{"id":138291,"date":"2024-07-29T09:54:21","date_gmt":"2024-07-29T06:54:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138291"},"modified":"2024-07-29T12:21:27","modified_gmt":"2024-07-29T09:21:27","slug":"qadimiy-zomin","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qadimiy-zomin\/","title":{"rendered":"Qadimiy Zomin"},"content":{"rendered":"\n<p>Rus tilidan <strong>Baxtiyor Eraliyev<\/strong> va <strong>Anvar Sherov<\/strong> tarjimasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zomin tumani 1926 yilning 29 sentabrida tashkil topgan. Biroq, uzoq o\u2019tmishga nazar solsak, uning yoshi anchayin ulug\u2019ligiga guvoh bo\u2019lamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Zomin va Zomin okrugi Sug\u2019d, Baqtriya, Farg\u2019ona va Choch kabi qadimiy o\u2019lkalar hamda Sirdaryo va Zarafshon daryolarining tog\u2019-vodiy hududi oralig\u2019ida joylashgan, O\u2019rta Osiyoning qadim ziroatchilik muzofotlaridan biri \u2013 Ustrushona tarkibiga kirgan. Shimoliy Ustrushona-jo\u2019g\u2019rofiy jihatdan turli landshaftlar o\u2019lkasi bo\u2019lib, u janub tomonda \u2013 Turkiston tizmasi, shimolda-dasht va cho\u2019lu biyobonga tutash pasttekislikdan tarkib topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuprog\u2019i tog\u2019da qo\u2019ng\u2019ir, tog\u2019 yonbag\u2019irlarida toshloq va sarg\u2019ish-kulrang soz tuproqdan iborat, ular yonbag\u2019irlarga turli qalinlikda (ba\u2019zan 100 metrgacha) cho\u2019kib qolgan davriy cho\u2019kmalardan hosil bo\u2019lgan. Soz tuproq g\u2019ovakli bo\u2019lib, obikor dehqonchilik uchun g\u2019oyatda qulay, biroq noto\u2019g\u2019ri suv taqsimoti oqibatida tuproqda kuchli yorilish ro\u2019y berishi yoki butunlay yemirilishi mumkin. Natijada, yer sathida chuqur jarliklar yuzaga keladi, relyefda keskin parchalanish sodir bo\u2019ladi. Yer osti suvlari 10 metrdan 50 metrgacha chuqurlikda joylashgan, ularning tuzlari bilan minerallashuvi ham o\u2019zgarib turadi. Asosiy suv ta\u2019minoti tog\u2019dagi mavsumiy soylar hisobiga to\u2019g\u2019ri keladi, ular ichida Zominsuv o\u2019zining nisbatan ulkan hajmi va sersuvligi bilan ajralib turadi. Xususan, may-iyun oylarida suv oqimi yanada ko\u2019payadi, bu \u2013 soy suvi yillik sarfining 50 foizi degani. Shuningdek, aprel oyidan sentabrga qadar davom etadigan yuqori suv oqimi Zominni uzoq vaqt bir maromda suv bilan ta\u2019minlashga imkon beradi. Zero, ta\u2019kidlash lozimki, hudud muayyan yer osti suv zaxiralariga ham ega.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo tog\u2019li joylardan tog\u2019 yonbag\u2019riga o\u2019tishda va tosh-shag\u2019al jinsli tekislikka chiqish joylarida grunt suvlarining chiqishi uchun maqbul shart-sharoitlar mavjud, bu aynan Zomin tumani uchun ham xosdir. Bularning bari qadim zamonlarda sug\u2019orma va lalmi dehqonchilik bilan chorvachilikni barobar rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ustrushona O\u2019rta Osiyodagi ko\u2019plab yirik voqealar guvohi bo\u2019lgan. Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari, mahalliy qabilalarning makedoniyalik Aleksandr lashkalariga qarshi qahramonona kurashi shular jumlasidandir. Zomin rustaki hududida, xususan, undan sharqroqda \u2013 Xo\u2019jamushkentsoy, Savat va Bosmandasoy etaklarida, G\u2019onchi va Gazandara tevarak-atrofida 25 asr oldin hayot qaynagan manzilgohlar qoldiqlari topilgan. Zomin va uning rustaki miloddan avvalgi VII asrning birinchi yarmida qayd etilgan yozma manbalarda tilga olingan. Biroq, ular ham Zominning yoshi aniq ko\u2019rsatilmagan. Undan avvalgi ma\u2019lumotlar hududning qadim va ko\u2019hna madaniyatga ega bo\u2019lganidan dalolat bermoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologik manbalarga qaraganda, Zomin shahrining yoshi kamida ikki ming yillik tarixga ega bo\u2019lib, u uzoq o\u2019tmish \u2013 miloddan avvalgi II-I asrlarga borib taqaladi. U shakllangan va kamol topgan paytlarda chegarasi goh kengaygan, ba\u2019zida turli tarixiy voqealar sababli qisqarib borgan. Biroq Ustrushona \u2013 Zominsuv negizida tashkil topgan Zomin aholisining zichligi bois hamisha markaz hisoblangan. Zomin o\u2019rta asrlarda Ustrushonaning eng muhim va obro\u2019li rustaklaridan biri sanalgan. E\u2019tiborli jihati shundaki, u yerdan Sug\u2019d bilan Choch, Yettisuv, Xo\u2019jand, Farg\u2019ona, Xitoy kabi qadimiy o\u2019lkalarni birlashtiruvhci gavjum xalqaro karvon yo\u2019llari o\u2019tgan. Bu karvon yo\u2019llari, Zarafshon vodiysining so\u2019qmoqlari va Ustrushonaning tog\u2019li rustaklari orqali aynan Zominga kelib tutashgan. U yerda yirik ma\u2019muriy va savdo markazi mavjud bo\u2019lib, u nufuz jihatidan faqatgina Ustrushonaning poytaxti \u2013 Bunjikatdan keyingi o\u2019rinda turgan, xolos. Shu bois, mazkur hududning tarixi Sug\u2019d va Ustrushonaning o\u2019tmishi bilan qiziqqan ko\u2019plab mutaxassislarning diqqat markazida bo\u2019lgan. 1946 yilda yirik respublikalararo sug\u2019d-tojik arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasi qidiruv-tekshiruv ishlarini boshlab yuboradi, xususan, leningradlik olima O.Smirnova rahbarligi ostidagi otryad Zominsuv havzasining janubiy qismi bo\u2019ylab qidiruv ishlarini olib boradi. Otryad tomonidan Zarafshon vodiysiadn Iskandar qo\u2019lga va Zominsuvdan Zominga qadar cho\u2019zilgan o\u2019rta asrlar yo\u2019li tadqiq etiladi, shuningdek, hududning noyob yodgorliklaridan biri \u2013 Miq qal\u2019asi haqida ko\u2019plab ma\u2019lumotlar to\u2019plandi. Mahalliy aholining so\u2019zlariga qaraganda, Miq qishloqg\u2019ida qal\u2019a qoldiqlari bo\u2019lib, u yerda turli xil tangalar, bus-butun idishlar va ularning bo\u2019laklari topilgan. 1950 yilda Bosmandasoy va Oqsuv soylari bo\u2019ylab ikki yo\u2019nalishga ajralgan Kurkat va Gulakandoz orqali Zomindan Xo\u2019jandgacha bo\u2019ylab ikki yo\u2019nalishga ajralgan Kurkat va Gulakandoz orqali Zomindan Xo\u2019jandgacha bo\u2019lgan savdo yo\u2019llari tadqiq etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi yillarda tadqiqotchilar asosiy e\u2019tiborni chorvachilik madaniyati yodgorliklarini o\u2019rganishga qaratdilar. 1964 yilda O\u2019zR FA Tarix va arxeologiya instituti Samarqand otryadining M.Aminjonova boshchiligidagi maxsus guruhi arxeologik yodgorliklar majmuasini tuzish va xaritasini tayyorlash maqsadida qidiruv-tekshiruv ishlarini o\u2019tkazish bilan bir qatorda, Zomin tumanini tizimli ishlarini o\u2019tkazish bilan bir qatorda, Zomin tumanini tizimli ravishda o\u2019rgana boshlaydi. Dastlab 1937 yilda yo\u2019l yotqizish jarayonida qattiq shikastlangan Zomindagi O\u2019rda (Qo\u2019rg\u2019ontepa) tepa shahar yodgorligining tarixiy-topografik tavsifi yaratildi. Jiddiy tadqiqotlar va olingan materiallarga asoslanib, mazkur shahar yodgorligi Zomin rustakining markaziy shahri bo\u2019la olmasligi, uni tog\u2019lar oralab oqib tushadigan Zominsuv atrofidagi arxeologik ob\u2019yektlardan izlash kerakligi haqidagi xulosaga kelinadi. Bundan tashqari, Zominsuv etagi va tog\u2019 yonbag\u2019ri hududida joylashgan bir qancha arxeologik yodgorliklar ham qayd etiladi. 