{"id":1532,"date":"2021-09-21T16:02:53","date_gmt":"2021-09-21T13:02:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1532"},"modified":"2021-09-21T16:02:54","modified_gmt":"2021-09-21T13:02:54","slug":"gorlar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gorlar-nima\/","title":{"rendered":"G&#8217;orlar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Garchi ikkita bir xil g&#8217;orni topish mumkin bo&#8217;lmasa-da, dunyodagi eng katta g&#8217;orlar bir xil yo&#8217;l bilan paydo bo&#8217;ladi. Buning uchun ishqorli suvlar ohaktosh (yoki shunga o&#8217;xshash tog\u2019 jinslari) ni o&#8217;yib, teshik hosil qiladi. Shu tariqa g&#8217;orlar paydo bo&#8217;ladi. Ular tuzli g&#8217;orlar ham deb ataladi. Ayrim katta g&#8217;orlar bundan 60 000 000 yil muqaddam vujudga kela boshlagan. Yomg&#8217;ir quyishi, daryolar toshishi natijasida metin tog&#8217;lar ham darz ketib, nuray boshlagan. G\u2019or hosil bo&#8217;ladigan tog&#8217; jinsi ohaktoshdir. Bu yumshoq tog&#8217; jinsini kuchsiz ishqor ham eritib yuborishi mumkin. Ohaktoshni yemiradigan ishqor (kislota) yomg&#8217;ir bilan keladi. Yog&#8217;ayotgan yomg&#8217;ir tomchilari havodan va tuproqdan karbonat angidrid gazini yuvib, yerga tushiradi. Karbonat angidrid gazi suvni karbonat kislotasiga aylantiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun ohaktosh ustiga million yillar davomida ishqorli yomg&#8217;irlar yoqqan. Ular doimiy ravishda tog&#8217;larga yog&#8217;ishi oqibatida yoriqlar paydo bo&#8217;lgan. Yomg&#8217;irlar yog&#8217;avergan. Suv oqimi yoriqlarga tushaverib, ularni kengaytirgan. Bu oqim hatto metindan ham yangi yoriqlar topib kirib ketavergan. Yoriqlar tunnel darajasigacha kengaygan. Tunnellar kesishishi natijasida o&#8217;yiqlar hosil bo&#8217;lgan. Million yillar o&#8217;tib, g&#8217;orlar vujudga kelgan. Suv esa ularni tobora kengaytirib borgan. G&#8217;orlar faqat tog&#8217;larda bo&#8217;lmaydi. Bundan tashqari, dengiz g&#8217;orlari ham bor. Ular to&#8217;lqinlarning sohil bo&#8217;ylaridagi tosh qoyalarga kelib urilishi natijasida hosil bo&#8217;lgan. To&#8217;lqinlar urilaverib, qoyalarni yemirib tashlagan. Qoyalarning yildan-yil nurab borishiga mayda tosh va qumlar ham ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Bir qancha g\u2019orlar vulqon otilishi va tog&#8217; jinslarining siljishi yoki qaynoq lavaning oqib chiqishi natijasida ham hosil bo&#8217;lgan. Amerika Qo&#8217;shma Shtatlaridagi g&#8217;orlarning aksariyati ohaktosh qatlamlarining nurashi, ayniqsa, unga tarkibida uglerod ikki oksidi bo&#8217;lgan suv ta&#8217;siri natijasida vujudga kelgan. Indiana, Kentukki va Tennessi Shtatlarida qalinligi o&#8217;rtacha 53 metr bo&#8217;lgan ohaktosh qatlamida ko&#8217;plab g\u2019orlar hosil bo&#8217;lgan. Ayrim g&#8217;orlarning shiftida teshiklar bor. Ular yig&#8217;ilib qolgan suvning g&#8217;orga teshib o&#8217;tishi natijasida paydo bo&#8217;lgan. G&#8217;orlarda ustma-ust galereya qatorlarini uchratish mumkin. Ayrim g&#8217;orlarda haliyam suv oqib yotadi, boshqalarida, g&#8217;or hosil bo&#8217;lgach, suv qurib qolgan. Ko&#8217;pchilik hollarda g&#8217;or shiftidan tomayotgan har bir tomchi suv tarkibida ohaktosh yoki boshqa minerallar zarrachalari bo&#8217;ladi. Suv bug&#8217;lab ketganida, bu minerallar qoladi. Natijada asta-sekin, shiftda osilib turuvchi, sumalaksimon stalaktitlar hosil bo&#8217;ladi. Stalaktitlardan oqib tushayotgan suv yerda stalagmitlarni hosil qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Garchi ikkita bir xil g&#8217;orni topish mumkin bo&#8217;lmasa-da, dunyodagi eng katta g&#8217;orlar bir xil yo&#8217;l bilan paydo bo&#8217;ladi. Buning uchun ishqorli suvlar ohaktosh (yoki shunga o&#8217;xshash tog\u2019 jinslari) ni o&#8217;yib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gorlar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1532","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1532","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1532"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1532\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1534,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1532\/revisions\/1534"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1532"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}