{"id":1409,"date":"2021-09-20T17:07:05","date_gmt":"2021-09-20T14:07:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1409"},"modified":"2021-09-20T17:07:07","modified_gmt":"2021-09-20T14:07:07","slug":"suv-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/suv-nima\/","title":{"rendered":"Suv nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Olimlar boshqa sayyoralardan hayot izlaganda, avvalo, u yerda suv bormi, degan savolga javob izlashadi. Biz suvsiz hayot bo&#8217;lmasligini yaxshi bilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Suv hidsiz, ta&#8217;msiz, rangsiz suyuqlikdir. U barcha mavjudotlar tarkibida, tuproqda va havoda bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tirik organizmlar faqat suvda erigan ozuqani iste&#8217;mol qilishadi. Tirik hujayralar, asosan, suvdan tarkib topgan. Suv tarkibiga nimalar kiradi? U ikki gazning: o&#8217;ta yengil vodorodning va nisbatan og&#8217;ir, faol gaz bo&#8217;lmish kislorodning oddiy birikmasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Vodorodning kislorodda yonishi natijasida suv hosil bo&#8217;ladi. Ammo suvning xarakteristikasi uni tashkil etuvchi elementlarnikiga mutlaqo o&#8217;xshamaydi. Uning o&#8217;ziga xos xususiyatlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Suv ham boshqa ko&#8217;plab moddalar kabi uch xil holatda mavjud bo&#8217;ladi: suyuq (odatdagi shakli), &#171;muz&#187; deb ataladigan qattiq va &#171;suv bug&#8217;lari&#187; deyiladigan gazsimon holatlari. Suvning holati uning temperaturayoiga bog&#8217;liq.<\/p>\n\n\n\n<p>Tselsiy shkalasi bo&#8217;yicha 0 darajada suv suyuq holatdan qattiq holatga o&#8217;ta yoki muzlay boshlaydi. Tselsiy shkalasi bo&#8217;yicha 100 darajada u suyuq holatdan gazsimon holatga o\u2019ta boshlaydi. Bunday ko&#8217;rinish holatidan ko&#8217;rinmas holatga o&#8217;tish &#171;bug&#8217;lanish&#187; deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar issiq uyga bir bo&#8217;lak muz olib kirilsa, u eriy boshlaydi. Mabodo, uy ancha issiq bo&#8217;lsa, muzdan hosil bo&#8217;lgan suv xalqobchasi yo&#8217;qolib ketadi, ya&#8217;ni suv bug&#8217;lariga aylanadi. Suv soviganda, hajmi kengayadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buloqlar atmosfera yog&#8217;inlaridan suv oladi. Yomg&#8217;ir suvi yer ostiga sizib o&#8217;tadi va qirlar yonbag\u2019ri yoki tog&#8217; etaklaridan sizib chiqa boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer osti suvlari ham bor: ulardan katta-katta basseynlar hosil bo&#8217;ladi. Buloqlar shunga o&#8217;xshash rezervuarlardan suv to&#8217;kilib turadigan teshiklarga o&#8217;xshaydi. Suvning tarkibi u o&#8217;z yo&#8217;lida duch keladigan jinslarga bog&#8217;liq. Buloqlarning ikki turi bor: mineral buloqlar va termal (issiq) buloqlar. Issiq buloqlarda, odatda, temperatura 20 darajadan baland bo&#8217;ladi. Ayrim daryolarning tubiga suv sizadi. Bir joyga to&#8217;plangan suv yana yuzaga oqib chiqadi. Bunday buloqlar karst buloqlar deb ataladi. Suv tabiatda hech qachon sof holda uchramaydi. Uning tarkibida erigan mineral tuzlar, gazlar, mikroorganizmlar zarralari bo&#8217;ladi. Suv aylanib yuradi. Quyosh uni bug\u2019lantirib, dengizlar va okeanlardan havoga olib chiqadi. Suv bug&#8217;lari bulut bo&#8217;lib yig&#8217;iladi va yomg&#8217;ir, tuman, qor yoki shudring holida yerga, suvliklarga qayta yog&#8217;adi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olimlar boshqa sayyoralardan hayot izlaganda, avvalo, u yerda suv bormi, degan savolga javob izlashadi. Biz suvsiz hayot bo&#8217;lmasligini yaxshi bilamiz. Suv hidsiz, ta&#8217;msiz, rangsiz suyuqlikdir. U barcha mavjudotlar tarkibida, tuproqda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/suv-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1409","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1409","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1409"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1409\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1410,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1409\/revisions\/1410"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1409"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}