{"id":1457,"date":"2021-09-21T07:50:31","date_gmt":"2021-09-21T04:50:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1457"},"modified":"2021-09-21T07:50:32","modified_gmt":"2021-09-21T04:50:32","slug":"baykal-koli-nimasi-bilan-mashhur","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baykal-koli-nimasi-bilan-mashhur\/","title":{"rendered":"Baykal ko&#8217;li nimasi bilan mashhur?"},"content":{"rendered":"\n<p>Baykal deyarli Osiyoning markazida, Moskva va Voronej, London va Edinburg kengliklari o&#8217;rtalig&#8217;ida joylashgan. Agar yer yuzida ilk yaratilgan quyi saqlanib qolgan joylar bo&#8217;lsa, bu, avvalo, Baykal ko&#8217;lidir. Baykal yer sharidagi ko&#8217;llar ichida marvarid donasiday ajralib turadi. U geologik jihatdan ko&#8217;hnaligi, ajoyib hayvonot va o&#8217;simliklar dunyosi, ulkan o&#8217;lchamlari, o&#8217;ta tiniq suvi va go&#8217;zal iqlimi bilan mashhurdir. Dunyodagi uch milliondan oshiq ko&#8217;llar ichida eng kattalaridan biri Baykaldir. Uning uzunligi 636 km. Uning hududida Gollandiya, Belgiya yoki Shveytsariya bemalol joylashishi mumkin. Baykal \u2014 dunyodagi eng chuqur ko&#8217;l. Uning eng teran joyi 1 637 metrdir. Baykal havzasida yer sharidagi jami chuchuk suvlarning beshdan bir qismi joylashgan. Baykalga Baltika dengizining suvi va Azov dengizidan yuztasi sig&#8217;adi. Baykal \u2014 dunyodagi eng ko&#8217;hna ko&#8217;llardan biri. Uning havzasi shakllanishi 30 mln yildan beri davom etmoqda. Nega davom etmoqda? Chunki ko&#8217;l mintaqasida joylashgan seysmik stantsiyalar har yili ikki mingga yaqin zilzilani qayd etishadi. Ulardan ayrimlari o&#8217;ta kuchli bo&#8217;ladi. Masalan, 1959 yili yer qimirlashi natijasida Baykalning tubi 15 metr pasaydi. 1862 yili Selenga daryosi deltasydagi 200 kv.km. sohilbo&#8217;yi yerlari suv ostiga cho&#8217;kib ketdi. Ko&#8217;lda o&#8217;simliklarning 850, hayvonlarning esa 1400 turi mavjud. U yerdagi o&#8217;simliklarning 133, hayvonlarning esa 848 turi dunyoning boshqa joylarida uchramaydi. Ba&#8217;zi tirik organizmlar dunyoning boshqa hech bir ko&#8217;lida yo&#8217;q. Baykal ko&#8217;hna mavjudotlarning tabiat muzeyi deb atalishi ham bejiz emas. Bu yerga tub hayvonlar \u2014 endemikalar kelganiga besh million yildan oshgan. U yerdagi Omul va nerpani hamma eshitgan bo&#8217;lsa kerak, ammo tirik tug&#8217;adigan golomyanka balig\u2019ini hamma ham bilavermaydi. Uning yog&#8217;i tarkibida foydali darmondorilar bor va bu darmondorilar azaldan tibbiyotda ishlatilib keladi. Ko&#8217;lda yashovchi jonivorlardan biri epishura qishichbaqasidir. Har bir kvadrat metr suv ostida, taxminan, 30 milliondan oshih bunday qishichbaqa bor. Epishuralar Baykal suvining tozaligi uchun &#171;mas&#8217;ul&#187;dir. Suvning shaffofligi 40 metrni tashkil etishi ham uning &#171;mehnatlari&#187; samarasidir. Masalan, suvning shaffofligini o&#8217;lchaydigan Sekki gardishi Kaspiy dengizida 25 metr, Sevan ko&#8217;lida esa 20 metr chuqurlikda ko&#8217;rinadi. Shaffoflikda Baykalga mashhur Alp ko&#8217;llari ham teng kela olmaydi. Baykal ustida ko&#8217;pincha havo ochiq bo&#8217;ladi. Uning ustidagi quyoshli kunlar qora dengiz kurortlaridagiga, hatto Nissadagiga nisbatan ham ko&#8217;proqhdir. Baykaldagi ochiq kunlar 2 583 soatga yetadi. Endi ko&#8217;l ustidagi musaffo osmonni bir tasavvur qilib ko&#8217;ring. Baykal o&#8217;z sohillaridagi iqlimni yumshatadi. Nisbatan uzoqroq mintaqalardagiga qaraganda, qishda bu yerning ob-havosi 5-7 daraja iliq, yozda esa salqin bo&#8217;ladi. Baykal suvining ta&#8217;mi juda mazali. Buning sababi suv tozaligi bilan bir qatorda tarkibida minerallar ham kam. Ko&#8217;lning toza va chuchuk suvi haqiqiy tabiat xazinasidir. Ammo xazinalar tadqiqotchilar bilan bir qatorda har xil avantyurist va yengil boylik orttirish ishtiyoqmandlarini ham o&#8217;ziga jalb etadi. 60-70-yillarda Baykal Omul (lososlar turkumiga mansub baliq) tutuvchi brakonerlar \u2014 o&#8217;g&#8217;rincha ovchilarning makoniga aylanib qoldi. Asrning boshlarida esa mashhur Baykal suvsari qirilib ketayozgan edi. Uning sohiliga tsellyuloza kombinati qurilganini vahshiylikdan boshqa narsa deb bo&#8217;lmaydi. Albatta, Baykal kuchli va qudratli ko&#8217;l, ammo shu bilan birgalikda himoyasiz hamdir. Inson Baykal boyliklarini endigina o&#8217;rgana va o&#8217;zlashtira boshlagan kezlar uning suvini bulg\u2019ash qat&#8217;iy taqiqlangan edi. Atrofdagi o&#8217;simliklarni payhon qilmaslik uchun faqat so&#8217;qmohlardan yurishga ruxsat etilar edi. Balki ushbu tartiblarni qaytadan joriy etish kerakdir? Baykal o&#8217;z bag&#8217;riga Rossiyadagi chuchuk suvlarning 80% ini, sayyoradagi chuchuk suvlarning esa beshdan bir qismini sig&#8217;diradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Baykal deyarli Osiyoning markazida, Moskva va Voronej, London va Edinburg kengliklari o&#8217;rtalig&#8217;ida joylashgan. Agar yer yuzida ilk yaratilgan quyi saqlanib qolgan joylar bo&#8217;lsa, bu, avvalo, Baykal ko&#8217;lidir. Baykal yer sharidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baykal-koli-nimasi-bilan-mashhur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1457","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1457","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1457"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1457\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1457\/revisions\/1458"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1457"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}