{"id":1570,"date":"2021-09-22T11:48:45","date_gmt":"2021-09-22T08:48:45","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1570"},"modified":"2021-09-22T11:48:45","modified_gmt":"2021-09-22T08:48:45","slug":"ayollar-haqida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ayollar-haqida\/","title":{"rendered":"Ayollar haqida"},"content":{"rendered":"\n<p>Agar ayollar bo\u02bblmasa biz o\u02bbz hayotimizning dastlabki lahzalarida yordamdan, keyinroq lazzatlardan, eng so\u02bbngida esa ovunchog\u02bbimizdan mahrum bo\u02bblar edik, degan edi bir farang olimi. Menimcha, ayollarni haqiqatan ham bundan oshirib maqtashning iloji yo\u02bbq.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayolning qaddi-qomatiyoq uning na ruhiy va na ketmon chopishdek og\u02bbir jismoniy mehnat uchun yaratilmaganini ko\u02bbrsatib turadi. Ayol yashash majburiyatini borligicha emas, balki azob-uqubatlar tarzida o\u02bbtaydi: tug\u02bbish mashaqqatlari, bola boqish, erga qaram bo\u02bblish. Yana deng, ayol erga chidamli va quvvat bag\u02bbishlaydigan do\u02bbst bo\u02bblishi kerak. Ayol katta dardlar, katta quvonchlar, bahodirlik talab qilinadigan ishlar uchun yaratilmagan. Uning turmushi erkaknikiga nisbatan tinchroq, baxtliroq, mayinroq kechishi zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar tabiatan bolafe\u02bcl, injiq, uzoqni ko\u02bbra bilmaydigan bo\u02bblganlari tufayli bola tarbiyalashga moyildirlar (va shunga moslashishgan). Bir so\u02bbz bilan aytganda, ular butun hayotlari davomida katta bola ishini qilib yuradilar: bolalik davridan o\u02bbtayotgan, lekin hali to\u02bblaqonli erkak darajasiga yetmagan o\u02bbspirin sifatida ish tutadilar. Qizlarga qarang, kun bo\u02bbyi yosh bola bilan achomlashib, o\u02bbynab-kulib yurishdan erinmaydilar. Endi shu qizning o\u02bbrniga o\u02bbg\u02bbil bolani qo\u02bbyib ko\u02bbring\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Tomoshaga chiqqaningizda bir narsa qars etsa, birdan hamma chalg\u02bbib, o\u02bbsha tomonga qaraydi. Tabiat qiz bolani ham shu taxlit yaratgan. Tabiat qizlarga \u2013 keyingi butun hayotlari hisobiga \u2013 bir necha yillik go\u02bbzallik, qaraganni mahliyo qilish va boshqa shu taxlit ohanrabolarni baxshida etgan. Aynan shu davrda u erkakning xayolini o\u02bbg\u02bbirlashi, keyin erkak shu go\u02bbzallikka bandi bo\u02bblib, chin yurakdan ayolning keyingi hayoti uchun javobgarlikni o\u02bbz zimmasiga olishi kerak. Erkakni bu yo\u02bblga shunchaki sog\u02bblom fikrlash tarzi bilan kiritmoqchi bo\u02bblsangiz, ularning keyingi hayoti silliq kechishiga ishonch yo\u02bbq. Shu tufayli tabiat ayolni, qiz bolani \u2013 u o\u02bbz kelajagini ta\u02bcminlay oladigan darajada qurollantirgan. Urg\u02bbochi qumursqa tuqqandan so\u02bbng keraksiz (tuxumchalarni parvarishlashda hatto xatarli) qanotlaridan mahrum bo\u02bbladi. Shu taxlit ayol ham ikki-uch bola tuqqandan so\u02bbng go\u02bbzalligidan ajraladi. Balki shuning uchun yosh qizlar uy va dala tashvishlarini ikkinchi darajali ish, balki shunchalik arzimagan narsa sifatida qabul qiladilar. Ular uchun eng asosiy jiddiy tashvish: muhabbat, g\u02bbalabalar va shunga bog\u02bbliq boshqa narsalar: yasan-tusanlar, atir-upa, raqs-o\u02bbyin