{"id":1383,"date":"2021-09-20T14:13:56","date_gmt":"2021-09-20T11:13:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1383"},"modified":"2021-09-20T14:13:57","modified_gmt":"2021-09-20T11:13:57","slug":"nega-muz-eriydi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nega-muz-eriydi\/","title":{"rendered":"Nega muz eriydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo&#8217;ladi. Muzlagan suvning hajmi ancha kengayadi. O&#8217;n litr suvdan, taxminan, o&#8217;n bir litr muz hosil bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har bir jismning suvda suzishi va cho&#8217;kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o&#8217;tgan qadimgi yunon olimi Arximed kashf etgan printsip bilan aniqlanadi. U keyinchalik Arximed qonuni deb nom olgan qonunni kashf etdi. Unga ko&#8217;ra, suvga tushgan har qanday jismni ostidan o&#8217;zi siqib chiqargan suv miqdoridagi kuch itaradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yog&#8217;och suvdan o&#8217;rtacha ikki marta yengil, shuning uchun g&#8217;o&#8217;la o&#8217;z hajmining yarmiga teng bo&#8217;lgan suv miqdori bilan suzib yuradi. Po&#8217;kak olinadigan emanning po&#8217;stlogi suvdan besh barobar, muz esa, taxminan, 1\/10 marta engildir. Shuning uchun ham aysbergning 9\/10 qismi suv ostida bo&#8217;ladi. Uning haqiqiy o&#8217;lchamlari suv yuzasidagidan o&#8217;n barobar kattadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Havo temperaturasi suvning muzlash nuqtasidan, ya&#8217;ni Tselsiy shkalasi bo&#8217;yicha 0 darajadan bir oz past bo&#8217;lganda, muzni isitmay turib ham, bosimni oshirish hisobiga eritish mumkin. Qo&#8217;shimcha bosim yo&#8217;qolganda, suv yana muzlay boshlaydi. Masalan, qo&#8217;lingizga bir hovuch qor olib, uni yumaloqlash maqsadida qisa boshlasangiz, u asta-sekin erib, suvga aylana boshlaydi, ammo kaftingizni yozishingiz bilan u yana muzlab qoladi. Suvning muzga aylanib kengayishi ma&#8217;lum miqdorda kuch ajralishiga olib keladi. Qoyadagi biror yoriqqa kirib qolgan suv muzga aylanib kengayadi, yillar o&#8217;tishi bilan bu hol bir necha bor takrorlangach, u katta bir granit palaxsasini ikkiga yorib yuborishi ham mumkin. Bu tog&#8217; jinslarini nuratib, parchalashda katta ahamiyatga ega. Odamzod qadim zamonlardayoq bu kuchdan o&#8217;z maqsadlari yo&#8217;lida foydalanishni o&#8217;rganib olgan. Finlyandiyaning ulkan tosh konlarida toshtaroshlar qoyalarning katta bo&#8217;laklarini ortiqcha kuch ishlatmasdan sindirib olishadi. Ular buning uchun toshlardagi yoriqlarga suv quyib, uning muzlashini kutishadi. Suv muzlash natijasida kengayib, toshni yorib yuboradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo&#8217;ladi. Muzlagan suvning hajmi ancha kengayadi. O&#8217;n litr suvdan, taxminan, o&#8217;n bir litr muz hosil bo&#8217;ladi. Har bir jismning suvda suzishi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nega-muz-eriydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1383","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1383","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1383"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1383\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1384,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1383\/revisions\/1384"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1383"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}