{"id":1529,"date":"2021-09-21T16:01:34","date_gmt":"2021-09-21T13:01:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1529"},"modified":"2021-09-21T16:01:34","modified_gmt":"2021-09-21T13:01:34","slug":"nega-toshlar-har-xil-boladi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nega-toshlar-har-xil-boladi\/","title":{"rendered":"Nega toshlar har xil bo&#8217;ladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko&#8217;pchilik o&#8217;g&#8217;il bolalar turli shakl va rangdagi toshlarni yig&#8217;ishadi. Har xil rang va kattalikda bo&#8217;lgan hamda qimmatbaho toshlarni eslatadigan silliq, g&#8217;adir budur toshlar hammaning ham havasini keltiradi. Ular bitta yoki bir nechta mineraldan tarkib topgani uchun ham shunday ko&#8217;rinishga ega. Aynan o&#8217;sha minerallar turli toshlarga har xil ranglar beradi, ayrimlarini esa qimmatbaho toshlarday yarqiratadi. Toshlar turli yo&#8217;llar bilan paydo bo&#8217;lgan. Ayrim &#171;cho&#8217;kindi&#187; toshlar cho&#8217;kindi jinslardan tarkib topgan. Buning ma&#8217;nosi shuki, ancha vaqt burun suv, shamol, muz, o&#8217;simliklar va jonivorlar faoliyati natijasida cho&#8217;kindilar hosil bo&#8217;lgan. Cho&#8217;kindilar qatlam-qatlam bo&#8217;lib borgan, shuning uchun ham qoyalar va toshlar &#171;qatlamli&#187; deb ataladi. Qoyalar tarkib topgan mayda zarralar yumaloq shaklga ega, chunki ularning o&#8217;tkir qirralari suvda oqishi va shamol ta&#8217;sirida dumaloq shaklga ega bo&#8217;lib qolgan. Qumtosh va ohaktosh qatlamli tog&#8217; jinslari namunasidir. Boshqa qoya jinslari yer ostidagi suyuq moddalarning yuzaga chiqib qotishidan hosil bo&#8217;lgan. Ular yer yuzasiga chiqqanida boshqa tog&#8217; jinslarining yoriqlariga tushib qolgan. Bunday tog&#8217; jinslari &#171;pirogen jinslar&#187; yoki vulqonlardan hosil bo&#8217;lgan jinslar deb ataladi. Qoyalarning uchinchi turi dastlab boshqa shakl va tuzilmaga (vulqonli yoki qatlamli) ega bo&#8217;lgan, ammo temperatura yoki kuchli bosim ta&#8217;sirida o&#8217;zgarib ketgan. Ular &#171;metamorf jinslar&#187; deb ataladi. Ularga marmar va kvarsitlar kiradi. Ayrim tog&#8217; jinslari tarkibida boshqa aralashmalar bilan bir qatorda metallarning minerallari ham uchraydi. Agar bunday jinslar tarkibidagi minerallar metall ishlab chiqarish uchun yetarli bo&#8217;lsa, ular &#171;ruda&#187; deb ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko&#8217;pchilik o&#8217;g&#8217;il bolalar turli shakl va rangdagi toshlarni yig&#8217;ishadi. Har xil rang va kattalikda bo&#8217;lgan hamda qimmatbaho toshlarni eslatadigan silliq, g&#8217;adir budur toshlar hammaning ham havasini keltiradi. Ular bitta yoki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nega-toshlar-har-xil-boladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1529","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1529","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1529"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1529\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1531,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1529\/revisions\/1531"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1529"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}