va hokazo\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Biron bir narsa qanchalar tugal va oliymaqom bo\u02bblsa, u shuncha asta va kechroq yetiladi. Erkak ruhan va aqlan aksariyat hollarda yigirma sakkiz yoshlarda yetishadi, ayol esa \u2013 o\u02bbn sakkizda. Va shunga ko\u02bbra qobiliyatga ega: qisqa o\u02bbylaydilar. Shu tufayli ayollar keyingi butun hayoti davomida ham bolaligicha qoladilar, ko\u02bbrib turganini tan oladilar, tutganini mahkam ushlaydilar, shunchaki tashqi ko\u02bbrinishni borliq-yo\u02bbqlik sifatida tan oladilar va mayda-chuydalarni katta narsalardan afzal biladilar. Aql tufayli odam xuddi jonivor yanglig\u02bb aynan hozirgi daqiqa bilan yashamaydi, balki o\u02bbtmishni va kelajakni mushohada qiladi. Aql tufayli u ehtiyotkor, orqa-oldini o\u02bbylaydi, sergak bo\u02bbladi. Shuning orqasidan keladigan foyda va ziyonlarga ayol \u2013 aqli kalta bo\u02bblgani tufayli! \u2013 kam aralashadi. Yanayam aniqrog\u02bbi: ruhan uzoqni ko\u02bbra bilmaydi. Uning sezgir aqli ko\u02bbz oldidagilarni yaxshi ko\u02bbradi, uning o\u02bby doirasiga uzoqdagi narsalar sig\u02bbmaydi. Shuning uchun yo\u02bbq narsalar, o\u02bbtib ketgan narsalar bizga nisbatan ayollarga kam ta\u02bcsir qiladi. Shu sababli ular ba\u02bczan topgan \u2013 tutganingizni telbalarcha o\u02bbysizlik bilan sovurib yuboraverishga moyildirlar. Ular o\u02bbzlaricha ishonadilarki, erkak \u2013 topish uchun, ayol \u2013 sovurish uchun yaratilgan. Iloji bo\u02bblsa, eri tirikligidayoq, yo\u02bbqsa, eri o\u02bblgandan so\u02bbng. Er topgan-tutganini ayolining ixtiyoriga topshirib qo\u02bbygandan so\u02bbng ayoldagi bu ishonch yanada mustahkamlanadi. Bu tushuncha har qancha ziyon keltirmasin, foyda tomoni ham bor: ayol hozirgi daqiqa bilan band. Ayol mavjud narsadan bizga nisbatan ko\u02bbproq naflanadi. Shu tufayli ayolning fikri tiniq. Shu tufayli, agar siz oila boqishdek tashvishlarga chalkashib qolgan bo\u02bblsangiz, ayol sizning dardingizga malham bo\u02bbla biladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi nemislarning odatini tashlab yubormaslik kerak. \u2013 Og\u02bbir daqiqalardagi yig\u02bbin-maslahatlarga ayollar ham taklif etilgan, chunki ayol hozirgi daqiqada nima qilish kerakligini biladi. Maqsadga yetkazuvchi eng qisqa yo\u02bblni ko\u02bbrsatadi. Xullas, erkak uzoqni o\u02bbylab, tumshug\u02bbi tagidagi narsani ko\u02bbrmay o\u02bbtirganda, ayol uni ushlab, qo\u02bblingizga tutqazadi. Shu sababga ko\u02bbra ayol bizga nisbatan hushyor, u biron bir narsani bor bo\u02bbyicha ko\u02bbra biladi. Biz esa, agar hayajonlanib turgan bo\u02bblsak, oppa-osongina pashshadan fil yasab, vahima ko\u02bbtarib yuboraveramiz. Shu nuqtai-nazardan ayollar baxtsizlarga erkakdan ko\u02bbra ko\u02bbproq hamdard bo\u02bbladilar. Ayollar mehribonroq va oqko\u02bbngilroq. Ammo qozilikda, haqiqatni yuzaga chiqarishda, vijdoniylikda erkaklarga yutqazadilar. Ayolning aqli kaltaligi tufayli mavjud, ushlasa bo\u02bbladigan, ko\u02bbz ko\u02bbrib turgan narsalar ularga hokimlik qiladi. Uzoq-yaqin qoidalar, aqida va g\u02bboyalar, qabul qilingan qat\u02bciy qarorlar, o\u02bbtmish va kelajak, yo\u02bbq va uzoqdagi narsalar \u2013 ular uchun ikkinchi va uchinchi darajali