{"id":1511,"date":"2021-09-21T13:08:53","date_gmt":"2021-09-21T10:08:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1511"},"modified":"2021-09-21T13:08:54","modified_gmt":"2021-09-21T10:08:54","slug":"okeanlar-qanday-organiladi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/okeanlar-qanday-organiladi\/","title":{"rendered":"Okeanlar qanday o&#8217;rganiladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Boshqa fanlarda bo&#8217;lgani singari okeanshunoslikda ham nazariy va tajriba tadqiqotlari o&#8217;tkaziladi. Ular o&#8217;zaro chambarchas bog&#8217;langan. Tajriba yo&#8217;li bilan olinadigan kuzatishlarga oid ma&#8217;lumotlar sizni qiziqtirayotgan ob&#8217;yekt \u2014 okean tuzilishi to&#8217;g&#8217;risida yaxlit tasavvur hosil qilish uchun nazariy tafakkurni taqozo etadi. O&#8217;z navbatida nazariy andozalar yanada ko&#8217;proq bilimga ega bo&#8217;lish uchun keyingi kuzatishlarni qay yo&#8217;sinda tashkil etishda asqotadi. Yaqin-yaqingacha, har narsaga qiziquvchi dengizchilarning yo&#8217;l-yo&#8217;lakay kuzatishlarini hisobga olmaganda, tadqiqot kemalaridagi dengiz ekspeditsiyasi okeanni tajriba yo&#8217;li bilan o&#8217;rganishning asosiy vositasi edi. Bunday kemalar maxsus jihozlar: suvning temperaturasi, kimyoviy tarkibi, oqimlar tezligini o&#8217;lchaydigan asboblar, dengiz tubidan tuproq oladigan, dengiz jonivorlarini tutadigan moslamalarga ega bo&#8217;lishi kerak. Dastlabki-okeanografik asboblar kema bortidan metall arqon bilan oddiy chig&#8217;ir yordamida suvga tushirilgan. Katta chuqurliklardagi suvning o&#8217;ziga xos xususiyatlarini o&#8217;lchash topqirlikni talab etadi. Darhaqiqat, bir necha kilometr chuqurlikdagi asbob ma&#8217;lumotlarini qanday olish mumkin? Uni yuzaga ko&#8217;tarish kerakmi? Ammo asbob yuzaga ko&#8217;tarilayotganda, suvning turli qatlamlaridan o&#8217;tishi oqibatida undagi ma&#8217;lumotlar ko&#8217;p marta o&#8217;zgaradi. Shu sababli kerakli chuqurlikdagi suv temperaturasini o&#8217;lchash uchun to&#8217;ntariluvchi termometrdan foydalaniladi. Bunday termometrning &#171;oyog&#8217;i osmondan bo&#8217;lganida&#187;, faqat o&#8217;sha o&#8217;zi to&#8217;ntarilgan chuqurlik temperaturasidan boshqasini ko&#8217;rsatmaydi. Uning to&#8217;ntarilishiga yuqoridan arqon bo&#8217;ylab tushirilgan kichik bir chopar \u2014 yuk signal beradi. Ma&#8217;lum bir chuqurlikdan kimyoviy tahlil uchun suv namunasini oladigan idishning bo&#8217;g&#8217;zi ham u to&#8217;ntarilgan vaqtda yopilib qoladi. Bunday idishlar batometrlar deb ataladi. Keyingi yillarda okeanshunoslarga uzoq vaqt yordam berib kelgan bunday oddiy asboblar o&#8217;rnini tok o&#8217;tkazuvchi kabel yordamida chuqurliklarga tushiriladigan elektron moslamalar egallab bormoqda. Asbob bunday kabel bilan kema bortidagi kompyuterga bog&#8217;langan bo&#8217;ladi. Kompyuter chuqurlikdan kelayotgan ma&#8217;lumotlarni eslab qoladi va qayta ishlaydi. Ammo okean haqida to&#8217;la ma&#8217;lumot olish uchun ilgarigi asboblarga nisbatan puxta, aniq va qulay moslamalar ham yetarli emas. Sababi, dunyo okeani hajmi shu qadar kattaki (yer yuzining 71% maydonini, ya&#8217;ni 360 mln.kv.km.ni tashkil etadi), eng tezyurar kema ham uning barcha mintaqalarini kezib chiqishi uchun bir necha o&#8217;n yillar kerak bo&#8217;ladi. Bu vaqt ichida uning suvlari holati, atmosferada ob-havo o&#8217;zgargani kabi, jiddiy ravishda o&#8217;zgarib ketadi. Kuzatishlar vaqti cho&#8217;zilib ketgani sababli okean to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvurlar uzuq-yuluq bo&#8217;ladi. Okeanshunoslarga bu borada yer atrofida bir kecha-kunduzda bir necha marotaba aylanib chiqadigan yoki ekvatorning qaysi bir nuqtasidagi yuksaklikda &#171;harakatsiz&#187; turib qoladigan sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlar yordamga keladi. O&#8217;sha balandlikdan yer yuzasining deyarli yarmi ko&#8217;rinadi. Bunday yuksaklikdan okeanni har tomonlama o&#8217;lchash qiyin, ammo bu eplasa bo&#8217;ladigan ish. Hatto kosmonavtlar kuzatadigan okean suvining loyqalanish hodisasi ham uning harakati haqida ko&#8217;p narsa berishi mumkin. Oqim bilan birga ko&#8217;chib yuruvchi buylarni (suvda sayozlik, yo&#8217;l va h.k.ni ko&#8217;rsatadigan belgi) yo&#8217;ldoshlardan kuzatish orqali suvning harakatini yaxshiroh bilib olish mumkin bo&#8217;ladi. Ammo okean yuzasidan chiqayotgan elektromagnit to&#8217;lqinlarini qayd etib borish orqali ham ko&#8217;proq axborot olish mumkin. Yo&#8217;ldoshlardagi asboblar tutib oladigan to&#8217;lqinlarni tahlil qilib ham okean yuzasi temperaturasi, shamol tezligi, shamol to&#8217;lqinlarining balandligi va okeanshunoslarni qiziqtiradigan boshqa ko&#8217;rsatkichlarni aniqlash mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Boshqa fanlarda bo&#8217;lgani singari okeanshunoslikda ham nazariy va tajriba tadqiqotlari o&#8217;tkaziladi. Ular o&#8217;zaro chambarchas bog&#8217;langan. Tajriba yo&#8217;li bilan olinadigan kuzatishlarga oid ma&#8217;lumotlar sizni qiziqtirayotgan ob&#8217;yekt \u2014 okean tuzilishi to&#8217;g&#8217;risida yaxlit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/okeanlar-qanday-organiladi\/\" class=\"more-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1511","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.6","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1511"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1512,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1511\/revisions\/1512"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}