1973-1974-yillarda San\u2019atshunoslik instituti, O\u2019zbekiston tarixi va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati tizimidagi ToshDUning arxeologiya kafedrasi otryadlari hamkorligida Zomin vohasi yodgorliklarini anchayin to\u2019liq va mufassal ro\u2019yxati tuziladi. Bundan oltmishdan ziyod ob\u2019yekt tizimlashtirildi va ro\u2019yati olindi. Rosti, mazkur tadqiqotlar, asosan, tumanning cho\u2019l hududlariga daxldor edi. O\u2019sha paytdayoq yodgorliklarning asosiy qismi yerlarni xo\u2019jalik uchun o\u2019zlashtirish jarayonida mahv bo\u2019lgani yoki qisman vayron bo\u2019lgani ta\u2019kidlab o\u2019tilgan. N.Nemtseva va G.Dresvyanskaya boshchiligidagi ushbu otryad tomonidan olingan materiallarga ko\u2019ra, ilk o\u2019rta asrlarda Shimoliy Ustrushonada hayot qizg\u2019in tus olgan. O\u2019rdatepa, Qo\u2019rg\u2019ontepa, Oqtepa va Jartepa yodgorliklarida esa o\u2019rta asrlardagi Zominning qoldiqlari saqlanib qolgan bo\u2019lishi ham mumkin, degan taxminiy ilmiy qarashlar bayon qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, 1977 yilda Yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati tashabbusi bilan Zominsuv, Jaloyirsoy, Turkmansoy, Oqbuloqsoy va ularning negizini tashkil etuvchi suv manbalari hamda Zomin tumani tog\u2019 tizmasi bo\u2019ylab tadqiqotlar olib boriladi. Suluktasoy, Chillamozorsoy va Beshbuloq etaklarida qadimgi yiik qabriston qoldiqlari, xususan, ustiga toshlar uyulgan mozor-qo\u2019rg\u2019onlar ham qayd etilgan. Ilk marta Miq qal\u2019asi va uning atrofida joylashgan Yettikechuvsoy yuqorisidagi tog\u2019-kon qazilmalari qoldiqlari tadqiq etildi va tavsiflandi. Bu davrda umumiy hisobda yigirmadan ortiq yodgorlik aniqlanib hisobga olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tadqiqot ishlari keyingi yillarda ham davom etadi. 1984 yilda Miq qal\u2019asi atrofida Jizzax tadqiqot guruhi tomonidan ilk va rivojlangan o\u2019rta asrlardagi qishloq makonlari tadqiq etiladi. Shuningdek, qabr ustiga tosh uyulgan mozorqo\u2019rg\u2019onlar, tuproqqo\u2019rg\u2019onlar, Qashqasuv, Qizilmozor va Boyqo\u2019ng\u2019ir qishloqlari atrofida ham ostadonlar ko\u2019milgan joylar topiladi. Tadqiqotchilar o\u2019sha davrlarda tog\u2019 yonbag\u2019irlarida aholi zich bo\u2019lmaganini qayd qilishgan. A.Berdimurodov tomonidan Achchi qishlog\u2019i tepaligi qazish ishlari olib borilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Faqat 1985 yilga kelib, rejali asosda yirik qazilma ishlari boshlab yuboriladi. Bunda tumanning cho\u2019l va tog\u2019 qismlarida arxeologik tadqiqotlar olib boriladi. Cho\u2019l zonasida nomdosh qishloq yaqinida (sobiq \u201cQizil Chorvador\u201d sovxozi yerlari) ko\u2019hna shahar \u2013 Kultepa statsionar qazilmalar ob\u2019yektiga aylanadi. Dastlabki qazilma ishlari tadqiqotning istiqbolli tomonlarini ko\u2019rsatib beradi. Keyinchalik, bu ko\u2019hna shahar o\u2019rta asrlar arab geograflari asarlarida qayd etilgan Sabot rustakining bosh shahri sifatida e\u2019tirof etiladi. Yodgorlikning e\u2019tiborli jihati shundaki, u o\u2019zida nafaqat Ustrushonadagi yirik shaharlardan birining xarobalarini yashirgan, balki uning hududi amalda butunicha teginilmagan holda bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Ustrushonaning o\u2019rta asrlarga oid qolgan barcha shaharlari insoniyatning qishloq xo\u2019jaligi faoliyati natijasida u yoki bu darajada zarar ko\u2019rgan, xususan, ko\u2019hna Zomin ham bundan mustasno emas. Tadqiqotlar davomida Ustrushonaning o\u2019rta asrlardagi shahri \u2013 Kultepaning yuzaga kelishi va rivojlanish tarixi, uning noyob moddiy, ma\u2019naviy madaniyati, shahar qurilishi sur\u2019atining o\u2019sishi, savdo-sotiq, hunarmandchilik kabi barcha masalalarni o\u2019rganish imkoniyati paydo bo\u2019ldi. Mazkur yodgorlikni ilm-fani ravnaqi yo\u2019lida, shunigndek kelajak avlod uchun asrab-avaylashning muhimligi ham ana shunda. Xususan, uning shimoliy qismi, allaqachon turli xildagi qurilishlar uchun o\u2019zlashtirila boshlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hududning tog\u2019li qismidagi to\u2019rt ob\u2019yektdan iborat bo\u2019lgan o\u2019rta asrlarga mansub Miq (I-IV) qishlog\u2019ida uzoq yillar davomida qazishma ishlari olib boriladi. Olib borilgan izlanishlar natijasida odam oyog\u2019i yetishi mushkul bo\u2019lgan, qazilma boyliklari, rudani qayta ishlash, qurol hamda temirdan turli xil maishiy buyumlar tayyorlashda mashhur bo\u2019lgan Ustrushonaning tog\u2019li rustaklaridan biri \u2013 Mink haqida yetarlicha asosli materiallar olim imkoni paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha yillarda YuNESKOning \u201cIpak yo\u2019li \u2013 xalqlararo muloqot yo\u2019li\u201d dasturi asosida Buyuk Ipak yo\u2019li cho\u2019lu dasht trassalari o\u2019rganilishi asnosida Zomin hududi ham tadqiq etiladi. Xususan, Samarqand-Zomin, Zomin-O\u2019ratepa, Zomin-Xo\u2019jand hamda Zomin-Xovos orqali Chochga olib boradigan yo\u2019llarga aniqlik kiritish ustida izlanishlar olib boriladi. Mazkur yo\u2019llarda Zominning muhim o\u2019rni borligi sabab, uni maxsus tadqiq etish masalasi o\u2019rtaga tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1991 yilning bahorida O\u2019zFA Arxeologiya instituti qoshidagi Sirdaryo, keyinchalik Zomin otryadlari tomonidan Zomin va uning atrofidagi hududlarda joylashgan yodgorliklarda qazuv tadqiqotlari boshlab yuboriladi. Yirik arxeologik tadqiqotlar Zominning uzoq o\u2019tmishga egaligi (2000 yildan ortiq), bu, o\u2019z navbatida, Zomin O\u2019zbekistoning eng qadimgi aholi manzili, tarixiy shaharlaridan biri ekanini isbotladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ul istilosi oqibatida, shuningdek, temuriylar qo\u2019shinlari bilan feodal va ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar orasidagi urush, o\u2019zaro nizolar sabab qo\u2019ldan-qo\u2019lga o\u2019tib kelgan Zomin qashshoqlashadi shahar madaniyati esa inqirozga yuz tutadi. Bu, aholining qisman etnik tarkibi o\u2019zgarishiga hamda hududning iqtisodiy hayotiga sezilarli darajada ta\u2019sir ko\u2019rsatadi. Ta\u2019kidlash joizki, shahar tarixining so\u2019nggi bosqichlari deyarli o\u2019rganilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zomin, nafaqat XVI-XVIII asrlarda keltirilgan yozma tarixiy manbalarda, balki temuriyzoda Zahiriddin Bobur tomonidan ham ko\u2019p marotaba tilga olingan. So\u2019nggi yuz yillikda geologiya va gidrologiya sohasi mutaxassislari, rus sayyohlari hamda Mirzacho\u2019l bilan bog\u2019liq turli masalalar bilan qiziqqan mutaxassislar tomonidan shimoliy Ustrushonaning ayrim joylari haqida qator asarlar yozildi.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/zomin-va-buyuk-ipak-yoli\/\">Zomin va Buyuk Ipak yo&#8217;li<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rus tilidan Baxtiyor Eraliyev va Anvar Sherov tarjimasi. Zomin tumani 1926 yilning 29 sentabrida tashkil topgan. Biroq, uzoq o\u2019tmishga nazar solsak, uning yoshi anchayin ulug\u2019ligiga guvoh bo\u2019lamiz. Zomin va Zomin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qadimiy-zomin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":138294,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138291","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138291","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138291"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138291\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138299,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138291\/revisions\/138299"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/138294"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138291"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}