narsalardir. Ana shu sababli ayol fe\u02bclidagi uzviy yetishmovchilik, balkim kamchilikdir, bu \u2013 adolatsizlik! ADOLATSIZLIK! Bu hol biz ilgari ta\u02bckidlaganimizdek, aql kaltaligi va uzoqni ko\u02bbra bilmaslik tufayli sodir bo\u02bbladi. Yana bir jihat: kuchsiz jondor tabiatan kuchliga nisbatan ayyorroq, hiylakorroq bo\u02bbladi. Axir tabiat sherga tish va tirnoq, filga \u2013 xartum, to\u02bbng\u02bbizga \u2013 so\u02bbyloq, ho\u02bbkizga \u2013 shox baxshida etganidek, ayolga o\u02bbzini himoya qila olishi uchun \u2013 hiylakorlik va yolg\u02bbonchilik baxshida etgan. Shu tufayli biz tilga olgan jondorlar o\u02bbzlaridagi qurol bilan hujumga o\u02bbtganlari misol, ayol ham har bir qulay vaziyatda o\u02bbz quroli bilan hujumga o\u02bbtadi, himoyalanadi. Va bunda o\u02bbz haq-huquqlaridan foydalanayotganlariga shubha qilmaydilar. Ana shulardan kelib chiqqan holda mutlaqo haqiqatgo\u02bby va samimiy ayolni topish mumkin emas. Shu xislatlari bois ular o\u02bbzgalarning turlanayotganlarini juda tez payqaydilar. Har qalay ayol qoshida nosamimiylikka yo\u02bbl qo\u02bbyish juda xatarli. Ana shu uzviy kamchiliklari bois ayol yolg\u02bbonchilikka, xiyonatga, egrioyoqlikka moyilroq bo\u02bbladi. Qozixonada ayollar erkaklarga nisbatan bir necha baravar ko\u02bbp yolg\u02bbon qasam ichib, gunohga botadilar. Va umuman, ayolga qasam ichirish kerakmi, yo\u02bbqmi, degan savolning o\u02bbzi bahsli. Axir ba\u02bczan-ba\u02bczan hamma joylarda ham moddiy jihatdan to\u02bbliq ta\u02bcminlangan ayollar do\u02bbkondan ul-bul o\u02bbmarayotganining guvohi bo\u02bblganmiz-ku.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson zoti tugab ketmaslik uchun uni mudom ko\u02bbpaytirish yosh, sog\u02bblom va go\u02bbzal yigit-qizlar burchi. Xudoning xohishi \u2013 shu! Mazkur qonun boshqa barcha qonunlardan qadimiy va boqiydir. Agar kim bu qonun yo\u02bbliga chiqmoqchi bo\u02bblsa \u2013 o\u02bbzining sho\u02bbri: nima demasin, nima qilmasin, birinchi fursatdayoq ayovsiz toptaladi. Chunki ayollarning yashirin, aytilmaydigan, va hatto anglanmaydigan fe\u02bcli quyidagicha fikrlaydi: \u201cBizga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilganlari bois endi qandaydir haq-huquqlarga ega bo\u02bbldik, deya o\u02bbylaydiganlarlarni aldashga haqqimiz bor. Yaqin kishingning yaqinlashishi tufayli bizda paydo bo\u02bbladigan avlod, uning ko\u02bbrinishi va xususiyatlari bizga bog\u02bbliq. U bizning qo\u02bblimizga berilgan, uni biz tarbiyalaymiz va biz bu vazifani vijdonan bajaryapmiz\u201d. Biroq bu oliy qonunlarni olisdagi sharpalar misoli emas, balki qo\u02bblda mavjud, bor narsa sifati anglaydilar. Bu holda ularning vijdoni biz o\u02bbylaganga nisbatan ancha tinch bo\u02bbladi, chunki yuraklarining eng ichki qatlamlarida ular tushunadilarki, ular bir shaxsga nisbatan o\u02bbz majburiyatlarini buzganlari bilan huquqlari bir necha baravar ziyod bo\u02bblgan avlod oldida keragidan ortiq xizmat qilyaptilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayol inson zotini ko\u02bbpaytirish maqsadida yaratilgani va uning boshqa xizmati yo\u02bbqligi bois ular alohida shaxsga nisbatan ko\u02bbproq avlod tashvishida yashaydilar va avlodga tashvishi shaxsga nisbatan