizzax uyezdi hududida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jizzax-shahrida-aholiga-tibbiy-xizmat-korsatish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138273","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138273","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138273"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138273\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138275,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138273\/revisions\/138275"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138273"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}