jiddiyroq bo\u02bbladi. Bu ularning borlig\u02bbiga va harakatlariga ma\u02bclum darajada yengiltabiatlik bag\u02bbishlaydi. Bu balkim erkakka nisbatan mutlaqo o\u02bbzgacha bir yo\u02bbnalishki, ana shular aksariyat er-xotinlarning janjaliga, ajrab ketishiga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkaklar tabiatida bir-biriga loqaydlik mavjud, ayollar tabiatida esa dushmanlik. Buni hatto bir kasbdoshning ikkinchisiga nisbatan havasi, hasadi, ko\u02bbrolmasligi deb tushunish ham mumkin. Gadoning dushmani gado bo\u02bbladi, deganlaridek. Bu hol erkaklar orasida onda-sonda uchrasa, ayol zoti borki, bir-birini ko\u02bbrolmaydi, chunki ularning hammasi bitta kasb bilan shug\u02bbullanadi. Ko\u02bbchada duch kelib qolsalar, xuddi raqobatchi partiyalarning vakillaridek, bir-biriga sinchkov tikiladilar. Ikki ayol birinchi bor uchrashganlarida \u2013 xuddi shu holatdagi ikki erkakka nisbatan anchayin \u2013 harakatlari yasama va g\u02bbayribatiiy bo\u02bbladi. Shu sababli bir-birlariga nisbatan maqtovlari beo\u02bbxshov va kulgili chiqadi. Bundan tashqari erkak o\u02bbzidan past tabaqali odam bilan ma\u02bclum darajada bosiqlik va hurmat bilan gaplashsa, xuddi shu holatdagi ayolning ikkinchisiga nisbatan soxta manmanligini kuzatib ensangiz qotadi. Bu, demak, ayollar orasidagi tabaqalanish tasodifga, \u2013 ya\u02bcni erning jamiyatdagi o\u02bbrniga bog\u02bbliq bo\u02bblib, u tez-tez o\u02bbzgarishi va yo\u02bbqolib ketishi ham mumkin. Biz erkaklar o\u02bbzimizdan pastroq bilan gaplashayotib ming bir narsani o\u02bbylaymiz. Ayol esa bu payt faqat qaysi erkakka yoqqanini nazarda tutadi, xolos. Bundan tashqari ularning hammasi kasbdosh bo\u02bblgani bois bir-birlariga erkaklarga nisbatan yaqin turadi va o\u02bbzlarining turli-tuman nayranglarini namoyon etadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bo\u02bbyi past, yelkalari tor, belidan pasti keng jinsni faqat jinsiy hissiyot tufayli aqli xiralashgan erkakkina go\u02bbzal deya baholay oladi: jinsning barcha go\u02bbzalliklari ana shu hissiyotga qorishib ketadi. Bu jinsni bir qancha asoslarga tayanib, ko\u02bbrimsiz va xunuk deya baholash mumkin. Haqiqatan ham ayollar taassuroti ojiz. Musiqaga, she\u02bcrga, san\u02bcatga chin yurakdan berila olmaydilar. Agar berilsalar ham, bu shunchaki birovga yoqqisi va o\u02bbynashgisi kelgan maymunning harakatidan boshqa narsa emas. Shu tufayli ular biron-bir holatga xolis yondasholmaydilar. Sababi, o\u02bbylaymanki, quyidagicha: Erkak o\u02bbzining narsalariga bevosita hokimlik qilishga urinadi. Yoki aql bilan ularga egalik qilish va bo\u02bbysundirish yo\u02bblidan boradi. Ammo ayol hamisha birovning yordami tufayli hokimlik qilishga majbur, ya\u02bcni eri \u2013 birdan bir o\u02bbzi qo\u02bblida tutib turgan vosita \u2013 orqali. Shu tufayli ayollar har bir narsaga \u2013 eri olib berishi mumkin va mumkin bo\u02bblmagan narsa sifatida qaraydilar. Va ularning biron narsaga qiziqishi shunchaki yasama holatdan boshqa narsa emas. Bir vaqtlar Russo: \u201cumuman olganda ayollar san\u02bcatning hech bir turiga qiziqmaydilar, san\u02bcatni tushunmaydilar va hech qanday qobiliyatga ega emaslar\u201d, deya ta\u02bckidlagan edi. Ha, har bir buyumga bir qarashdayoq ularning tashqi ko\u02bbrinishidan boshqa jihatlarini ham anglay oladigan zot buni darhol tushunadi. Ayollarning konsert, opera va dramatik tomoshalarda o\u02bbzini tutishiga bir ahamiyat bering. San\u02bcatning noyob durdonalaridan eng zo\u02bbr sahnalar ijro etilayotganda ayol bolalarcha soddadillik bilan yonidagiga safsata sotishda davom etadi. Agar haqiqatan ham greklar ayollarni sahna tomoshalariga kiritmagan bo\u02bblsalar, to\u02bbg\u02bbri qilganlar. Har qalay ularning teatrida nimanidir bemalol tomosha qilish, tinglash mumkin bo\u02bblgan. Bizning zamonamizda: \u201cAyol cherkovda jim tursin\u201d, degan iborani \u201cteatrda ham\u201d degan jumla bilan tuzatish kerak. Va buni katta harflar bilan sahna pardasiga osib qo\u02bbysa ma\u02bcqul bo\u02bblardi. Har qalay ayoldan bundan boshqa narsani kutish mumkin emas. Axir ularning eng yorqin namoyandalari ham nozik san\u02bcatda hech bir haqiqiy buyuk va nodir asar yaratmaganlar. Va umuman, dunyoga hech bir eskirmaydigan, o\u02bblmaydigan asar taqdim etolmaganlar. Bu ayniqsa, rassomlikda tez ko\u02bbzga tashlanadi. Axir aynan shu sohada ayollar ham erkaklar qatori shug\u02bbullanish imkoniyatiga egalar. Shug\u02bbullanyaptilar ham. Ammo bu sohada o\u02bbzlarining biron bir yuksak san\u02bcat asari bilan maqtana olmaydilar, chunki ularda rassom uchun juda zarur bo\u02bblgan ruhiy xolislik yo\u02bbq. Bundan 300 yil muqaddam Xuan Uarte: \u201cAyollarda hech qanday ulkan qobiliyat bo\u02bblmaydi\u201d, degan edi. Istisno tarzida bitta \u2013 yarimta uchrab qolishi mumkin, lekin ular umumiy ko\u02bbrinishni o\u02bbzgarta olmaydilar. Ayollar g\u02bboyatda tor fikrlaydilar, shu sababli g\u02bboyat axmoqona tarzda o\u02bbzlarini erlariga tenglashtirib, haqiqatda esa erlarining amali va jamiyatdagi o\u02bbrniga sherikchilik qilib, o\u02bbzlari o\u02bbzlarining razil shuhratparastliklarini qondirib turadilar. Ularga nisbatan Napoleon 1 aytgan iborani aslida qonun sifatida qabul qilsalar, yaxshi bo\u02bbladi: \u201cUlar bizning kamchiliklarimiz bilan, bizning tentakona qiliqlarimiz bilan aloqa qilish uchun yaratilgan. Zinhor va zinhor aqlimiz bilan emas. Ayollar va erkaklar orasida badanlar yaqinlashuvi bor. Aqllar, yuraklar va fe\u02bcllar yaqinlashuvi kamdan-kam sodir bo\u02bbladigan hodisadir\u201d. Ayollar barcha jabhalarda erdan keyingi darajadagi ikkinchi jins. Shu sababli ularning kamchiliklariga nisbatan olijanob bo\u02bblmoq lozim, ammo ularning hurmatini oshirib yuborish, yelkaga chiqarib olish \u2013 g\u02bbirt ahmoqlik. Bu holda ayolning o\u02bbzi birinchi bo\u02bblib erni nazar-pisand qilmay qo\u02bbyadi. Tabiat inson zotini ikki jinsga bo\u02bblib, ular o\u02bbrtasidagi chegara chizig\u02bbini qoq o\u02bbrtadan bo\u02bblmagan. Burungilar va sharqliklar ayollarga nisbatan aynan shu nuqtai nazardan qaraganlar, ayollarga haqiqiy o\u02bbrnini ko\u02bbrsatib qo\u02bbyganlar va to\u02bbg\u02bbri qilganlar. Biz esa ko\u02bbhna faranglar kabi bachkanalik bilan va kulgili tarzda ayollar qoshida o\u02bbzimizni yo\u02bbqotib qo\u02bbyamiz. Natijada ayollar shu darajada olifta va bezbet bo\u02bblib ketishdiki, endi ular o\u02bbzlarini go\u02bbyo qo\u02bbl yetmas farishtalar misol tutmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u02bbarb ayoli yolg\u02bbon muhitga tushib qolgan: axir ayollar, muqaddas bitiklarda aytilgani kabi, ilohiylashtiriladigan jonzot emas. Natijada biz o\u02bbzimiz yaratgan yolg\u02bbon muhit jabrini tortyapmiz. Shu sababli Ovrupoda inson \u2116 2 ga o\u02bbz o\u02bbrnini ko\u02bbrsatsalar va o\u02bbz joyiga o\u02bbtishga majburlasalar, g\u02bboyat savob ishni amalga oshirgan bo\u02bblardilar. Axir shu tufayli nafaqat butun Osiyo bizning ustimizdan kulyapti, balki Rim ham, Gretsiya ham o\u02bbzini tiyib tura olmayapti. Mazkur tadbirning ham siyosiy, ham fuqarolik ijobiy natijalarini hisoblab ulgurolmay qolar edik. Ovrupo ayoli shunaqa jonzotki, u aslida yashashga haqli emas: mayli, bizda uy bekalari bo\u02bblsin, qizlar uy bekasi bo\u02bblishni orzu qilib yashasinlar, ya\u02bcni oliftalikka emas, uy kishisi sifatida tarbiyalansinlar. Aynan Ovrupoda past tabaqali ayollar mavjud bo\u02bblgani sababli Ovrupo ayoli Sharq ayoliga nisbatan anchayin baxtsiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Hindistonda hech qachon hech kimga bo\u02bbysunmaydigan, hech kimga qaram bo\u02bblmagan ayollar yashamaydi. U yerda har qanday ayol zoti yo otasining, yo erining, yo aka-ukasining, yo o\u02bbg\u02bblining qaramog\u02bbida. Menu qonunining 5-bob 148-bandida deyiladi: \u201cAyol zoti bolaligida otasining, voyaga yetgandan keyin erining, eri o\u02bblsa o\u02bbg\u02bbillarining, agar o\u02bbg\u02bbillari bo\u02bblmasa, erining yaqin qarindoshlarining, agar ota tomondan ham qarindosh bo\u02bblmasa, otasining qarindoshlarining, agar ota tomondan ham qarindosh bo\u02bblmasa, poshsholikning qaramog\u02bbida bo\u02bblishi lozim. Toki ayol hech qachon mustaqillik da\u02bcvo qilmasin\u201d. Albatta, ayol o\u02bbzini erining jasadiga qo\u02bbshib yoqib yuborishiga chidash mumkin emas, ammo eri butun umri davomida eshshakday ishlab, bola-chaqam hech kimdan kam bo\u02bblmasin, deb topgan mol-dunyoni ayol o\u02bbynashi bilan o\u02bbyin-kulguga sarflab yuborishiga ham chidab bo\u02bblmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki ona muhabbati insonlarda ham, hayvonlarda ham instinkt, xolos. Va bola jismoniy jihatdan o\u02bbzini o\u02bbnglab olishi bilan instinkt to\u02bbxtaydi. O\u02bbrnini aql va odatlarga asoslangan muhabbat egallaydi. Ammo afsuski, ko\u02bbp hollarda \u2013 agar ona otani sevmasa \u2013 bu narsa ro\u02bby bermaydi. Otaning bolalariga muhabbati esa mutlaqo boshqa narsa va mustahkam poydevorga asoslangan: ota o\u02bbz farzandida yana bitta O\u02bbZIni ko\u02bbradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Salkam barcha eski va yangi xalqlarda, hatto gottentotlarda ham meros erkakdan erkakka qoldiriladi. Faqat Ovrupoda, dvoryanlarni bu hisobga qo\u02bbshmasak, mazkur odatga chap berishadi. Erkak butun umr qora ter to\u02bbkib topgan mol-dunyo ayol qo\u02bbliga tushsa-yu, ayol qisqa muddatda uni hisob-kitobsiz sovursa, bu juda ham buyuk, juda ham sharmandali nohaqlikdir. Ayolning merosxo\u02bbrlik va mulkiy haq-huquqlarini qayta ko\u02bbrib chiqish bilangina bu odatga chek qo\u02bbyish mumkin. Menimcha, shunday qaror qabul qilish kerakki, unga ko\u02bbra xotinlar, \u2013 va qizlar ham, \u2013 merosning bir bo\u02bblagini olish huquqiga ega bo\u02bblsinlar, zinhor va zinhor butun merosni emas. Albatta, oilada erkak merosxo\u02bbr yo\u02bbq bo\u02bblgan holatlar bundan mustasno. Mol-mulkni ayol emas, erkak topadi. Shu tufayli ayol unga shaksiz egalik qilishi ham, uni o\u02bbzi xohlagancha ishlatishi ham mumkin emas. Ayol o\u02bbz mulki: puli, uyi, yeriga hech qachon o\u02bbz bilganicha egalik qila olmaydi. Ularga doim qarovchi kerak: shu sababli ularga farzandlarining qarovchisi deb ishonib qo\u02bbyish mumkin emas. Ayolning mag\u02bbrurligi, \u2013 erkaknikidan ziyod bo\u02bblmagan taqdirda ham! \u2013 bir yomon tomonga og\u02bbib ketadi: aynan moddiy buyumlarga, ya\u02bcni shaxsiy go\u02bbzallik, yaltir-yultur, sirti chiroyli narsalar uchun ko\u02bbp narsani qurbon qilib yuboradilar. Erkakning mag\u02bbrurligi esa, aksincha, nomoddiy afzalliklarga ega, ya\u02bcni aql, bilimdonlik, mardlik va boshqa shu kabi jihatlar bilan o\u02bblchanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arastu o\u02bbz \u201cSiyosat\u201dining 11-qism 9-bandida tushuntiradiki, Sparta ayollarga juda ko\u02bbp o\u02bbrin bergani tufayli (Sparta davrida ayollar merosxo\u02bbr bo\u02bblgan, sep olgan, erkin bo\u02bblgan) g\u02bboyat og\u02bbir ahvolga tushdi va oxir-oqibat yiqildi. Menimcha, Farang hukumati va saroyidagi Lyudovik XIII davridan aynishlarga ayollar sababchi bo\u02bblsa kerak. Aynib, ijg\u02bbib-bijg\u02bbib, nihoyat birinchi revolyusiya yuz berdi. Keyin bir necha to\u02bbntarishlar amalga oshirildi. Nima bo\u02bblganda ham ayol jinsining bizdagi soxta holati jamoatchilikning yurak kasaliday gap. U yurakdan chiqib, butun vujudga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayol turish-turmushi bilan bo\u02bbysunishga mahkum etilgani shundan ham ma\u02bclumki, ularning har qanaqasi ham o\u02bbzi ko\u02bbnikmagan, o\u02bbzi uchun notabiiy bo\u02bblgan to\u02bbla erkin holatga tushib qolsa, shu zahoti boshqa bir erkakning yoniga boradi va o\u02bbzining ustidan rahbarlik qilishni o\u02bbsha erkakka topshiradi. Chunki ayolga hamisha xo\u02bbjayin kerak. Agar ayol yosh bo\u02bblsa, erkak o\u02bbynash, ayol qari bo\u02bblsa, erkak ma\u02bcnaviy pir bo\u02bbladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Agar ayollar bo\u02bblmasa biz o\u02bbz hayotimizning dastlabki lahzalarida yordamdan, keyinroq lazzatlardan, eng so\u02bbngida esa ovunchog\u02bbimizdan mahrum bo\u02bblar edik, degan edi bir farang olimi. Menimcha, ayollarni haqiqatan ham bundan oshirib maqtashning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ayollar-haqida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1567,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1570","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1570","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1570"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1570\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1572,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1570\/revisions\/1572"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1567"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1570"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}